O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “davlatiy moliya” kafedrasi kurs ishi



Download 352,04 Kb.
bet11/11
Sana30.12.2021
Hajmi352,04 Kb.
#191312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi Ozodbek MM-75i

Hududlar nomi

2016 yil

2017 yil

2018 yil

Subvensiya oluvchilar


xarajatlardagi ulushi %



Subvensiya oluvchilar

xarajat- lardagi ulushi %



subvensiya oluvchilar

xarajat- lardagi ulushi %



Qoraqalpog’iston

12

61

9

41

6

40

Andijon

12

64

11

52

10

63

Buxoro

5

62

3

33

2

15

Jizzax

11

57

9

49

9

69

Qashqadaryo

6

59

5

55

5

36

Navoiy

4

57

3

58

3

30

Namangan

11

58

9

18

7

58

Samarqand

12

63

9

53

8

50

Surxondaryo

12

60

8

56

7

50

Sirdaryo

8

62

5

25

3

27

Toshkent

7

57

0

0

0

0

Farg’ona

15

65

11

42

8

42

Xorazm

8

57

7

43

7

64

Jami

123

54

89

47

75

39

Mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, ularning daromad va xarajatlari o’rtasidagi muvofiqlikka erishish, shuningdek, hududlardagi ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishga erishish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli Qaroriga muvofiq, xarajatlarning ayrim turlari tuman/shahar byudjetlaridan, ayrimlarining viloyat byudjetidan moliyalashtirilish

Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududlarni rivojlantirish, ularning moliyaviy mustaqilligini oshirish, yuqori byudjetlarga qaramligini oldini olish maqsadida amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan subvensiyadan chiqarish holati -jadvalga keltirilgan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, Qorqalpog’iston Respublikasi bo’yicha 2016-yilda 12 ta tuman va shaharlar subvensiya olgan bo’lsa, 2018-yilga kelib ularning soni 6 taga, Andijonda 12 tadan 10 taga, Buxoroda 5 tadan 2 taga, Jizzaxda11 tadan 9 taga, Qashqadaryoda 6 tadan 5 taga, Navoiyda 4 tadan 3 taga, Namanganda 11 tadan 7 taga, Samarqandda 12 tadan 8 taga, Surxondaryoda 12 tadan 7 taga, Sirdaryoda 8 tadan 3 taga, Farg’onada 15 tadan 8 taga, Xorazmda 8 tadan 7 taga tushirilsa, Toshkent viloyati bo’yicha 2017 yildan boshlab barcha tuman va shaharlar subvensiyadan chiqarilishi belgilab qo’yilgan.

Mahalliy byudjetlar ixtiyorida daromadlar prognozini oshirib bajarish hisobiga 5 trln. so'mga yaqin mablag' qolishi kutilmoqda. Eng yuqori daromadlar Toshkent shahrida (980 mlrd. so'm), Andijon viloyatida (720 mlrd. so'm), Qorqalpog'iston Respublikasida (594 mlrd. so'm) shakllanadi



4-rasm Mahalliy byudjet ixtiyorida qoladigan mablag'lar19 (mlrd. so'm)

2020 yildan boshlab, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari O'zbekiston Respublikasi qonuni shaklida tasdiqlandi. 2020 yildan o'rta muddatli byudjetlashtirish tizimini takomillashtirish doirasida:

Quyidagilarni ko'zda tutuvchi byudjetlararo munosabatlarning yangi tizimini joriy etish taklif qilinadi:


  • Respublika byudjeti xarajatlari hamda byudjetlararo transfertlar hajmi – Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi;

  • Mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning byudjetlari – Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.

Birinchi bosqichda, ya'ni Oliy Majlis palatalari tomonidan 2020 yil byudjetini tasdiqlashda, mahalliy byudjetning daromad va xarajatlarining umumiy hajmlari ma'lumot uchun qabul qilinadi.

Byudjet mablag'lari taqsimlovchilarga mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag'lari hajmi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy byudjet parametrlari tasdiqlangan holda, joylardagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilanadi;

Mahalliy byudjetning xarajatlar bo'yicha majburiyatlarining bajarilmaslik xavfini tug'dirmaydigan hamda joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining faoliyati bilan bog'liq soliq va majburiy to'lovlar bo'yicha xarajatlari bo'yicha vakolatlar mahalliy byudjetlarga taqsimlanadi va biriktiriladi.

Tuman va shaharlar byudjetlariga jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadigan yer solig'i, jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadigan mulk solig'i, jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan daromad solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar to'liq xajmda kirim qilinadi.Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetiga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga quyidagi tushumlar to'liq xajmda kirim qilinadi:

a) yuridik shaxslarning mol-mulk solig'i, yuridik shaxslarning yer solig'i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (elektr stantsiyalari tomonidan to'lanadigan), benzin, dizel` va siqilgan gaz mahsulotining chakana savdosi uchun aktsiz solig'i, davlat bojlari (patent uchun boj va davlat tomonidan litsenziya berish uchun bojdan tashqari), Davlat byudjetiga o'tkaziladigan jarima va yig'imlar (bojxona yig'imlaridan tashqari), davlat foydasiga o'tkazilgan tovar va moddiy aktivlar, qonunchilikda belgilangan, davlat mulkini xususiylashtirishdan va ijaraga berishdan olingan daromadlar, transport vositasi sotib olinganligi uchun yig'im.
b) qo'shilgan qiymat solig'i (yirik soliq to'lovchilardan tashqari) va foyda solig'i (yirik soliq to'lovchilardan, norezidentlardan tashqari) bo'yicha daromadlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismining 100 foizi.

v) foyda solig'idan Toshkent viloyatida 34 foiz, Toshkent shahrida 5 foiz va boshqa hududlarda esa 100 foiz tushumlar mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldiriladi. Ushbu tushumlarning prognozdan orttirib bajarilgan qismi esa to'lig'icha xududlarga qoldiriladi.

g) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan Navoiy viloyatida 70 foiz, Toshkent viloyatida 34 foiz, Toshkent shahrida 5 foiz va boshqa hududlarda esa 100 foiz tushumlar mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldiriladi. Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha ham prognozdan orttirib bajarilgan qismi to'liq mahalliy byudjetlarda qoldiriladi.

d) abonentlar sonidan kelib chiqqan holda mobil aloqa xizmati uchun aktsiz solig'i va aholi sonidan kelib chiqqan holda va pivo mahsulotini hisobga olgan holda alkogol mahsulotlari uchun aktsiz solig'i. Bunda abonentlar va aholi soni 2019 yil 1 iyul` holatiga qabul qilinadi.



  1. da respublika va mahalliy byudjetlar o'rtasida xarajat vakolatlari bo'yicha quyidagi byudjet siyosati amalga oshiriladi:

umumiy o'rta ta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining birinchi va ikkinchi guruh bo'yicha xarajatlari O'zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag'lari hisobidan;

to'rtinchi guruh bo'yicha xarajatlar tuman va shaharlarning tegishli byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi;

Ba'zi xarajatlar bo'yicha vakolatlarni yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga o'tkazish. Jumladan:

- Umumfoydalanishdagi avtomobil` yo'llarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari;

- Davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash, Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi nasos stantsiyalari va energetika boshqarmalari hamda Qarshi magistral` kanalining ekspluatatsiya boshqarmasi va issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchilarga aholiga ko'rsatilgan issiqlik ta'minoti xizmati uchun pasaytirilgan tariflarni qo'llash natijasida yuzaga keladigan zararni qoplash xarajatlari;

- Ko'p xonadonli uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish va Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi tashkiliy tizimiga kiruvchi issiqlik quvvati tashkilotlarining qozonxonalari va issiqlik quvvati tizimlarini kapital ta'miri O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan amalga oshiriladi;

Bundan tashqari, tajriba tariqasida Toshkent shahridagi umumta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish), kapital ta'mirlash va jihozlash uchun kapital qo'yilmalar Toshkent shahri shahar byudjeti hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Joylardagi mahalliy xokimiyat organlari tashabbusi bilan o'tkaziladigan tadbirlar Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari, shahar va tumanlar byudjetlarining qo'shimcha manbalari hisobidan moliyalashtiriladi.

Xalq ta'limi vazirligi va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan respublika byudjeti mablag'lari hisobidan umumiy o'rta ta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining birinchi va ikkinchi guruh bo'yicha xarajatlarini moliyalashtirish tizimiga o'tishning afzalliklari quyidagilardan iborat:

- Tizimdagi muassasalarni moliyalashtirishda Respublika bo'yicha yagona yondashuv amal qiladi, ajratilgan mablag'larning maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat kuchayadi;

- Tegishli vazirlik tomonidan Respublika maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarida kadrlar siyosatini boshqarish imkoni bo'ladi;

- Ish haqi va ish haqiga nisbatan ajratmalar o'z vaqtida moliyalashtiriladi nazorat Xalq ta'limi vazirligi va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan avtomatlashtirilgan tizimda amalga oshiriladi va buning natijasida ish haqi hisob-kitoblaridagi xatoliklar bartaraf etiladi;

- Moliya va g'aznachilik organlarining transfert o'tkazmalari bilan bog'liq operatsion funktsiyalari qisqaradi;

- Xalq ta'limi vazirligi va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan mablag'lar yetishmovchiligi yuzaga kelganda limitlarni bir tumandan ikkinchisiga ma'lum bir qoidalar asosida tezkor o'tkazish imkoni yuzaga keladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari mustaqilligini oshirish va kelgusi yillardan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarini tuzish jarayonini mustaqilligini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan 2020 yildan boshlab byudjetlararo transfertlar tizimiga ham bir qator o'zgartirishlar kiritilmoqda.

Joriy yilda O'zbekiston Respublikasi byudjetidan mahalliy byudjetlarga tuman va shahar byudjetidan moliyalashtiriluvchi maktabgacha ta'lim, umum ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalarida ishlovchi xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni moliyalashtirish uchun ijtimoiy transfertlar ajratilmoqda va ushbu transfertlar maktabgacha ta'lim, umum ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalarida ishlovchi xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlariga mutanosib ravishda ajritiladi.

Ya'ni yil yakuni bo'yicha ma'lum bir sababga ko'ra moliyalashtirilmagan xarajatlarga teng ulushlarda ijtimoiy transfertlar summalari ham kamaytirilishi ko'zda tutilgan. 2020 yildan boshlab esa, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi salbiy farqni qoplash uchun tartibga soluvchi transfertlar ajratiladi va ushbu transfertlar miqdorlarini kamaytirilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Mahalliy byudjet xarajatlaridagi subvensiya ulushining turlicha bo’lishi bir qancha sabablarga bog’liq. Bunga birinchi navbatda mazkur tumanning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi yirik sanoat korxonalarining mavjudligi, soliq to’lovchilar soni ta’sir qilsa, shu bilan birga, katta lalmikor (lalmikor yerlar uchun yer solig’i stavkalari past darajada) yer maydoniga ega bo’lib, aholi sonining va shundan kelib chiqib ijtimoiy obyektlar (maktab va shifoxona) sonining ko’pligidan xarajatlarning yuqoriligi sabablarini ham keltirish mumkin.



Umumiy xulosa qilinganda viloyat, tuman va shaharlarni subvensiyadan chiqarishda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini puxta ishlab chiqish, ularning mavjud salohiyatini chuqur tahlil qilgan holda samarali foydalanishdan tashqari, subvensiyadagi tumanlarni moliyaviy rag’batlantirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirilishi zarur:

  • nisbatan kam rivojlangan hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish maqsadida joriy etilgan (masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ- 2843-son Qaroriga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ro’yxatdan o’tgan, farmatsevtika tovarlari va preparatlari, elektrotexnika mahsulotlari (kabel-o’tkazgich mahsulotlaridan tashqari), shuningdek, pardozlash qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar 2017-yilning 1-aprelidan 2022-yilning 1-yanvarigacha bo’lgan davrda mulk solig’i, yer solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod etilishi) soliq imtiyozlari hisobidan subvensiyadan chiqmagan hududlar uchun yuqori byudjetdan o’tkazib beriladigan mablag’larni subvensiya sifatida talqin etmaslik;

  • yuqorida keltirilgan maqsadda joriy etilgan soliq imtiyozlari summasidan kelib chiqib, ushbu hududda mahalliy byudjet daromadlari prognoz ko’rsatkichlariga kiritilgan tuzatishlarni hisobga olgan holda prognoz ko’rsatkichlarni sof ortig’i bilan bajarilishi summasini ushbu hudud mahalliy byudjetlar tasarrufida qoldirish amaliyotini joriy etish maqsadga muvofiq.

  • hududlarda mahalliy byudjet daromadlari bazasini kengaytirishda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yangi va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, avval xususiylashtirilgan va hozirda faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalarni sog’lomlashtirish, soliq to’lovchilarning hisobini to’liq qamrab olish va mavjud boqimanda qarzdorliklarni undirish evaziga tushumlarni ko’paytirish lozim;

  • subvensiyada turgan har bir hudud, shahar va tuman bo’yicha mahalliy byudjetga tushishi mumkin soliq tushumlari miqdorini aniq prognoz qilish uchun ushu hududning soliq salohiyatini baholash usulini ishlab chiqish zarur. Bunda jami soliq salohiyatidan maqsadli yoki muddatli soliq imtiyozlarini chegirish orqali aniqlangan joriy davr uchun real soliq salohiyatidan kelib chiqib mahalliy byudjet daromadlari prognoz qilinishi va shu asosda subvensiyadan chiqarish dasturi ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq.

Xulosa

Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy ehtiyojlarni to‘laroq hisobga olish vaularni davlat markazlashtirilgan tartibda amalga oshiradigan chora-tadbirlar bilan to‘g‘ri muvofiqlashtirish imkonini beradi. Shuning uchun mahalliy hokimiyatorganlari mahalliy byudjetga daromadlar kelib turishini va resurslardan maqsadlifoydalanishdan manfaatdorlar, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning o‘sishsur’atlari mahalliy zaxiralarni safarbar etishga, mablag‘larni rejali sarflashga doirishlarni tashkil etishga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonRespublikasining davlat byudjetini muvaffaqiyatli bajarishga imkon yaratadi. Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining hududiy bo‘linmalari bo‘lib, Davlat byudjetining ajralmas bir bog’ini hisoblanar ekan. Shuningdek mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismi hisoblanadi. Davlat byudjetining mablag’larini taqsimlashda sohalar bo‘yicha yo‘naltirishda mahalliy byudjetlarning o‘rni beqiyosdir.

Daromadlarining asosiy manbai soliq hisoblanadi. Soliq (T) - bu jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning davlatdan ajratilgan va o'zlashtirgan pul daromadlarining bir qismi. Majburiy ravishda davlat foydasiga mablag'larni olib qo'yish soliq to'lovlarini majburiy qonuniy ravishda belgilashni o'z ichiga oladi. Soliqlar ko'p funktsionaldir.
Birinchidan, ular moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash funktsiyasini bajaradilar va davlat daromadlarini yaratadilar. Soliqlar Yalpi ichki mahsulotning 30 foizidan (Yaponiya, AQSh) 45 foizgacha (Germaniya) va 60 foiz (Shvetsiya) dan iborat. 2001 yilda Rossiyaning yalpi ichki mahsulotidagi soliqlar ulushi 20,5 foizni tashkil etdi.
Ikkinchidan, soliqlar tartibga solish funktsiyasiga ega. Soliqlar mamlakatda yuz beradigan har qanday iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga ta'sir qiladi. Ushbu hajmda soliqlar rag'batlantiruvchi, ogohlantiruvchi va cheklovchi rol o'ynashi mumkin. Masalan, yangi tashkil etilgan korxonalarga berilgan soliq imtiyozlari ularning rivojlanishi va kengayishini rag'batlantiradi. Aksincha, chet eldan tovarlarni olib kirishda bojxona to'lovlarining oshishi importni cheklaydi. Ko'plab rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, soliq tizimi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalar, tashqi iqtisodiy faoliyatni, ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgartirishlarini va ustuvor tarmoqlarni jadal rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishning eng faol vositasi hisoblanadi.
Uchinchidan, soliqlar orqali milliy daromadlar, jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari qayta taqsimlanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning daromadlarini o’zgartirish orqali soliqlar talab va taklifda, bozor muvozanatida va narxlarda aks ettiriladi, bu bilvosita ishlab chiqarish va bandlikka va shunga mos ravishda resurslarning taqsimlanishiga ta'sir qiladi. Shunday qilib, soliqlar nafaqat daromadlarning taqsimlanishiga, balki resurslarning taqsimlanishiga ham ta'sir qiladi.

Va nihoyat, soliqlar nazorat qilish funktsiyasiga ega. Soliq to'lovlarining olingan daromadlar miqdoriga qarab majburiyligi, daromadlarni deklaratsiyalash zarurati davlatga soliq solinadigan sub'ektlar faoliyatining qonuniyligi va samaradorligini tekshirish imkoniyatini yaratadi.

Jamiyatning ravnaqi, aholining farovonligi, yurtning tinchligini ta’minlash va boshqa maqsadlarni amalga oshirish, budjet daromadlari hamda xarajatlarini boshqarish va budjet siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda xalqaro moliya institutlari mutaxassislari, xususiy sektor vakillari hamda olimlar bilan hamkorlikda davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish, ayniqsa, nafaqat ichki, balki tashqi foydalanuvchilar uchun byudjet ma’lumotlari ochiqligini oshirish yuzasidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Xususan, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi ma’lumotlarning xalq uchun shaffofligini ta’minlash, Byudjetnomani tayyorlashda jamoatchilik fikrini inobatga olish maqsadida hujjat loyihasini umumxalq muhokamasiga qo’yish shular jumlasidandir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. О‘zbekistоn Respublikasining Budjet kоdeksi T.: “О‘zbekistоn” 2013-yil 26-dekabr.

2.“О‘zbekistоn Respublikasining 2017-yilgi asоsiy makrоiqtisоdiy kо‘rsat-kichlari prоgnоzi va davlat budjeti parametrlari tо‘g‘risida”gi О‘zbekistоn Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabr PQ-2699-sоnli Qarоri.

3.“2017-2021 yillarda О‘zbekistоn Respublikasini rivоjlantirishning besh-ta ustuvоr yо‘nalishi bо‘yicha” harakatlar strategiyasi, О‘zbekistоn Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sоnli Farmоni.

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF5283 sonli Farmoni

5.“Mahalliy davlat hоkimiyati оrganlarining mоliyaviy erkinligini оshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning tо‘liqligini ta’minlash bо‘yicha sоliq va mоliya оrganlari javоbgarligini kuchaytirishga оid qо‘shimcha chоra-tadbirlar tо‘g‘risida”gi О‘zbekistоn Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5228-sоnli Farmоni.

6.Nuritdinоva V.Sh. Sharapоva.M.A. Mоliyaviy nazоrat. “О‘quv qо‘llanma”, Tоshkent “Iqtisоd-mоliya”, 2014-yil

7.Malikоv T.S. Jalilоv Sh.Q. Mоliyaviy tizim: Zamоnaviy talqin: О‘quv uslubiy qо‘llanma. - T.: “Iqtisоd-mоliya”, 2016-yil

8.Malikоv T.S. Mоliya: О‘quv qо‘llanma / О‘zbekistоn Respublikasi Оliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi.-T.: “Iqtisоd-mоliya”, nashriyоti, 2018-yil.

Internet saytlari

1.http://www.mf.uz - О‘zbekistоn Respublikasi Mоliya vazirligi rasmiy sayti.

2.http://www.stat.uz - О‘zbekistоn Respublikasi Davlat statistika qо‘mitasi rasmiy sayti.

3.http://www.lex.uz - О‘zbekistоn Respublikasi Qоnun hujjatlari ma’lu-mоtlar milliy bazasi.



4. http://www.openbudjet.uz - О‘zbekistоn Respublikasi Mоliya vazirligi rasmiy sayti.

1 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.

2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarliginikuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5283 -sonli Farmoni

3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5075 -sonli Farmoni.

4 O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 2-bob 6-modda, 2013-yil 27-dekabr

5 O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 35-modda. 2013-yil 26-dekabr

6 O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga asosan talaba tomonidan mustaqil tayyorlandi

7 1O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi O’quv Markazi, Sirojiddinova Z.X., O’zbekiston Respublikasi Byudjet tizimi, darslik, 38-bet, Toshkent-2010

8 1O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 52-modda, 2013-yil 26-dekabr

9 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to’liqligini ta’minlash bo’yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo’shimcha chira-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5283-sonli Farmoni

10 T. S. Mаlikov., N. H. Hаydаrov: "Dаvlаt Budjeti", O‘quv Qo‘llаnmа, 2014-Yil

11 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017-y., 6-son, 70-modda.


12 www. Open budjet saytidan olingan malumotlar asosida

13 www. Open budjet saytidan olingan malumotlar asosida

14 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to’g’risida”gi PQ-3042- sonli Qarori. 2017 yil 7 iyun.

15 www.open budjet saytidan olingan malumotlar asosida

16 "O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2018 yil 27 avgust, 34-son, 692-modda.

17 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017-y., 6-son, 70-modda

18 www.mf olingan malumotlar asosida talaba tomonidan tayyorlangan

19 www.open budjet saytidan olingan malumotlar asosida


Download 352,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish