O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/128
Sana31.12.2021
Hajmi4,18 Mb.
#216023
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128
Bog'liq
buxgalteriya hisobining axborot tizimlari

Nomoddiy  aktivlar  -  korxona  tomonidan  ulardan  ishlab  chiqarish,  ishlar 
bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida 
yoxud  ma’muriy  va  boshqa  funktsiyalarni  amalga  oshirish  uchun  uzoq  muddat 
mobaynida  tutib  turiladigan,  moddiy-ashyoviy  mazmunga  ega  bo’lmagan  mol-mulk 
ob’ektlari. 
Asosiy  vositalar  tarkibiga  quyidagi  mezonlarga  bir  vaqtning  o’zida  javob 
beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: 
a) bir yildan ortiq xizmat muddati; 
b)  bir  birlik  (to’plam)  uchun  qiymati  O’zbekiston  Respublikasida  (xarid 
paytida) 
belgilangan  eng  kam  oylik  ish  haqi  miqdorining  ellik  baravaridan  ortiq  bo’lgan 
buyumlar. 
 
 
Asosiy  vositalar  harakati  bilan  bog’liq  operatsiyalarni  avtomatlashtirish 
(Osnovnie  sredstva)  vkladkasi  orqali  amalga  oshiriladi.    Asosiy  vositalarni  hisobga 
qabul  qilish,  qayda  baholash,  ta’mirlash,  hisobdan  chiqarishga  oid  ma’lumotlar 
(Prinyatie  k  uchetu  OS  –  Oborudovanie-  Organizatsiya-  Schyot  va  xokazolar) 
kiritilib, buhgalteriya hisobini yuritishning uzluksizligi ta’minlanadi.  
                                                      
11
 Accounting information systems. James A. HALL. 281-bet 


 
  
Asosiy vositalarni qayda baholash Pereotsenka OS ili NMA satriga o’zgartirish 
kiritish orqali amalga oshiriladi.  Bunda Pereotsenka OS ili NMA satri bo’yicha yangi 
davr  uchun  ma’lumotlarni  yangilash  (Dobavit-  Zapolnit)  buyruqlarini  ketma-ket 
berish orqali amalga oshiriladi.  
 
 
 
Qayta  baholashning  qaysi  turini  ko’llash  (Koefitsienti  gruppi,  Zagruzit  s  sayta 
www.fides.uz
) buxgalter tomonidan tanlanadi.  
Korxona  rahbari  hisobot  yilida  buyumlarni  asosiy  vositalar  tarkibida  hisobga 
olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli. 
Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar: 
a)  korxonaga  kelgusida  aktiv  bilan  bog’liq  iqtisodiy  foyda  kelib  tushishiga 
ishonch bo’lsa; 
b) aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo’lsa. 
Asosiy vositalar boshlang’ich qiymat bo’yicha hisobga olinadi. 
Asosiy  vositalar  korxona  balansiga  sotib  olish  qiymati  (etkazib  beruvchiga 
to’langan summa) va asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog’liq barcha xarajatlarni 


79 
 
o’z ichiga olgan boshlang’ich qiymati bo’yicha kiritilishi lozim. 
Asosiy vositalarni sotib olish bilan bog’liq xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
ro’yxatga olish yig’imlari, davlat bojlari va asosiy vositalarga bo’lgan huquqni sotib 
olish (olish) bo’yicha amalga oshirilgan boshqa shunga o’xshash to’lovlar;  
 bojxona bojlari va yig’imlari; 
asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo etish) munosabati bilan soliqlar va 
yig’imlar summalari (agar ular qoplanmasa) ;  
asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo etish) bilan bog’liq axborot va 
maslahat  xizmatlari  uchun  to’lanadigan  summalar;  asosiy  vositalar  ob’ektlarini 
etkazib berish (barpo qilish) xatarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;  
asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan mukofotlar; asosiy 
vositalarni  o’rnatish,  montaj  qilish,  sozlash  va  ishga  tushirishga  oid  xarajatlar; 
aktivdan  maqsadga  muvofiq  foydalanish  uchun  uni  ishchi  holatga  keltirish  bilan 
bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar. 
Kreditdan  foydalanganlik  uchun  foizlarni  to’lashga  doir  xarajatlar  qarzga 
olingan  sarmoya  hisobidan  butkul  yoki  qisman  sotib  olingan  asosiy  vositalarning 
boshlang’ich qiymatiga kiritilmaydi. 
Sotib  olingan  asosiy  vositalar  haqini  to’lash  bilan  bog’liq  bank  xizmatlari, 
akkreditiv  ochish,  xorijiy  valyutani  o’tkazganligi  va  konvertatsiya  qilganligi  uchun 
bankka  vositachilik  haqi  to’lash  bo’yicha  xarajatlarni  qo’shgan  holda,  shuningdek 
shartnomani  tayyorlash  va  ro’yxatga  olish  xarajatlari  asosiy  vositalarning 
boshlang’ich  qiymatiga  kiritilmaydi,  balki  ular  yuzaga  kelgan  hisobot  davrida 
xarajatlar sifatida tan olinadi. 
Agar shartnoma shartlarida sotib olingan asosiy vositalar haqini kechiktirib yoki 
bo’lib-bo’lib  to’lash  nazarda  tutilgan  bo’lsa,  unda  mazkur  asosiy  vositalar 
buxgalteriya  hisobiga  kechiktirib  yoki  bo’lib-bo’lib  to’lashni  hisobga  olmagan 
holdagi  sotib  olish  qiymati  bo’yicha  qabul  qilinadi.  Bunda  sotib  olish  qiymati  va 
to’lovning umumiy summasi o’rtasida yuzaga keladigan farq kechiktirib yoki bo’lib-
bo’lib  to’lash  davri  davomida  joriy  to’lovning  kechiktirib  yoki  bo’lib-bo’lib  to’lash 
bo’yicha  to’lovlarning  umumiy  summasidagi  solishtirma  og’irligiga  bog’liq  holda 
moliyaviy xarajatlar (foizlar bo’yicha xarajatlar)ga kiradi. 
Asosiy  vositalar  sotib  olish  va  ularning  harakati  bilan  bog’liq  bir  qancha 
sxemalar mavjud. 
 
 


 

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish