O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“Iqtisodiyot” kafedrasi
Abdulxalilova S.N.
“Innovatsion tadbirkorlik” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo’yicha uslubiy qollanma
TOSHKENT-2021
S.N.Abdulxalilova. “Innovatsion tadbirkorlik” (o’quv uslubiy qo’llanma)-T.: ТМИ, 2021.36 bet.
Ushbu “Innovatsion tadbirkorlik” fanidan tayyorlangan o’quv uslubiy qo’llanma sirtqi fakultetda ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish, innovatsion tadbirkorlik usullari va ularning amaliyotda qo’llanilishiga qaratilgan bo’lib, mustaqil ta’lim vazifalarini bajarish bo’yicha uslubiy ma’lumotlar berilgan.
Taqrizchilar:
N.S.Kasimova
|
−
|
TMI, “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, i.f.n
|
I.Xotamov
|
−
|
TDIU “Sanoat iqtisodiyoti”kafedrasi dotsenti, i.f.n
|
KIRISH
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash Milliy dasturi doirasida ta'lim tizimini tubdan modernizatsiya qilish ta'lim jarayoniga jahonning yetakchi oliy o'quv yurtlarining ta'lim dasturlarini o'rganish tajribasini jadal joriy etishni taqozo etmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin.Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi. Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda talabalarga iqtisodiy hayotimizda yuz berayotgan jarayonlarni tushunish, bilish va baholash, mezonlarni tanlash va taqqoslash, parametr va hodisalar ko'lamini taqqoslash, asosiy va umumiy jihatlarni ikkinchi darajali va xususiy shaxslardan ajratish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan “Innovatsion tadbirkorlik asoslari” fani katta ahamiyat kasb etadi, u milliy iqtisodiyotning asosiy bo'g'inlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |