Toʻldiruvchi tovarlar– birgalikda, komplektlarda iste’mol qilinadigan tovarlar.
Toʻlov funksiyasi – oʻyin natijasi boʻlib oʻyinchining yutugʻini yoki yoʻqotishini bildiradi.
Umumiy muvozanatlik – barcha bozorlarning oʻzaro bir-biriga ta’siri natijasida oʻrnatiladigan muvozanatlik. Barcha bozorlarni muvozanat holatda boʻlishi. Bunda biror bozorda muvozanatlik buzulsa boshqa bozorlarda ham muvozanatlilik buziladi.
Umumiy naflik – iste’mol qilingan ne’matlardan olingan jami naflik.
Oʻyin – oldindan belgilangan qoidalar asosida iqtisodiy subyektlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar (qarorlar qabul qilish).
Do'stlaringiz bilan baham: |