Kristalloskopik tahlil. Bu tahlil yordamida suyuqlikdagi bir yoki bir necha izlanayotgan elementlarning kristall shaklidagi tuzlari cho‘kishini keltirib chiqaradigan reaktivlarni aniqlash mumkin.
Oltingugurt, kobalt, kumush, oltin, qalayi va boshqa elementlarni aniqlashda reaksiyalar predmet oynasida, qo‘rg‘oshin, margumush, fosfor va surmani aniqlash anshliflarda olib boriladi.
Izlanayotgan element tuzlarning rangi, ayniqsa, kristallik shakli bo‘yicha aniqlanadi. Ba’zi bir elementlarni reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin emas. Biroq margumush, fosfor, surma, qo‘rg‘oshin, kumush, qalay va ko‘pincha kobalt va simob kabilar uchun kristalloskopik tahlil qilishda maxsus reaksiyalar talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |