Oliy kategoriyali tovar – daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar.
Pareto optimum (Pareto samaradorlik) – ne’matlarni shunday taqsimlanishiki, bunda biror kishining turmush farovonligini pasaytirmasdan boshqa kishining turmush farovonligini oshirib boʻlmaydi.
Past kategoriyali tovarlar – daromad oshganda talab kamayadigan tovarlar.
Real ish haqi (real wage rate) – olingan pul mablagʻi hisobidan sotib olinishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdorini ifodalovchi ish haqining sotib olish imkoniyati.
Real narxlar-solishtirma narxlarda oʻlchangan ishlab chiqarish hajmi
Real foiz stavkasi – inflyatsiyadan tozalangan foiz stavkasi. Nominal, real foiz stavkalari va narx oʻsishi (inflyatsiya) oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlikni quyidagicha yozish mumkin:
(1 i)*(1 P) 1 R
Renta – taklifi qat’iy cheklangan resurs egasi tomonidan olinadigan daromad.
Do'stlaringiz bilan baham: |