1.Xususiy tadbirkorlikni qo‘llab – quvvatlashning mohiyati
Xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish solish va qo‘llab-qavvatlash zaruriyati davlatning oldiga bir qator vazivalarni qo‘yadi:
- huquqiy kafolatlar berish, himoyalash va tartibga solish vazifasi-tadbirkorlarning barqaror rivojlanishini hamda ularning boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan teng sharoitlarda faoliyat yuritishini ta’minlashda imkon beruvchi qonuniy-me’yoriy hujjatarni qabul qilish hamda ularga rioya etilishi ustidan nazorat yuritishi;
- rag‘batlantirish vazifasi-xususiy tadbirkorlik tashabbusi, adolatli raqobat hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar faoliyatini turli iqtisodiy dastaklar yordamida rag‘batlantirish va qullab-quvvatlash choralarini ko‘rish;
- axborot-maslahat ta’minoti vazifasi-tadbirkorlarning axborot ta’minoti tizimidan teng sharoitlarda, to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyatini yaratish, ular uchun iqtisoiy muammolarning samarali echimini topish, xom-ashyo resurslari ta’minoti, ilg‘or texnika va texnologiyalarni kullash yuzasidan maslahatlar berish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish vazifasi-xalqaro bozorlarda tadbirkorlikning manfaatlarini himoyalash, imtiyozli bojxona tariflari va soliqlar orqali eksport uchun qulay iqtisodiy muhit hosil qilish tadbirlari.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-kuvvatlash qo‘yidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda:
- xususiy biznes korxonalari yaratilishi va faoliyatining me’yoriy-huquqiy negizini takomillashtirish;
- xususiy tadbirkorlik korxonalarining kredit manbalari va sarmoyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- tadbirkorlik xatarlaridan barqaror himoyalanishni ta’minlash uchun sug‘urta tizimining ahamiyatini oshirish;
-tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni, zamonaviy texnologiya va uskunalarni jalb etish;
- xususiy tadbirkorlikka xizmat ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmalarini kengaytirish va rivojlantirish;
- xususiy tadbirkorlik faoliyati ko‘rsatkichlarining buxgalteriya hisobi va tahlili tizimini takomillashtirish, ular uchun davlat statistika, buxgalteriya va soliq hisobotining soddalashtirilgan tartibini joriy etish;
- tadbirkorlik faoliyati subyektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zaruriy iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan ta’minlash;
- soliqlar, yig‘imlar va ta’riflar bo‘yicha imtiyozlar belgilash;
Davlatning tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishni tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash sohasidagi faoliyati ma’lum bir shakllar hamda usullar asosida olib boriladi. Davlat tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ma’muriy, iqtisodiy yoki institutsional usullar yordamida bevosita yoki bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini qo‘llab – quvvatlash shakllari va turlari nihoyatda xilma – xildir. Ularini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Davlat – huquqiy yordami;
Tashkiliy va boshqaruv yordami;
Moddiy – texnikaviy yordam;
Ijtimoiy – psixologik yordam.
Do'stlaringiz bilan baham: |