O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov


-§.Aloqa vositalaridagi to„siqlar



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

6-§.Aloqa vositalaridagi to„siqlar 
Axborot uzatish yo‗lida to‗siqlar bo‗lishi tabiiy va muqarrardir. Bu to‗siqlar 
ta‘sirini  iloji  boricha  kamaytirish  uchun  ularni  ilmiy  asosda  tasniflash  va  bir 
tizimga  solish  zarur.  Kommunikatsiya  nazariyasida 
kommunikatsiyadagi 
to„siqlarni
  tasniflash  sifatida  kommunikatsiya  muhiti  (tashqi  shartlari), 
kommunikatsiyaning 
texnik 
vositalari 
va 
kommunikatsiyaning 
bosh 
harakatlantiruvchi shaxsi bo‗lmish insonning o‗zi alohida ajratib ko‗rsatiladi.  
Axborotni  uzatish  va  qabul  qilishda  noqulaylik  keltirib  chiqaruvchi  tashqi 
fizik vaziyatning quyidagi fizik  xususiyatlari muhit omillari keltirib chiqaradigan 
to‗siqlar jumlasiga kiradi: 
-
 
akustik to‗sqinliklar; 
-
 
tevarak-atrofdagi chalg‗ituvchi vaziyatlar; 
-
 
harorat sharoitlari; 
-
 
ob-havo sharoitlari. 


87 
 
Texnik  to‗siqlarni  bildirish  uchun  ko‗pincha  ―shovqinlar‖  tushunchasini 
ishlatadilar,  bular  uzatilayotgan  signalni  buzadigan  (uzadigan)  va  xabarga  salbiy 
ta‘sir o‗tkazadigan shovqinlardir. 
Kommunikatsiyaning  ―insoniy‖  to‗siqlarini  ruhiy-jismoniy  va  ijtimoiy-
madaniy to‗siqlarga ajratish mumkin.  
Ruhiy-jismoniy  to‗siqlar  inson  tanasidagi  biron-bir  fiziologik  buzilishlar: 
artikulyasiya  buzilishi,  karlik,  ko‗rlik  yoki  qisman  ko‗rlik  va  shu  kabi  nuqsonlar 
oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‗lgan to‗siqlardir. Odamlarning ruhiy xislatlari 
ham  ularning  muloqot  qilish,  axborot  uzatish  va  qabul  qilish  qobiliyatiga  kuchli 
ta‘sir o‗tkazadi. 
Kundalik hayotda biz o‗nlab kishilar bilan muomalada bo‗lamiz. Ular biron-
bir millat, elat, sinf, ijtimoiy guruh, diniy konfessiya, kasb-kor, demografik guruh 
va  shu  kabilarning  namoyandalari  bo‗lishi  mumkin.  Bu  hol  ijtimoiy-madaniy 
tafovutlarni keltirib chiqaradi. Ana shunday  muloqotda ijtimoiy-madaniy to‗siqlar 
paydo bo‗lishi mumkin. 
Tashkilotlar  sotsiologiyasida  va  ruhshunosiyasida  quyidagi  eng  muhim 
kommunikatsion to‗siqlar yaqqol ko‗rinib turadi: 
-
 
xabarlardagi nuqsonlar; 
-
 
axborotning ortib ketishi; 
-
 
perseptiv-interpretatsion(idrok  etish-talqin  etishdagi)  to‗siqlar(turlicha 
idrok etilishi); 
-
 
joylashuvdagi  to‗siqlar  (insonlarning  ijtimoiy,  kasb-kor  va  hayotiy 
qarashlaridagi tafovutlardan kelib chiqadigan to‗siqlar); 
-
 
huquqiy  holat  to‗siqlari  (aloqa  bog‗lovchilarning  tashkilotchilik 
mavqeidagi katta tafovutlar oqibatida kelib chiqadi); 
-
 
tildagi  semantik  to‗siqlar(tabiiy  tildagi  tushunchalar  ko‗pma‘noliligi 
sababli kelib chiqadi); 
-
 
tildagi axborotning ortiqchaligi; 
-
 
yaxshi shakllantirilmagan xabar; 
-
 
soxtalatirishga oid to‗siq; 


88 
 
-
 
pala-partish baho berish tufayli kelib chiqadigan to‗siqlar(xodimning hali 
uzil-kesil natijani kutmay shoshilib bevaqt xulosa chiqarishidan kelib chiqadi); 
-
 
―qo‗rquv  to‗sig‗i‖(rahbar  ko‗pincha  o‗z  xodimlaridan  to‗g‗ri  xabar 
olmasligi  yoki  qo‗rquv  sababli  noto‗g‗ri  tuzilgan  xabar  olishi  oqibatida  kelib 
chiqadi); 
-
 
tashkiliy to‗siqlar(pog‗onalarning ko‗pligi, boshqaruv miqyosi va sh.k.b.) 
Masalan,  funksional  bo‗linmalararo  uzatish  vaqtida  ham  axborot  buzilishi 
mumkin.  Axborotni  boshqaruvning  to‗rtta  pog‗onasi  orqali  uzatishda  dastlabki 
ma‘lumot 100 foizigacha o‗zgarib qolish ehtimoli bor. 
Tashkilot xodimlari aloqa kanallarida o‗ziga xos filtr roli o‗ynashlarini aytib 
o‗tmoq kerak. Boshqaruvning har bir pog‗onasida ma‘lumotning yashirilishi yoki 
buzilishi,  undan  ayrim  raqamlar  olib  tashlanishi  yoki  o‗zgartirilishi  sodir  bo‗ladi. 
Boshqaruvning  yuqori  pog‗onalari  axborotga  egalik  mavqeini  berib  qo‗yishni 
xohlamaydilar, chunki maxfiy axborotga egalik – hokimiyatning muhim belgisi va 
vositasidir. 
Biroz  noshudroq  rahbarlar  haqiqiy  ahvol  haqida  xolisona  fikr  yuritishni, 
ayniqsa  o‗z  xato va kamchiliklarini oddiy  xodimlardan eshitishni  yoqtirmaydilar. 
Tashkilot  rahbari  axborot  oshkor  bo‗lib  qolishidan  qo‗rqishining  boshqa  sababi 
ham  bor,  u  iqtisodiy  xavfsizlik  va  sanoatdagi  josuslikdan  himoyalanish  haqida 
ko‗proq o‗ylaydi. 
Tashkilotning  quyi  pog‗onalari  ham  kommunikatsiya  jarayonlariga  o‗z 
o‗zgartishlarini  kiritadilar.  Ular  yo‗l  qo‗yilgan  nuqson  va  qusurlarni  boshliqlar 
bilib  qolishini,  ayniqsa  o‗zlari  to‗g‗rilab  yuborishlari  mumkin  bo‗lgan 
kamchiliklarni bilib qolishlaridan cho‗chiydilar. 
Rasmiy kommunikatsiya tarmoqlarida axborotning yo‗qotilish hollari uchrab 
turadi.  K.Killen  aniqlagan  ma‘lumotlarga  ko‗ra,  markazdan  ijrochilargacha 
axborotning  atigi  20  foizi,  quyi  bo‗linmalarninig  boshliqlarigacha  50  foizi  etib 
borar  ekan,  gorizontal  norasmiy  aloqa  tarmoqlari  orqali  esa  manfaatdor  xodimlar 
ishlarning ahvoli to‗g‗risidagi axborotning 90 foizini oladilar. 


89 
 
Kommunikativ  tarmoqlarda  axborot  yo‗qolishiga  ikki  turdagi  asosiy  xato 
sabab bo‗ladi. 
Birinchisi  –  axborotdagi  ma‘lumotlarning  haddan  tashqari  ko‗pligi.  Agar 
kommunikativ axborot juda uzun, ko‗p va murakkab bo‗lsa, xizmatchi xabarning 
boshida nima deyilganini unutib qo‗yadi. Tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, shuning 
oqibatida axborotning 50 foizigacha unutib qo‗yiladi.  
Ikkinchisi  –  pog‗onaning  murakkabligi.  Quyiga  qarab  boradigan  vertikal 
kommunikatsiyalar  oliy  rahbardagi  pog‗ona  bo‗yicha  quyi  lavozimga,  undan    - 
yana ham quyiroq lavozimga va h.k.z. – to bevosita ijrochigacha uzatiladi. Har bir 
navdagi uzatishda axborotning 30 foizga yaqini  yo‗qolib yoki soxtalashib borishi 
isbotlangan. 
Tashkilotda  axborotning  yo‗qolishi  va  soxtalashishi  deyarli  hamma  joyda 
uchraydigan hodisa bo‗lib, tegishli choralar ko‗rilishini talab qiladi. 
 
 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish