2-§.Zamonaviy tashkilotlarda madaniyatlararo o„zaro ta‟sir
Globallashuv va baynalmilallashuv jarayonlari ijtimoiy muloqotning
madaniyatlararo muhitdagi o‗zaro ta‘sir jihatini muhim qilib qo‗ydi. Shunga ko‗ra,
ikki va undan ortiq odamning birgalikdagi mehnat faoliyati haqida gap ketganda,
guruh a‘zolarining hamkorlikdagi faoliyatini amalga oshirish asosida umumiy
maqsadlar, vazifalar, ehtiyojlar bo‗ladi. Guruh a‘zolari intilishlarida, avvalambor,
barcha uchun umumiy va har bir inson uchun alohida maqsad va vazifalar aks
etadi, shuningdek, har bir guruh a‘zosining alohida va butun guruh talablariga
javob beruvchi muayyan manfaatlari ko‗zda tutiladi. Bularning barchasi guruh
ishtirokchilarini doimiy rioya qilinadigan ma‘lum yo‗nalishga chorlaydi.
Shu bilan bir vaqtda turli madaniyatlar vakillari munosabatlari ko‗plab
muammolar tug‗diradi. Buning sababi ko‗pmillatli tashkilot doirasida hamkorlikda
mehnat qilayotganlarning me‘yor, qadriyat, dunyoqarashlari xususiyatlarining mos
kelmasligidir.
Oxirgi paytda millatiga ko‗ra tabaqalash odobdan emas, chunki bu inson
jamiyatdagi o‗rnini o‗zi belgilashiga imkon bermaydi, degan fikr hukmron. Biroq,
farqlanish muammosini tanqidiy ko‗rib chiqish begona larni tabaqalash vajidan
etik shubhalardan qat‘iy nazar, o‗zini oqlaydi. CHunki u o‗zaro munosabatdagi
ishtirokchilarning turlicha qadriyat va o‗zini tutish ko‗rsatmalarining nizoi
45
sharoitida madaniyatlararo o‗zaro ta‘sir jarayonlari kechishining o‗ziga xosligini
aniqlash imkonini beradi. Masalan, turli etnos vakillari ishtirok etadigan
hamkorlikdagi mehnat faoliyati jarayonida bunday umumlashmalar (hamkasblarni
―ruslar‖, ―turklar‖ va boshqalar deb atash) hamkasblar va hamkorlarga bo‗lgan
ishonchning kamayishiga, ular mehnatining past baholanishiga, ular bajarayotgan
ishga hamyurtlariga nisbatan yuqori talablar qo‗yish kabi salbiy natijalarga olib
keladi.
Madaniyatlararo o‗zaro ta‘sir, ya‘ni turli madaniyatlarning teng huquqli
munosabati, shuningdek, muloqot va o‗zaro hurmat asosida o‗z fikrini madaniy
namoyon qilishning umumiy shakllarini yaratish imkoniyati Rossiya va xorijdagi
ilg‗or rivojlanayotgan yo‗nalishlardandir.
Bunda madaniyatlararo o‗zaro ta‘sir jarayonida noverbal muloqot muhim
ahamiyatga ega ekanligini nazarda tutish lozim. Bu holatda foydalaniladigan
belgi, harakat va ramzlar o‗zaro ta‘sir jarayoniga ham, uning natijalariga ham
ta‘sir ko‗rsatishi, uning qatnashchilari uchun turlicha ahamiyatga ega bo‗lishi
mumkin. Shu tariqa, har xil madaniyatlarda muloqot paytida ishlatiladigan ramz,
imo-ishora, kiyim-kechak va bezaklarning ma‘nosi bir-biriga mos kelmasligi
mumkin. Chunonchi, Turkiyada baland ovozda suhbatlashish odatiy hol
hisoblansa, Rossiyada da‘vo qilish yoxud hamsuhbati betayin hissiyotli
odam
deb qabul qilinadi. Italiya madaniyati namoyandalari ruslarni imo-ishorani kam
ishlatganlari uchun suhbat mavzusi va suhbatdoshiga befarqlikda ayblaydilar.
Turli madaniyatlar vakillarining etnik xususiyatlari ham madaniyatlararo
o‗zaro ta‘sirga jiddiy to‗sqinlik qilishi mumkin. Ushbu holatda ongning quyidagi
aspektlari alohida qiziqish uyg‗otadi: kuzatilayotgan etnomarkazlashuv
tendensiyasi – boshqa madaniyat vakillariga salbiy baho berishga moyillik; o‗z va
boshqa madaniyatlar vakillarining soddalashgan timsollarini shakllantirishda
ko‗rinuvchi etnik ongni qoliplash; madaniyatlararo aloqalar jarayoniga tanlab
kiritilgan bid‘atlar, shu jumladan, hissiy idrok, o‗tmishning salbiy tajribasi va
sh.k.b.
46
Bu o‗zaro ta‘sirning birinchi bosqichlarida sheriklar shaxsiyati to‗g‗risida
axborot to‗liq bo‗lmagan sharoitda madaniyatlararo aloqalar uchun potensial
to‗siqlarni yaratadi. O‗z guruhi a‘zolariga nisbatan turli madaniyat vakillari
orasidagi farqning ko‗proqligi darajasini kutish o‗zaro aloqalarni cheklaydi. O‗zini
yangi axborotdan to‗sib, inson bid‘atlarni kuchaytiradi va ba‘zi andozalarning
aldamchiligini anglolmaydi. Uzoq davom etadigan jadal madaniyatlararo muloqot
esa ko‗pincha bunday to‗siqni olib tashlaydi.
Har bir muayyan jamiyatda qabul qilingan qadriyatlar, an‘analar
madaniyatlararo aloqalarga to‗siq paydo bo‗lishiga zamin shakllanishida muhim
o‗rin egallaydi. Ular ushbu andozalar qabul qilingan jamoa a‘zolarining
dunyoqarashini shakllantiradi. Biroq, shuni aytib o‗tish joizki, birlamchi
ijtimoiylashuvi aynan shu jamiyatda o‗tgan shaxslar to‗g‗risida gap borayapti,
chunki asosiy nuqtai nazarlar aynan shu bosqichda shakllanadi.
Migrantlarga kelsak, ularning soni tub aholi orasida yoyilib joylashishini
qiyinlashtiruvchi ko‗lamga etsagina, ularni hisobga olish mumkin. Bunday holatda
assimilyasiya jarayoni ancha qiyinlashadi, chunki muhojirlar rasmiy yoki norasmiy
tashkilotlarga birlashib, jamiyat va tashkilotlardagi ijtimoiy vaziyatga sezilarli
ta‘sir o‗tkazadilar.
Shu bilan birga, insonning baynalmilal muhitdagi xulqi faqatgina ma‘lum
madaniyatga tegishliligi emas, uning shaxsiy, ishchanlik xususiyatlari bilan
aniqlanishini unutmaslik lozim. Bunda madaniyatlararo aloqa o‗rnatishga
tayyorlanayotgan yoki o‗rnatayotgan shaxsning ilk kayfiyatiga ko‗p narsa bog‗liq.
O‗zaro aloqalarning samaradorligini kamaytiradigan asosiy to‗siqlar turli
madaniyat vakillari qo‗llaydigan kognitiv chizmalardagi farqlardir. Idrok qilish
modellarining eng yorqin tabaqalanishi o‗zga dunyoqarash, olamni idrok qilish va
sh.k.b.larga duch kelganda sodir bo‗ladi. O‗z madaniyatidan tashqarida bo‗lib
qolgan shaxs o‗zga madaniyatning til va noverbal tizimlari xususiyatlari, ijtimoiy
ong qismlari bilan to‗liq tanishish imkoniyatiga ega bo‗ladi. O‗zga madaniyat
vakillari bilan hamkorlikda mehnat qilar ekan, inson aynan shunday sharoitga
47
tushib qoladi. Chunki ish joyi chegarasida insonlar – turli madaniyat vakillarining
faol o‗zaro aloqasi sodir bo‗ladi.
1-§. Tashkiliy va innovatsion o‗zgartirishlar tushunchasi.
2-§. Tashkilotdagi o‗zgartirishlarni boshqarish.
3-§. O‗zgartirishlarga qarshiliklar va ularni bartaraf etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |