4.1.5. Sarguzasht turizmi
Turizmning bu shakli turistlar oldiga qiyin, ba‟zan esa jismoniy va shaxsiy
jihatdan xavfli vazifalarni qo„yadigan sayohatlar bilan bog„liq. Ularga olis
o„lkalarga piyoda borish (Shimoliy qutbga chang„ida borish), tog„ daryolari bo„ylab
turli xil lodkalarda sayr qilish, alpinizm, ovchilik va baliq ovini kiritish mumkin.
Demak, turizmning har xil turlarini rejalashtirishda turistlarning bilib olish
ehtiyojlarini yanada to„laroq qondirish maqsadida turistik rayon yoki mintaqaning
xususiyatlarini har tomonlama hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |