Innovatorlar
– ular o‗z g‗oyalarini taklif etadigan va qattiq turib himoya
qiladigan tashabbuskorlar bo‗lib, o‗z takliflari ro‗yobga chiqarilishi uchun
kurashadigan, bu yo‗lda hatto mojarolashuvdan ham tap tortmaydiganlardir.
Yangilik tarafdorlari
– yangilik muhimligiga ishonch hosil qilganlaridan
keyin uni darhol qo‗llab-quvvatlaydiganlardir. Tashabbuskorning taklifi joriy
etilishini xohlaydigan rahbar ana shularga tayanib ish tutmog‗i lozim. Ammo u
yakdillar guruhini tashkil qilayotganida yangilikning dalil-isbotli ekaniga ishonch
hosil qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |