O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Moliyaviy inqirozning oldini olish va unga qarshi kurashishning xorij tajribasi



Download 109,06 Kb.
bet8/8
Sana30.09.2021
Hajmi109,06 Kb.
#189543
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ilyos.kurs ishhhhh

3. Moliyaviy inqirozning oldini olish va unga qarshi kurashishning xorij tajribasi

Moliyaviy inqirozning oldini olish va unga qarshi kurashishda rivojlangan davlatlar maxsus strategiya va moliyaviy sog'lomlashtirish jarayonidan foydalanishadi.Nima sababdan ilgari moliyaviy barqaror bo‘lgan korxona to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qoladi? Nazariya ko‘rsatib amaliyot tasdiqlaydiki, zamonaviy sharoitda to‘lov intizomini buzish oqibatda korxona strategiyasini bozor holatining rivojlanish tendensiyasiga mos emasligini ko‘rsatatdi.

Bundan 30 yil avval korxonani boshqarishning strategik prinsiplari mavjud bo‘lmagan. Faqatgina 60-70 yillar atrofida boshqaruvning yangi uslublari va u bilan “strategik boshqaruv” atmasi paydo bo‘ldi. Bu birinchi bo‘lib, biznesning tashqi muhitida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi.

Xozirgi payitda, bozorda yashab qolish va raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun barcha korxonalar vaqti-vaqti bilan o‘z xo‘jalik faoliyatlarida o‘zgarishlarni amalga oshirib turishlari lozim. Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi quyidagilarga imkon beradi:

− Korxona tashqi o‘zgarishlarga qaysi usul bilan qarshi tura olishi mumkin (tez-tez, gohida va amalda oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar).

− O‘rnatilgan maqsadlarga erishish va hayot qobiliyatini saqlab qolish uchun oldindan qanday tadbirlarni ishlab chiqish lozim.

Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi xususiy va davlat korxonalarini qo‘shib hisoblaganda barcha rejalashtirilgan, tashkillashtirilgan va strategiya amal qiladigan sohadagi nazorat qilinadigan holatlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, ijtimoiy-iqtisodiy tizimga kiruvchi hamma tarkib va madaniyatni o‘z ichiga oladi. Tashqi va ichki o‘zgarishlar korxona o‘z maqsadiga etishishiga qaysi sohada havf solayotgan bo‘lsa, shunga mos ravishda inqirozga qarshi strategiya tanlanadi.

Likvidlik inqirozi davrida korxonaning eng oddiy vazifasi sarflarni qisqartirish hisoblanadi. Inqirozgacha bo‘lgan jarayonda ko‘plab milliy korxonalarda personalni bo‘shatish kuzatilgan. Haqiqattan ham, inqirozli sharoitlarda hodimlarni bo‘shatish zarur. Aks holda, natija yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Menejerning harakati bunda suzuvchi va aqlga asoslangan bo‘lishi lozim. Chunki, inqirozli sharoitda ishchilarni bo‘shatishdan boshqa variantlar ham bor, ya’ni ish haqini ham vaqtinchalik qisqartirib turish mumkin. Bu ham xarajatlarni qisqartirish hisoblanadi.

Strategiya – bu korxonani atrof-muhitga samarali moslashish prinsipi hisoblanadi. Inqirozga qarshi boshqaruv jarayonida strategiya 3 bosqichda ishlab chiqiladi.

Korxona faoliyatining inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini ishlab chiqishning birinchi bosqichi – bu aniq, kompleks va o‘z vaqtida korxona holatini tashxislashdir.

Inqirozga qarshi rejalashtirishning ikkinchi bosqichi – korxona maqsadlar tizimini va missiyasini to‘g‘rilash (eskisini qayta ko‘rib chiqib agar zarur bo‘lsa o‘zgartirish kiritish).

Agar missiya – bu korxonani kelajakda qanday bo‘lishini oldindan ko‘rish bo‘lsa, maqsadlar tizimi (qisqa va uzoq muddatli) – maqsaddan kelib chiqib hohlangan natijalar hisoblanadi.

Inqirozga qarshi rejalashtirishning uchinchi bosqichi – korxonani iqtisodiy inqirozdan chiqarishni muqobil strategik variantlarini shakllantirish va strategiyalar tanlovi hisoblanadi.

Shu bilan strategik rejalashtirish jarayoni tugaydi va tanlangan strategiyani amalga oshirish taktikasini aniqlash jarayoni boshlanadi (operativ rejalashtirish), shundan so‘ng, inqirozga qarshi strategiyani amalga oshiriladi, baholanadi va natijalar nazorat qilinadi.

Iqtisodiy inqirozdan chiqishning taktik (operativ) chora-tadbirlariga xarajatlarni qisqartirish, bo‘limlarni yopish, hodimlar sonini qisqartirish, ishlab chiqarish va sotish hajmini qisqartirish, faol marketing tadqiqotlari, mahsulot narxini oshirish, ichki zahiralardan foydalanish, modernizatsiya, joriy zararlarni aniqlash, ichki zahiralarni aniqlash, mutaxassislarni jalb qilish, kreditlar olish, tartibni mustahkamlash kabilar kiradi.

Strategik va operativ rejalashtirish birgalikda qo‘llaniladi, ularni birini ikkinchisidan ajratish mumkin emas. Taktik rejalashtirish tanlangan strategiya doirasida amalga oshiriladi. Iqtisodiy inqirozdan chiqishning tezkor tadbirlarini strategik maqsadlarsiz amalga oshirish qisqa muddat ichida moliyaviy holatni yaxshilashi mumkin, lekin inqirozli vaziyatni vujudga keltirgan tub sabablarni bartaraf eta olmaydi.

Taktik rejalashtirishning birinchi bosqichi – bu tanlangan inqirozga qarshi strategiyani amalga oshirish hisoblanib, bunda menejerlar quyidagilarni amalga oshirishi zarur:

− Inqirozga qarshi ishlab chiqilgan strategiya va maqsadni, ularning o‘zaro bog‘liqligini qat’iy tushuntirish.

− Inqirozga qarshi strategiyani amalga oshirish jarayonida yangi strategiya va maqsadlar haqidagi tushunchalarni hamkorlarni keng jalb qilish maqsadida etkazish.

− Amalga oshirilayotgan inqirozga qarshi strategiyaga bog‘liq ravishda resurslarni keltirish.

− Tashkiliy tarkib bo‘yicha qaror ishlab chiqish.

Yangi strategiyani amalga oshirishda barcha qarshiliklarni o‘rganib chiqish va ularni bartaraf etish lozim. Bundan tashqari strategiyaga bir qancha omillar ham ta’sir qilishi mumkin.

Taktik rejalashtirishning ikkinchi bosqichi – bu strategiya bajarilishini nazorat qilish va baholashdir.

“Agarda korxona o‘z vaqtida tashqi havf-hatar paydo bo‘lishini seza olsa va unga qarshi samarali ta’sirni ishlab chiqish uchun yetarlicha vaqtni boshqara olsa u doimiy ravishda barcha muammolarni likvidatsiya qilib borishi mumkin. Lekin inqirozli vaziyatlarda o‘zgarishlarni chegaralangan muddatlarda amalga oshirish lozim. Shu sababli inqirogzga qarshi strategiyani rejalashtirishda ishlar paralleligini vaqtdan yutish maqsadida maksimallashtirish lozim”7.

Bunday holda inqirozga qarshi strategiyaning yo‘nalishi va bosh mexanizmlarining traektoriyasi (umumiqtisodiy rivojlanish strategiyasi doirasida) barqaror iqtisodiy o‘sish va jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim:

− Zamonaviy menejment vositalari va usullaridan foydalanish.

− Korxonaning ichki rivojlanish jarayonlarini faollashtirish.

− Tashkilotning boshqaruv va hujjat aylanish tizimlari reglamentlarini barpo etish.

− Inqirozga qarshi strategiyani samarali amalga oshishini ta’minlovchi faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlarini monitoringi va nazorat tizimlarini tashkil etish.

− Korxonaning barqaror iqtisodiy o‘sishiga yo‘naltirilgan rivojlanish dasturini ishlab chiqish.

− Zarur hollarda kompleks tahlilni o‘tkazish va strategiyani korrektirovka qilish.

− Strategiyani amalga oshirish doirasida ma’naviy va moddiy rag‘batlarni ishlab chiqish.

− Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ishlab chiqishda ijtimoiy mezonlardan foydalanish hamda ijtimoiy oqibatlarni hisobga olish.

− Rivojlanishda innovatsion strategiyaning ustunligi.

− Faoliyatning foydaliroq yo‘nalishlarini rivojlantirish ustunligi.

− Korporativ madaniyatni mustahkamlash maqsadida guruhbozlik va subyektivlik qiziqishlariga barham berish.

Inqirozga qarshi boshqaruvni samarali amalga oshirish tanlangan boshqaruv tizimiga, boshqaruv madaniyatiga, menejerlar kvalifikatsiyasiga hamda boshqa ko‘plab omillarga va sharoitlarga bog‘liq.
Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini takomillashtirish

Xalqaro ekspertlar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 2010 yilda ham davom etishini va uning havfi hali beri to‘liq bartaraf etilmaganligini aytib o‘tmoqdalar. Bu haqda Respublika Prezidenti Islom Karimov o‘z ma’ruzalarida xalqaro ekspert va tahlilchilarning fikriga suyangan holda: Avvalo, shuni aytish kerakki, ularning tahlil va xulosalariga ko‘ra, jahon moliyaviy inqirozining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga og‘ir ta’siri tobora pasayib boradi va 2010 yilda asta sekin o‘sishi kuzatiladi deb xulosa berdilar. Lekin ma’ruza davomida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini yana qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan havf-xatar va risklarni ham sanab o‘tdilar. Darhaqiqat, korxonalardan muntazam inqiroz bilan kurashishni to‘xtatmaslik va bartaraf etishning barcha choralarini yanada takomillashtirib borish talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti korxonalarning bozordagi harakatlari havfsizligini kafolatlamaydi. Shu sababdan ko‘pincha, sog‘lom faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarni birdaniga bozor qonunlariga bas kela olmasdan inqirozga uchrashlarini kuzatish mumkin. Masalan, AQSHda yangi tashkil etilgan kichik va o‘rta korxonalarning 50%i bir yil ichida o‘z faoliyatini tugatadi; lekin, shtatlarning bankrotlik to‘g‘risidagi Qonunchilik tan olgan korxonalar o‘rtacha jami korxonalarni 1%ini tashkil etadi. Bu holat inqirozga qarshi boshqaruv har bir korxona va tashkilotlarda muntazam amalda bo‘lishi zarur ekanligini ko‘rsatadi.

Lekin, inqirozga qarshi boshqaruvning samarali shaklini korxonalarda qanday tashkil etiladi, buning birorta metodikasi bormi degan savol tug‘iladi. Bu o‘rinda aytish joizki, inqirozga qarshi boshqaruvning yagona andozasi ishlab chiqilmagan. Bunga bir qancha omillarni sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Eng asosiysi, inqiroz har bir korxonada tarmoq xususiyati, geografik joylashuvi hamda tashqi va ichki muhitining o‘ziga xosligi bilan har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Hattoki, ikkita bir xil sharoitlarga ega bo‘lgan korxonalarda ham inqirozni barataraf etish turli rejalar orqali amalga oshishi mumkin. Bu jarayon korxonalarda faoliyat ko‘rsatayotgan menejer va rahbarlarning qarshiliklarni qanday qabul qila olishlariga bog‘liq. Ammo ko‘p hollarda inqirozga olib keluvchi sabablar inqirozning xususiyatini ko‘rsatib beradiki, bu korxonadagi inqirozni bartaraf etilishida muhim o‘rin tutadi.

Korxonani inqirozga olib keluvchi sabablarni korxonaning ta’sir doirasiga mos holda ikki guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin:

− Korxonaga bog‘liq bo‘lmagan yoki korxona ahamiyatsiz darajada ta’sir eta oladigan tashqi omillar guruhi;

− Korxona faoliyati natijasida vujudga keladigan ichki omillar.

O‘tkazilgan tadqiqotlardan, Farg‘ona viloyati sanoat korxonalarida iqtisodiy inqirozlar avval ichki omillar natijasida shakllanganligini va keyinchalik tashqi omillarni jonlantirganligini ko‘rish mumkin. Bu holatda o‘ziga xos muammolar zanjiri quyidagi tartibda shakllangan:

Birinchidan, sanoat korxonalarida hodimlar malakasi bilan bog‘liq muammolar vujudga kelgan. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki yillarida yirik sanoat korxonalarining iqtisodiy nochor ahvolga tushishi natijasida, tabiiy ravishda ko‘plab malakali ishchilarni ishdan bo‘shatishga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda nisbatan kichik korxonalar tashkil topgan. Ularga iloji boricha pastroq ish haqi olishga rozi bo‘ladigan ishchi va hodimlar yollangan. Shu bilan birgalikda, avval tajribali hodimlar sanoat korxonalaridan ancha uzoqda yashaganlar va yirik korxonalar uchun ularni uyidan olib kelish katta muammo tug‘dirmagan. Kichik turdagi sanoat korxonalari uchun ishchilarni tashib kelish imkoniyati bo‘lmagani uchun ham ular yosh va tajribasiz ishchilarni yollashga majbur bo‘lganlar. Natijada, ishlab chiqarishni boshqarish va rivojlantirishda yangi hodimlarga malaka etishmagan bo‘lsa, asosiy ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan ishchilarning mehnat unumdorligi ish ko‘nikmasining yetarli emasligi oqibatida tushib ketgan;

Ikkinchidan, davlat mulkchiligining qisqarishi va ko‘plab korxonalarni xususiylashtirilishi sharoitida mulkdorlar dastlabki davrda o‘z mulklarini samarali boshqara olmadilar, bil’aks sanoat mahsulotlari, ayniqsa, engil sanoat mahsulotlarining sifati ham tushib bordi, ham zamon talablaridan ortda qoldi. Buni yanada jonlanishiga ishlab chiqarish jihozlarining ommaviy ravishda ma’nan va jismonan eskirishi kabi ichki omillar sabab bo‘lgan;

Uchinchidan, yuqoridagi holatlar korxonalarni mahalliy va jahon bozoridagi raqobatbardoshligini tushirib yubordi. Natijada sanoat korxonalarining iqtisodiy inqiroziga ichki omillar “rag‘bati” oqibatida tashqi omillar zarba berdi;

To‘rtinchidan, nochor korxonalarda ushbu muammolarni bartaraf etish uchun muayyan inqirozga qarshi strategiya va taktika tanlanmagan. Ko‘plab sanoat korxonalarining rahbarlari iqtisodiy inqirozdan qutulishda hukumat yordamini kutganlar. Bundan tashqari, Respublikamizda Inqirozga qarshi choralar dasturining samarali ishlab turishiga qaramasdan hali ham ba’zi korxonalar o‘z strategiya va taktikalarini u bilan to‘laqonli kurashishga qarata olganlari yo‘q. Chunki, tadbirkorlarda hali ham inqiroz bilan qanday kurashish yoki uning alomatlarini baholash uchun malaka yetarli darajada emas.

Tadqiqotlardan ko‘rinadiki, bugungi kunda viloyat sanoat korxonalarini inqirozdan chiqarish va moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqilgan. Bu kelajakda sanoat rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qilsa ajab emas. Birgina, Farg‘ona viloyatining o‘zida inqirozga qarshi choralar dasturiga asosan 2009-2012 yillarda 40 ta korxona sog‘lomlashtirish dasturiga tushgan, bundan tashqari, yana 9 ta korxona 2010 yilda tijorat banklari balansiga berish ko‘zda tutilgan.

Lekin, korxonalarni uzoq yillar davomida barqaror faoliyat ko‘rsatishi davlat dasturlarining o‘zi bilan amalga oshmaydi. Chunki, davlat dasturlari korxonalarni oyoqqa turgizish va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida muddatli amalga oshirilmoqda. Xususiy korxonalarni kelajakda qanday faoliyat ko‘rsatishi u tanlagan strategiya va taktika asosida amalga oshadi. Sanoat korxonasida davlatning muddatli, maqsadli dasturlari bilan birga barqaror rivojlanishning shartlaridan yana biri inqirozga qarshi boshqaruvning ichki mexanizmlarini ishga solishga va samarali faoliyat yuritishga undaydigan har bir korxona uchun alohida o‘zi tomonidan inqirozga qarshi ichki strategiya va taktikani ishlab chiqishdir.

Bugungi kunda, viloyatda inqirozga uchragan sanoat korxonalari uchun inqirozdan chiqish, uni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish bilan bog‘liq. Inqirozdan chiqish jarayonini rejalashtirish esa inqirozga qarshi boshqaruvning strategiyasi va taktikasi asosida amalga oshadi. Ko‘plab iqtisodchilar inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi uzoq muddatli sog‘lomlashtirish rejasi va taktika esa operativ reja deb ta’riflaydilar. Masalani bu tomondan ko‘rish, viloyat korxonalarida inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini mavjuddek qilib ko‘rsatadi. Lekin, bu o‘rindagi muammo viloyat sanoat korxonalarida inqirozga qarshi strategik sog‘lomlashtirish rejalarini biznes-reja kabi aks etayotganligidadir. Bu esa inqirozga qarshi boshqaruv samaradorligini tabiiy holatda pasaytiradi va o‘tmaslashtiradi. Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi birgina iqtisodiy jihatdan nochor va to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lgan korxonalarda mavjud bo‘lmaydi. Chunki, raqobatli bozorda faoliyat yuritayotgan har bir korxona muntazam inqiroz bilan barqarorlik o‘rtasida ish yuritadi. Bu inqiroz barcha korxona uchun yaqin va unga qarshi doimo chora bo‘lishini talab qiladi. Mazkur chora barqaror korxonalarni tashqi, ichki muhitdagi salbiy o‘zgarishlarga ta’sirchan bo‘lishini va immunitetini kuchaytiradi.

SHu sababli, inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish aniq rejalar asosida amalga oshirilishi lozim. Viloyat sanoat korxonalari uchun inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini amalga oshirish bosqichlari quyidagi tartibda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.Iqtisodiy barqaror korxonalar tavakkalchilikni boshqarish maqsadida kelishi mumkin bo‘lgan hatarlarga qarshi reja tuzadi. Iqtisodiy nochor korxonalar iqtisodiy barqaror bo‘lganlaridan so‘ng barqaror korxonalarnikiga o‘xshash reja tuzishlari mumkin.

“Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini ishlab chiqishda dastavval, korxona xo‘jalik faoliyatini tashxislanadi. Agar tahlil qilingan iqtisodiy ko‘rsatkichlar iqtisodiy inqirozning mavjudligi haqida alomat bersa, inqiroz sabablari va u kelitirish mumkin bo‘lgan oqibatlar dastlabki tahlildan o‘tkaziladi. Uchinchi bosqichda inqirozni bartaraf etish va korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi. Mazkur ishchi guruh korxonadan yoki chetdan jalb qilingan sanoat korxonasining tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda etuk hodimlardan tashkil topgan bo‘lishi lozim. Ularning soni korxonaning yiriklik darajasiga va sog‘lomlashtirish dasturini ishlab chiqish tezligiga qarab belgilanadi. Ular besh kishidan o‘n bir kishigacha bo‘lishi mumkin. Ular sonini toq bo‘lishi qaror qabul qilish jarayonida ovozlar teng bo‘lib qolmasligiga yordam beradi. Ishchi guruh tomonidan inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqilgandan so‘ng amaliyotga tatbiq etiladi.Beshinchi bosqichda dasturning bajarilishi ishchi guruh tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi. Agar inqirozga qarshi kurash jarayonida ichki va tashqi muhit omillarida o‘zgarish sezilsa, u holda dastur operativ ravishda taktik jihatdan o‘zgartiriladi. Dastur to‘liq bajarilgandan so‘ng, inqiroz bartaraf etilganligi qaytadan korxona faoliyatini tashxislash yordamida baholanadi. Agar inqiroz bartaraf etigan bo‘lsa, keyingi sakkizinchi bosqichga o‘tiladi. Aks holda, bosqichlar izchilligi to‘rtinchi bosqichga qaytadi”8. Iqtisodiy jihatdan barqaror sanoat korxonalarida esa strategiyani amalga oshirish 3 bosqichdan iborat bo‘lib, ikkinchi bosqich chizmadagi sakkizinchi bosqichdan boshlanadi. So‘nggi to‘qqizinchi bosqich inqirozga qarshi strategiya muntazam taktik jihatdan yangilanib maqsad sari davom etib ketadi.

Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi va taktikasi Rossiyalik olimlarning fikriga ko‘ra o‘zaro bog‘liq jarayonlar bo‘lib, ularning birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydi. Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi inqirozni bartaraf etishning yoki inqiroz havf solishi mumkin bo‘lgan sharoitda unga qarshi immunitet hosil qilishning butun bir davri hisoblansa, inqirozga qarshi taktika uzoq davrga mo‘ljallangan rejani bir xil davrlar oralig‘ida boshqarib borish uslubidir.

Inqirozga qarshi strategiyaning yuqoridagi bosqichlarini sanoat korxonalarida tatbiq etish – bu sohadagi ishlarning tartibsizligiga barham beradi va inqirozga qarshi boshqaruv dasturlarini korxona faoliyatiga moslashuvchanlik darajasini ortiradi. Inqirozga qarshi strategiya va taktikani amalga oshirish sog‘lomlashtirish va tavakkalchilikni boshqarish dasturlarini ishlab chiqishda qaror qabul qilish jarayoni bilan uzviy bog‘langan. Shu jihatdan, inqirozga qarshi boshqaruvning eng asosiy jarayoni inqirozning sababi va turini aniqlash emas, balki inqirozni bartaraf etish uchun qaror qabul qilish bosqichidir. Chunki, inqirozning sababi va oqibati oddiy tahlillar natijasida ayon bo‘ladi. Lekin, u bilan kurashish juda ham murakkab jarayondir. Shunday ekan, korxonalar inqirozni bartaraf etishlari uchun mukammal dasturga ega bo‘lishlari lozim.Inqirozga uchrayotgan korxonalara moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturini ishlab chiqish jarayoni Bugungi kunda, sanoat korxonalarida inqirozga qarshi ichki dasturni tuzish va amalga oshirishda bir qancha muammolar mavjud bo‘lib, u quyidagilardan iborat:

− Inqirozga qarshi dasturni tuzish strukturasini yaxshi tushunmaslik;

− Uni biznes-reja bilan aralashtirib yuborish;

− Iqtisodiy nochor korxonalarda dasturni amalga oshirish uchun moliyaviy ta’minotdagi muammolar;

− Dasturni amalga oshirishda malakali hodimlarning etishmasligi va sh.k.Inqirozga qarshi boshqaruvni bitta andozasi bo‘lmagani kabi dastur ham barcha korxonalar uchun bitta tizimga solinmagan. Bu holat, bir tomondan investorlarni qiziqtirishda muammolarni tug‘dirsa, ikkinchi tomondan dasturning mazmunini tushunish va amaliyotga tatbiq etish ma’lum muammolarni vujudga keltiradi. Shu sababdan, amaliyot uchun inqirozga qarshi dasturni davlat miqyosida bitta standartini ishlab chiqish talab qilinadi. Mazkur dastur andozasi sodda, tushunishga oson va turli ortiqcha ma’lumotlardan holi bo‘lishi lozim. Iqtisodiy nochor korxonalar uchun inqirozga qarshi dastur tarkibi o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, tadqiqotchi tomonidan tavsiya etilgan quyidagi mezonlar asosida ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi:

Birinchidan, korxonaning inqiroz davridagi moliyaviy-iqtisodiy holati e’tiborga olinadi.

Ikkinchidan, korxonaning moliyaviy ta’minot masalalari tahlil qilinadi.

Uchinchidan, ishlab chiqarish darajasi va tayyor masulotga bo‘lgan bozor talabi o‘rganiladi.

To‘rtinchidan, tashqi muhit va hamkorlarning iqtisodiy holati va ular bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar monitoring qilinadi.Beshinchidan, korxonani restrukturizatsiyaga moslashuvi va undan olinishi mumkin bo‘lgan natija aniqlanadi.Oltinchidan, yuqoridagi mezonlarga asosan, inqirozga qarshi korxona dasturi tarkibiy tuzilishining shakli bo‘yicha boshqaruv qarori qabul qilinadi.Inqirozga qarshi boshqaruvni strategik rejasi ishlab chiqilayotganda quyidagi tamoyillarga e’tibor qaratilsa, boshqaruv samaradorligi yanada ortadi:Hisobotlarni vaqtida taqdim etish. Ma’lumki, hozirgi sharoitda ishlab chiqarish korxonalari ichki boshqaruv hisob siyosatiga katta e’tibor qaratmoqda. Chunki, rahbariyat tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini samarali boshqarishda bu juda asqotadi. Ko‘p hollarda ichki boshqaruv hisob siyosatidagi ma’lum raqamlar, ko‘rsatkichlar tashqi foydalanuvchilarga e’lon qilinmaydi – sir saqlanadi. Hisobotlarni vaqtida taqdim etib turish orqali korxonada kechayotgan jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar oydinlashib boradi. Shu sababli, korxonaning har bir bo‘limida sodir bo‘layotgan voqealarni hisobot tarzida aks ettirib markazlashtirilgan hollarda boshqaruvchiga topshirib turish lozim. Bu ko‘plab ijobiy oqibatlarga olib keladi. Ayniqsa, inqirozga qarshi boshqaruv yo‘lga qo‘yilgan davrda vaqtida hisobotlarni boshqaruvchiga taqdim etish tezlik bilan qaror qabul qilish jarayoniga yordam beradi. Hisobotlarni tuzishda ish bo‘yicha obyektiv ma’lumotlarni ko‘payishi noto‘g‘ri axborot oqimini qisqartiradi. Buning uchun ichki boshqaruv hisob siyosatida ko‘proq pul mablag‘larini harakatini rentabellik darajalari to‘g‘risida axborotlarni ko‘paytirish lozim.

Detallashtirish. Hisobotlarni vaqtida taqdim etish tamoyiliga asoslanib, korxona balansida turuvchi va unga bevosita qaram bo‘lgan filial, sho‘‘ba korxona, hududiy offislar va boshqa barcha bo‘limlardan topshirilayotgan axborotlar iloji boricha detallashtirilgan, qismlarga bo‘lingan holda taqdim etilgan bo‘lishi kerak. Boshqarilayotgan obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilayotganda detallarga ajratib topshiriladi. Bu axborotlar korxonani har qanday sharoitda qaror qabul qilinishi va boshqaruvini soddalashtiradi.Xarajatlarning qisqartirilishini o‘ziga xosligi. Xarajatlarni qisqartirishda korxona rahbariyatidan ehtiyot bo‘lish talab qilinadi. Qisqartirilayotgan xarajatlar aksincha korxonaga zarar ham keltirish mumkin. Ko‘p joriy xarajatlar mahsulot uchun hayotiy zarur xarajatlar sifatida aks etadi va ularni qisqartirib bo‘lmaydi. Shu sababli, reja tuzishni birinchi bosqichida xo‘jalik yurituvchi subyekt uzoq muddatli rivojlanish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qisqartirishi lozim: masalan, ilmiy tadqiqotlar bilan bog‘liq xarajatlarni, kapital qurilish, ko‘p tomonlama marketing va boshqa ikkinchi darajali xarajatlarni qisqartirishi shart. Kadrlar bilan bog‘liq munosabatlarda xarajatlarni qisqartirishdagi shoshma-shosharlik ahvolni og‘irlashtirish mumkin. Iqtisodiy inqiroz havfi hali to‘liq aniqlanmagunga qadar kadrlarni ishdan bo‘shatish yoki o‘rnini almashtirish kabi hodimlar boshqaruviga tegmaslik lozim. Faqatgina, yangi ishchi va mutaxassislarni qabul qilishni to‘xtatib turish talab qilinadi.

Rejalarni qayta ishlab chiqish. Moliyaviy zararga olib kelayotgan har qanday strategiyani o‘zgartirish kerak. Buning uchun avvalambor, uni o‘rniga muqobil variantdagi reja ishlab chiqiladi. Chunki, talabga javob bermaydigan biznes-reja korxonaning maqsad va vazifalarini bajarilishini nazoratini yo‘qotadi. Bu boshqaruvning samaradorligi va korxonaning provard natijasini kamayishiga olaib keladi.

Aybdorlarga qarshi chora. Korxonaga inqiroz havf solayotganda, havf tug‘ilishiga sabab bo‘lgan subyekt kim bo‘lishidan qat’iy nazar ularga qarshi chora ko‘rilishi kerak. Agar korxonadagi nobarqaror vaziyat mas’ul shaxsning shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan bo‘lsa, masalani jinoiy javobgarlikka qadar olib borish talab qilinadi. Chunki, bu boshqa hodimlarning keyingi harakatlariga ham turtki bo‘ladi. Korxonananing kelishi mumkin bo‘lgan tahdidiga doim tayyor turish. Bunda havfni oldinidan aniqlash va unga qarshi choralarni ko‘rishga asosiy e’tibor qaratiladi. Korxona menejeri tashqi va ichki hatarlarni muntazam e’tiborda ushlab turishi va uni nazoratini qarshi choralar bilan o‘z nazoratida ushlab turishi zarur. Shunda korxona keyingi barcha qarshi immunitet hosil qiladi. Bu korxona muvaffaqitining kafolatidir.Korxona faoliyatini muntazam tahlil qilib borish va ertaroq tashxis qo‘yish. Bu o‘z ichiga doimiy tahdidlardan saqlanish uchun uzluksiz tahlilini va tashxislashni o‘z ichiga oladi va shu bilan birgalikda korxonaning ichki foydalanilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarini muntazam hisob-kitob qiladi.

Korxona rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan iqtisodiy inqirozlarga differensial yondoshuv. Bunda paydo bo‘layotgan har bir hatarni tabaqalashtiradi va shunga mos strategiya ishlab chiqadi. Bu korxonaning inqirozga ta’sirchanligini oshiradi.

Har qanday moliyaviy hatarlarga moslashuvchanlik. Ya’ni korxona hatarni xuddi oldindan sezgandek unga moslasha olishi va uni to‘liq nazoratda ushlashi lozim. Inqirozni to‘liq nazoratga olish uni nazorat qilish va tartibga solishni anglatib, hatarlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun korxonaning barcha imkoniyatlarini to‘liq ishga sola olish qobiliyati. Bunda korxona ichki imkoniyatlarinin baholab borishi va kerak bo‘lganda bor kuchini sarflay olish strategiyasini ishlab chiqish lozim. Korxona iqtisodiy salohiyatidan foydalanish darajasini maksimallashtirish moliyalashtirishning tashqi manbalariga ehtiyojni kamaytiradi va iqtisodiy mexanizmni takomillashuviga olib keladi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, korxonaning moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturi qanday tuzilmada bo‘lishi uning umumiy mezonlari natijasida aniqlanadi. Shunday ekan, inqirozga qarshi dasturning tarkibiy tuzilishi quyidagi bloklardan iborat bo‘lishi tavsiya qilinadi:

1. Inqirozning turi va sababini aniqlash bloki.

2. Korxonaning xozirgi holatini tahlil va monitoring qilish bloki.

3. Korxonani sog‘lomlashtirish uchun amalga oshiriladigan tadbirlar bloki.

4. Inqirozni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘lar va ularning manbaasini aniqlash bloki.

5. Agar zarur bo‘lsa, restrukturizatsiya usulini tanlash bloki.

6. Inqirozga qarshi boshqaruv davridagi korxona byudjeti bloki.

7. Inqiroz davridagi korxonaning boshqaruv apparati va ishchi xodimlari bloki.

8. Davlat tomonidan korxonaga berilgan imtiyozlar va davlat bilan munosabatlarni takomillashtirish uchun mas’ul shaxslar bloki.

9. Korxona inqirozini bartaraf etish muddati va ishlarni bajaruvchi mas’ul shaxslar bloki.

Yuqorida keltirilgan inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi dasturining tarkibiy tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Qo‘mitasi tomonidan iqtisodiy nochorlik yuzaga kelgan sanoat ishlab chiqarish korxonalariga nisbatan yoki korxonalar tomonidan mustaqil ravishda amaliyotga tatbiq etilsa, quyidagi yutuqlarga erishiladi:

Birinchidan, davlat miqyosida bankrotlik taomillari qo‘llanilayotgan sanoat korxonalarining ma’lumotlar bazasi birxillashtiriladi.

Ikkinchidan, iqtisodiy nochor sanoat korxonalari uchun yagona davlat siyosatini ishlab chiqish imkoniyati va uning samaradorligi ortadi.

Uchinchidan, inqirozga qarshi boshqaruvda iqtisodiy nochor korxonalar o‘rtasida tajriba va ma’lumot almashish imkoniyati axborotlar bazasining o‘xshashligi natijasida ortadi.

To‘rtinchidan, inqirozga qarshi boshqaruv tizmini tashkilotlarda joriy qilishning ichki mexanizmi shakllanadi.

Umuman olganda, inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi va taktikasining Respublika sharoitiga xos amal qilishi yuqorida keltirilgan tavsiyalar natijasida takomillashadi.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki,korxonalarda moliyaviy inqirozning vujudga kelishida juda ham ko’p omillar mavjud ekan.Ulardan eng asosiylari demak kadrlar masalasi,ishlab chiqarish mexanizmining yaxshi ishlamasligi va siyosat ya'ni mamlakatdagi barcha iqtisodiy, pul-kredit siyosatdir.



Xususan bizning mamlakatimizda ham bugungi kunda malakali, iqtisodiy bilimi zo'r, texnika texnologiyalarga tushunadigan,xorijda o'qigan va rivojlangan davlatlar tajribasini o’zimizda qo'llay olishga aqli yetadigan ilmli kadrlar yetishmovchiligi bor. Bundan tadhqari davlatimizning nobarqaror iqtisodiyoti va iqtisodiy ko'rsatkichlari ham moliyaviy inqiroz vujudga kelishida katta rol o'ynaydi. Inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruv korxonalarda moliyaviy inqirozlarning oldini olish va bu haqda ogohlantirishga, shuningdek uning salbiy moliyaviy oqibatlarini kamaytirishga yoʻnaltirilgan maxsus boshqaruv qarorlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish metodlari va prinsiplari tizimini oʻzida aks ettiradi.Inqirozga qarshi boshqaruvning asosiy maqsadi – korxona faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan inqirozlarning oldini olish va tashqi inqirozlarning ta’sirini kamaytirish hisoblanadi.Korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruv jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan tarkib topadi: moliyaviy inqiroz alomatlarini oldindan aniqlash maqsadida korxona moliyaviy holati doimiy monitoringini amalga oshirish; korxonaning inqirozoldi moliyaviy holatini tashxislash vaqtida moliyaviy inqirozning oldini olish boʻyicha profilaktik chora

tadbirlar tizimini ishlab chiqish; tashxislash vaqtida moliyaviy

inqirozlarning kirib kelish parametrlarini identifikatsiyalash;

korxonalarda moliyaviy inqirozlar yuzaga kelishiga sabab boʻluvchi va ularning yanada chuqurlashuviga olib keluvchi omillarni tadqiq qilish;moliyaviy inqirozning oldini olish boʻyicha korxonaning moliyaviyimkoniyatlarini baholash; moliyaviy inqiroz koʻlamidan kelib chiqqanholda korxonani moliyaviy barqarorlashtirish mexanizmlarini tanlash;korxonani moliyaviy inqirozdan chiqarishning kompleks dasturini ishlabchiqish va amalga oshirish; korxonani moliyaviy inqirozdan chiqarish dasturining amalga oshirilishini nazorat qilish; korxonada moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

1. O’zbekiston Respublikasi ,,Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida’’gi Qonuni. 2014-yil 6-may.

2. O’zbekiston Respublikasi ,,Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida’’gi Qonuni. 2015-yil 3-iyun.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4947-sonli ,,O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida’’gi Farmoni. 2017-yil 7-fevral.

4. PF-5185-son O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ,,O’zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konseptsiyasini tasdiqlash tog’risida’’gi farmoni. 2017-yil

8-sentabr.

5. Samariddin Elmirzayev, darslik/,,ZAMONAVIY KORPORATIV BOSHQARUV” Toshkent T.: ,,Iqtisod-moliya’’, 2019.-416b.

6. Samariddin Elmirzayev, darslik/,,Korporativ moliya” Toshkent T.: ,,Iqtisod-moliya’’, 2019.-364b.

Normativ hujjatlar

Internet saytlari:

1. www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi)

2. www.bundestag.de (Germaniya Bundestagi)

3. www.verfassungsschutz.de

4. www.embjapan.org

5. www.hays.co.jp (Yaponiyadagi ilmiy jurnal)

6. www.embjapan.org

7. www.audit.gov.ru (Rossiya nazorat organlari)

8. www.ach-fci.ru

9. www.ach.gov.ru (Rossiya Hisob palatasi)

10. www.ziyonet.uz



1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 26.12.2020 yildagi Sanoat va Iqtisodiyotni rivojlantirish tog’risidagi maruza matnidan


2 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 4-jild. Zebuniso-Konigil. Tahrir Hay’ati: M.Aminov, T.Daminov, T.Dolimov va b. T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2002. – 704 b. (197-bet)

3 Babushkina Ye.A. Antikrizisnoe upravlenie : konspetk lektsiy / Ye.A.Babushkina, O.Yu.Biryukova, L.S.Vereshagina. – M.:Eksmo, 2008. – 160s. – (Ekzamen v karmane)

4Von Eyken Dj. Krizis – ostatsya v jivix! Nastolnaya kniga dlya rukovoditeley, predprinimateley i vladeltsev biznesa / Djon Von Eyken. – M.: Alpina Biznes Buks, 2009. – 352 s.

5 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 8-jild. Solnoma-To’ytepa. Tahrir Hay’ati: A.Azizxo’jaev, M.Aminov, T.Daminov va b. T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. – 704 b. (306-bet)

6 Babushkina Ye.A. Antikrizisnoe upravlenie: konspekt lektsiy / Ye.A.Babushkina, O.Yu.Biryukova, L.S.Vereshagina. – M.: Eksmo, 2008. – 160 s. – (Ekzamen v karmane)

7 Mikroiqtisodiyot.Narimon Nishanov 1988-yil.(57-bet)

8 Corporate Finance For Dummies.https://corporatefinanceinstitute.com


Download 109,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish