O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Laboratoriya ishini bajarish tartibi



Download 0,69 Mb.
bet7/24
Sana01.01.2022
Hajmi0,69 Mb.
#294391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
2 5420108973611159489

Laboratoriya ishini bajarish tartibi.

Ma’dan minerallarining qaytgan nurlardagi ranglarini sifat ko‘rsatkichlarida aniqlash. Minerallarning mikroskop ostida qaytgan nurlardagi rangi eng muhim diagnostik belgilardan biri sifatida xizmat qiladi. Mineral rangi yorqinligi (qaytarish darajasi) va tusi (nur qaytish dispersiyasi) bo‘yicha farqlanadi.

Ma’dan minerallarining rangi etalon mineral rangi bilan solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi. Etalon minerallar sifatida galenit va sfalerit qo‘llanadi. Ular rangsiz minerallar etaloni hisoblanadi. Aslini olganda, qaytgan nurlarda rangsiz minerallar yo‘q, chunki yorug‘lik nuri adsorbsiyalovchi muhitlardan qaytganda, har doim biron-bir rang tusini oladi. Lekin rang tusining kuchi rangsiz minerallarda shunchalik kuchsizki, ularni shartli ravishda rangsiz deb hisoblash mumkin.

Ma’dan minerallarining qaytgan nurlardagi ranglarini aniqlash uslubi quyidagilardan iborat.

Agar shlifda noma’lum mineral yaqinida mineral-etalon joylashgan bo‘lsa, unda yetarli daraja aniqlik bilan nafaqat mineralning rangini, balki uning kuchsiz rang tusini ham aniqlash mumkin.

Tekshirilayotgan mineralni mineral-etalon bilan solishtirib, uning rangini va “rangsiz minerallar” deb ataluvchi guruhga mansub minerallarning rang tusini aniqlash mumkin. Yuqorida minerallar qaytarish darajasini aniqlashda keltirilganidek, rangsiz minerallarning qaytgan nurlardagi rang tuslarini aniqlash qizil, sariq va yashil filtrlarni qo‘llash bilan osonlashadi va aniqlashadi. Yashil rangli filtr ishlatilganda yashil va ko‘k tusli minerallarda (pirargirit, prustit, bulanjerit); sariq rangli filtrda – sariq rang tusli minerallarda (pirit, markazit va boshqalar); qizil rangli filtrda – qizil, pushti va zarg‘aldoq rang tusli minerallarda (arsenopirit, rammelsbergit, xloantit va boshqalar) eng ko‘p qaytarish darajasi kuzatiladi.

Minerallar kuchli yorug‘lik nurlarida ochroq rangda ko‘rinadi. Shuning uchun minerallar rangini aniqlashda bir xil kuchdagi yorug‘lik manbalardan va bir xil rang filtrlaridan foydalanish kerak.

Minerallarning rangini nisbatan aniqlash uni o‘rab turgan minerallarning rangiga ham bog‘liq. Masalan, xalkopirit yonida pirit va galenit bo‘lsa yorqin-sariq rangda, agar yonida sof tug‘ma mis bo‘lsa – yashilroq tusda ko‘rinadi. Tennantit esa, sfalerit va tomirsimon minerallar fonida oq rangli, galenit yonida kulrang bo‘lib ko‘rinadi.

Ma’dan minerallarining rangini qaytgan nurlarda aniqlash jarayonida subyektivlik elementlarini bartaraf etish uchun tekshirilayotgan minerallarning rangini quyidagi mineral-etalonlar bilan solishtirish zarur:


  1. oq – galenit;

  2. och kulrang – tennantit;

  3. kulrang – sfalerit;

  4. qaymoqrang – pirrotin;

  5. sariq – xalkopirit;

  6. qaymoqrang-pushti – nikelin;

  7. ko‘k – kovellin.

Bu minerallarni kuzatish natijasida ko‘zni mashq qildirib, etalon ranglarni boshqa minerallar ranglari bilan solishtirishga o‘tish mumkin.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish