rasm. Naflik funksiyasini maksimallashtirish.
Rasmdan koʻrish mumkinki, masalaning echimi muvozanat nuqta E
orqali aniqlanishi mumkin. Naflik funksiyasining befarqlik chizigʻi U2
byudjet chizigʻini E nuqtada kesib oʻtadi. Optimal echimga koʻra, dam
olish vaqti tE
soatga teng, ish vaqti
TE 24 tE . Ishchining bir soatlik ish
haqi W soʻmga teng boʻlsa, uning umumiy daromadi quyidagicha topiladi:
R W (24 tE ) . (8)
U holda byudjet chizigʻi yotiqligi
tg W
ish haqiga teng boʻladi.
tg
R
24 tE
W . (9)
Ishchi naflik funksiyasini maksimallashtiradi, agar boʻsh vaqt bilan
Faraz qilaylik, ish haqi stavkasi W0
dan W1
ga oshdi. Byudjet
chizigʻi NM holatidan
NM1
holatga siljiydi (7-rasm).
W M
R M R
R
rasm. Oʻrnini bosish samarasi va daromad samarasi, 0t0, 0t1, 0t2 lar boʻsh vaqt, t0N, t1N va t1N lar ish vaqti.
Agar biz
M1 N
byudjet chizigʻiga parallel boʻlgan va U1
befarqlik
chizigʻi bilan kesishadigan AB byudjet chizigʻini oʻtkazsak, daromad va oʻrnini bosish samarasini aniqlashimiz mumkin.
Oʻrnini bosish samarasi boʻsh vaqtni qisqarishi va ish vaqtining ortishi natijasida daromadning oʻsishi bilan ifodalanadi, ya’ni, ma’lum
miqdordagi boʻsh vaqt ish vaqti bilan almashtiriladi. 7-rasmda bu t2 dan
oshadi. Lekin, daromadning ortishi bilan birga dam olishning - shaxsning ma’naviy oʻsishi uchun kerak boʻladigan boʻsh vaqtning ham qimmati oshadi. Daromad samarasi (boʻsh vaqtning ortishi) teskari
yoʻnalishda boʻlib, u
t0t1
oraliq bilan ifodalanadi t0 t1 . Natijaviy
oʻzgarish
t1t2
oraliqqa teng.
Ish haqining bunday oʻsishida oʻrnini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori boʻladi. Bundan shu kelib chiqadiki, birinchidan, ish haqining oʻsishi, ish vaqtini ortishiga olib keladi; ikkinchidan, individual shaxsning mehnat taklifi musbat yotiqlikka ega (8-rasm).
W, so`m/soat
W2
W1
24-t2
24-t1
Bir kundagi soatlar
8-rasm. Ish haqining oʻsishi natijasida ish vaqtining oʻsishi.
Daromadning yanada oshib borishi barcha shaxslarni ham dam olish vaqtini qisqartirib, ish vaqtini oshirishga undayvermaydi. Dam olish vaqtining qisqarib borishi, uni shaxs uchun boʻlgan qimmatini oshiradi. Yuqorida eslatib oʻtganimizdek, sutkasiga 24 soat ishlash ma’noga ega emas. Boʻsh vaqtni qimmatini oshib borishi shunga olib keladiki,
daromad samarasi, oʻrnini bosish samarasidan oshib ketadi (9-rasm).
Natijada ish vaqti
Daromad so`m
T2 24 t2
dan T1 24 t1
gacha qisqaradi.
M1
A
M
R1 E1
R0 E0
R
E2 U1
2
U2
0 t0
B
t2 t1 N
Umumiy vaqt soat kun
9-rasm. Daromad samarasi oʻrnini bosish samarasidan ortiq boʻlgan hol, 0t0, 0t1, 0t2 lar boʻsh vaqt, t0N, t2N va t1N lar ish vaqti
Shaxsning boʻsh vaqti esa
0t2
dan
0t1
ga oʻsadi. Boʻsh vaqt
qimmatini ortishi, ish haqi oshganda individual shaxsning mehnat taklifi chizigʻi manfiy yotiqlikka ega boʻladi (10-rasm).
W, so`m
/soat
W2 W1
T1 T2
Bir kundagi ishhaqi
10-rasm. Ish haqi oshganda ish kunini qisqarish
Taklif chizigʻi yotiqligi.
Ish haqi oʻsishining dam olish vaqti bilan ishlash vaqti oʻrtasidagi nisbatga ta’siri. Odatda ish haqi oshganda, koʻpchilik
koʻproq ishlab, koʻproq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari boʻsh vaqtning ham qimmati oshib boradi. Inson ma’naviy oʻsishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining oʻsishi oʻz chegarasiga ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini koʻproq zavq olish uchun, dam olishga sarflaydilar.
Ish vaqti ma’lum vaqtgacha oʻsgandan keyingi ish haqining oʻsishi, ish vaqtini qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda oʻrnini bosish samarasi hamda daromad samarasi mavjud boʻladi. Oʻrnini bosish samarasida yuqoriroq ish haqi, ishchining real daromadini oshiradi. Ishchi koʻp daromad olganda, u koʻproq ne’matlarni sotib oladi, ushbu ne’matlardan biri, yaxshi dam olishdir.
Agar ishchi dam olishga koʻproq mablagʻ sarflasa, daromad samarasi (daromadning oshishi), uni kamroq ishlashga undaydi. Daromad samarasi juda ham katta boʻlganda, ishchi ish vaqtini qisqartiradi va mehnat taklifi chizigʻi pastga yotiq boʻladi.
Ish haqining birinchi bosqichida W1
dan W2
ga oʻsishi, ish vaqtini t1
dan t2 soatga oshiradi. Bu erda oʻrnini bosish samarasi daromad
samarasidan yuqori boʻladi. Ish haqining ikkinchi bosqichidagi W2 dan
W3 ga oʻsishi, ish vaqtiga ta’sir qilmaydi, ishchi t2 soat ishlaydi, oʻrnini
bosish samarasi daromad samarasiga teng. Uchinchi bosqichdagi ish
haqining W3
dan W4
ga oʻsishi, ish vaqtini t2
dan t4
ga qisqartiradi,
oʻrnini bosish samarasi daromad samarasidan kam boʻladi.
Koʻrinib turibdiki, daromadning oʻsishi dam olishga boʻlgan talabni oshiradi. Ushbu hol ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida oʻz ifodasini topgan. Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi.
Odatda, rivojlangan mamlakatlarda aholining oʻrtacha daromadi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining oʻrtacha daromadidan ancha yuqori boʻlgani uchun, ular koʻproq dam olishga harakat qiladi
(Daromad samarasi, oʻrnini bosish samarasidan yuqori). Rivojlanayotgan davlatlarda ish haqi past boʻlgani uchun, ish haqining oʻsishi, ishchilarni koʻproq vaqt ishlab, koʻproq daromad qilishga undaydi (oʻrnini bosish samarasi, daromad samarasidan yuqori boʻladi).
Mehnat bozorida monopsoniya boʻlgan hol. Bunday hol koʻproq kichik shaharlarda uchraydi. Shaharda yagona ishlab chiqarish korxonasi boʻlib, u shahar aholisining asosiy qismini ish bilan ta’minlaydi.
Shaharda boshqa ish joylari kam boʻlgani uchun, ushbu vaziyat monopsonik bozor vaziyatiga yaqin boʻladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchini sotib oluvchi yagona korxona boʻlgani uchun ham u ish haqiga ta’sir qila oladi. Korxona ishga yollaydigan ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar oʻrtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini muvozanat darajasidan pastga tushiradi.
Ish haqi stavkasi so`m
M
We WN
Do'stlaringiz bilan baham: |