Moliyaviy inqiroz haqida tushuncha,uning kelib chiqish sabablari va oqibatlari
Moliyaviy inqiroz – bu davlat moliya mexanizmining tizimli buzilishi bo‘lib, bunda inflyasiya ko‘rsatkichining sezilarli darajada o‘sishi, qimmatli qog‘ozlar bahosining beqarorligi, byudjet daromadlarining uning xarajatlariga nisbatan keskin nomuvofiqligi, milliy pul birligining almashuv kursining beqarorligi va pasayishi, iqtisodiy subyektlar o‘rtasida to‘lovsizlik muammosining kuchayishi, kapitalning mamlakatdan tez sur’atlarda chiqib ketishi, muomaladagi pul massasining pul muomalasi qonuni talablariga mos kelmasligi kabilar kuzatiladi.Inqiroz deganda insonning ko‘z oldida hech qanday moddiylik gavdalanmaydi va inqirozni hech qanday shakli-shamoyili bo‘lmaydi. Aynan shu mavhumiylikka ega bo‘lgan hech qanday moddiy ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan tushuncha tovar va pul munosabatlarini nomuvofiqlashtirish, makroiqtisodiyotni izdan chiqarish, ocharchilik, taqchillik, qimmatchilik kabi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarish hamda boshqa turli darajadagi qiyinchiliklarni shakllantirish quvvatiga ega.
Moddiy ashyodan samarasiz foydalanilganda va (yoki) u turib qolganda jamiyat hayotiga zarar etkazishi mumkin, lekin o‘zi ko‘rinmagan narsa qanday zarar etkazadi degan fikr ham yo‘q emas. Bu holatda mavhum tushunchalarning deyarli barchasi insonga u yoki bu darajada ham ijobiy ham salbiy xususiyatlari bilan hayotini mos ravishda bir tomonga o‘zgartirishi mumkin ekanligini anglash mumkin. Misol, ishlab chiqarish korxonasining mulkdori bo‘lgan aksiyador korxona faoliyati orqaga ketib aksiyalarining bozor qiymati u sotib olganidan ko‘ra pasayganida tabiiy ravishda ruhiy tushkunlika tushib qoladi. Bu holatda ham mavxum tushunchalar o‘z kuchini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inqiroz faqatgina amal qilgandagina insonlar yodiga tushadi. Agar mavjud bo‘lmasa uni hech kim eslamaydi. Bu ham iqtisodiy inqirozni vujudga keltiruvchi sabablardan biri ekanligini unutmaslik lozim. Chunki, inson o‘z nomi bilan unituvchi, u bo‘lgan voqea hodisalarni yozib, qayd etib borsada yana bir bor takrorlanmaginigacha xato qilaveradi. Bu esa obyektiv qonuniyat. SHu sababdan ham, inqirozlarni fazalar orqali namoyish etganda, u har bir davr odamining boshidan hech bo‘lmaganda bir marotaba o‘tganligini guvohi bo‘lamiz. Inqirozning tabiatan takrorlanuvchanligi ham shundan iborat.
Inqirozni tushuncha sifatida kengroq tahlil qilganda, oqibati ham moddiy ham ma’naviy zarar bilan tugaydigan va insonlar boshiga turli qiyinchiliklarni soladigan vaqea-hodisalar to‘plamidan iborat jarayon ekanligini ko‘rish mumkin. Inqirozni tabiati va u haqda berilgan ta’riflar mohiyatan yagona tushuncha mazmunini beradi. Inqirozlarni xususiyati haqida gapirilganda esa, ularni kelib chiqish mohiyati va xarakteriga qarab buzg‘unchilik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy tizimlarni emirilishi va katta iqtisodiy-moliyaviy zararlar nazarda tutiladi. SHu bois, inqiroz hech kimni tasavvurida yorqin ijobiy hodisa emas, salbiy taasurotlarni vujudga keltiradi.Inqirozni to‘liq mohiyatini ochish uchun albatta u haqda berilgan fikrlar va mulohazar, shuningdek, ta’riflarni birma-bir ko‘rib chiqish lozim.
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida inqiroz (crisis) so‘ziga taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul deb ta’rif bildiriladi2. Mazkur ta’rif, inqirozga berilgan ta’riflarning eng ilmiysi deb hisoblansa hato bo‘lmaydi. Chunki, olimlar tomonidan inqirozga berilgan ta’riflar faqatgina, iqtisodiy-moliyaviy nuqtai nazardan yoritilgan bo‘lib, bir tomonlama xarakterga ega.
Zamonaviy adabiyotlarda inqirozni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi holati bo‘yicha hali ham bitta tan olingan xulosaga kelinmagan. Inqirozlar bozor iqtisodiyoti sharoitida amal qiladi, lekin ma’muriy tizimda mavjud emas degan tushunchalar mavjud.
Ba’zilar iqtisodiy inqirozlar haqida so‘z yuritib, faqat davlat miqyosida amal qilib mikrodarajada bo‘lmaydi, korxona inqirozlarini boshqaruvdagi muammo, hato va kamchiliklardan iborat deb tushuntiradilar. Bunday tushunishlar hato fikr hisoblanadi. Agar ularning fikrini to‘g‘ri hisoblab shu vaziyatdan turib holatga baho beradigan bo‘lsak, firma boshqaruvida inqirozni rivojlanishini, strategiyasini oldindan ko‘ra bilishning ilojisi yo‘q va hisobga olib ham bo‘lmaydi.
Inqiroz tushunchasi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uslubiga ko‘p tomonlama ta’sir qiladigan risk tushunchasi bilan o‘zaro bog‘liq.
Rossiyalik inqirozga qarshi boshqaruv maktabi vakillari ham inqiroz haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tganlar. E.A.Babushkina, O.YU.Biryukova, L.S.Vereshaginalarning ta’riflariga ko‘ra, inqiroz – bu korxonaning hayot faoliyatiga maksimal darajada qarama-qarshi ta’sir qiluvchi jarayon bo‘lib, faqatgina kapitalistik tizimga xos bo‘lgan holatdir. Shu kabi fikrlarni E.P.Jarkovskaya va B.E.Brodskiylar ham bildirishgan bo‘lib: inqiroz – bu korxonaning ichki ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy hamda tashqi muhit bilan munosabatlarini keskinlashuvidir. Inqiroz korxonaning rivojlanish va tiklanish, ishlab chiqarishni kengayishi holatida ham pasayish sifatida aks etishi mumkin.
Angliyalik iqtisodchi olimlardan biri Djon Von Eykennning inqirozga bergan ta’riflari boshqa olimlarning mulohazalaridan ajralib turadi. U inqirozni bir necha ta’riflar yordamida tushuntirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |