Boshqaruv uslubi
– rahbar masalalarni echishda qo‗llaydigan eng xarakterli
va barqaror usullar birligi, uning qo‗l ostidagilar bilan muomala tarzi. Boshqaruv
uslubi umuman jamoa va korxona(tashkilot)ning faoliyati samaradorligiga juda
kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Aniq sharoitdagi boshqaruvning aniq uslubi ob‘ektiv va
sub‘ektiv omillarga bog‗liq bo‗ladi.
Boshqaruv usullari
– qo‗yilgan maqsadlarga erishish uchun boshqaruvchi
kichik tizim – boshqaruv sub‘ektining boshqariluvchi kichik tizim – boshqaruv
ob‘ektiga ta‘sir ko‗rsatish vositalari. Birgalikdagi mehnat jarayonida yuzaga kelgan
o‗ziga xos munosabatlarni hisobga olib, jamoaviy ishlab chiqarishga xos ob‘ektiv
qonuniyatlar asosida boshqaruvni tasniflash juda katta ahamiyatga egadir. SHu
xususiyatga ko‗ra uning ma‘muriy, iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy usullari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |