Tashqi ta’sirlarga qaratilgan davlat siyosati
Tashqi ta’sirlar nima uchun bozorlarni resurslar samarasiz taqsimlanishiga olib kelishini muhokama qildik, lekin bu samarasizlikni qanday bartaraf qilish haqida kam gapirildi. Amalda, davlat siyosatchilari va xususiy shaxslar tashqi ta’sirlarga turli yoʻllar bilan javob beradi. Barcha yechimlarning maqsadi resurslar taqsimotini ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashtirishdir.
Ushbu boʻlimda davlat yechimlari koʻrib chiqiladi. Umumiy masala sifatida, hukumat tashqi ta’sirga javob berishda ikki yoʻlning biridan foydalanishi mumkin. Buyruq-va-nazorat siyosati bevosita xatti- harakatni tartibga soladi. Bozorga asoslangan siyosat ragʻbatlantirish bilan ta’minlaydiki, xususiy qaror qabul qiluvchilar muammoni hal qilish yoʻlini oʻzlari tanlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |