O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

quldorlik xo„jaligi
 
iqtisodiyotiga xarakteristika beriladi.  
Ksenofont 
qishloq 
xo‗jaligini 
xalq 
xo‗jaligining 
eng 
asosiy 
tarmog‗i, 
deb 
hisoblagan. «Qishloq xo‗jaligi rivojlansa, – deb 
yozadi  u,  –  boshqa  faoliyat  turlari  ham 
rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u holda uning bilan birga suv va 
quruqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari halok bo‗ladi». 
 
 
Ksenofont  iqtisodiy  fikrlar  tarixiga  birinchilardan  bo‗lib  mehnat 
taqsimotini  tahlil  qilgan  olim  sifatida  kirib  keldi.  U  o‗zining 
«Kiropediya» asarida shunday yozadi:  
«Kichkina  shaharlarda  bitta  ustaning  o‗zi  yotoq  joy,  eshik,  plug,  stol 
yasaydi,  ko‗pincha  o‗sha  odamning  o‗zi  uy  ham  quradi...  Albatta, 
bunday  har  xil  hunar  bilan  shug‗ullanuvchi  odam  hammasini  bir  xilda 
yaxshi  tayyorlashi  mumkin  emas.  Aksincha,  yirik  shaharlarda  har  bir 
buyumga  ko‗pchilikning  ehtiyoj  sezishi  tufayli  har  bir  ustaga  o‗zini 
 
Ksenofont  
(m.o. 430–355)
 


33 
 
boqish uchun bitta hunar yetarli. Ko‗p joylarda o‗sha hunarning hatto bir 
qismi  ham  kifoya:  masalan,  bir  usta  erkaklarning  oyoq-kiyimini  tikadi, 
boshqasi  esa  –  ayollarning.  Ba‘zida  esa  odam  faqat  boshmoq  uchun 
yarim  mahsulot tayyorlab,  boshqasi – charm kesib,  uchinchi biri bichib 
berib,  to‗rtinchisi  esa  –  ularning  hammasini  birlashtirib  tikib,  hayot 
kechirish  uchun  haq  oladi.  O‗z-o‗zidan  ma‘lumki,  kim  muayyan 
cheklangan  ish  turi  bilan  shug‗ullansa,  o‗sha  uni  eng  yaxshi  qilib 
bajarishga qodir». 
  Har  qanday  tovarning  ikkiyoqlama  xarakterini,  ya‘ni  uning 
foydaliligini  va  almashuv  qobiliyatini  birinchilardan  bo‗lib  tushungan 
ham 
Ksenofont 
hisoblanadi. 
Bundan 
tashqari 
natural-xo‗jalik 
konsepsiyasi  tarafdori  va  shunga  ko‗ra  sudxo‗rlikka  qarshi  bo‗lganiga 
qaramay,  u  pulning  zarurligi  va  foydaliligini  tan  olgan  va  unga  xos 
bo‗lgan muomala vositasi va jamg‗arish vositasi funksiyalarini ko‗rsatib 
bergan. 
  Gesiodning  g‗oyalari  eramizdan  avvalgi  VIII  asrdan  boshlab 
og‗zaki  tarzda  talqin  etiladi.  Gesiodga  taalluqli  eng  muhim  asar 
xudolarning  tug‗ulishi  to‗g‗risidagi  ―Teogoniya‖  asaridir.  Gesiodning 
fikricha,  yetishmovchilik  insonning  cheksiz  istaklari  va  cheklangan 
resurslar  bilan  bog‗liq  holatidan  vujudga  kelmaydi,  balki  bu  Pandora 
tomonidan  qutini  ochib,  chiqarib  yuborilgan  yovuzliklardan  biridir. 
Gesiodning  iqtisodiy  g‗oyalari  uning  iqtisodiy  masalalarga  qiziqishni 
boshlab  bergan  va  ikki  asr  davomida  muhokamalarga  sabab  bo‗lgan 
―Ishlar  va  Kunlar‖  asarida  berilgan.  Dehqon  bo‗lsada,  Gesiodni 
samaradorlik  muammosi  qiziqtirgan.  Ushbu  davrda  samaradorlik 
tushunchasi  bir  necha  konteksda  ishlatilgan.  Samaradorlik  mahsulotni 
ishlab  chiqarishga  sarf  qilingan  resursga  bo‗lgan  munosabati  bilan 
o‗lchangan.  Mavjud  resurslar  bilan  iloji  boricha  eng  ko‗p  mahsulot 
ishlab  chiqrishga  erishish  uchun  maksimal  samaradorlik  qabul  qilinishi 
lozim  bo‗lgan.  Mahsulot  va  resurslarning  o‗lchov  birliklari  natural 
o‗lchamlarda  (masalan,  bir  akr  bo‗g‗doyning  bushellari)  yoki  pul 
birliklarida  (masalan,  doll  hisobida)  ko‗rsatilishi  mumkin.  Hozirda 
kimdir  samaradorlikka  unumdorlik  nuqtayi  nazaridan  emas,  balki 
chiqimlar  nuqtayi  nazaridan  qaraydi  (masalan,  bir  akrdan  olingan 
bo‗g‗doy  bushellari  qiymati  yoki  mahsulot  birligining  qiymati). 
Mahsulot  miqdorini  maksimal  darajada  oshirib,  yoki  chiqimlarni 
minimal  darajada  kamaytirib  samaradorlikni  oshirish  mumkin. 
Ko‗pchilik  fermerlar  va  ishlab  chiqaruvchilar  samaradorlikka  qiziqish 
bildiradilar:  albatta,  qadimgi  davrdan  klassik  davrgacha  ushbu  holat 


34 
 
davom etgan. Qadimda samaradorlik muammosi ishlab chiqaruvchining 
darajasi  va  xonadoniga  bog‗liq  bo‗lgan.  Samaradorlik  masalasini 
iqtisodiyot  darajasida  o‗rganish  boshlanganida  nozik  va  murakkab 
masalalar  to‗plamiga  duch  kelinadi.  Ushbu  holatda  hech  kim 
unumdorlikda  chiqimlarni  tabiiy  o‗lchovlarda  o‗lchay  olmasligi,  hatto 
ular  to‗laqonli  bo‗lmasalarda  pullik  o‗lchamlarga  o‗tganligi  orqali 
yaqqol  namoyon  bo‗ladi.  Qadimgi  yozuvchilarni  jamiyat  miqyosidagi 
samaradorlik  qiziqtirmagan,  ular  iqtisodiy  yetishmovchilik  tushunchasi 
va  uning  oqibatlarini  amalda  o‗rganmaganlar.  Kelib  chiqishi  yunon 
(grek)  tilidan  olingan  ―Economics‖  (Iqtisodiyot)  so‗zi  Ksenofontning 
―Oeconomicus‖  asarining  nomidan  olingan.  Lekin  yunonlar  tomonidan 
ishlab  chiqarishda  samaradorlikka  erishish  xonadon  miqyosida 
boshqarishga  tegishli  hisoblangan.  Geradot,  Ksenofont  va  boshqa 
qadimgi  yozuvchilar  iqtisodiyot  bo‗yicha  samaradorlikning  aniq 
masalalari  bilan  shug‗ullanmasdan  ishlab  chiqarish  va  xonadon 
miqyosida  samaradorlikka  tegishli  bo‗lgan  muammolar  to‗plami  bilan 
shug‗ullanganlar.  Ishlab  chiqarish  va  xonadon  miqyosida  samaradorlik 
to‗liq  tushuncha  sifatida  aniqlanishidan  avval  iqtisodiyot  fan  sifatida 
anchayin  taraqqiy  topgan  edi  (bu  o‗n  to‗qqizinchi  asr  oxirida  marjinal 
tahlil  va  differensial  hisoblashdan  foydalanilganidan  so‗ng  vujudga 
keldi).  Geradotdan  keyin  taxminan  to‗rt  yuz  yil  o‗tib  Ksenofont 
tomonidan  samarali  boshqarish  tushunchasi  Geradotga  qaraganda 
kengroq  tartibda  rivojlantirildi  va  xonadon,  ishlab  chiqarish,  harbiy  va 
davlat  ma‘muriyati  miqyosida  keng  qo‗llanildi.  Mazkur  holat  mehnat 
taqsimotini  amalda  qo‗llash  orqali  samaradorlikni  mukammallashtirish 
imkoniyatini berdi. Mehnat taqsimotiga Aristotel va keyinchalik boshqa 
olimlar tomonidan ham alohida e‘tibor berildi.
10
  
Natural  xo‗jalik  konsepsiyasi  yunon  mutafakkiri  Platonning  (m.av. 
427–347)  iqtisodiy  qarashlari  uchun  ham  xarakterli  bo‗lgan.  Bu  uning 
«Davlat»  va  «Qonunlar»  asarlarida  o‗z  aksini  topgan.  Birinchisida  ideal 
davlat  tuzumi  loyihasi  shakllantirilgan  bo‗lsa,  ikkinchisida  real  haqiqatga 
ancha  yaqin  davlat  tasvirlangan.  Platon  «Davlat»  asarida  ideal  ijtimoiy 
tuzum nazariyasini yaratib, iqtisodiy ta‘limotlar tarixiga katta hissa qo‗shdi. 
Ideal ―davlat‖da yashovchi kishilar uch toifaga ajratib ko‗rsatiladi: 
1.
 
Faylasuflar. 
2.
 
Harbiylar. 
3.
 
Oddiy toifa – yer egalari, hunarmandlar, savdogarlar. 
                                                             
10
 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 48-b. 


35 
 
Bunda  ijtimoiy  manfaatlarni  himoya  qilishda  oqsuyaklarning 
(faylasuflarning)  roliga  yuqori  baho  beriladi,  negaki,  ular  boshqa  bir 
toifa  –  harbiylar  (armiya)  bilan  birga  davlatning  boshqaruv  apparatini 
tashkil etgach, olimning fikriga ko‗ra butun jamiyatni boshqaradi. Bunda 
faylasuflar  ham,  harbiylar  ham  hech  qanday  mulkka  egalik  qilmaydilar 
(davlat  manfaatlari  yo‗lida  chalg‗ib  ketmaslik  uchun);  ularning  moddiy 
ta‘minotini  tekischilik  tamoyili  asosida  davlat  o‗z  zimmasiga  oladi. 
Barcha xo‗jalik ishlari, shu jumladan, mulkka egalik qilish, uni tasarruf 
etish  ideal  davlatdagi  uchinchi  toifa  hisoblangan  –  yer  egalari, 
savdogarlar  va  hunarmandlar  zimmasiga  yuklanadi.  Qullar  –  erkin 
fuqarolar  mulki  va  shuning  uchun  «Davlat»  asari  muallifi  tomonidan 
ular hech bir toifaga kiritilmadi.  
  «Qonunlar» asarida Platon boshqa bir loyihani tavsiya etadi va unda 
davlat  ta‘minotida  bo‗lgan,  ya‘ni  yuqori  toifali  «fuqarolarning»  moddiy 
ta‘minoti  to‗g‗risidagi  oldin  ilgari  surilgan  g‗oyalar  rivojlantirilgan.  Bu 
yerda  faylasuf  tenglik  tamoyilida  jamiyat  tuzilishining  ayrim  ijtimoiy-
iqtisodiy  unsurlarning  tavsifini  boshqalardan  oldin  ko‗ra  bilgan.  Xususan, 
barcha  fuqarolar  Platon  fikricha,  ideal  davlatda  (qur‘a  bo‗yicha)  uy-joy, 
yer  olishlari  mumkin.  Buning  ustiga  yer  faqat  unga  egalik  qilish  va 
undan  foydalanish  huquqi  bilan  (ya‘ni  to‗la  bo‗lmagan  mulk  huquqi) 
berilgan  bo‗lsa  ham,  uni  olgan  kishi  keyinchalik  bolalarining  biriga 
aynan  shu  shart  bilan  meros  qoldirish  imkoniyatiga  ega  bo‗lgan. 
Fuqarolar  umumiy  mulkining  qimmati  to‗rt  martadan  ko‗p  farq 
qilmasligi kerak.  
Platonning  har  ikkala  loyihasida  o‗xshashlik  mavjud:  davlatni 
boshqaruv  apparati  (birinchi  loyihada)  va  fuqarolar  (ikkinchi  loyihada) 
oltin  va  kumushga  ega  bo‗lishlari  va  sudxo‗rlik  bilan  shug‗ullanishlari 
mumkin  emas.  U  xuddi  Ksenofontga  o‗xshab  dehqonchilikni 
iqtisodiyotdagi  asosiy  tarmoq,  deb  hisobladi,  hunarmandchilik  va 
savdoni  jamiyatda  uncha  e‘tiborli  bo‗lmagan  mashg‗ulotlar  turiga 
kiritdi. 
  Antik  iqtisodiy  fikrlar  tarixida  Platon  birinchilardan  bo‗lib 
bahoning asosi va darajasi to‗g‗risidagi savolni o‗rtaga tashladi. Uning 
fikricha,  baho  davlat  hokimiyati  tomondan  tartibga  solinib  turilishi 
kerak,  bundan  tashqari  asos  sifatida  shunday  baho  olinishi  kerakki,  u 
o‗rtacha foyda olishni ta‘minlasin. 


36 
 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish