Norasmiy boshqarish rasmiy boshqaruvga qo‗shimcha bo‗lib, uning
ehtiyojini ifodalaydi. Bugina emas, faqat norasmiy yo‗l bilan hal qilinadigan
muammolar ham bo‗ladi, inson, jamiyat, ishlab chiqarish rivojlangan sari bunday
muammolar ko‗plab uchrayveradi.
Inson faoliyatida va ishlab chiqarishda ishga ijodiy yondashuv,
innovatsiyalarni joriy etish tobora katta ahamiyat kasb etib, rivojlanish sifati va
maromini oshirishning bosh omillariga aylanib bormoqda. Bu talabni ko‗p jihatdan
norasmiy boshqaruv, ijobiy ijtimoiy-ruhiy motivlar ta‘minlaydi.
159
Amaldagi tashkiliy qonun-qoidalar, ma‘muriy ta‘sir vositalari (buyruq,
intizomiy talab kabilar), ijroni nazorat qilish, belgilangan tartibda ishlarning hisob-
kitobidan foydalanish