O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Qadimgi Xitoy iqtisodiy g„oyalari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

2.3. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g„oyalari 
 
 
Qadimgi  Xitoy  iqtisodiy  g„oyalari
.
  Qadimgi  Xitoy  mutafakkirlari 
ichida 
Konfutsiy  (m.av.  551  –  479-y.)
  alohida  o‗rin  tutadi. 
Konfutsiyning  fikrlari  uning  shogirdlari  yozib  qoldirgan 
«Lun  Yuy» 
(«Suhbat  va  mulohaza»)
  to‗plamida  aks  ettirilgan.  Uning  fikricha, 
mehnat  ham  kishilarning,  ham  davlatning  boyligini  ko‗paytiradi. 
Konfutsiy  «buyuk  jamoa  mulki»  (dehqonlar  jamoasi  mulki)  va  xususiy 
egalik  (quldorlar  mulki)ni  farqlaydi,  ikkinchisini  ko‗proq  qo‗llaydi.  Bu 
yerda u xo‗jalik yuritishda xususiy mulkni ustun qo‗yadi.  
Konfutsiy  aqliy  mehnat  bilan  jismoniy  mehnat  farqini  ko‗rsatib, 
aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, 
asosiy  qismi  qullardan  iborat  bo‗lgan  «oddiy»  kishilar  shug‗ullanadi, 
deb ta‘kidlaydi. 
Eramizdan  avvalgi  yettinchi  asrda  Xitoyda  yashab  ijod  etgan 
mutafakkir  Guan  Szi  (eramizdan  avvalgi  725-645-yillar)ning  iqtisodiy 
faoliyati  va  uni  turli  joylarda  amalga  oshirish  mumkinligi  tahlilini 
o‗rganish  maqsadida  biz  uning  yangi  tarjima  qilingan  asarlari  bilan 
qisqacha  tanishamiz.  Iqtisodiyot  sohasida  ko‗pgina  qadimgi  Xitoy 


30 
 
asarlari  Shumpeterning  tasvirlashiga  mos  keladi:  ular  qat‘iyan  ―ilmiy‖ 
o‗rganishlardan  ko‗ra  etik  asosga  muvofiq  davlat  boshqaruvi 
mulohazalari bilan cheklangan.
7
 
Konfutsiy  ta‘limotiga  ko‗ra,  bilimdon  hukmdor  –  u  «xalqning 
otasi», «to‗g‗ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning 
kafolati.  Uning  tasdiqlashicha,  Alloh  va  tabiat  tomonidan  jamiyat 
toifalarga  ajratilgan,  shu  bilan  birga  u  har  bir  odamni  ma‘naviy 
yuksalishga da‘vat etgan, kattalarga bo‗lgan hurmat qoidalari to‗g‗risida, 
farzandlik  burchi  to‗g‗risida,  aka-ukalar  o‗rtasidagi  do‗stlik  to‗g‗risida 
qimmatli  fikrlarni  ilgari  surgan.  Konfutsiy  ta‘limotidan  shu  narsani 
ko‗rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda 
ustalik bilan xo‗jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo‗ladi». 
Lekin Guan Szining ―Guan-szi kitobi‖ ma‘muriy qolipdan uzoq asar 
sifatida  mashhur.  U  o‗z  ichiga  iqtisodiy  tafakkurnig  markaziga  tegishli 
bir  qator  g‗oyalarni  oladi.  Ehtimol,  ularning  eng  muhimi  talab/taklif 
nazariyasining taxmini bo‗lgan uning ―yengil/og‗ir‖ nazariyasidir.  
  Guan  Szi  tovar  agar  u  mo‗l  bo‗lsa,  uning  vazni  yengillashgan  va 
uning narxi pasayganligini ta‘kidlagan. U ―qulf ostiga berkitilsa‖, uning 
vazni og‗irlashgan va narxi ko‗tarilgan bo‗ladi. Tovarning yengilligi va 
og‗irligiga  asoslangan  holda  narxlarning  muayyan  darajasida  tovarlar 
bozor  tomon  yoki  undan  tashqari  tomon  harakat  qila  boshlaydi.  Shu 
tarzda  yengil/og‗ir  nazariyasi  talab  va  taklif  qonunining  ta‘kidlanishi 
bo‗lgan.  Guan  Szi  yengil/og‗ir  nazariyasidan  pulning  miqdor 
nazariyasini rivojlantirish uchun foydalangan, pul og‗ir bo‗lganida uning 
narxi ko‗tarilganligini ta‘kidlagan (tovarlar narxi pasayadi) va pul yengil 
bo‗lganida,  uning  narxi  pasayadi  (tovarlar  narxi  ko‗tariladi).  Bu 
tebranishni  to‗xtatish  uchun  u  pul  og‗ir  bo‗lganida  (buning  yordamida 
narx  darajasi ko‗tarilib), hukumat  tovarlarni  xarid qilishi  lozimligini  va 
pul  yengil  bo‗lganida  (buning  yordamida  narx  darajasi  pasaytirilib) 
tovarlarni  sotishni  tavsiya  etgan.  Bu  nafaqat  narx  darajasini 
barqarorlashtirishga, 
balki 
hukumat 
uchun 
pul 
daromadlarini 
ko‗paytirish imkonini bergan.
8
  
Xitoyda  miloddan  oldingi  IV–III  asrlarda  xitoylik  mualliflar 
birgalikda  yozgan  asar  «Guan-szi»  g‗oyalari  keng  tarqalgan.  Bu  asarda 
ilgari  surilgan  ba‘zi  masalalar,  garchi  ular  ziddiyatli  bo‗lsada,  bugungi 
                                                             
7
 
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 45-b.
 
8
 Bu muhokama Guan Szining  W.Allyn  Rickett tomonidan nashr qilingan asarlari  (A Conside History of Chinese 
Economic Thought, 1998).
  
 


31 
 
kunda  ham  diqqatga  sazovor.  Masalan,  asarda  oltin,  marvarid  alohida 
boylik  sifatida  ko‗rilmaydi;  bunday  boylik,  deb  eng  avvalo,  moddiy 
ne‘matlar  (tovar)  e‘tirof  etiladi.  Asarda  ko‗rsatilishicha,  bir  tomondan, 
«oltin  davlat  resurslarini  hisoblash  o‗lchovi  hisoblanadi»,  ikkinchi 
tomondan,  u  «xalq  ommasi  uchun  muomala  vositasi  bo‗lib  xizmat 
qiladi».  Asarda  barqaror  iqtisodiy  rivojlanishning  zarurligi  to‗g‗risida 
aniq  fikr  yuritiladi  va  qayerda  nonning  narxi  tartiblanib  turilsa,  o‗sha 
yerda  tinchlik,  osoyishtalik  bo‗ladi,  deb  qayd  etiladi.  Iqtisodiyotni 
tartibga  solib  turish  uchun  asar  mualliflari  davlatning  don  zaxiralarini 
tashkil  etishni,  yer  egalariga  imtiyozli  kredit  berishni,  temir  va  tuzga 
bo‗lgan  to‗g‗ri  soliqlarni  egri  soliqlar  bilan  almashtirish,  ya‘ni  ulardan 
foydalanib  ishlab  chiqariladigan  tovarlarga  bo‗lgan  soliqni  kengay-
tirishni  tavsiya  etadilar.  «Guyan-szi»  mualliflari  «davlatni  boy,  xalqni 
mamnun»  holda  ko‗rishni  xohlaganlar.  Asarda  yer  va  suvlarni  davlat 
ixtiyoriga  o‗tkazish,  ulardan  daromad  olish  yo‗lida  foydalanish, 
baholarni  tartibga  solish  va  boshqa  hozirgi  kunda  ham  e‘tiborga  molik 
iqtisodiy g‗oyalar ilgari surilgan. 
Guan Szi faol tarzda siyosatni o‗z zamonining institutsional tizimiga 
moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari 
bilan  muvofiqlikda  tizimlashtirdi.  Hozirda  Xitoy  muhim  iqtisodiy 
islohotlar  jarayonlarini  boshidan  kechirmoqda  va  G‗arb  iqtisodchilari 
uni  qay  tarzda  tuzish  va  boshqarish  bo‗yicha  fikrlar  olish  uchun 
murojaat  qilmoqdalar.  Xitoy  an‘analariga  ko‗ra  Guan  Szini  o‗rganish 
G‗arbiy hamkorlarning ortodoksal tahlilidan ko‗ra muhimroq.
9
 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish