Boshqaruv funksiyalari
– boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil,
maxsus va alohida turlari. Boshqaruvning umumiy va maxsus funksiyalari mavjud.
Etakchilik
- boshqaruvdagi hamjihatlikning o‗ziga xos turi bo‗lib,
hokimiyat turli manbalarining eng samarali birlashuviga asoslangan hamda
insonlarni umumiy maqsadlarga erishishga undashga yo‗naltirilgandir. .
Etakchi
– jamoa faoliyatining tashkilotchisi va tashabbuskori bo‗lgan
a‘zosi, u atrofdagilar ehtiyojlarini qondira oluvchi yagona shaxs sifatida ruhan
e‘tirof etiladi. Bunda etakchi kelajak va unga olib boruvchi yo‗lni aniq ko‗ra oladi.
U buyurmaydi, boshqalarni o‗z orqasidan ergashtiradi, ular esa etakchiga tobe
sifatida emas, izdosh sifatida qaraydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |