O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti sanjar Sobirjonov



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/166
Sana01.01.2022
Hajmi2,12 Mb.
#292325
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   166
Bog'liq
fayl 1991 20211005

, ruhiy-jismoniy
 va ruhiy omillar kiradi. 
Keyinroq,  (70-yillar  boshida)  mamlakatimizda
 
NOUT  rivojlanishi 
tendensiyasini  aks  ettiruvchi  ―tashkiliy  rejalash‖  tushunchasi  paydo  bo‗ldi.  


174 
 
Tashkiliy  rejalash  bu  –  boshqaruv  apparati  ishining  samaradorligini  oshirish 
maqsadida boshqaruvchilik mehnatini ratsionallashtirish loyihalarini ishlab chiqish 
va  joriy  qilish  bo‗lib,  ushbu  ish  MIT  talablari    va  zamonaviy  tashkiliy  hamda 
hisoblash  texnikasi  imkoniyatlari  negizida  amalga  oshiriladi.  Tashkiliy  rejalashni 
quyidagi asosiy yo‗nalishlarda olib borish tavsiya qilindi: 
-
 
boshqaruv  apparatining  tashkiliy  va  funksional    tuzilmasini  oqilona 
tashkil qilish
-
 
asosiy  va  eng  ommaviy  ishlarning  turlarini  bajarish  texnologiyasi 
hamda  mehnat  sharoitlari  va  xodimlarning  ish  vaqti  tasarrufini  oqilona  tashkil 
qilish; 
-
 
mazkur  boshqaruv  apparati  faoliyatini  hujjatlashtirish  va  hujjatlar 
bilan ishlashini oqilona tashkil qilish; 
-
 
 boshqaruv apparatini tashkiliy va hisoblash texnikasi bilan ta‘minlash 
hamda xodimlar mehnatini avtomatlashtirishni yuksaltirish. 
Xorijda  ham  xuddi  shunday  muammolar  bilan  shug‗ullanishadi,  boshqaruv 
mehnatini  takomillashtirish  jarayonini  xarakterlovchi  tegishli  atamalar  ishlatiladi. 
Chunonchi,  AQSHda  ―Tizimlar  va  usullar‖,  ―Tizimli  loyihalash‖,  ―Biznes-
jarayonlar  reinjeneringi‖;  Buyuk  Britaniyada  ―Ish  tahlili‖  va  ―  Tashkil  etish  va 
usullar‖atamalari ishlatiladi. 
Rahbar,  mutaxassisning  ishini  oqilona  tashkil  qilish  bajarilayotgan  ishlarni 
hisoblash,  ish  vaqtini  kuzatish,  vaqt  sarfi  tuzilmasini  o‗rganish,  ish  vaqtini‖yutib 
yuboruvchi‖larni  aniqlab  borishni  talab  qiladi.  Bu  esa  ish  vaqtidan  foydalanishni 
tahlil  qilish,  shaxsiy  ishning  va  xodimlar  mehnatini  ilmiy  tashkil  qilish 
tadbirlarining asoslangan rejalarini tuzishga imkon beradi. 
Rahbar  va  mutaxassislar  mehnatining  mohiyatini  va  ish  vaqtini  sarflash 
tuzilmasini o‗rganish uchun quyidagi usullarni qo‗llash mumkin: 
-
 
savolnomalar  yoki  so„rov
,  xodimning  mehnati  qay  darajada  oqilona 
tashkil qilingani haqida uning fikrini bilish maqsadida olib boriladi: xodim fikricha 
uning  vazifalari  aniq  belgilanganmi,  ushbu  vazifalar  doirasiga  kirmaydigan 
ishlarni(qaysi ishlar va qancha vaqt davomida) bajarishiga to‗g‗ri keladimi,  uning 


175 
 
ishi  rejalashtiriladimi  va  rejadan  tashqari  ishlarning  miqdori  qancha,  ish  vaqti 
yo‗qotilishi  bormi  (uning  miqdori,  sabablari);  ishda  mexanizatsiya  va  tashkiliy 
texnikaning qanday vositalari qo‗llaniladi (ularning ishlatilishi), xodimni uning ish 
joyi  va  mehnat  sharoitlari  tashkil  qilinishi  qoniqtiridimi,  va,  nihoyat,  mehnatni 
tashkil  qilishni  takomillashtirish  va  samaradorlikni  oshirish  bo‗yicha  xodimning 
qanday takliflari bor; 
-
 
ish  vaqtini  suratga  olish 
kuzatuvning  mo‗ljaldagi    davri  mobaynida 
ish vaqt sarfi tuzilmasini belgilash uchun qo‗llanadi. Bunda istisnosiz barcha vaqt 
sarflarini  ularning  amaldagi  ketma-ketligida  kuzatish  va  o‗lchash  yo‗li  bilan  ish 
vaqti  sarfi  tadqiq  qilinadi.  Ish  vaqtini  alohida  tayinlangan  odam  suratga  oladi, bu  
uzluksiz(ya‘ni  butun  ish  kuni  davomida)  yoki  tanlab  olingan  vaqtda  bo‗lishi 
mumkin.  Oxirgi  holatda  ish  vaqti  sarflari  alohida,  shu  jumladan,  takrorlanuvchi  
ish turlari bo‗yicha, shuningdek, ishlarning alohida davri ham o‗rganiladi; 
-
 
ish  vaqtini 
xodimning  o„zi  suratga  olishida
  bevosita  xodimlarning 
o‗zlari
 
NOT
 
xizmati  rahbarligida  ish  vaqti  sarfini  hisobga  oladilar.  Bu  ish  o‗zini 
suratga  olishning  maxsus  varaqlari  yordamida  olib  boriladi,  ularda  barcha 
bajarilayotgan ishlar va tanaffuslar qayd qilinadi
-
 
bir lahzalik kuzatuv usuli
 muhandis-texnik xodimlarning turli toifalari 
hamda  xizmatchilarning  mehnati  mohiyatini  va    ish  vaqti  sarfini  o‗rganish  uchun 
qo‗llanadi.  Kuzatuv  o‗tkazish  tamoyillari  va  uslublari  asosan  ishchi(xodim)lar 
mehnat sarfini o‗rganishdagi kabi bo‗lib, ba‘zi o‗ziga xosliklar mavjud. Muhandis-
texnik  xodimlar  va  xizmatchilarning  mehnatidagi  qayd  qilinadigan  lahza 
kuzatuvchi  nazariga  tushgan  payt  hisoblanadi.  Xodim  ish  joyida  bo‗lmagan 
taqdirda  kuzatuvchi  uning  yo‗qligi  sabablarini  xodim  jurnalga  belgilagan 
ma‘lumotlardan bilib olishi mumkin. 
Mehnat  mohiyati  va  vaqt  sarfi  tuzilmasini  o‗rganishning  har  bir  usuli 
muayyan sharoitlarda qo‗llanilishi mumkin bo‗lib, tegishli afzallik va nuqsonlarga 
ega (1-jadval). 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish