O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya Yo’nalishi (sirtqi bo’lim) Davlat byudjeti fanidan mustaqil ishi mavzu: “Davlat byudjeti” faning ahamiyati Bajardi: mms 65 –gurux talabasi Xayrullayev Bobur


Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati



Download 148,84 Kb.
bet2/8
Sana01.01.2022
Hajmi148,84 Kb.
#297560
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ish MMC-65 Xayrullayev B

Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati

Bir qator ilmiy adabiyotlarda davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritishda uning:



  • iqtisodiy kategoriya sifatida;

  • moddiy tushuncha sifatida;

  • huquqiykategoriyasifatidamavjudekanligivaamalqilishinazardatutilgan (2.1-rasm).


2.1-rasm. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati1






1Nurmuxamedova B.I., Kabirova N.V. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 102-bet.

Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning, uning faol qismi bo’lgan milliy daromadning (qisman milliy boylikning) qiymatini qayta taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo’lib, ular natijasida iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa va davlat boshqaruvi ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo’ljallangan pul fondi – davlat byudjeti shakllanadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi.

Moddiy tushuncha sifatida davlat byudjeti – markaziy hukumat va tegishli darajadagi mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta‘minlovchi, ular oldidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo’ljallangan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidir.

Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – markaziy va tegishli mahalliy hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, markazlashgan pul mablag’lari fondini shakllantirish, taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko’zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja, yuridik hujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili1 uchun tuziladi, ko’rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 3-moddasida esa ―davlat byudjeti‖ iborasi ―davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta‘minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi‖2 deb ta‘riflanadi. Ushbu ta‘rif davlat byudjetining yuqorida sharhlangan moddiy tushuncha sifatidagi mazmun-mohiyatiga mos keladi.



―Public budgeting systems‖ nomli qo’llanmada ―davlat byudjeti nima?‖ deb qo’yilgan savolga ―Sodda qilib ta‘riflaganda, byudjet - bu tashkilotning (masalan, oila, korporatsiya, hukumat) moliyaviy holati va kelgusi rejalarini, ya‘ni daromadlar, xarajatlar rejasi, maqsadlar va natijalar to’g’risidagi ma‘lumotlarni o’z ichiga oluvchi hujjat yoki hujjatlar yig’indisi‖3, deb ta‘rif berilgan. Retrospektiv xarakterga ega bo’lgan, ya‘ni o’tgan davr ma‘lumotlarini aks ettirishga asoslangan buxgalteriya hisobotidan farqli o’laroq, (garchi byudjet ishlab chiqilayotganda byudjetning o’tgan davrdagi daromadlari va xarajatlari ijrosining buxgalteriya hisobi ma‘lumotlaridan foydalanilsada) byudjet – kelgusida kutilayotgan daromadlar, xarajatlar va natijalarni ko’rsatuvchi perspektiv hujjat hisoblanadi. Tarixan, byudjet so`zi charm karmon, hamyon, sumka ma‘nosini anglatgan. Xususan, ―Britaniya davlatida Xazina kansleri (Moliya vaziri) hukumatning ehtiyojlari va resurslari hajmi aks etgan bayonotini mamlakat parlamentiga charm sumkada taqdim etgan va bu hujjat keyinshalik byudjet nomini olgan‖4.





1O‘zbekiston Respublikasida moliya yili kalendar yiliga mos keladi, lekin dunyo mamlakatlarida ularning an‘analari va mamlakat hayotidagi muhim, hal qiluvchi tarixiy sanalariga muvofiq, byudjet yili kalendar yiliga mos kelmasligi mumkin.

2O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. O’zbekiston Respublikasi qonuni. O’RQ-360-son, 26.12.2013. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y. 52-son, 645-modda.

3Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce.. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 14

4Burkhead, J. ( 1956). Government budgeting, 2.

  1. Download 148,84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish