Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet340/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Nominal va real valyuta kurslari

Valyuta kurslari oʻzining nominal va real koʻrinishlariga ega boʻladi. Nominal valyuta kursi bu bir birlik xorijiy valyutani muayyan birlikdagi milliy valyutalarga yoki aksincha bir birlik milliy valyutani muayyan birlikdagi xorijiy valyutaga almashtirish kursidir. Yuqorida keltirilgan kurslar nominal valyuta kursiga misol boʻladi.

Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy narxidir.

Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga almashishi mumkin boʻlgan nisbatni koʻrsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti deb ham yuritiladi.

Nominal va real valyuta kurslari oʻrtasidagi nisbat quyidagi koʻrinishga ega.

Er = En xRd / Rt Bu yerda : Er — real valyuta kursi;

En – nominal valyuta kursi ;

Rd – milliy valyutada koʻrsatilgan ichki narxlar darajasi (indeksi);



Rt – xorijiy valyutada koʻrsatilgan chet eldagi narxlar darajasi (indeksi).

Har ikkala mamlakatdagi narxlar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan berilgan. Real valyuta kursining koʻtarilishi yoki pasayishi bu mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi yoki oshganligini anglatadi. Umuman valyuta kursi tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlarning mamlakatlararo harakatini oʻziga xos boshqarib turuvchisi hisoblanib, uni oʻzgarib turishi mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga hamda butun makroiqtisodiy vaziyatga kuchli ta’sir qiladi. Bu ta’sirni shunday vaziyat misolida koʻrib chiqish mumkin. Masalan, oʻzbek soʻmining kursi 1 AQSh dollariga nisbatan 2000 soʻmdan 2200 soʻmgacha pasaygan boʻlsin, ya’ni, soʻm AQSh dollariga nisbatan arzonlashgan va aksincha, AQSh dollari soʻmga nisbatan qimmatlashgan boʻlsin. Bunday holatda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 100000 soʻmlik qiymatga ega boʻlgan tovar AQSh bozorida arzonlashib boradi va endi bu tovar 50 dollar (100000/2000x1) emas, balki 45,5 dollar turadi (100000/2200x1). Natijada, tovarning raqobatga chidamliligi orta boradi va unga boʻlgan talab oshadi, eksport ragʻbatlantiriladi. Biroq milliy valyutani AQShga chiqarish Oʻzbekiston uchun foydali boʻlmay qoladi. AQShda ishlab chiqarilgan 10 dollarlik mahsulot endi oʻzbek soʻmi kursining pasayishi va AQSh dollari kursining qimmatlashuvi natijasida oʻzbek bozorida

20000 soʻm (10 x 2000/ 1) emas, balki 22000 soʻm (2200x10/1) turadi. Koʻrinib turibdiki, mahsulot narxi qimmatlashadi va shu sababli uni olib kelish qisqarib boradi va aksincha, oʻzbek soʻmi kursi oshib borishi bilan AQShdan tovar olib kelish va kapitalni chetga chiqarish foydali boʻladi.

Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga koʻra valyuta kursi doimo turli mamlakatlarda narxlar darajasining oʻzgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun zarur boʻlgan darajada oʻzgaradi. Ya’ni:

r Pd

Pt

Bu yerda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi; Rd — ichki narxlar darajasi;

Rt — chet eldagi narxlar darajasi.

Biz xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasini real almashtirish kursi modelida ifodalashimiz mumkin. Xalqaro olib sotarlarning tez harakatlari shuni koʻrsatyaptiki, sof eksport har qanday oʻzgarishlar natijasida tez oʻzgaradi. Milliy tovarlar narxining chet tovarlarga nisbatan kamayishi yoki boshqacha aytganda real almashtirish kurslarining pasayishi, olib sotarlarni oʻz mamlakatidan tovarlarni sotib olib, chetga sotishga undaydi, yoki, aksincha. Valyuta kurslari milliy iqtisodiyotga, ishlab chiqarish va undagi bandlikka sezilarli ta’sir koʻrsatishi mumkin. Milliy valyutalar kursining pasayishi mamlakatlar eksport imkoniyatini oshiradi. Ammo mamlakat eksporti xomashyo tovarlari importiga asoslansa, bunda valyutalar kursining pasayishi eksport qilinadigan tovarlar narxining oʻsishiga olib keladi va bu ularning raqobatga layoqatliligiga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Valyuta kurslarining oshishi mamlakatlar eksport imkoniyatlarini yomonlashtiradi. Valyuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Uning tebranishi xalqaro bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini koʻpaytiradi. Shu sababli valyuta kursi ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning muhim obyekti hisoblanadi.

Shunday qilib, sof eksport egri chizigʻi real almashtirish kursiga nisbatan yanada qiyalashadi. Ya’ni, turli mamlakatlar valyutalarining

xarid qobiliyatini tenglashtiradi, real almashtirish kurslaridagi har qanday oʻzgarishlar esa sof eksport miqdorida oʻzgarishlarga olib keladi.





Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish