O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov


IV-BOB. TASHKILIY VA INNOVATSION O„ZGARTIRISHLAR



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

IV-BOB. TASHKILIY VA INNOVATSION O„ZGARTIRISHLAR 
SHAROITIDA TASHKILIY XULQ
 


48 
 
-
 
xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish; 
-
 
yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‗zlashtirish; 
-
 
 kompaniyaning bozordagi ulushini ko‗paytirish va shu kabilar. 
Tashkilotning  moslashuv  qobiliyatini  yaxshilash  uchun  ko‗pincha  yangi 
texnologiyalarni  va  ish  usullarini  ishlab  chiqadilar,  tashkiliy  tuzilmani  qayta 
quradilar.  Buning  uchun  aksariyat  hollarda  ishga  solinayotgan  vaqtinchalik  yoki 
egiluvchan
 
tuzilmalar  tashkilotga  yangilikni  tezda  o‗zlashtirish  imkonini  beradi, 
yangi usullarga o‗tishni tezlashtiradi, qarorlar qabul qilishda xodimlarning bemalol 
qatnashuviga  ko‗maklashadi,  yangi  etakchilarning  yuzaga  chiqishi  uchun  sharoit 
yaratadi. 
Ana  shularning  hammasi  xodimlarning  shaxsiy  fe‘l-atvorini  o‗zgartirishni, 
ya‘ni uni yangi sharoitga monand holga keltirishni talab qiladi. SHunga muvofiq 
xodimlarning  mavqeini,  ularning  mas‘uliyatini  o‗zgartirish  choralari  ko‗rilishi 
lozim bo‗ladi.  
Tashkilotlarda  amalga  oshirilayotgan  innovatsion  o‗zgartirishlarning  ba‘zi 
bir o‗ziga xos xususiyatlari bor, ular haqiqiy innovatsiya faoliyatining xususiyatlari 
tufayli paydo bo‗lgan tashkiliy o‗zgartirishlarni o‗z ichiga oladi.  
Shu munosabat bilan innovatsiyaning o‗zi nimaligini tushunib olmoq kerak. 
Birinchisi – innovatsiyani ayni yangilik deb hisoblaydilar. Ikkinchisi – innovatsiya 
degani yangi mahsulot, texnologiyani yaratish jarayoni deb o‗ylaydilar. Uchinchisi 
–  innovatsiya  sifat  jihatidan  avvalgilaridan  farq  qiluvchi  yangi  mahsulotlar, 
yondashuvlarni  ishlab  chiqarishga  joriy  etishdir.  Bizningcha,  innovatsiyalarni  har 
tomonlama  mukammal  idrok  etish  uzviy  jarayon  bo‗lib,  u  dastlabki  g‗oyani, 
investitsiyalarni,  ITTKI(ilmiy-tadqiqot,  tajriba-konstruktorlik  ishlanmalari)ni, 
mahsulotning  tajriba  namunasi  yaratilishini  va  ko‗plab  ishlab  chiqarilishini  o‗z 
ichiga  oladigan  bosqichlardan  iborat  izchil  jarayondir.  SHu  sababli  innovatsiya 
ta‘rifiga tashkilotlarning innovatsion faoliyati maqsadini ham, uni amalga oshirish 
jarayonini  ham,  shuningdek,  olinadigan  natijani  ham  kiritishni  taklif  qilamiz. 
Bundan tashqari, joriy etilayotgan yangilik sanoatda qo‗llash uchun qulay bo‗lishi, 
ko‗p martalab foydalanishga yaroqli bo‗lishi lozim, deb hisoblaymiz. Ana shularni 


49 
 
e‘tiborga  olib,  tashkilotlardagi  innovatsiyalarni  muayyan  iqtisodiy,  texnikaviy, 
ijtimoiy,  ekologik,  bozorboplik  va  o‗zga  samaralarni  olish  maqsadida  texnik-
texnologik,  tashkiliy-boshqaruv,  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  ahamiyatga  ega 
bo‗lgan  yangiliklarni  ishlab  chiqish,  joriy  etish,  amalda  qo‗llash  va 
ommalashtirishdan iborat mukammal jarayon, deb ta‘riflashni taklif etamiz.  
Keyingi  yillarda  innovatsiya  faoliyati  turli  sanoat  tarmoqlari  va  ayrim 
korxonalar  rivojlanishi  va  raqobatbardoshligining  eng  muhim  zarurati  va  hatto 
shartiga aylanayotganligini ta‘kidlab o‗tish o‗rinlidir. 
Tashkilotlarda  innovatsiyalarni  joriy  etish  va  ulardan  foydalanish  ishlarida 
innovatsiya  faoliyati  degan  yangi  atama  vujudga  keldi.  Uni  innovatsiyalarni 
yaratish,  ulardan  foydalanish  va  ularni  ommalashtirish  borasida  tabiiy-iqlim  va 
boshqa sharoitlarga chidamli bo‗lgan yagona texnologiya jarayoniga birlashuvchi 
aniq maqsadni ko‗zlaydigan, ko‗p sohali tavakkalchilik faoliyati deb atasa bo‗ladi.  
Innovatsiya  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  kishilar  alohida  xislatlar  sohibi 
bo‗lishlari, chunonchi:  
-
 
ishga ijodiy yondashadigan; 
-
 
maqsad yo‗lida fidokor, dadil va qat‘iyatli; 
-
 
 o‗z  tarmog‗i,  tashkiloti  xususiyatlarining  yaxshi  bilimdoni  bo‗lishlari 
shart. 
Bundan  tashqari,  ishning  buyruqbozlik  shakli  innovatsiyalarni  joriy  etishga 
mos keladi.  
Innovatsiya  tarafdorlari  bu  jarayonni  ijobiy  va  hatto  manfaatli  ish  deb 
biladilar.  Birinchidan,  insonning  ijodkorlikka  intilish  xususiyatini  eslamoq  kerak. 
Odatda  xodim  ijodiy  jarayonda  bo‗lishni  yoqtiradi.  Ayni  innovatsiya  davrida, 
ayniqsa  korxona  rahbariyati  barcha  pog‗onalarda  va  tashkilotning  barcha 
bo‗linmalarida  turli  tajribalar  o‗tkazilishini  qo‗llab-quvvatlab,  unga  ko‗mak 
beradigan  va  novatorlik  g‗oyalarini  amalga  oshirish  imkoniyati  mavjud  bo‗lgan 
sharoitda har bir kishi o‗zining yangi g‗oyalarini ruyobga chiqarishga intiladi. O‗z 
kasbi  va  lavozimini  ko‗tarish  imkoniyati  paydo  bo‗lganida  xodimlar 
innovatsiyalarni  ayniqsa  ma‘qul  ko‗radilar,  chunki  shunda  xodimning  o‗z  ijodiy, 


50 
 
tashkilotchilik va boshqa qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyati vujudga keladi. 
Yondosh  kasblarni  egallash,  turli  to‗siqlarni  engib  o‗tish,  har  xil  ish  turlari 
o‗rtasidagi  ―chegalarni  yo‗qotish‖,  yangi  tajribalarni  o‗rganish,  o‗zining  bilim 
saviyasini  oshirish,  yangi  texnologiyalarni  o‗zlashtirish  kabilar  tufayli  kasb-kor 
sohasida o‗sishga erishish mumkin bo‗ladi. Nihoyat, innovatsiyalar natijasida ham 
moddiy, ham ma‘naviy mukofotlarga ega bo‗lish mumkin.

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish