O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

ichki  (tashkiliy):
  guruhning  o‗lchami,  rollar  tarkibi  va  soni,  guruhning 
maqomi,  ichki  kommunikatsiya,  guruhdagi  faoliyat  maqsadlari,  guruhdagi 
hamjihatlik va etakchilik

 
tashqi  muhit  omillari:
  tashkilotning  tabiiy  joylashuvi,  guruhning 
tashkilotdagi roli, yirikroq tashkilot bilan kommunikatsiyalar. 
Insonlarning  tashkilotdagi  xulqi  ularning  shaxsiy  xususiyatlari,  uning 
faoliyatini shakllantirish shartlarining ta‘siri – ular kiritilgan guruhning o‗ziga xos 
xususiyatlari,  birgalikda  faoliyat  yuritish  shartlari,  ular  ishlayotgan  tashkilot  va 
mamlakatning o‗ziga xosligi bilan belgilanadi. O‗z navbatida, insonlarni tashkiliy 
muhitga muvaffaqiyatli qo‗shish, ularni o‗zini tutishga o‗rgatish ushbu muhitning 
xususiyatlariga ham, shaxslarning xususiyatlariga ham teng darajada bog‗liq.  
Shaxslarning  xususiyatlari  tabiiy  xususiyatlar  (organizmning  fiziologik 
holati,  yuqori  asab  faoliyatining  o‗ziga  xos  xususiyatlari,  xotira,  his-tuyg‗ular, 
hissiyotlar,  idrok  qilish)  hamda  ijtimoiy  omillar  (ta‘lim,  tajriba,  odatlar,  muloqot 
doirasi va h.k.) ta‘siri ostida shakllanadi.   


17 
 
Har qanday shaxs quyidagilar bilan tavsiflanadi: 

 
umumiy xususiyatlar; 

 
o‗ziga xos xususiyatlar; 

 
faoliyatning muayyan turiga tayyorlanganlik; 

 
muayyan xususiyat tarzi; 

 
yo‗naltirilganlik (ijtimoiy faollikning yo‗naltirilganligi); 

 
biologik shartlangan xususiyatlar; 

 
ruhshunosik  xususiyatlar:  faoliyat  doirasi,  ishlash  uslubi  va  ruhiyat 
dinamikasi; 

 
ruhiy holat. 
Shaxsiy  xususiyatlar  ko‗p  jihatdan  insonga  yuklangan  funksiyalarni 
bajarishning  sifatiga,  uning  ish  uslubiga,  atrofidagilar  bilan  munosabatga  ta‘sir 
ko‗rsatadi.  
Insonning tashkilotdagi xulqining eng muhim asoslari sifatida quyidagi uchta 
tarkibiy qism ajratiladi:  

 
motivatsiya; 

 
qabul qilish; 

 
mezoniy asos. 
Mehnat  xulqining  asosida  inson  mehnat  xulqining  yo‗nalishini  va  uning 
shakllarini  belgilab  beruvchi  motivlar,  ichki  intilishlar  yotadi.  Bir  xulqning  o‗zi 
turli  motivatsion  asosga  ega.
  Motivatsiya
  –  inson  xulqini  va  unga  ta‘sir  etish 
imkoniyatlarini tushunish uchun kalit hisoblanadi.  
Idrok  qilish
  –  atrofdagi  olam  haqidagi  tasavvurlarni  hosil  qilish  va  talqin 
etish  jarayoni.  U  axborotni  qabul  qilish  va  qayta  ishlash  bo‗yicha  chala  ongli 
faoliyatni  o‗zida  namoyon  etadi.  Idrok  qilish  ko‗p  jihatdan  sub‘ektiv  jarayon 
bo‗lganligi  bois,  u  axborotning  to‗liq  yoki  qisman  buzib  ko‗rsatilishi  yoxud 
yo‗qotilishi  ehtimoliga  ega.  Idrok  qilish  natijasida  idrok  qilinayotgan  ob‘ektga 
nisbatan turli xildagi sub‘ektiv munosabatlar paydo bo‗lishi mumkin: qabul qilish, 


18 
 
qabul  qilmaslik,  «tuyaqush  xulqi».  Idrok  qilishga  ob‘ektiv  hamda  sub‘ektiv 
vaziyatlar ta‘sir ko‗rsatadi: 

 
axborot kelib tushadigan yoki tanishuv yuz beradigan vaziyat;  

 
real vaziyatni ko‗rish chuqurligi;  

 
idrok qilinayotgan ob‘ektning shaxsiy va ijtimoiy tavsiflari

 
insonga xos bo‗lgan umumiy andozalar va irimlar. 
Idrok qilishga uning tanlash xususiyati (inson haqidagi barcha axborot ham 
qabul  qilinmaydi),  globallik  (ob‘ekt  yaxlit  narsa  sifatida  qabul  qilinadi),  etarlicha 
tarkiblanmaganlik (asosiydan boshqa hammasi fon sifatida qabul qilinadi, o‗xshash 
narsalar yagona narsa sifatida qabul qilinadi, o‗xshash ob‘ektlar ajratib olinadi va 
birlashtiriladi, hammasi eski tajribaga bog‗lanadi) ta‘sir ko‗rsatadi. 
Insonning tashkilotdagi xulqining
 mezoniy asosiga
 uning shaxsining tanlash, 
inson  tomonidan  o‗zining  xulqi  yuzasidan  qarorlar  qabul  qilishini  belgilovchi 
barqaror  xususiyatlari  kiradi.  Insonning  mezoniy  bazasi  quyidagi  unsurlardan 
shakllanadi:  

 
insonlar, voqealar, jarayonlarga moyillik;  

 
ushbu inson xush ko‗radigan qadriyatlar yig‗indisi; 

 
inson amal qiladigan e‘tiqodlar; 

 
inson o‗z yurish-turishida amal qilishi lozim bo‗lgan tamoyillar.  
Tashkilot a‘zolarining shaxsiy xususiyatlarini o‗rganish zarurligi shubhasiz. 
Biroq,  shuni  yodda  tutish  lozimki,  insonning  tashkilotdagi  xulqi  nafaqat  uning 
shaxsiy  xislatlariga,  balki  uning  harakatlari  amalga  oshirilayotgan  vaziyatga  ham 
bog‗liq.  Shunday  qilib,  tashkilot  xodimlarining  xulqiga,  birinchi  galda,  quyidagi 
tashqi omillar  ta‘sir ko‗rsatadi: 

 
muloqot  doirasi,  u  his-tuyg‗uli  aloqalarni  o‗z  ichiga  oluvchi  shaxsiy  va 
lavozim majburiyatlari bilan belgilanadigan xizmatga doir bo‗lishi mumkin;  

 
insondan uning shaxsiy ruhiy xususiyatlari va boshqaruv ierarxiyasidagi 
o‗rniga ko‗ra kutiladigan harakatlar yig‗indisi bilan tavsiflanuvchi rol;  


19 
 

 
maqom  –  atrofdagilar  tomonidan  mazkur  sub‘ektning  shaxsiga  va  u 
bajaradigan  rolga  beriladigan,  uning  ijtimoiy  aloqalar  tizimidagi  haqiqiy  va 
kutilayotgan o‗rnini belgilab beruvchi baho, individning darajasi. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish