Chekli daromad– bir birlik qoʻshimcha tovar sotishdan tushgan
MR TR
qoʻshimcha daromad Q
Chekli naflik(marginal utility)– oxirgi yoki navbatdagi birlik ne’matni iste’mol qilishdan olinadigan naflik.
Chekli texnologik almashtirish normasi (marginal rate of technological substitution, MRSxy) - ishlab chiqarish hajmi oʻzgarmaganda bir birlik X omilini necha birlik Y omil bilan almashtirish mumkinligini koʻrsatadi.
Chekli transformasiya normasi (MRT) – birinchi tovardan qoʻshimcha bir birlik ishlab chiqarish uchun ikkinchi tovardan qancha voz kechish kerakligini koʻrsatadi. Bu birinchi tovarning alternativ qimmatini ifodalaydi va ikkinchi tovarni chekli ishlab chiqarish xarajatlarini birinchi tovarni chekli ishlab chiqarish xarajati nisbatiga teng.
Chetlanish – kutiladigan natija bilan haqiqiy natija oʻrtasidagi farq.
Do'stlaringiz bilan baham: |