O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

D.MakKlellandning 
orttirilgan 
ehtiyojlar 
nazariyasida
 
insonni 
qiziqtiradigan uch ehtiyoj ko‗rib chiqiladi: 
-   
yutuqqa
 
erishish
  ehtiyoji,  bu  ehtiyoj  insonning  o‗z  oldiga  qo‗ygan 
maqsadlarga  avvalgisidan  ko‗ra  samaraliroq  erishishga  intilishida  namoyon 
bo‗ladi; 
-
 
odamshavandalik
  ehtiyoji,  bu  ehtiyoj  atrofdagilar  bilan  do‗stona 
munosabat  o‗rnatishga,  ularning  qo‗llab-quvvatlashiga  munosib  bo‗lishga 
intilishda  namoyon  bo‗ladi.  Bunga  erishish  uchun  xodim  hamma  bilan 
xushmuomala bo‗lishi, hamma narsadan xabardor va hushyor bo‗lishi kerak; 
-
 
hokimiyatga 
ehtiyoj  (lavozim,  obro‗-e‘tibor,  iste‘dod  va  h.k.),  bu  ehtiyoj 
odamlarning  xatti-harakatlarini,  resurslarning  ishlatilishini  nazorat  qilishga, 
odamlarning  xulq-atvoriga  ta‘sir  o‗tkazishga,  ularning  ishlari  uchun  mas‘uliyatni 
zimmasiga olishga intilishda namoyon bo‗ladi. 
Bu  nazariyada  yutuqqa,  odamshavandalikka  va  hokimiyatga  erishish 
ehtiyojlari  biri  ikkinchisini  inkor  qilmaydi  va  Maslou  nazariyasidagi  kabi 
pog‗onalarga  bo‗linmaydi.  Bugina  emas,  mazkur  ehtiyojlar  inson  fe‘l-atvoriga 
ta‘siri namoyon bo‗lishi ularning o‗zaro ta‘siriga juda bog‗liq bo‗ladi. 


96 
 
Hukmronlik qilishdek yuksak motivatsiyali kishilar bir-birini mutlaqo inkor 
qiladigan  ikki  guruhga  bo‗linadi.  Birinchi  guruh  hukmronlik  qilish  uchun 
hokimiyatga  intiluvchi  bo‗lsa,  guruh  vazifalari  hal  etilishiga  intilishni  ko‗zlab 
hokimlikni qo‗lga kiritishga intiluvchi shaxslar ikkinchi guruhga kiradilar. 
D.MakKlellandning  fikricha,  o‗z  nazariyasida  ko‗rib  chiqilgan  uch 
ehtiyojdan  ikkinchi  toifaga  mansub  hukmronlik  ehtiyoji  menejer  uchun  eng  katta 
ahamiyat ega bo‗ladi. 
Alderferning  nazariyasiga
  binoan  inson  ehtiyojlarini  uch  guruhga 
birlashtirsa bo‗ladi: 
- o‗sish ehtiyojlari; 
- aloqa ehtiyojlari; 
- yashash ehtiyojlari. 
 Yashash  ehtiyojlari  Maslou  piramidasidagi  dastlabki  ehtiyojlarning  ikki 
guruhini  o‗z  ichiga  oladi  deyish  mumkin.  Aloqa  ehtiyojlarini  mansublik  va 
daxldorlik ehtiyojlariga qo‗shsa bo‗ladi. Bu ehtiyojlar insonning ijtimoiy tabiatini, 
uning  oila  a‘zosi  bo‗lish,  hamkasblar,  do‗stlar  orttirish,  boshliqlar  va  qo‗l 
ostidagilar  bilan  birga  bo‗lish  niyatini  aks  ettiradi.  SHu  sababli  mazkur  guruhga 
Maslou  piramidasidan  e‘tirof  etilish  va  o‗zini  qaror  toptirish  ehtiyojlarining  bir 
qismini kiritish mumkin. O‗sish ehtiyojlari Maslou piramidasidagi o‗zini namoyon 
etish ehtiyojlariga o‗xshaydi hamda o‗zini qaror toptirish va e‘tirof etilish guruhlari 
ehtiyojlarini  ham  o‗z  ichiga  oladi,  shuningdek,  o‗zini  kamol  toptirishga  intilish 
bilan bog‗liqdir. 
Ehtiyojlarning ana shu uchchala guruhi pog‗ona tarzida joylashgan. Ammo, 
A.Masloudan  farqli  ravishda  K.Alderfer  harakat  ikki  tomonlama  boradi,  deb 
hisoblaydi. Agar quyi pog‗ona ehtiyoji qondirilsa, harakat yuqoriga qarab boradi. 
Bunda  ehtiyojlarning  ko‗tarilishi  aniqlikdan  biroz  mavhumlikka  qarab  siljiydi. 
Agar yuqoriroq pog‗ona ehtiyoji qondirilmasa, harakat pastga qarab boradi. Bunda 
pastroq, ammo aniqroq pog‗ona ehtiyojlarining harakat darajasi kuchayadi. 


97 
 
Ehtiyojlar  darajalari  bo‗ylab  yuqorilash  harakati  jarayonini  Alderfer 
ehtiyojlarning  qondirilish  jarayoni  deb  atadi,  pastlash  harakati  jarayonini  esa 
frustratsiya, ya‘ni ehtiyojni qondirish yo‗lidagi mag‗lubiyat, deb atadi. 
Bu  esa,  agar  yuqoriroq  pog‗onadagi  ehtiyojlarni  qondirish  imkoniyati 
bo‗lmasa,  ehtiyojlarning  quyiroq  pog‗onasiga  mos  keladigan  motivlashning 
samarali shakllarini  izlashda  menejerlarga  qo‗shimcha  imkoniyatlar ochib beradi. 
Masalan, agar tashkilotda insonning o‗sishga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish uchun 
imkoniyat  bo‗lmasa,  u  aloqa  ehtiyojidan  foydalanishi,  tashkilot  esa  unga  mana 
shunday imkoniyatni yaratib berishi mumkin. 
Frederik  Gersbergning  ikki  omil  nazariyasida
  aytilishicha,  qanoatlanish  va 
qanoatlanmaslik  (
ehtiyojlarning  qondirilishi  yoki
 
qondirilmasligi
)ni  keltirib 
chiqaruvchi  omillar  nuqtai  nazaridan  olganda,  mazkur  jarayonlar  ikkita  turli 
jarayondan iborat, ya‘ni qanoatlanmaslik oshib borishini keltirib chiqargan omillar 
bartaraf etilgan taqdirda, qanoatlanish albatta oshib boravermaydi. 
―Qanoatlanish  -  qanoatlanmaslik‖  jarayoni  asosan  ishning  mazmuni  bilan 
bog‗liq bo‗lgan omillar, ya‘ni ichki omillar ta‘sirida yuzaga keladi. Mazkur omillar 
insonning  fe‘l-atvoriga,  odobiga  kuchli  ta‘sir  o‗tkazadi.  Ular  motivlashtiruvchi 
ta‘sirlar  deb  ataladi  va  ehtiyojlarning  mustaqil  guruhi  deb  qaraladi.  Buni 
umumlashma tarzda o‗sishdagi ehtiyojlar guruhi deb ta‘riflaydilar. Muvaffaqiyatga 
erishish,  tan  olinish,  mas‘uliyat,  yuqori  ko‗tarilish,  ishning  o‗zi  va  o‗sish 
imkoniyati shular jumlasiga kiradi. 
―Qanoatlanmaslik - qanoatlanish‖ jarayoni asosan ish olib boriladigan muhit 
bilan bog‗liq bo‗lgan omillar, ya‘ni tashqi omillar ta‘sirida vujudga keladi. Bunday 
omillarning yo‗qligi xodimlarda qanoatlanmaslik tuyg‗usini yuzaga keltiradi. Ayni 
vaqtda  ularning  mavjudligi  albatta  qanoatlanishni  keltirib  chiqaravermaydi,  ya‘ni 
bu  omillar  motivlovchilik  rolini  o‗ynamaydi.  Ularni  ―sog‗liq‖  omillari  deb 
ataydilar.  Ularni  insonning  qiyinchiliklarni,  xohishlar  va  muammolarni  bartaraf 
etish  ehtiyoji  guruhi  deb  hisoblash  mumkin.  Ish  joyidagi  sharoitlar,  ish  tartibi, 
rahbariyatning  nazorati,  kasbdoshlar  va  quyi  xodimlar  bilan  munosabat,  ish  haqi 
kabilar ana shu omillar jumlasiga kiradi. 


98 
 
Demak,  xodimlarning  qanoatlanmaslik  tuyg‗usini  sezgan  menejer  shu 
holatga sabab bo‗lgan omillarga birinchi galda e‘tibor berib, ularga barham berish 
uchun  hamma  choralarni  ko‗rishi  kerak.  So‗ngra  menejer  motivlovchi  omillarni 
ishga  solib,  xodimlarni  qanoatlantirishga  erishish  orqali  yuqori  natijalarni  qo‗lga 
kiritishga harakat qilishi kerak. 
Bulardan  tashqari  motivlashning  protsessual  nazariyalari  ham  bor.  Ularda 
motivatsiya  jarayoni  qanday  tuzilishi  va  odamlarni  ko‗ngildagidek  natijalarga 
erishish uchun qanday qilib motivlash yo‗llari ko‗rsatiladi. Ularda kishi maqsadga 
erishish uchun o‗z kuch-g‗ayratini qay tarzda taqsimlashi va bu jarayonda xulqning 
qaysi  turini  tanlab  olishi  tahlil  etiladi.  SHu  nazariyalarga  binoan  shaxsning  fe‘l-
atvori  mazkur  vaziyatda  o‗zi  tanlab  olgan  odob  toifasining  ehtimoliy  oqibatlari 
bilan bog‗liq bo‗lgan idrok va umidlarning funksiyasi hamdir. 
Motivatsiyaning 
quyidagi  asosiy
  protsessual  nazariyalari
    tan  olingan: 
kutish nazariyasi, tenglik nazariyasi, motivlash modeli (muallifi Porter-Louler) va 
Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish