13-mavzu. Ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari.Soha bo‘yicha belgilangan mavzu asosida maqola, tezis, taqriz, annotatsiya, rezyume matni talablari. Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish. Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari: kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar, perefraza (havola, iqtibos, sitata, abzats)
14-mavzu. Rasmiy-idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari. Hujjatchilik tarixi. Hujjatchilik va ish yuritish. Ularning turlari, tuzilishi va eng muhim tarkibiy qismlari.
15- mavzu. Texnik hujjatlarni yaratish va yozish
Hujjatchilik va adabiy til me’yorlari. Hujjatlarni to`g‘ri yozish va to`ldirish. Texnik hujjatlarni to`g‘ri va savodli tuza olish. Sohaga oid hujjatlar va ularning rasmiylashtirilishi.
2.3. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashg‘ulotlar multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va va interfaol usullar yordamida o‘tilishi, mavzularga mos ravishda ta’limning innovatsion texnologiyalarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |