Ish yuzasidan kengashlar
– bu ishlab chiqarish, tijorat, boshqaruv va
boshqa sohalarga oid masalalarni birgalikda muhokama qilish, axborot almashish,
vaziyatni tahlil qilish, shuningdek, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul
qilish usulidir. Ular boshqaruv faoliyatida o‗ta muhim ahamiyatga ega bo‗lib,
maqsad va shakllarining turli- tumanligi bilan ajralib turadi.
Komanda
- tarkibi uncha katta bo‗lmagan (5-7, kamroq hollarda 15-20
kishigacha) guruh komanda deb ataladi. Uning a‘zolari birgalikdagi faoliyat
maqsadlari, qadriyatlari va umumiy yondashuvlarida hamfikr bo‗lib, hamjihatlik
ko‗nikmalariga ega; pirovard natija uchun javobgarlikni zimmasiga oladi; guruh
ichidagi u yoki bu rolni bajarishi, funksional-rollar aloqadorligini o‗zgartira olishi
mumkin; ushbu birlikka(guruhga) mansublikni o‗zaro belgilay oladi. Komandalar
ko‗pincha aniq masalalarni echish, loyihalarni amalga oshirish uchun tuziladi.
273
Do'stlaringiz bilan baham: |