Yevropa farmakopeyasining diqqatga sazovor yana bir jihati, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan “Pharmacopeial Discussion Group” (PDG) – Farmakopeya diskussiya guruhi tashkil etilgan bo‘lib, u Yevropa, AQSH va Yaponiya farmakopeyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish vazifasi bilan shug‘ullanib kelinayotganligidadir. Bu esa o‘z navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqishda Yevropa farmakopeyasidan asosiy manba sifatida foydalanib, u bilan uyg‘unlashtirish, bu ko‘p jihatdan bizning davlatimiz farmakopeyasini AQSH va Yaponiya farmakopeyalari bilan ham muvofiqlashtirib borilishi demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |