O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Aristotelning iqtisodiy qarashlari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Aristotelning iqtisodiy qarashlari 
Antik  dunyodagi  iqtisodiy  fikr-
larning  yirik  namoyondalaridan  biri 
Aristotel  (m.av.  384–322)  hisoblanadi. 
O‗z  mamlakatida  shakllangan  natural-
xo‗jalik  munosabatlarini  himoya  qilgan 
bu  qadimgi  yunon  mutafakkiri  boshqa 
zamondoshlariga 
qaraganda 
iqtisodiy 
muammolarga  chuqurroq  kirib  borishga 
muvaffaq 
bo‗lgan. 
Uning 
iqtisodiy 
masalalar  bo‗yicha  fikr  yuritgan  asosiy  asarlari  «Nikomaxova  etikasi» 
va  «Siyosat»  hisoblanadi.  Bu  yerda  Aristotel  xuddi  Platonga  o‗xshab 
ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o‗ziga xosligi 
shundan  iboratki,  unda  xo‗jalik  va  kishilar  faoliyatining  barcha  turlari 
(mayli  u:  erkin  fuqarolar  bajaradigan  boshqaruv-nazorat  funksiyasi 
bo‗lsin  yoki  yer  egalari,  chorvador,  hunarmandlar,  savdogarlar  bo‗lsin) 
har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topishi nuqtayi 
nazardan tahlil qilinadi. Shu yerda Aristotel boylik topish va ehtiyojlarni 
qondirish  usullari  to‗g‗risida  fikr  yuritib,  ekonomika  va  xrematistika 
tushunchalari farqini ajratib ko‗rsatib beradi. 
Aristotel  nafaqat  o‗zining  falsafiy  tafakkuri,  balki  sotsialistik 
iqtisodiy  g‗oyalarni  rivojlantirishga  qo‗shgan  hissasi  bilan  ham  ajralib 
turadi.  Aynan  Aristotelning  qarashlariga  1300-yildan  1500-yilgacha 
bo‗lgan  davr  mobaynida  Avliyo  Tomas  Akvinskiy  va  boshqa 
namoyondalar  o‗z  munosabatlarini  bildirganlar.  Demokrit  (eramizdan 
avvalgi  taxminan  460-370-yillar)  mehnat  taqsimotini  rag‗batlantirish 
bilan  bir  qatorda  xususiy  mulkni  rivojlantirish  tarafdori  bo‗ldi. 
Aristotelning  ustozi  Platonning  ta‘kidlashicha,  barkamol  jamiyatning 
hukmron  sinfi  –  askarlar  va  faylasuflar  e‘tiborini  muhimroq 
masalalardan  chalg‗itadigan  mulk  bo‗yicha  mojarolarni  oldini  olish 
uchun  ular  xususiy  mulkka  ega  bo‗lmasdan,  balki  jamoat  mulkidan 
foydalanishi  maqsadga  muvofiq.  Lekin  Aristotelning  fikricha,  xususiy 
mulk  jamiyatda  foydali  funksiyani  bajaradi,  uning  miqdori  bo‗yicha 
cheklov  o‗rnatadigan  qoidalar  tatbiq  etilmasligi  zarur.  Uning  xususiy 
mulkka  bo‗lgan  huquqni  ma‘qullagan  holda,  iqtisodiy  o‗sish  orqasidan 
quvishni  ayblashdagi  aniq  izchillikka  ega  bo‗lmagan  g‗oyalari 
faylasuflarni o‗n oltinchi asrgacha tashvishga solib keldi.  
 
Aristotel (m.av. 384–322)
 


37 
 
Aristotelning  iqtisodiy  ta‘limotga  qo‗shgan  asosiy  hissasi  tovarlar 
almashuvi  va  bu  almashuvda  puldan  foydalanish  bilan  bog‗liq 
munosabatlarni  chuqur  yoritganligida  edi.  Uning  fikricha,  odamlarning 
ehtiyoji  o‗rtacha,  lekin  odamlarning  istaklari  cheksizdir.  Shundan  kelib 
chiqib,  ehtiyojni  qondirish  uchun  tovarlarni  ishlab  chiqarish  tabiiy, 
cheksiz  istaklarni  qoniqtirish  uchun  tovarlarni  ishlab  chiqarish  notabiiy 
holat.  Aristotelning  fikricha,  tovarlar  bozorda  sotish  uchun  ishlab 
chiqarilganida,  bu  faoliyat  ehtiyojni  yoki  istaklarni  qondirish  uchun 
amalga  oshirilganligini  aniqlash  qiyin;  lekin  uning  fikricha,  agar 
bozordagi almashuv barter shaklida bo‗lsa, bu tabiiy ehtiyojni qondirish 
uchun amalga oshirilgan va bundan iqtisodiy foyda ko‗zlanmagan.  
Aristotel  Platon  va  ko‗pchilik  boshqa  yunon  olimlarining  iqtisodiy 
faoliyatini  kengroq  kontekstda  o‗rgandi.  Aristotel  ko‗rsatib  o‗tgan 
qiziqarli 
masalalardan 
biri 
shundan 
iboratki, 
yetishmovchilik 
muammosini  iste‘molni  kamaytirish,  odamlarning  munosabatini 
o‗zgartirish  yo‗li  bilan  hal  qilish  mumkin.  Bu  yetishmovchilik  asosida 
yotadigan  to‗qnashuvlarni  bartaraf  etib,  jamiyatdagi  to‗qnashuvlarni 
tugatish  orzusida  bo‗lgan  utopistlar  va  sotsialistlar  uchun  kuchli  g‗oya 
bo‗ldi.
11
 
Ekonomika  –  Aristotel  tushunchasi  bo‗yicha  bu  eng  avvalo, 
dehqonchilikdagi  kishilarning  hamda  hunarmandchilik  va  mayda  savdo 
bilan band bo‗lganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi 
–  insonning  eng  muhim  ehtiyojlarini  qondirish  hisoblanadi,  shuning 
uchun unga davlat g‗amxo‗rlik qilishi kerak. 
  Xrematistika bu yirik savdo yo‗li bilan boylik orttirish mahoratidir. 
Aristotelning  qayd  qilib  o‗tishicha,  bunday  boylik  orttirish  maqsadiga 
erishishning cheki bo‗lmaydi. Bunday maqsad – boylik va pul topishdir 
(shu  boisdan  uning  chegarasi  yo‗q).  Ekonomikadan  farqli  ravishda, 
xrematistika  zarur  hisoblanmaydi  va  tabiat  qonunlariga  zid,  deb 
ko‗rsatiladi. Shundan kelib chiqqan holda, Aristotelning xitob qilishicha, 
«ekonomika maqtovga sazovor, xrematistika esa – tanbehga».  
  Qadimgi  yunon  mutafakkirlarining  ekonomika  va  xrematistikaga 
bo‗lgan  bunday  munosabati  uning  natural  xo‗jalik  mavqeyida 
bo‗lganligini yaqqol ko‗rsatib turibdi.  
  Aristotel  o‗zining  ekonomika  va  xrematistika  konsepsiyasi 
doirasida  quldorlik  davlat  tuzilishini  ideallashtirib,  xo‗jalik  hayotining 
eng  muhim  unsurlarini  sun‘iy  ravishda  «soddalashtirdi».  Masalan, 
                                                             
11
 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 48-b. 


38 
 
Aristotel  fikri  bo‗yicha,  «haqiqatan  ham  narsalar  shu  qadar  turli-
tumanki,  ularni  tenglashtirib  (taqqoslab)  bo‗lmaydi».  Shunga  ko‗ra 
xulosa  qilinadi:  «5  qo‗ndoq  =  1  uyga»,  chunki  ularni  taqqoslash  faqat 
go‗yoki  pul  tufayli  amalga  oshirilishi  «kundalik  hayotda»  ancha  qulay. 
Tovar  sifatidagi  pulning  o‗zi  esa,  olimning  fikricha,  stixiyali  ravishda 
emas, balki odamlar o‗rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni 
(pulni) «iste‘molga yaroqsiz» qilib qo‗yish «bizning ixtiyorimizda». 
Aristotelning 
ekonomika 
va 
xrematistika 
konsepsiyasi 
«kamchiligiga»  ayirboshlashning  ikkiyoqlama  tavsifini  ham  kiritish 
mumkin.  Bu  yerda  gap  shundaki,  bir  joyda  ayirboshlash  ehtiyojni 
qondirishda asosiy akt sifatida ko‗riladi va tovarning iste‘mol qiymatini 
iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi, 
ikkinchi  bir  joyda  –  aksincha,  ayirboshlash  boylik  orttirish  sifatida 
qaraladi  va  tovarning  almashuv  qiymatini  xrematistika  sohasining 
kategoriyasi, de-yishga asos bo‗la oladi.  
  Nihoyat,  shu  konsepsiya  nuqtayi  nazaridan  Aristotel  savdo 
shakllari  evolyutsiyasi  bosqichlarini  va  pul  muomalasini  biryoqlama 
tahlil  qilib,  o‗zining  yirik  savdoga  va  ssuda  operatsiyasiga  salbiy 
munosabatda ekanligini namoyon etdi. Xususan, to‗g‗ridan to‗g‗ri tovar 
ayirboshlash  va  pul  vositasi  orqali  tovar  ayirboshlash  kabi  savdoning 
dastlabki  shakllarini  u  ekonomika  sohasiga  kiritadi,  savdo  kapitalining 
harakatini,  ya‘ni  tovar  ayirboshlash  jarayonida  dastlabki  avanslangan 
pulning  ko‗payishini  xrematistika  sohasiga  kiritadi.  Xuddi  shunga 
o‗xshash,  Aristotel  pul  muomalasi  shaklini  tadqiq  qiladi  va  pulning 
qiymat  o‗lchovi  va  muomala  vositasi  tarzida  aks  ettirilishini  – 
ekonomika  sohasiga,  pulning  foydani  ko‗paytirish  vositasi  sifatida 
ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish