Umummilliy resurslar fojeasi umumiy saboqqa ega: qachonki biror kishi umumiy resursdan foydalanganda, u albatta boshqalarning undan foydalanish imkoniyatlarini kamaytiradi. Aynan mana shu salbiy samara tufayli umummilliy resurslardan ehtiyotsizlik bilan
foydalaniladi. Davlat umummilliy resurslar iste’molini kamaytirish maqsadidida ushbu muammoni tartibga solish choralari yoki soliqlar orqali hal etishi mumkin. Boshqa tarafdan olib qaralganda, davlat gohida umummilliy resursni xususiy mulkka aylantirishi ham mumkin.
Blumberg rejasi
Ko`pchilik iqtisodchilar yo`l harakatini tartibga solish mexanizmi sifatida yo`l narxini yoqlab chiqishdi. Yaqinda ular Nyu York Shahar merini bunga ko`ndirishdi.
Bu hikoya (dars) ming yillar davomida barchaga saboq boʻldi. Qadimgi grek faylasufi Aristotel umummilliy resurslar haqida shunday degan: “Barcha uchun birdek mavjud boʻlgan ne’matlarga odatda kamroq e’tibor beriladi, sababi kishilar oʻzining shaxsiy buyumlariga boshqalar bilan birgalikda egalik qilayotgan buyumlariga qaraganda koʻproq hurmat bajo keltirishadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |