Resurslarga chekli xarajat - qoʻshimchabir birlik resurs sotib olish uchun sarflangan qvoʻshimcha xarajat.
Ouken qonuni-agar haqiqiy ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi.
Resursning chekli daromadliligi yoki resursning pulda ifodalangan chekli mahsuloti – resursdan qoʻshimcha bir birlik foydalanish natijasida olingan qoʻshimcha mahsulotni sotishdan tushgan qoʻshimcha daromad.
Sof diskontirlangan (keltirilgan) qiymat (NPV) - bu kelajakda olinadigan sof daromadning diskontirlangan qiymatidan diskontirlangan investisiya ayirmasi:
Sof iqtisodiy renta (pure economic rent) – narx boʻyicha absolyut elastik boʻlmagan taklifga ega boʻlgan resurs egasi tomonidan olinadigan daromad.
Ssuda foizi – kapital egasiga uni kapitalidan foydalangani uchun iqtisodiy subyekt tomonidan toʻlanadigan narx.
Do'stlaringiz bilan baham: |