Mukammallashgan bozor nazariyasiga koʻra, mukammallashgan bozorda ishlab chiqarish omillari egalari korxonadan, shu korxonada ishlatilgan omillari uchun olgan haqi, shu omillarning chekli mahsulotiga aniq teng boʻlsa, u holda iqtisodiy foyda nolga teng boʻladi (agar masshtab samarasi oʻzgarmas boʻlsa).
Ma’lumki, korxonalar oʻz kapitaliga ega, shu sababli ular oʻz kapitalini ishlatgani uchun foyda oladilar.
Shunday qilib, bozor sharoitida quyidagi daromadlar asosiy daromadlar hisoblanadi: ishchi kuchi daromadi, kapitalga daromad (foizlarda), kichik firmalar daromadi, renta - er egalari daromadi, sof foyda.
Do'stlaringiz bilan baham: