Imperiyaning inqirozi
Bir qancha podshohlarning davlat mavqei va nufuzini ko‘tarishga qilgan urinishlariga qaramay, ikki asr XVII va XVIII asrlar shon-shavkatga to‘la XVI asrdan ko‘ra tushkunroq asrlar bo‘ldi.
Usmoniylar flotining Lepanto yaqinidagi mag‘lubiyati o‘z ortidan jiddiy oqibatlarga olib kelmagan bo‘lsada, shu sababli Usmoniylar flotining O‘rta yer dengizidagi mutloq hukmronligi oxirlay boshladi va ular hamma joyda mudofalanishlariga to‘g‘ri keldi. Usmoniylarning XVI asr oxirida Vengriyada Gabsburglardan, XVII asr boshlarida Ozarbayjon va Gruziyada forslardan mag‘lubiyati, Anatoliya va Suriyadagi qo‘zg‘alonlar davlatning kuchsizlanganidan darak berar edi. Inqirozga shuningdek moliyaviy qiyinchiliklar va Anatoliyadagi dehqonlar qo‘zg‘alonlari ham sabab bo‘ldi.
Agar XVII asr boshlarida Ahmed I (1603-1617) ajdodlari yo‘qotgan barqarorlikka erishishga muyassar bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin uning o‘g‘li Usmon II ning taqdiri (1618-1622) umuman fojeali yakunlandi: birinchi marta sulton taxtdan tushirildi va o‘ldirildi (may 1622). Uning vorisi Murod IV (1623-1627) podsho hokimiyatini qayta tiklaydi, qo‘zg‘olonchilarni bostiradi va imperiyadagi holatni to‘g‘rilaydi, lekin undan so‘ng tartibsizliklar yana boshlanadi. Usmoniylar davlatida 20 yil davom etgan sezilarli o‘sishni ko‘rish uchun buyuk vazir Mexmed Kyoprulyuni sulton Mexmed IV (1648-1687) davrida hokimiyatga kelishini (1656 sentabr) kutish kerak. Afsuski harbiy muvafaqqiyatsizliklar (1683 yil Venadagi mag‘lubiyat, Rossiyaning Ukraina va Qrimdagi muvafaqqiyatlari) va Usmoniylar tomonidan birinchi marta tuzilgan samarasiz shartnoma davlat mavqeini tushirdi.
XVIII asr uchun xarakterli uch jihat:
Tashqi muammolar, Usmoniylar imperiyasi doim o‘z qo‘shnilari Rossiya, Avstriya va Forslar davlati bilan urush holatida bo‘lgan. Bu muammolar Usmoniylarning hududiy yo‘qotishlariga va ularning ustuvor timsolini tushishiga olib keldi.
G‘arb bilan aloqalarning o‘rnatilishi, g‘arb davlatlarining rivojlanishi sabablarini va texnika tarqqiyotini o‘rganish uchun Usmoniylar Yevropaning ko‘plab davlatlariga o‘z elchilarini yubora boshlaydi: Vena, Parij, Moskva va Varshavaga (1719-1723).
Armiyada islohat o‘tkazilishi. Urushlardagi qiyinchiliklar va mag‘lubiyatlar davlatning ichki holatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatar edi. Bular Usmoniy davlat arboblarini davlat asosiy tizimlarida avvalo armiya va flotda islohatlar o‘tkazishga majbur qildi. Chunki armiya sezilarli mag‘lubiyatlarga uchragan edi.
Umuman olganda Usmoniylar imperiyasi ko‘plab qiyinchiliklarni boshidan kechirar va katta davlatlarning hujumlarini qaytarishga qiynalar edi. Unga G‘arb tomonidan ko‘rsatilayotgan bosim, arab viloyatlari va Bolqonda ko‘tarilayotgan qo‘zg‘alonlarga qarshilik qilish qiyin bo‘lib qoldi. Bunday holat XIX asrda inqirozga olib keldi, keyinchalik uni “sharq masalasi” deya nomlandi. Bu ta’rif imperiyaning bo‘linishiga olib kelgan voqealarga to‘g‘ri keladi: Gresiyaning mustaqilligi (1829), Misrda Muhammad Ali bilan to‘qnashuv (1824-1841), Jazoirning fransuzlar tomonidan bosib olinishi (1830).
XVII-XVIII asrlar –tanazzul asrimi?
Yaqin vaqtlargacha Usmoniylar imperiyasining inqiroz davri XVII-XVIII asrlar deb hisoblangan. Lekin bizning davrimizda tarixchilarimizning fikri har-xil. U asrlarda sodir bo‘lgan voqealarda ular inqiroz alomatlarini ko‘rishadi lekin tanazzulni emas. Chunki tanazzul tushunchasi davomiylikni, qaytarilmaslikni va ko‘p qirralikni bildiradi. Usmoniylar imperiyasi hayoti davomida juda ko‘plab inqirozlarni Fransiyadagi diniy urushlar yoki markaziy Yevropadagi o‘ttiz yillik urushlarni boshidan kechirdi. Lekin bu nuqtai nazardan tanazzul xaqida gapirish mumkin emas. Tanazzul haqida gapirilganda ma’lum vaqt davlatning barcha hayot sohalari, siyosiy va harbiygina emas, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalari ham achinarli holatga tushib qoladi.
So‘nggi tadqiqotlar bu ikki asrni salbiy baholashga sezilarli turtki beradi. Shuni ta’kidlashimiz lozimki, markaziy hokimiyatning kuchsizlanishi sulton va uning o‘g‘illariga xayriya fondlari orqali Istanbul va Makka shaharlarini qurish ishlari, viloyatlardagi haj yo‘llarini ta’mirlashga to‘sqinlik qilmadi. Albatta bular oldingi asrlardagi qurilish ishlaridan kamroq bo‘lsada, sezilarli darajada edi. Ko‘plab amaldorlar Anatoliya va Yaqin Sharq shaharlarida kutubxona, fontan va qasrlar qurdirishdi. Agar ba’zi hunarmandchilik sohalari jumladan, ipak tayyorlash Bursada, yungchilik Salonikada, XV va XVI asrlarda saviyasi tushib ketgan bo‘lsada hunarmandchilikning boshqa turlari xususan Bolgariyada yung, kigiz va Anqara tumanida angor yungi ishlab chiqarish rivojlandi. Oldingidek mis va boshqa metallarga ishlov berish rivojlangan. Aynan XVII va XVIII asrlarda shahar hunarmandchiligi rivojlanib, ularning ijtimoiy ta’siri o‘zining yuqori cho‘qqisiga yetgan. Bu davrda yangi ekin turlarining makkajo‘xori, qaxva, tamaki ekishni o‘zlashtirish qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga turtki berdi va bu ichki va tashqi savdoni rag‘batlantiruvchi omilga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |