Asosiy tushuncha va atamalar
Tasniflash, tasniflash obyekti, subyekti va birligi, faset, ierarxiyaviy tuzilma,
tasniflagich, guruhlash, tipologik guruhlash, analitik guruhlash, tuzilmaviy guruhlash,
guruh oralig‘i, sotsial-iqtisodiy tip, guruhlash belgisi va guruh oralig‘ini
ixtisoslashtirish, oddiy va murakkab guruhlash, ko‘p o‘lchovli guruhlash, klaster,
Yevklid masofasi, ikkilamchi guruhlash.
Qisqacha xulosalar
Tasniflash va guruhlash hodisa va jarayonlarni o‘rganish uchun statistik
to‘plamlarni tuzish, ularni chegaralash va statistik axborotlarni yaratishning muhim
qurolidir. Bu usul yordamida statistik kuzatish natijasida to‘plangan besanoq, tarqoq,
tasodifiyot girdobida o‘ralib qolgan, hom boshlang‘ich materiallar asosida ixcham
bir-biri bilan uzviy bog‘langan, ma’lum tartib-qoidalarga, qonuniyatga bo‘ysungan,
tuzilmaviy shakllarga ega to‘plamlar barpo etiladi.
Tasniflar hamma ilmiy va amaliy sohalarda qo‘llanadi. Kimyo, biologiya,
fizika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlarda yaratilgan tasniflar olamshumul
kashfiyotlar hisoblanadi, masalan, Mendeleevning davriy elementlar sistemasi,
Linneyning botanika sistemasi, Charlz Darvinning o‘simliklar sistematikasi,
Ulug‘bekning astronomik jadvallari («Zij Kuragoniy») va h.k. shular jumlasidandir.
Statistikada ham ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning tasniflar tizimi
ishlab chiqilgan. Ularni EHM yordamida tuzish uchun xalqaro va milliy
tasniflagichlar yaratilgan.
Tasniflash hodisa va jarayonlarni sifat xossalariga asoslanib, o‘zaro
bog‘lanishda tartiblash bo‘lsa, guruhlash tasniflarni kundalik hayotda tuzish va
ijtimoiy-iqtisodiy tahlil jarayonida qo‘llashdir. Guruhlash ko‘proq miqdoriy
belgilarga tayanadi. Shu bilan birga u guruhlarni tuzish va chegaralash uchun
belgilarni saylab olish va hamda pirovard natijalarini talqin (tahlil qilish) qilishda
o‘rganilayotgan obyektlarning sifat mohiyatini hisobga olishni talab qiladi.
Shunday qilib, guruhlash to‘la qonli statistik usulidir.
Tasniflashning har xil turlari va usullari bo‘lganidek, guruhlashning ham turli
usullari mavjud. Tipologik, analitik va tuzilmaviy guruhlashlar, oddiy va
kombinatsion, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli, birlamchi va ikkilamchi guruhlashlar
shular jumlasidandir.
Guruhlash usulidan amaliy ishda foydalanayotganda guruhlarni tuzish va ularni
ta’riflovchi birlamchi mutlaq va o‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblash bilan odatda
chegaralaniladi. Ammo bu holda statistika uslubi ya’ni analitik statistika to‘la
qonlikda qo‘llanildi, deb bo‘lmaydi, chunki u guruhiy ko‘rsatkichlarni va ular
orasidagi bog‘lanishlarni baholashni, ishonchli ekanligini aniqlashni talab qiladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Shuning uchun guruhlash natijalarini elastiklik va barqarorlik ko‘rsatkichlarini
hisoblash hamda dispersion tahlil bilan to‘ldirish va takomillashtirish kerak. Natijada
guruhlash statistika usuli sifatida boy mazmunga ega bo‘ladi va analitik ahamiyati
kuchayadi.
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Tasniflash nima va nima uchun ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda uni
qo‘llash kerak?
2.
Tasniflash qanday ilmiy va amaliy ahamiyatga ega?
3.
Tasniflashning qanday turlari va usullari mavjud?
4.
Faset nima? Ierarxiyaviy tuzilma-chi?
5.
Tasniflash obyekti deganda nima tushuniladi, uning birligi deganda-chi?
6.
Tasniflash subyekti nima?
7.
Statistik guruhlash deganda nima tushuniladi, u qanday ahamiyatga ega?
8.
Guruhlash qoidalari deganda nimalar tushuniladi?
9.
O‘zbekiston aholisini jinsi-yoshi bo‘yicha taqsimladingiz, bu tasniflashmi yoki
guruhlashmi?
10. Kichik, o‘rtacha va katta korxonalarni aniqlovchi senzlar (miqdoriy belgilar
bilan) belgilab qo‘yilgan, bu tasniflashmi yoki guruhlash-mi?
11. 2006 yil ma’lumotlari asosida O‘zbekistonda faoliyat qiluvchi subyektlar kichik,
o‘rtacha va katta korxonalarga taqsimlangan. Bu guruhlashmi yoki tasniflashmi?
12. Tipologik guruhlash nima? Analitik guruhlash-chi, tuzilmaviy guruhlash-chi?
13. Taqsimot (variatsion) qatorlar bilan tuzilmaviy guruhlash orasida farq bormi?
bo‘lsa nimalardan iborat?
14. Guruhlash belgisi nima va u qanday tartibda saylab olinadi?
15. Guruhlar soni qanday aniqlanadi, guruhlar oralig‘i-chi?
16. Guruhlashning ilmiy qoidalari nimalardan iborat?
17. Oddiy va murakkab guruhlash nima, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli-chi?
18. Ko‘p o‘lchovli guruhlashning qanday usullarini bilasiz?
19. Birlamchi va ikkilamchi guruhlash nima?
20. Ikkilamchi guruhlashning qanday usullarini bilasiz?
21. Guruhlash usulining statistik mazmuni va ahamiyatini kuchaytirish uchun uni
qanday yo‘llar bilan takomillashtirish mumkin?
22. Kursdoshlaringizning statistikadan bilim darajalarini o‘rganish uchun ularni
qanday belgilar asosida guruhlash mumkin, har bir guruhni qanday
ko‘rsatkichlar bilan ta’riflash mumkin?
23. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti asoslarini barpo etish jarayonini qanday
guruhlashlar yordamida o‘rganish mumkin?
24. Oilalarda «qaynona va kelin» munosabatlarini o‘rganish uchun qanday
guruhlashlardan foydalanish mumkin?
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
25. Talabalar vaqt fondidan foydalanish bilan fanlarni o‘zlashtirish jarayoni
orasidagi bog‘lanishlarni guruhlash usuli yordamida o‘rganib bo‘ladimi; bo‘lsa
qanday guruhlashlar amalga oshirish kerak?
26. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi rivojlanishida fermer ho‘jaliklarining rolini
o‘rganish uchun qanday guruhlashlardan foydalanish mumkin?
27. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining taraqqiyotida tijorat banklarining rolini
o‘rganish uchun qanday guruhlashlardan foydalanish mumkin?
28. O‘zbekistonda talab va taklif qonunlari qanday namoyon bo‘layotganini tahlil
qilish uchun guruhlash usulidan foydalanib bo‘ladimi, agarda bo‘lsa, qanday
guruhlashlarni tuzish ma’qul deb hisoblaysiz?
Asosiy adabiyotlar
1. Соатов Н.М. Статистика. Дарслик. –Т.: Тиббиёт нашриёти, 2003 180-225 б.
2. Ìà íäåëü È.Ä. Êëàñòåðí ыé àíàëèç. Ì.: Ôèíàíñы è ñòàòèñòèêà, 1988.
3. Àôèôè À. Ýéçåí Ñ. Ñòàòèñòè÷åñêèé àíàëèç. Ïîäõîä ñ èñïîëüçîâàíèåì
ÝÂÌ. Ïåð ñ àíãë. Ì.: Ìèð , 1982.
4. Åíüþêîâ È.Ñ. Ìåòîäы - àëãîðèòìы - ïðîãðàììы ìíîã î ìåðíîãî
ñòàòèñòè÷åñêîãî àíàëèçà Ì.: Ôèíàíñы è ñòàòèñòèêà, 1986.
5.
МЭСИ (
www.mesi.ru
).
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
VI bob. STATISTIK TO‘PLAM BIRLIGI, TAQSIMOT QATORLARI VA
ULARNING TASVIRIY PARAMETRLARI
6.1. Statistik to‘plam belgi
Statistika o‘rganadigan to‘plamni bunyod
etuvchi unsurlar uning birliklari deb ataladi. To‘plam
tuzish, demak, uni tarkibiga kiruvchi birliklarni
aniqlashdir. Bu jarayonda ikkita masala yechiladi:
birinchidan, birlik ta’riflanadi, ya’ni ularni bir-biridan va boshqa birliklardan
ajratuvchi chegaralar belgilanadi; ikkinchidan mazkur statistik to‘plam tarkibiga
kiradigan va kirmaydigan birliklar aniqlanadi.
To‘plam birligi turli belgilarga ega. Ularning asosiy turlari quyidagilardan
iborat (6.1-tarh).
Har qanday to‘plam birligi o‘ziga xos
alomatlar,
xislatlar,
xossalar
majmui
bilan
xarakterlanadi va ular uning belgilari deb ataladi.
Statistik to‘plamlar muhim belgilar asosida tuziladi.
Ular ayrim birliklarda turli shakllarda namoyon bo‘ladi, natijada birliklar bir-biridan
farq qiladi.
6.1-tarh. To‘plam birligi belgilarining turlari.
To‘plam
birliklari-bu
statistik to‘plamni bunyod
etuvchi unsurlardir.
Belgi - bu to‘plam
birligining
alomatlari,
xislati va h.k.
To’plam birligining bеlg-
ilari
Miqdoriy bеlgi
Хaraktеriga qarab
Atributiv bеlgi
O’zgaruvchanligiga qarab:
a) ega yoki yo’q;
b) mе’yori
Muqobil bеlgi
Muqobil bеlgi
Uzluksiz
o’zgaruvchan
bеlgi
Uzlukli
o’zgaruvchan
bеlgi
To’plamda qatnashishiga
qarab
Potеnsial
varianta
Haqiqiy varianta
Haqiqiy varianta
Potеnsial
varianta
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Bunday belgilar variatsion belgilar deb ataladi.
Belgilar so‘z bilan yoki son bilan ifodalanishi
mumkin. Birinchi holda atributiv (sifat) belgilar,
ikkinchisida - miqdoriy belgilar deb yuritiladi.
Atributiv
belgilar
to‘plam
tarkibiga
kiruvchi
birliklarni aniqlashga bevosita aloqadordir. Bunday
belgilarning o‘zgaruvchanligi birliklarni muqobil
holatda talqin etganda ko‘zga tashlanadi.
Miqdoriy belgilar hamma to‘plam birliklari
uchun teng bo‘lishi, bir son bilan ifodalanishi
mumkin. Masalan, barcha avtomashinalar to‘rtta g‘ildirakka ega, bir xil markali
mashinalar motori odatda teng quvvatga ega. Odamlarning sezish, ko‘rish, hid bilish,
ishlash va harakat qilish organlari son jihatdan teng va h.k. Bunday miqdoriy belgilar
statistik to‘plam tuzish uchun asos bo‘la olmaydi. Aksariyat, miqdoriy belgilar
to‘plam birliklarida turlicha ifodalanadi, bir-biridan farqlanadi, variatsiyaga
(o‘zgaruvchanlikka) ega. Avtomashinalar bosib o‘tgan yo‘l, bajargan ish (tashigan
yuk hajmi), korxonalar ishlab chiqargan mahsulot hajmi, ularda ishlayotgan ishchilar
soni va h.k. bunday miqdoriy belgilarga misol bo‘la oladi. Aynan shunday birlikdan
birlikka o‘zgaruvchanlikka ega bo‘ladigan belgilar asosida statistik to‘plam tuziladi.
Ular statistikaning o‘rganish predmeti hisoblanadi. Miqdoriy belgilar uzluksiz
o‘zgaruvchanlikka yoki tadrijiy (darajama-daraja) o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lishi
mumkin. Bu hol jarayonning tabiatidan kelib chiqadi.
6.2. Variatsion qatorlar va ularning turlari
Statistik to‘plam - bu, turli shakllardagi statistik qatorlardir.
Eng oddiy boshlang‘ich qatorlar bevosita kuzatish jarayonida vujudga keladi.
Bunday qatorlar tartibga ega bo‘lmasdan, qayd qilishdagi holatga asoslanadi. Odatda
to‘plam birliklari ma’lum belgilar asosida saflab, tasniflab, guruhlab tartibga solinadi.
Bunday tartiblangan statistik to‘plam statistik
qatorlar deb ataladi, chunki ular sonlar qatori (ketma -
ketligi) bilan ta’riflanadi. Statistik qatorlar turli
shakllarda va yo‘llar bilan tuziladi. Ularni quyidagi
turlarga bo‘lish mumkin (6.2-tarx).
Variatsion
belgi
-
birlikdan-birlikka
farqlanuvchi
belgidir.
Atributiv
belgi
-
bu
mazmunan bir - biridan
farqlanuvchi
belgi,
miqdoriy belgi esa -
qiymatga ega bo‘luvchi,
son bilan ifodalanuvchi
belgi.
Statistik qator - bu,
tartiblangan
statistik
to‘plamdir.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
6.2- tarh. Statistik qatorlarning turlari.
O‘rganilayotgan obyektlarni tasniflash usuliga
qarab statistik qatorlar ikki turkumga ajraladi:biri-
taqsimot qatorlari, ikkinchisi- dinamika qatorlari.
Statistik to‘plam birliklarini ma’lum holatga
(paytga) nisbatan yoki vaqt oralig‘i davomida kuzatib,
ularni biror belgi asosida tasniflash natijasi taqsimot
qatorlari deb yuritiladi.
Statistik
to‘plam
birliklarini
uzoq
vaqt
davomida kuzatib, davrlar yoki vaqt paytlari bo‘yicha
tasniflash mumkin. Bu holda vujudga keladigan qator
dinamika
qatori
deb
ataladi,
chunki
u
o‘rganilayotgan jarayon dinamikasini tasvirlaydi.
Taqsimot qatorining asosiy unsuri varianta, dinamika qatoriniki esa daraja deb
yuritiladi. Demak, taqsimot qatorlari-bu, variantalar ketma-ketligi bo‘lsa, dinamika
qatorlari vaqt oraliqlariga tegishli darajalar ketma-ketliklaridir.
To‘plam birliklarini tasniflash asosi qilib qanday belgi olinishiga qarab
taqsimot qatorlari ikki turga ajraladi. Bunday belgi sifatida atributiv ya’ni mazmunan
farqlanuvchi belgilar olinsa, hosil bo‘lgan taqsimot qatorlari atributiv qatorlar deb
yuritiladi.
To‘plam birliklarini miqdoriy belgilariga qarab
tasniflash natijasida hosil bo‘lgan taqsimot qatorlari
variatsion qatorlar deb ataladi.
6.2.1. Saflangan qatorlar
Variatsion qatorlarning eng sodda shakli saflangan (bo‘ysiralangan,
ranjirlangan) qatorlardir. Ayrim miqdoriy belgilar asosida statistik to‘plam belgilarini
bo‘ysiralash yo‘li bilan ko‘payuvchi yoki kamayuvchi shaklda tuzilgan qatorlar
saflangan qatorlar deb ataladi.
Taqsimot qatorlari de-
ganda to‘plam birliklarini
ma’lum belgilar asosida
guruhlarga
(qismlarga)
bo‘linishi tushuniladi.
Dinamika qatori – bu
hodisani
vaqt
bo‘yicha
o‘zgarishini
ko‘rsatuvchi
sonlar qatoridir.
Variatsion
qatorlar
miqdoriy belgilar asosida
tuziladi.
Statistik qatorlarning turlari
Taqsimot qatorlari
Dinamika qatorlari
Atributiv
qatorlar
Variatsion
qatorlar
Asosiy
dinamika
qatorlari
Hosilaviy
dinamika
qatorlari
Saflangan
qatorlar
Diskret
qatorlar
Oraliqli
qatorlar
Davriy
qatorlar
Paytli
qatorlar
Nisbiy
ko‘rsatkich
vaindekslar
qatorlari
O‘rtacha
miqdor
qatorlari
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
6.2.2. Diskret qatorlar
Agarda saflangan qator tayanchi bo‘lib tadrijan,
darajama-daraja, uzuq-uzuq o‘zgaruvchi belgi xizmat
qilsa va uning ayrim miqdoriy qiymatlari tez-tez
takrorlanib tursa, ularni sanab, muayyan variantaning
variantlar sonini, sig‘im hajmini, vaznini aniqlash
mumkin. Natijada saflangan qatorga qaraganada variantalarning umumiy soni
qisqaradi va har biri bir qancha birliklarni qamrab oluvchi guruh maqomini oladi.
Bunday ikki unsurdan tashkil topgan taqsimotlar diskret variatsion qatorlar deb
ataladi.
6.2.3. Oraliqli variatsion qatorlar
Cheksiz o‘zgaruvchan belgiga tayangan qator
unsurlarini kattaroq miqdoriy o‘lchamlarda ifodalash
uchun to‘plam birliklarini muayyan belgiga qarab
teng kattalikdagi oraliqlarga bo‘lish joizdir.
Natijada oraliqli variatsion qator hosil bo‘ladi. Demak, bunday qator ikki
unsurdan varianta oraliqlar va har bir oraliqqa tegishli bunday birliklar sonidan tarkib
topadi. Birinchi element varianta ikkinchisi birliklar yoki variantlar soni deb
yuritiladi.
6.2.4. Oraliq soni va kengligini aniqlash
Oraliqli variatsion qatorlar tuzish jarayonida bir qator muammolar paydo
bo‘ladi. Eng asosiy muammo oraliqlar (tasnifiy guruhlar) soni va chegarasini
aniqlashdir.
Bu masalani yechish tekshirishda ko‘zlangan maqsad va to‘plangan
materiallarning xususiyatlariga bog‘liq.
Tekshirish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
•
boshlang‘ich ma’lumotlarda bevosita ko‘z ilg‘amay yashirinib yotgan,
tabiatan ommaviy jarayonga xos bo‘lib uning o‘zgaruvchanligi (tebranuvchanligi) da
yuzaga chiquvchi qonuniyat va xususiyatlarni taqsimot qatorlari yordamida
oydinlashtirish, yaqqol va jozibali qilib tasvirlash;
•
taqsimot qatorlarini qayta ishlash yo‘li bilan turli umumlashtiruvchi
ko‘rsatkichlar olish va ulardan foydalanib o‘rganilayotgan jarayonlarni har taraflama
chuqur tahlil qilish.
Buning uchun:
-oraliqlar kengligi o‘zgarmas va optimal me’yorda bo‘lishi;
Diskret
qatorlar
to‘plam birliklarini uzuqli
o‘zgaruvchi belgi asosida
guruhlash natijasidir.
Oraliqli
variatsion
qator-bu
to‘plam
birliklarini
guruhlarga,
oraliqlarga taqsimlashdir.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
-birinchi boshlang‘ich oraliq eng kichik belgini, oxirgi oraliq esa eng katta belgini o‘z
ichiga olishi;
-qator oraliqlari o‘rganilayotgan to‘plam tuzilishini obyektiv tasvirlovchi taqsimotni
shakllantirishi, me’yoriy mutanosiblik nafaqat guruhlar orasida, ularning ichida ham
bo‘lishini ta’minlashi;
-markaziy oraliqlar mumkin qadar g‘ujjak variantalardan, ya’ni to‘liq va zich
joylashgan birliklardan iborat bo‘lishi lozim.
Maxsus adabiyotda variatsion qator oraliqlarining maksimal yoki minimal
sonini aniqlash uchun turli mezonlar taklif etilgan, ularning ko‘pchiligi yetarli
darajada aniqlik bilan o‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblash va shu bilan birga ko‘rimli
variatsion qatorlar tuzish imkonini beradi. Amerika statistigi Sterjess (Sturgess,.1926)
quyidagi mezonni taklif etgan:
K
≤
1+3.32 logN = 1+1.441 lnN (6.1)
Bu yerda K - taqsimot oraliqlarining minimal soni;
N - to‘plam hajmi (birliklar soni);
log - o‘nli logarifm;
ln - natural logarifm.
K. Bruks va N. Karuzes tomonidan taklif etilgan quyidagi formula Sterjess
mezoniga yaqin natija beradi:
K
≤
5 logN (6.2)
O‘zgaruvchan belgining eng katta va eng kichik qiymatlari o‘rtasidagi farq
(variatsiya kengligi) ni oraliqlar (guruhlar) soniga bo‘lsak, oraliq kengligining
qiymati kelib chiqadi. Bu holda Sterjess mezoni
N
x
x
N
x
x
k
x
x
i
log
*
441
.
1
1
log
*
32
.
3
1
min
max
min
max
min
max
+
−
=
+
−
=
−
=
. (6.3)
K. Bruks va N.Karuzes mezoni
n
x
x
k
x
x
i
log
*
5
min
max
min
max
−
=
−
=
. (6.4)
6.2.5. Oraliqning chegaralarini belgilash tartibi
Miqdoriy o‘lchami bir oraliqning yuqori chegarasiga, ikkinchisining quyi
chegarasiga teng to‘plam birliklarini qaysi guruhga (oraliqqa) kiritish kerak? degan
savol tug‘iladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Amaliyotda bu masala ikki yo‘sinda yechiladi. Birinchi holda oraliq quyi
chegaraga teng va undan katta, ammo yuqori chegaradani kichik qiymatda deb talqin
etiladi, ya’ni «..... dan ..... gacha (uni hisobga olmasdan)». Ikkinchi holda esa u quyi
chegaradan katta (uni hisobga olmasdan) ammo yuqori chegarani qo‘shib oladi deb
belgilanadi, ya’ni «..... dan va ..... gacha qo‘shib (hisobga olib)».
Ammo mantiq va uslub jihatidan oraliqlar chegarasini variantalarning
o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini hisobga olib belgilash eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.
Agarda oraliqlar (guruhlar) tadrijiy (uzuq - uzuq) o‘zgaruvchan belgi asosida
tuzilayotgan bo‘lsa, u holda ularni quyi chegarasini ham, yuqori chegarani ham o‘z
ichiga oladigan qilib belgilash ma’qul. Buning uchun quyi chegara qilib eng kichik
qiymatli belgi olinadi va undan boshlab kenglik miqdorida yuqori chegara
hisoblanadi.
Masalan, 2200 ta xonadonlarning har birida yashovchilar soni 1 kishidan to 14
kishigacha bo‘lgan bo‘lsa, u holda jami xonadonlarni quyidagi oraliqli taqsimot
qatori shaklida ifodalash mumkin.
5
2200
log
332
1
1
14
log
332
1
min
max
=
+
−
=
+
−
=
N
x
x
i
kishi
Oraliqlar (variantalar), kishi
1-3
4-6
7-9
10-12
13-14
Jami
Xonadonlar soni
100
450
800
500
350
2200
Oraliqli variatsion qator uzluksiz o‘zgaruvchan belgi asosida tuzilsa, yondosh
oraliqlar chegarasini uzuq shaklda ifodalab bo‘lmaydi, chunki bunday yechim
mazkur belgining tabiati va o‘zgaruvchanlik xususiyatini hisobga olmaydi.
Ma’lumki, uzluksiz o‘zgaruvchan belgi har qanday miqdoriy qiymatga ega bo‘la
oladi, uning ayrim qiymatlari yondosh oraliqlarning uzilish bo‘shlig‘ida yotishi
mumkin. Shuning uchun, oraliqlarni bir-biridan uzmasdan, birining yuqori
chegarasini ikkinchi yondoshining quyi chegarasi qilib belgilash kerak. Oraliq so‘zi
ayni quyi chegaradan boshlab yuqori chegaragacha bo‘lgan kenglikni anglatadi.
Demak, quyi chegarani qo‘shib hisoblash, yuqori chegarani hisobga olmaslik
mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |