O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini yaratishda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Zarur farmakopeya amaliyoti (GPhP)” ko‘rsatmalarini maksimal ravishda hisobga olib borilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan va respublikaga import qilinadigan dori vositalarini sifatini nazorat qilish uchun meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, tayyorlash va baholashning barcha bosqichlarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Zarur farmakopeya amaliyoti (GPhP)” standartiga mos keladigan O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish va qo‘llashga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |