Yuqoridagilarga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “2019-2021 yillarda Respublika farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5707-son farmoniga muvofiq 2020 yilning sentyabr oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi belgilangan. Ushbu vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan 2019 yilning 17 iyulidan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va nashrga (qayta nashr) tayyorlash ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 24-son buyrug‘i imzolandi va buyruq ijrosi bo‘yicha qator dolzarb tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |