Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


XXXIII BOB. DAVLATNING BARQARORLASHTIRISH SIYOSATI



Download 12,22 Mb.
bet356/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

XXXIII BOB. DAVLATNING BARQARORLASHTIRISH SIYOSATI





    1. Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari

Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari haqida ba’zi iqtisodchilar, William McChesney Martin kabi, nobarqarorlikni iqtisodiyotga xos boʻlgan xususiyat deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiyot doimo yalpi talab va yalpi taklif sohasida toʻsatdan shoklarga duch keladi deb ta’kidlaydilar. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga yoʻnaltirilgan pul va byudjet-soliq siyosati oʻtkazilmasa, bu shoklar ishlab chiqarish hajmlarida istalmagan va samarasiz tebranishlarga olib kelishi, ishsizlik va inflyatsiya muammolarini kuchaytirishi mumkin. Hammaga tanish boʻlgan fikrga koʻra, makroiqtisodiy siyosat “shamolga qarshi yurishi”, ya’ni turgʻunlik sharoitida iqtisodiyotni ragʻbatlantirib va “qizib ketganda” uning oʻsishini sekinlashtirishi lozim.

Hukumat siyosatchilari biznes sikliga qanday munosabatda boʻlishlari lozim?

Milton Fridmanga oʻxshagan boshqa iqtisodchilar iqtisodiyot tabiatan barqaror deb hisoblashadi. Vaqti-vaqti bilan unda yuzaga keladigan kuchli va xatarli tebranishlar uchun javobgarlikni ular notoʻgʻri iqtisodiy siyosat zimmasiga yuklaydilar. Ular iqtisodiyotni maqsadga yoʻnaltirilgan tadbirlar yordamida “nozik sozlash”ni ta’minlashga harakat qilish kerakmasligini isbotlaydilar. Aksincha, iqtisodiy siyosatchilar imkoniyatlari cheklanganligini hisobga olib, zarar yetkazishmaganidan xursand boʻlish kerakligini uqtiradilar.

Oʻn yillar mobaynida bu masala boʻyicha munozaralarga oʻz nuqtayi nazarlarini asoslash uchun turli dalillarni ilgari surgan koʻplab qatnashchilar jalb etildilar. Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda iqtisodning tebranishlar nazariyasini qoʻllash haqidagi masala bu munozaralar diqqat markazida boʻldi.

Usbu bobda ikkita munozarali masalani muhokama qilamiz. Birinchisi: iqtisodiyotni barqarorlashtirishda monetar va fiskal siyosat faol rol oʻynashi kerakmi yoki ularning roli joriy davrdagi iqtisodiy tebranishlarga moslashishdan iborat boʻlishi lozimmi? Ikkinchisi: iqtisodiy siyosat muayyan yoʻldan chiqmaslikka harakat qilishi lozimmi yoki siyosat namoyandalari oʻzlarining shaxsiy qarashlariga koʻra iqtisodiy sharoitlar oʻzgarishini tezlik bilan inobatga olishlari lozimmi?

Federal hukumatning siyosatchilari iqtisodni barqarorlashtirishni oʻzlarining asosiy majburiyatlaridan biri deb hisoblashadi. Makroiqtisodiy siyosatni tahlil qilish iqtisodiy maslahat kengashi, Kongress byudjet idorasi, Federal zaxira tizimi va boshqa davlat tashkilotlarining har kunlik majburiyatlariga kiradi. Oldingi boblarda koʻrganimizdek, monetar va fiskal siyosat jami talabga, va shu asnoda, inflyatsiya va ishsizlikka kuchli taʼsir qilishi mumkin. Qachonki Kengash yoki prezident fiskal siyosatda yoki Federal zaxira tizimi monetar siyosatda katta oʻzgarishlar amalga oshirishmoqchi boʻlsa, avvalambor, oʻzgarishlarni muhokama qilishda koʻzda tutilayotgan chora-tadbirlar inflyatsiya va ishsizlikka qanday ta’sir koʻrsatishi hamda yalpi talabni oshirish yoki qisqartirish zarurligi haqidagi masala diqqat markazida boʻladi. Pul-kredit va byudjet-soliq siyosatlarini ishlab chiqish va oʻtkazish hukumatning an’anaviy vazifalari boʻlishiga qaramay, uni barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga majburligi haqidagi fikrni yuzaga kelganligiga unchalik koʻp boʻlmadi. Hukumat makroiqtisodiy vaziyat uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olganligining birinchi dalili 1946-yilda qabul qilingan bandlik toʻgʻrisidagi qonun boʻldi. Unda “Federal hukumat toʻliq bandlik va ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashni ta’minlashga yoʻnaltirilgan siyosatni doimo oʻtkazishga majbur”ligi haqida gapirilgan. Bu qonun qabul qilingan vaqtda Buyuk depressiya haqidagi oʻy-hayollar hali yangi edi.

Masalani aktiv davlat siyosati foydasiga hal etish koʻplab iqtisodchilarga oddiy va tushunarli boʻlib koʻrinadi. Pasayish davrlari uchun ishsizlikning yuqori darajasi, daromadlar va aholi farovonligining past darajasiga xosdir. Yalpi talab va yalpi taklif modeli qanday qilib

toʻsatdan boʻladigan shoklar iqtisodiy pasayishlarni yuzaga keltirishini koʻrsatadi. U shuningdek, qanday qilib monetar va fiskal siyosat bunday shoklarga tezda ta’sir etib iqtisodiy pasayishlarni oldini olishi mumkinligini koʻrsatadi.

Boshqa iqtisodchilar hukumatni iqtisodiyotni barqarorlashtirishga intilishlariga tanqidiy yondashadilar. Bu tanqidchilar davlat makroiqtisodiy siyosatdan chetda turishi lozim deb hisoblaydilar. Birinchi qarashda bunday nuqtayi nazar gʻalati tuyulishi mumkin.




    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish