O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


Usmoniylar imperiyasi inqirozining boshlanishi



Download 2,62 Mb.
bet28/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Usmoniylar imperiyasi inqirozining boshlanishi
XVII asr oxiri – XVIII asr boshlariga kelib imperiyaning turg‘unlik davri (tavaqquf davri) tugab inqiroz davri boshlandi. Bu davrni turk tarixchilari «Rijot davri» deb atashadi. XVIII asrdan boshlab Usmoniylar imperiyasi birin-ketin ilgari egallab olgan hududlarini yo‘qota boshladi. Buning sababi, birinchidan, Yevropa mamlakatlaridagi iqtisodiy rivojlanish natijasida harbiy va siyosiy salohiyatning o‘sishi bo‘lsa, ikkinchidan, Usmoniylar davlatida yuz berayotgan chuqur iqtisodiy inqiroz edi. Davlatning iqtisodiy inqirozi uning siyosiy va harbiy tushkunligini ham tezlashtirdi. Iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli turk armiyasining harbiy qudrati asosini tashkil etuvchi sipohiylar (otliq qo‘shin) soni 200 ming kishidan 20 mingtagacha kamayib ketdi. Shu vaqtdan boshlab armiyada asosiy rolni yanicharlar o‘ynay boshladi. Yanicharlar bosib olingan yerlardan zo‘rlik bilan olib kelingan xristian bolalaridan tarbiyalangan edi. Ular faqat harbiy xizmat uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oila qurishi, boshqa kasb-hunar bilan shug‘ullanishi qat’iyan taqiqlangan edi. Yanicharlar davlat xazinasidan katta miqdorda maosh olardi, yanicharboshi sultonning eng ishongan kishisi hisoblanardi. Lekin vaqt o‘tishi bilan yanicharlar korpusida ham juda katta o‘zgarishlar yuz berdi.

XVIII asr boshlariga kelib yanicharlar oila qurish va boshqa kasb bilan shug‘ullanish huquqini oldilar. Ular orasidagi temir intizom yo‘qoldi va yanicharlar ichidan juda katta imtiyozlarga ega bo‘lgan harbiy aristokratiya shakllandi. Shu davrdan boshlab yanicharlar saroy to‘ntarishlarining harakatlantiruvchi kuchi va bosh ishtirokchisiga aylandi. Ular harbiy islohotlarga va yangicha armiyaning shakllanishiga qarshi edilar. Bu hol Usmoniylar harbiy qudratining zaiflashuviga olib keldi.

1664 yili turklar Sentgotxard shahri (Vengriya) yaqinida avstro-venger qo‘shinlari bilan bo‘lgan jangda mag‘lubiyatga uchradi. Biroq o‘zini o‘nglab olgan turklar Avstriyaga qarshi yangidan urush boshladi va 1683 yili Venani qamal qildi. Shu payt avstriyaliklarga yordamga kelgan Polsha qiroli Yan Sobeskiy turklarga qaqshatqich zarba berdi va mag‘lubiyatga uchratdi. Bu mag‘lubiyatlar tasodifiy bo‘lmasdan, aslida Usmoniylar imperiyasida boshlanib ketgan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning natijasi edi.

1703 yili imperiya taxtiga o‘tirgan Ahmad III (1703–1730) tahdid solayotgan inqirozni bartaraf qilish, hech bo‘lmasa uni biroz kechiktirish uchun ilk islohotchilik harakatlarini amalga oshirdi. Bu davr turk tarixida «Lola davri» deb nom olgan. Islohotchilik harakatlarining asosiy tashabbuskori Damat Ibrohim Posho edi. U 1718 yili bosh vazir lavozimini egallagach, Usmoniylar davlatidagi islohotlarning nafaqat tashabbuskori, balki rahbariga aylandi. Ibrohim Posho islohotlari inqirozni to‘xtatgandek edi. Kezi kelganda shuni aytish lozimki, agar tarixda ko‘plab imperiyalarning inqirozi uning asoschisi vafot etgandan boshlanib juda tez barham topgan bo‘lsa, Usmoniylar imperiyasida XVII asrdayoq boshlangan inqiroz XX asrgacha ma’lum o‘zgarishlar bilan davom etib, Turkiya Respublikasi tashkil topishi bilan yakunlandi.

1711 yili turklar Azovni Rossiyadan qaytarib oldi, 1714 yili Venesiyadan Moraviyani tortib oldi. Lekin 1716 yili boshlanib ketgan harbiy harakatlar va turklarning davomli mag‘lubiyatlari vujudga kelgan muvaffaqiyatli holatning o‘tkinchi ekanligini, inqirozning muqarrarligini ko‘rsatib berdi. 1716  –1718 yillardagi Usmoniylar davlati bilan Avstriya o‘rtasidagi urush Pojarevask tinchlik shartnomasi bilan yakunlandi. Shartnomaga ko‘ra usmoniylar Kichik Valaxiya, Bosniyaning bir qismi va Belgraddan mahrum bo‘ldilar.

Yuzaga kelgan umumiy tushkunlik oqibatida mamlakat ichkarisida norozilik harakatlari kuchaydi. Ibrohim Posho aholini tinch­lantirish maqsadida madaniy islohotlarni amalga oshira boshladi. Lekin 1722 yili Eron safaviylari bilan boshlanib ketgan urush bunga imkon bermadi va mamlakatning iqtisodiy ahvolini yanada og‘irlashtirdi. 1730 yili imperiya poytaxti Istambulda sobiq matros Patron-Xalil boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Qo‘zg‘olonchilar tomonidan sulton Ahmad III taxtdan ag‘darildi, Ibrohim Posho esa qatl qilindi. Ammo taxtga kelgan usmoniylar xonadoni vakili Mahmud I 1731 yili qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostirdi, Patron-Xalil tarafdorlari qatl qilindi. Bosh vazir lavozimiga Xumbarachi234 Ahmat Posho keldi. U armiyani isloh qilishni davom ettirdi. Lekin Ahmat Poshoning bu harakati yanicharlarning qattiq noroziligi va qarshiligiga uchradi.

1730 yili Eron bilan boshlangan urush 1736 yilgacha davom etdi. Turkiyaning ahvolini yanada og‘irlashtirgan holat shu bo‘ldiki, hali Eron bilan urush harakatlari tugamasdan, 1735 yili Avstriya va Rossiya ham Usmoniylarga qarshi urush e’lon qildi.

1736 yili usmoniylar Tabriz va Hamadonning Eronga o‘tganligini tan oldi. Yevropadagi urush harakatlari natijasida Belgrad Usmoniylar imperiyasi tarkibiga o‘tgan bo‘lsa-da, 1739 yilgi Belgrad shartnomasiga muvofiq Zaporoje va Azov Rossiya hududiga qo‘shildi.

Turklarning Yevropadagi hukmronligiga eng katta zarbani 1768 –1774 yillardagi Rossiya-Turkiya urushi berdi. Urush usmoniylarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. 1774 yili imzolangan Kuchukqaynarji shartnomasiga muvofiq faqat Bolqon mamlakatlaridagina turklar o‘z hukmronligini saqlab qoldi. Usmoniylar o‘z tarixida birinchi marta Rossiyaga tovon to‘lash majburiyatini va Qrim xonligining mustaqilligini tan oldilar.

1774 yili taxtga o‘tirgan Sulton Abdulhamid I (1774 –1789) hukmronlik qilgan yillari ham Rossiya-Turkiya munosabatlaridagi asosiy muammo Qrim muammosi bo‘lib qolaverdi. 1783 yili Rossiya Qrimni rasman o‘z hududiga qo‘shib oldi. Bu Usmoniylar imperiyasidan tortib olingan islom diniga e’tiqod qiluvchi va turkiy tilda so‘zlashuvchi ilk davlat edi. Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi o‘zini islom dinining xalifasi deb e’lon qilgan sultonning obro‘siga putur yetkazdi va imperiyaning ichki ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Imperiyaning turli hududlarida sultonga qarshi kayfiyat kuchaydi.

Sulton Abdulhamid I Angliya va Shvesiyaning gij-gijlashi bilan va mavjud og‘ir ahvoldan chiqish maqsadida 1787 yili Rossiya­ga urush e’lon qildi. Rossiyaning ittifoqchisi bo‘lgan Avstriya darhol turklarga qarshi urushga kirdi. Natijada turklar ikkita frontda urush olib borishga majbur bo‘ldi. Buning ustiga urushning dastlabki kunlaridanoq Turkiya armiyasining urushga tayyor emasligi ko‘rinib qoldi. A.Suvorov qo‘mondonligidagi rus qo‘shinlari Fakshan, Rimnik va Ismoil qal’asi yonidagi janglarda turk qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi. Urush harakatlari shunday davom etayotgan bir paytda Sulton Abdulhamid I vafot etib, taxtga uning jiyani Sulton Salim III keldi.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish