Biz talabning narx elastikligini umumiy nuqtayi nazardan koʻrib chiqdik, endi uni qanday hisoblashni koʻrib chiqamiz. Iqtisodchilar talab miqdorining foizdagi oʻzgarishini narxning foizdagi oʻzgarishiga nisbati shaklida talabning narx elastikligini hisoblashadi. Ya’ni:
Talabning narx elastikligi =
Masalan, faraz qiling muzqaymoq narxidagi 10 % oʻsish muzqaymoqqa boʻlgan talab miqdorini 20 % ga kamaytirdi. Talabning narx elastikligini quyidagicha hisoblaymiz:
Talabning narx elastikligi = = 2.
Bu misolda, talabning narx elastikligi 2 ga teng. Miqdordagi oʻzgarish narxdagi oʻzgarishga nisbatan 2 barobar koʻp.
Chunki talab miqdori narxga nisbatan teskari munosabatda, miqdorning foizdagi oʻzgarishi narxning foizdagi oʻzgarishiga nisbatan
har doim qarama-qarshi boʻladi. Bu misolda narxning oʻzgarishi 10 % ga oshgan, talab miqdori oʻzgarishi esa 20 % ga kamaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |