Talab(demand) – berilgan narxlarda xaridorlar tomonidan sotib olinishi mumkin boʻlgan tovarlar miqdori.
Talabqonuni – narxdan boshqa omillar oʻzgarmaganda talab miqdori bilan narx oʻrtasidagi bogʻliqlik.
Talab funksiyasi– talabga ta’sir qiluvchi omillar miqdori bilan talab miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalaydi.
Talab inflyatsiyasi-bu iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uniishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin boʻlmay qolgansharoitlardakelibchiqadi.
Talabchizigʻi– tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu tovar miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi egri chiziq.
Taklif inflyatsiyasi-bu mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar narxlarining oshishidan paydo boʻladi.
Transaksionxarajatlar– bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini aniqlash va uni berish bilan bogʻliq xarajatlar.