Davlat byudjetining mohiyati uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi funksiyalarida namoyon bo’ladi. Turli davr va turli maktab iqtisodchilari davlat byudjetining funksiyalarini yoritishga turlicha yondoshadilar. Masalan, T.Malikov, N.Xaydarov hammuallifligidagi ―Davlat byudjeti‖ o’quv qo’llanmasida davlat byudjetining funksiyalari quyidagi tarzda bayon qilingan: ―Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bo’linmalari singari, ikki xil funksiyani bajaradi: 1) taqsimlash; 2) nazorat.‖1
Bu va shu kabi boshqa adabiyotlarni o’rganish asosida, davlat byudjetining amalda namoyon bo’lish shakllarini o’rgangan hamda ko’pchilik iqtisodchi olimlarning fikriga qo’shilgan holda, davlat byudjeti quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi, deyishimiz mumkin (2.2-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |