Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar



Download 12,22 Mb.
bet179/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar


Tashqi ta’sirga javoban xatti-harakatni tartibga solish oʻrniga, davlat ijtimoiy samaradorlik bilan xususiy ragʻbatlantirishlarni moslashtirishda bozorga asoslangan siyosatdan foydalanishi mumkin. Masalan, biz avval koʻrganimizdek, hukumat salbiy tashqi ta’siri bor faoliyatni soliqqa tortish va ijobiy tashqi ta’siri bor faoliyatni subsidiya qilish orqali tashqi ta’sirlarni oʻzlashtirishi mumkin. Salbiy tashqi ta'sirlar bilan shugʻullanish uchun kuchga kirgan soliqlar tuzatuvchi soliqlar deyiladi. Ular, shuningdek, ulardan foydalanish tarafdori boʻlgan iqtisodchi Artur Pigu (1877-1959) nomiga Pigu soliqlari deb ham yuritiladi. Ideal tuzatuvchi soliq salbiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi xarajatlariga teng boʻladi va ideal tuzatuvchi subsidiya ijobiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi foydasiga teng boʻladi.

Iqtisodchilar odatda ifloslanishni bartaraf qilish yoʻli sifatida tuzatuvchi soliqlarni afzal koʻrishadi, chunki ular jamiyat uchun kam xarajatda ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Nima uchunligini koʻrish uchun, keling bir misolni koʻrib chiqaylik.

Faraz qilaylik, ikkita korxona – qogʻoz ishlab chiqaruvchi va poʻlat ishlab chiqaruvchi, har yili bir daryoga 500 tonna chiqindi chiqaradi. EPA bu ifloslanish darajasini kamaytirishni xohlaydi. U ikki yechimni koʻrib chiqadi:


    • Tartibga solish: EPA ifloslanishini kamaytirish uchun har bir zavodga yiliga 300 tonna chiqindi chiqarishini aytishi mumkin.

    • Tuzatuvchi soliq: EPAhar bir zavod chiqaradigan chiqindining har bir tonnasi uchun soʻm50,000 dan soliq undirishi mumkin.

Tartibga solish ifloslanish darajasini belgilaydi, soliq esa ifloslanishni kamaytirish uchun zavod egalariga qaratilgan iqtisodiy tayanch boʻladi. Qaysi yechimni yaxshiroq deb, oʻylaysiz?

Koʻpchilik iqtisodchilar soliqni afzal koʻradi. Bu afzallikni tushuntirish uchun, ular birinchi soliq ifloslanish umumiy darajasini kamaytirishda tartibga solish kabi samarali ekanligiga ishora qilishadi. EPA tegishli darajada soliq joriy etish orqali oʻzi istagan ifloslanish darajasiga erishishi mumkin. Soliq qancha yuqori boʻlsa, ifloslanishni kamaytirish shuncha katta boʻladi. Soliq yetarlicha yuqori boʻlsa, fabrikalar ifloslanishi nolga tushirib umuman zavodni yopadilar.

Tartibga solish va tuzatuvchi soliqlar ifloslanishni kamaytirishga qodir boʻlsa-da, soliq bu vazifani yanada samaraliroq amalga oshiradi. Tartibga solish har bir zavoddan bir xil miqdorda ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Ammo teng kamaytirish suvni tozalash uchun arzon yoʻl emas. Qogʻoz zavodi poʻlat zavoddan koʻra ancha past xarajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Agar shunday boʻlsa, qogʻoz zavodi soliq toʻlashning oldini olish uchun ifloslanishni katta miqdorda kamaytirishi mumkin, poʻlat zavodi ifloslanishni kamaytirishga kam harakat qilib, soliqni toʻlab qoʻya qoladi.

Odatda, tuzatuvchi soliq ifloslantirishga narx qoʻyadi. Bozorlar tovarlarni eng yuqori baholaydigan xaridorlarga sotgani kabi, tuzatuvchi soliq ham ifloslanishni kamaytirishda eng yuqori narxga koʻnadigan fabrikalar ifloslantirish stavkalarini ajratadi. EPA qaysi ifloslanish darajasini tanlashidan qat’iy nazar, u soliq yordamida eng past umumiy xarajat bilan bu maqsadga erishishi mumkin.

Iqtisodchilar tuzatuvchi soliqlar atrof-muhit uchun ham

yaxshiroqdir deb aytishadi. Buyruq-va-nazorat tartibga solish siyosati ostida, fabrikalar uchun ular 300 tonna chiqindidan boshqa yana chiqindi chiqarishni kamaytirish uchun hech qanday sabab yoʻq. Aksincha, soliq fabrikalarni toza texnologiyalarni rivojlantirishga undaydi, chunki toza texnologiya zavod toʻlashi kerak soliq miqdorini kamaytiradi.

Tuzatuvchi soliqlar boshqa soliqlardan farq qiladi. 8-bobda muhokama qilinganidek, aksariyat soliqlar ragʻbatlantirishni buzadi va resurslar taqsimotini ijtimoiy maqbul darajadan uzoqlashtirib yuboradi. iqtisodiy farovonlikdagi kamayishi, ya’ni iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligida, hukumat koʻtaradigan daromadlar miqdoridan oshib ketadi, natijada yoʻqotishlarga sabab boʻladi. Aksincha, tashqi ta’sirlar mavjud paytda, jamiyat ham zarar koʻrgan boshqa odamlar farovonligi haqida ham qaygʻuradi. Tuzatuvchi

soliqlar tashqi ta’sirlar borligini hisobga olib, natijada resurslarni taqsimoti ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashishini ta’minlaydi. Shunday qilib, tuzatuvchi soliqlar hukumat uchun daromad oshirish bilan bir vaqtda, ular iqtisodiy samaradorlikni ham oshiradi.



Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish