Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet33/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Yaqin oʻrin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. Oʻrnini bosuvchisi bor boʻlgan tovarlar koʻproq elastik talabga ega, chunki bir tovar oʻrniga boshqasini sotib olish iste’molchilar uchun osonroq. Masalan, saryogʻ va margarin bir-birini oʻrnini bemalol bosadi. Margarin narxi oʻzgarmaganda saryogʻ narxining biroz koʻtarilishi saryogʻning sotilish miqdori tushushiga sabab boʻladi. Bunga zid holda, tuxumning oʻrnini bosadigan tovar boʻlmagani uchun tuxumga boʻlgan talab saryogʻga nisbatan kamroq elastik boʻladi.

Zaruriyat hashamatga qarshi. Zaruriyatga boʻlgan talab odatda noelastik boʻladi, lekin hashamat elastik talabga ega. Shifokorlarga tashrif buyurish narxi oshgan vaqtda, odamlar ular bilan uchrashish sonini keskin kamaytirmaydi. Lekin yelkanli qayiq narxi oshsa, unga boʻlgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki odamlar shifokorga zaruriyat uchun borishadi, yelkanli qayiq esa hashamat hisoblanadi. Albatta, tovarlarning zaruriyat yoki hashamat ekanligi ularning ichki xususiyatlariga bogʻliq emas, balki xaridorlarning xohishiga bogʻliq. Sogʻligʻiga kamroq munosabatda boʻlgan dengizchi uchun yelkanli qayiq talab elastikligiga ega boʻlgan zaruriyat boʻlishi mumkin va shifokorga borish elastik talabga ega boʻlgan hashamat boʻlishi mumkin. Bozor tavsifi. Har qanday bozor talab elastikligi bozor chegaralarini qanday chizishimizga bogʻliq. Tor doirada aniqlangan bozor keng doirada aniqlanganidan koʻra elastikroq talabga ega, chunki

tor doirada aniqlangan tovarlar uchun bir-birini oʻrnini bosuvchi tovarlar topish oson. Misol uchun, oziq-ovqat noelastik talabga ega, chunki oziq- ovqatning oʻrnini bosadigan tovar mavjud emas. Muzqaymoq elastik talabga ega, chunki disertga muzqaymoqdan boshqa narsa olsa ham boʻladi. Vanilin muzqaymogʻi juda ham elastik talabga ega, chunki muzqaymogʻning koʻplab boshqa tamlilari uning oʻrnini bosadi.



Vaqt birligi. Tovarlar odatda uzoqroq vaqtda koʻproq elastik talabga ega boʻlishadi. Benzin narxi oshganda, birinchi oylarda unga boʻlgan talab miqdori biroz kamayadi. Lekin, vaqt oʻtgan sayin, odamlar yoqilgʻi tejaydigan mashinalar sotib olishadi, jamoa transportidan koʻproq foydalanishadi va ish joylariga yaqin joyga koʻchishadi. Bir necha yil ichida benzinga boʻlgan talab sezilarli darajada tushadi.

Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish