Til va terminologiya.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli deb o‘ylaymiz:
1) termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
2) termin – konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
3) termin uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi: Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.
2- topshiriq. Mashhur adabiy qahramonlar haqida taqdimot tayyorlang.
3-torshiriq. O‘zbek tiliga tarjima qiling. Qaysi uslubga xosligini aniqlang.
Показал себя с лучшей стороны, требователен к себе и окружающим, является председателем ученического совета, активно участвует в общественной жизни коллектива, пользуется заслуженным авторитетом, страртельный, интересуется химией.
4-torshiriq. O‘zbek tiliga tarjima qiling.
Принял для обмена, принял драгоценностей на сумму..., получил от ... 10 (десять) упаковок, принял на хранение.
5-torshiriq. Gaplarni o‘qing. Qaysi nutq uslubiga xosligini aniqlang.
Tollarning ko‘m-ko‘k soch popuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tusha boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning namli yuzlari kuldi.
Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir.
6-topshiriq. Berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga fikrga mos tarzda kiritmalar, ilova birikmalar qo‘shing, gap bo‘laklarini uyushiq yoki ajratilgan bo‘laklar hisobiga kengaytiring.
1. ..., men «muboraknoma»ni o‘qitib ko‘rgan ekanman. (S.Ahmad). 2. Onajonim, ... men ham bir kun shavqqa to‘larman. (A.Oripov). 3. Bir ko‘rdim men uni - shunchalar go‘zal, oydan-da go‘zaldir, . . . go‘zal!» (Cho‘lpon). 4. Har birimiz o‘z maktabimiz, ... ... esladik. 5. Nahotki, u erta-indin uzoq ayriliq boshlanishini ... ..., yuragi ezilmaydi. (O). 6. Boyagi yigitning, ... qo‘li gul ekan. 7. Biz Toshkentdan janubga - ... tomonga qarab yura boshladik.
7-topshiriq. Matnning tushirib qoldirilgan o‘rinlarini o‘z so‘zlaringiz bilan to‘ldiring. O‘z fikringizni, matnning asosiy mazmuniga bog‘lovchi vositalarni ajratib ko‘rsating.
Hayot go‘zal, yashash maroqli. Biroq inson uchun . . . Shu bois bo‘lsa kerak, inson borki, hamma vaqt imkon qadar bu dunyoning go‘zalliklaridan ko‘proq bahra olishga, u . . . intilib yashaydi. Bu istak esa ba’zida odamzodga baxt keltirsa, . . . . Insoniyatning eng zaif tomoni ham shunda, menimcha. . . . u amal qilayotgan ko‘plab zararli odatlarning oxir-oqibatini bilsa-da, . . . Bugun yoshlar orasida ommalashib borayotgan chekish odati ham ayni yuqoridagi fikrimizga dalil. E’tibor bergan bo‘lsangiz, yoshlarimiz ruju qo‘yayotgan sigareta tutunlari . . . singari tobora farzandlarimizning katta qatlamini o‘z iskanjasiga olmoqda. YUrtimizda . . . e’tibor berilayotgan bir paytda kelajagimiz vorislari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning bu qadar o‘zlarini zaharlashlariga nima sabab bo‘lmoqda? Aytish joizki, farzandlarimizning har qanday illatga ruju qo‘yishlarida, avvalo . . . bosh omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda bir misol
keltirib o‘tsam
Badiiy uslub
Badiiy adabiyot o‘zining alohida uslubiga ega. So‘zni badiiy asar g‘oyasiga, mazmuni va yo‘nalishiga moslab ishlatish badiiy uslubini keltirib chiqaradi. Unda tilning badiiy vositalari bilan birga frazeologik birikmalar ham qo‘llanadiki, bu holat ilmiy uslubga daxldor emas.
Badiiy ijodda lirika, nasr va drama kabi adabiiy turlar mavjud bo‘lib, ular ham uslubiy jihatdan o‘ziga xoslikka ega. Badiiy uslubda o‘xshatish, sifatlash, metafora, mubolag‘a va boshqa qator tasvir vositalari, obrazli so‘zlar ishlatiladi. Masalan: Paxta yoppasiga ochilib, uni paxta terish mashinalari terishga boshladi. Bu jumla ommabop (publitsistik) uslubda berilgan. Oppoq choyshab elpinganday jilvalanib turgan paxtazorda zangori kemalar kemalar javlon ura boshladi, jumlasi esa badiiy uslubga xosdir. Badiiy uslubga yuz-oraz, bino-koshona, vatan-diyor kabi so‘zlar bilan almashtiriladi va matnga obrazli ruh beriladi. Shuningdek, badiiy uslubda tilning ichki lekisk resurslari – dialiektizm, professionalizm, jargon, arxaizm va boshqalardan ham keng foydalaniladi.
So‘zlаshuv uslubidа
Bаdiiy usdubdа
Hаvо оchiq, hаmmа yоq оftоb.
Kuz kеldi, to‘kin-sоchinlik.
Quyosh g‘uborsiz ko‘kda porlar edi.
Kuz kеldi, kеlgаndа hаm qo‘yni-qo‘nji to‘lib kеldi
CHO‘LPON ( 1897 – 1938 )
Adabiyot yashasa, millat yashar.
( Cho‘lpon )
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho’lpon avval eski maktabda, so‘ngra Andijon va Toshkent madrasalarida tahsil ko‘rdi. Zamonning talabini ilg‘agan uning otasi – Sulaymonqul o‘g‘lini rus-tuzem maktabida ham o’qitdi. Bo‘lajak shoir muntazam shug‘ullangani va tabiiy iste’dodi tufayli turk, fors, arab, rus tillarini puxta o’rgandi va bu tillardagi adabiyotlarni doimo mutolaa qilib bordi. Shu bois unda adabiyotga havas erta uyg‘ondi va yoshligidan she’rlar ijod qila boshladi. Cho‘lponning dastlabki asarlaridayoq rus bosqinchilari zulmi ostida ezilayotgan Turkiston xalqiga bo’lgan cheksiz muhabbat yorqin ko‘zga tashlanadi. U xalqini ozod va baxtli ko‘rishni juda-juda istardi. Buning uchun odamlarni ma’rifatdan, ilmu fandan bahramand qilish kerak, deb hisoblardi.
Cho‘lpon 1917-yilning fevralida Rossiyada sodir bo‘lgan inqilobga katta umid bilan qaradi. Lekin bu inqilob Turkiston o‘lkasiga chin ozodlik bermadi. O‘sha yilning oktabrida ro‘y bergan to‘ntarish esa shoirning so‘nggi umidlarini ham yo‘qqa chiqardi. U o‘z she’rlarida xalqning zabun holini aks ettirib, xalqni bunday holatdan qutqarish yo’llarini izlaydi. Jumladan, u o‘zining “Ko‘ngil” she’rida inson tirik ekan, zulmga bo‘yin egmasligi, shu zulmning moddiy timsoli – kishanni kiymasligi lozim, deb biladi:
Tiriksen, o‘lmagansen,
Sen-da odam, sen-da insonsen.
Kishan kiyma,
Bo’yin egma,
Ki sen ham hur tug’ulg’onsen !
Cho‘lpon mislsiz she’riy kashfiyotlardan tashqari, «Kecha va kunduz” nomli birinchi o’zbek roman-dilogiyasining muallifidir. Afsuski, romanning ikkinchi kitobi Cho’lpon qamalgan paytda yo’q qilingan va hozirgacha topilgan emas. Birinchi kitob – “Kecha” mustaqillik sharofati ila qayta nashr qilindi.
Cho‘lponning 1926 yillarda yaratgan “Yorqinoy” dramasi badiiy jozibasi va mavzu nuqtai nazaridan hozirgacha o’z ta’sir kuchini yo’qotmay kelmoqda.Abdulhamid Cho’lpon o’zbek o’quvchilarini jahon adabiyotining durdonalari bilan tanishtirish borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Shekspirning “Hamlet”, Pushkinning “Boris Godunov” va “Dubrovskiy”, Gogolning “Tergovchi”, Gorkiyning “Ona” kabi asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilib, zamonaviy o’zbek tarjima maktabiga asos soldi.
Cho‘lpon haqiqat va hurlikni e’tiqodiga aylantirgan ijodkor edi. Shu sababli ham milliy zulmni milliy tenglik deb e’lon qilgan hukmron millatlarga uning ijodi yoqmas edi. Ular shoirdan xalq baxtiyor, erkin va ozod yashamoqda deb kuylashni talab etishdi. Haqiqat kuychisi va erk farzandi – Cho‘lpon bunday qila olmadi. Shu sababdan shoir 1937- yilning 13- iyulida qamoqqa olindi, uzoq qiynoqlar va tahqirlardan so’ng, 1938- yilning 4- oktabrida Toshkent yaqinida otib tashlandi.
Muhokama uchun savollar:
1. Badiiy asar tilini qaysi fan tekshiradi?
2. Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda. Dala va bog‘larda ish qizg‘in. Dehqon bog‘da anor ko‘myapti. U kuchli qadoq qo‘llari bilan anorning tikanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog‘layapti. Anor tupini poxolga o‘rab, tuproq bilan ko‘myapti.
Yuqoridagi badiiy tasvirdan asosiy fikr ifodalangan gapni toping.
3. Asosan badiiy uslubga xos bo‘lgan izn (izn bermoq) so‘zining sinonimini toping.
4. Quyidagi matn qaysi uslubga tegishli?
Jo‘yaklarda suv bir hovuch ko‘z yoshiday miltirab oqib turibdi. Quyosh qaymoq surtilgan shirmon nondek ufqqa qizarib bota boshladi
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
8-MAVZU: OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
REJA:
Ommaviy axborot vositalarining faoliyati haqida fikr bildirish.
“XXI asrda axborotning o‘rni” mavzusida esse yozish.
Publitsistik uslub va uning xususiyatlari
1-topshiriq. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang va bahs-munozarada ishtirok eting.
Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, axborot va so’z erkinligini ta’minlash, ushbu sohani liberallashtirish O’zbekistonda demokratik, huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim ustuvor yo’nalishi sifatida belgilandi. 1991 yili O‘zbekistonda 395 ta OAV faoliyat yuritgan bo’lsa, bugun ularning soni 1437 taga etdi. Ayni vaqtda, mavjud nodavlat bosma OAV jami bosma OAVning 62,7 foizini tashkil etmoqda. 1990 yilda 9 nashriyot bor edi, bugun ularning umumiy soni 112 ta. Yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli matbaa korxonalarining soni ham yil sayin ortib bormoqda: 1990-2016 yillardagi bosmaxonalar soni 149 tadan 1719 taga etdi.
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari uchun turli imtiyozlar belgilashga qaratilgan qonunchilik tobora takomillashtirilmoqda. Xususan, 2011- yil 30- dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklari berish to’g’risida”gi qaror buning yorqin isbotidir. Mazkur qaror axborot sohasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bo’yicha OAV imkoniyatini kengaytirib, iqtisodiy asoslarini mustahkamlamoqda. Zero, iqtisodiy erkin, baquvvat va mustaqil ommaviy axborot vositalari jamoatchilikka tahliliy, tezkor va xolis ma’lumot etkazib berish imkoniga ega.
YuNISEF bilan hamkorlikda ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar ommaviy axborot vositalarida har tomonlama va sifatli yoritib borilmokda. «Sog’lom bola yili» va Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyaning 25 yilligi munosabati bilan bola huquqlari muhofazasiga bog’liq masalalarni yoritishda ommaviy axborot vositalari salohiyatini kuchaytirish loyihasi amalga oshirildi. Mazkur loyiha doirasida o’tgan yilda 1400 dan ortiq hududiy jurnalistlar ishtirokida 70 seminar-trening va davra suhbatlari tashkil etildi. Umuman, xorijiy ekspertlar ishtirokida 30 dan ziyod seminar-treninglar, davra suhbatlari va anjumanlar tashkil etilib, ularda besh yuzdan ortiq axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
2015 yilda “O’zbekistonda Internet jurnalistikasini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferentsiyasi o’tkazilgani ayni muddao bo’ldi. Buning natijasida fond yuqori malakali jurnalist, tahlilchi va sharhlovchilar tayyorlash, nufuzli xalqaro media kompaniyalar, xorijiy hamkasblar bilan samarali ijodiy aloqalar o’rnatish, yosh mutaxassislarning kasb mahorati va tajribasini oshirish borasida izchil ishlarni amalga oshirdi.
Ko’z o’ngimizda yangi axborot jamiyati shakllanmoqda. Axborot strategik va iqtisodiy resursga aylanmoqda. Axborot jamiyatining taraqqiyoti davlatlarning barqaror iqtisodiy rivojini ta’minlash, fuqarolarning turmush darajasini oshirish, mamlakatlar va mintaqaviy birlashmalar taraqqiyotining muhim va ustuvor sharti sifatida belgilanmoqda. Bugun media-makonda axborot jurnalistik faoliyatning yangi turi – onlayn jurnalistikasining rivojlanib borayotganini inkor etib bo’lmaydi. Uning kelajakdagi istiqboli mamlakatdagi demokratik islohotlar, bozor munosabatlari va ta’lim sohasidagi islohotlarga bevosita bog’liq. Internet jurnalistikasi bugun o’zining ilk taraqqiyot bosqichlarini boshidan o’tkazmoqda. Bu jurnalistlarga taklif etilayotgan cheksiz imkoniyatlar beruvchi texnologiyalar orqali namoyon bo’layotir.
Bugun hayotning o’zi OAV oldiga fikrlar xilma-xilligi, mamlakatimiz va xorijda ro’y berayotgan voqea-hodisalarni hisobga olgan holda, xalqimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiq va oshkoraligini yanada to’liq ta’minlash, O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan tashqi hamda ichki siyosatni yanada faol yoritish vazifasini qo’ymoqda. Buning uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoit yaratilgan. Bunday keng imkoniyatlarga ega bo’lgan va fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri hisoblangan O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari bugungi kunda jamoatchilik fikrini ifoda etadigan, hayotimizning barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish yo’lida harakatga keltiruvchi kuch bo’lishi, mamlakatimizning har bir fuqarosi Vatanimiz taqdiri uchun o’z mas’ulligini his etgan holda el-yurtimizning yanada ravnaq topishiga hissasini qo’shishga intilishiga ko’maklashishi lozim.
2-topshiriq. Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, gazeta va jurnallardagi materiallar hamda reklama matnlarini tahlil qiling.
3-topshiriq. Quyidagi tavsiyalar bilan tanishing. Sizningcha, jurnalist qanday bo‘lishi kerak? Shu mavzuda matn tuzing.
JURNALISTIKANING 10 QOIDASI
1. Jon-dildan ishlang! (Ish nimadan boshlanadi? Qiziqish va xolislik. Jon kuydirish — muvaffaqiyat kaliti. Yangilik nima?)
2. Eng muhimini ayting! (Muhimlik mezonlari. Istiqbolni ko‘rish. Yangiliklarni baholash.)
3. Rejali ishlang! (Axborot maydonini chegirib olish. Manbalarni topish. Kelishib ishlash. O‘z manbalaringizni oshkor etmang! Manbalarga tanqidiy munosabat.)
4. Tayinli narsa haqida gapiring! (Muvofiqlashtirish. Tomchida quyosh aks etadi. Tafsilotlar. Metonimiya va metafora.)
5. Tayyorlanmoq va eshitmoq! (Hozirlanish. Savolni to‘g‘ri qo‘yish. Tabu – taqiq Tinglash kobiliyati. Xulq masalasi.)
6. Voqealar oqimiga to‘sqinlik qilmang! (Qahramoningizni ko‘p ovora qilmang! Muhit. Qahramon va operatorlar o‘rnini belgilash . Baholash. )
7. Til madaniyatiga rioya qiling! (Efirdagi yangiliklar. Matn-ssenariy. Mas’ul muharrirlarning o‘rni. Tabu – taqiq. Suhbatda fe’l zamonlari. Teleekran tili.)
8. Yangi versiyalarni toping! (Yangilanish va barqarorlik. Ovoz ohangi. Televizorda hikoya qilish san’ati. Hayajonli kadrlarni izohlash. Musiqa va surat. Hududiylikdan umummilliylikka)
9. Boqealap tasvirida xolislik (Dilemma, ya’ni bir-biriga zid ikki dalil. Jurnalistikada axlokiy tamoyillar. Ommaviy axborot vositalari hokimiyati.)
10. Zamon bilam hamnafaslik (Axborot inqilobi. Kompyuterlar hujumi. Xalq hokimiyati. Jurnalistga yangicha talablar. Chegaralarning ochilishi.)
Erik Fixtelius
4-topshiriq. “XXI asrda axborotning o‘rni” mavzusida esse yozing.
Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.
Publisistika (lat. «xalq, omma») davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo`ladi: 1) yozma shakl; 2) og`zaki shakl; Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir.
Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. M., isyon, irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar.
Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar beradi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo`yiladiki, bu hol o`quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun barchaga barobarmi?», «Kafolat va‘da emas», «Chetlatilgan mutaxassis», «Tuya ko`rdingmi – yo`q», «Chumchuq so`ysa ham qassob so‘ysin»). Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo`shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko`zgusidir. Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar bo`ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. Publitsistika bir qancha janrlarga ega.
Publitsistik uslub − tashviqot-targ’ibot ishlari olib boriladigan, asosan, ijtimoiy-siyosiy hayot yoritiladigan nutq ko’rinishidir. Publitsistik uslub o’zining obrazliligi, hissiy-ta’siriy xususiyati bilan badiiy uslubga; yorqinligi, aniqligi va terminologik leksikasi bilan ilmiy uslubga yaqin turadi. Ijtimoiy-siyosiy masalalarning yoritilishi, tahlil uslubi, ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal etishga undashning faolligi, o’ziga xos terminlar, asosan siyosiy terminlarning ko’p qo’llanilishi singari xususiyatlar publitsistik va ilmiy uslubning o’xshash tomonlaridir.
Publitsistik va badiiy uslubning ham o’xshash tomonlari mavjud. Ikkala uslubda ham obrazli ifodalar, tasviriy vositalardan ko’proq foydalaniladi. So’z va terminlar siyosiy ma’nosining badiiy uslub elementlari bilan qorishgan, uyg’unlashgan holda ifodalanishi publitsistik nutqning salohiyatini yanada ko’taradi va uning ta’sirchanligini oshiradi. Publitsistik uslubda ijtimoiy-siyosiy terminlar, gazeta va jurnallarga xos maxsus ifodalar, birikmalar, qat’iy qoliplashgan qurilmalarning tez-tez qo’llanilishi bu uslubning o’ziga xos xususiyatlaridandir: mustaqillik, ichki tahdid, tashqi tahdid, sovuq urush, ochiq ovoz, yopiq ovoz, buyuk xizmatlari uchun, rasmiy vizit bilan, milliy istiqlol mafkurasi, xalq e’tiqodi, buyuk kelajakka ishonch, shaxs bilan davlat munosabatlari, jamiyatimizning faol ishtirokchisi, mafkuraviy bo’shliq, xavfsizlikka tahdid va h.k.
Publitsistik uslubda hisssiy-ta’siriy so’zlar va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan unumli foydalaniladi. Maqol va hikmatli so’zlar bu uslubda sarlavha nomi bo’lib ham keladi hamda mazkur uslubning yanada yorqinroq bo’lishini ta’minlaydi. Masalan, Yaxshidan bog’ qoladi. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Mard maydonda sinaladi. Vatan, el manfaati muqaddasdir.
Mavzu tahlili
Onlayn jurnalistikasi
|
Axborot jurnalistikasi
|
afzalligi
|
kamchiligi
|
afzalligi
|
kamchiligi
|
|
|
|
|
Savollar.
Nutq uslublari qanday turlarga bo'linadi?
Publitsistik uslub qanday munosabatlar uchun xizmat qiladi?
Rasmiy uslub qanday holatlarda ishlatiladi?
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
9-MAVZU: INTERNET HAYOTIMIZDA
REJA:
Internet madaniyati haqida.
Og‘zaki-yozma uslub va uning xususiyatlari.
1-topshiriq. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang.
INTERNET (ingl. Internet, lat. inter – orasida va ingl. net – tarmoq), minglab tarmoqlarni, shu jumladan, qurolli kuchlar, hukumat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, xayriya tashkilotlari, sanoat korxonalari, barcha turdagi korporatsiyalar,
shuningdek, jismoniy shaxslarga tarmoqqa kirish imkoniyatini havola etuvchi tijorat korxonalarining (xizmat ko’rsatish provayderlarining) tarmoqlarini barobar ulab turadigan Butun jahon kompyuter tarmog’i.
Internetga kirish turlari orasida online va offline kirish turlari ajralib turadi. Birinchi kirish turi Tarmoqdan real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi. Ikkinchi turida esa Tarmoqqa doir ishlar oldindan tayyorlanib, unga ulangach, tayyor ko’rinishdagi ma’lumotlar uzatiladi yoki qabul qilib olinadi. Tarmoqqa kirishning bunday turi aloqa kanallarining sifati va ish tezligiga nisbatan yuqori talablarqo’ymaydi, biroq faqat e-mail – elektron pochtadangina foydalanish imkonini beradi.
Internet vositasida o’zaro ulangan aksariyat kompyuter tarmoqlarida saqlanayotgan axborot nihoyatda ulkan elektron kutubxonani vujudga keltiradi. Kompyuter tarmoqlari orasida taqsimlangan ma’lumotlarning g’oyat katta miqdori muddaoli axborotni qidirib topish yoki hosil qilishni qiyinlashtiradi. Internetda olib boriladigan qidiruv amallarini engillashtirish uchun tobora takomillashtirilgan vositalar ravnaq topib bormokda.
INTERNETNING VUJUDGA KELISH TARIXINI BILASIZMI ?
Internet, yuborilayotgan xabarlar yo’nalishini dinamik ravishda o’zgartirish yo’li bilan harbiy harakatlar davrida kompyuter tarmoqlariga omon qolish imkonini beruvchi usullarni sinab ko’rish maqsadida AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan 1969 yili amalga oshirilgan maxfiy tadqiqot natijasida yuzaga keldi. Eng birinchi bunday tarmoq Kaliforniyadagi uchta tarmoqni Yuta shtatidagi bitta tarmoq bilan Internet-protokol (Internet Protocol yoki qisqacha IP) deb nom berilgan qoidalar to’plami bo’yicha birlashtirgan ARPAnet tarmog’idir.
1972 yili AQSh Mudofaa vazirligiga aloqador universitetlar va tadqiqot tashkilotlariga ushbu tarmoqqa kirish huquqi berilganidan so’ng, u o’z ichiga 50 dan ortiq universitet va tadqiqot tashkilotlarini qamrab olgan butun boshli tarmoqqa aylanib ketdi.
1973 yili ushbu tarmoq Angliya va Norvegiyadagi tarmoqlarni o’z ichiga mujassam etib, xalqaro miqyosga chiqdi. Yana 10 yil o’tgach esa, Internet-protokol mahalliy tarmoqlarni ham, global tarmoqlarni ham qo’llab-quvvatlovchi kommunikatsion protokollar to’plami (TCP/IP – uzatishni boshqarish protokoli (tarmoqlararo protokol)) evaziga kengaytirildi. Shundan so’ng, oradan ko’p vaqt o’tmay superkompyuter markazlarning beshtasini o’zaro bog’lash maqsadida AQShning milliy ilmiy fondi National Science Foundation (NSF) tomonidan NSFnet yaratildi. TCP/IP protokoli joriy etilishi bilan bir vaqtda yangi yaratilgan ushbu tarmoq Internetning “o’zagi” (backbone) sifatida ARPAnet o’rnini egalladi. Internetning ommalashib ketib, ravnaq topishiga, shu jumladan, biznes yuritish muhitiga aylanib qolishiga World Wide Web ning (WWW, Butun jahon o’rgimchak inining) paydo bo’lishi qudratli turtki bo’ldi. Zero ushbu gipermatnlar tizimi Internet tarmog’i bo’ylab sayohat tezligini oshirib, uni intuitiv (ichki his bilan) tushunarli holatga keltirib qo’ydi. Hujjatlarni gipermatn orqali bir-biri bilan bog’lash g’oyasi ilk bor 1960 yili Ted Nelson (Ted Nelson) tomonidan ilgari surildi. Biroq, o’sha davr kompyuter texnologiyalarining holati ushbu g’oyani hayotga tatbiq etish imkonini bermagan edi.
Bugungi kunda siz bilan biz WWW ostida idrok etadigan tushunchalar asosini 1980 yili Tim Berners-Li (Tim Berners-Lee) tomonidan Evropadagi elementar zarralar fizikasi laboratoriyada (European Laboratary for Particle Pќysics, Evropa yadroviy tadqiqotlar markazida) gipermatnlar tizimini yaratish bo’yicha olib borilgan ishlar jarayonida yaratildi. Natijada 1990 yili ilm ahli e’tiboriga giperishoralar (ќyperlinks) bilan o’zaro bog’langan matnli onlayn fayllarni ko’rib chiqish imkonini
beruvchi eng birinchi matnli brauzer (browser) havola etildi.
1991 yili ushbu brauzerdan foydalanish huquqi keng ommaga ham berildi, biroq uning ilmiy doiralardan tashqariga chiqish sur’ati past kechdi. Internet rivojining yangi bosqichi 1993 yilda, AQShning NCSA, National Center for Supercomputing Applications – superkompyuterlarga oid ilovalar milliy markazida 1992 yili amaliyotdan o’tayotgan talaba Mark Andresen (Marc Andreessen) tomonidan ishlab chiqilgan Mosaic grafik brauzerining birinchi Unix-naqli paydo bo’lishidan boshlandi.
1994 yili Windows va Macintosh operatsion tizimlar uchun mo’ljallangan Mosaic brauzeri, ko’p o’tmay Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer brauzerlarining naqli paydo bo’lishi – WWW shuhratining, demakki Internetning dovrug’i go’yo portlash ta’siridek oshib, dastlab AQShda, so’ngra butun dunyoda ommalashib ketishiga sabab bo’ldi.
1995 yili NSF Internet uchun mas’uliyatni xususiy sektor zimmasiga yukladi va ayni shu fursatdan e’tiboran Internet bugungi kunda siz bilan biz tanish bo’lgan Internet tarmog’i sifatida mavjud bo’lib kelmoqda.
2-topshiriq. Ta’lim jarayonida eng ko‘p foydalaniladigan internet saytlari ro‘yxatini tuzing va tavsiya qiling.
3-topshiriq. Internet madaniyati haqida matn tuzing.
4-topshiriq. Internetdan foydalanish to‘g‘risida polilog tuzing va uni instsenirovka qiling.
Og‘zaki-yozma uslub va uning xususiyatlari. (To‘ldirish kerak)
Funksional uslub – ma’lum doiradagi odamlarga xos, ma'lum maqsadga qaratilgan muloqot uslubi sifatida talqin etiladi, ya'ni inson harakatining o'ziga xos qonuniy jihatlariga taalluqli holatlar uchun og'zaki uslub, ilmiy uslub va hokazo. Zamonaviy tillardagi funksional uslublar o’ta murakkab va xilma xildir. Ta’kidlab o’tish kerakki, uslub yozma va o’gzaki turlarga bo’linish bilan birga ishlatilishiga qarab jamoatchilik uchun qo’llanishda turli shakllarga bo’linib ketadi.
FSMU texnologiyasi asosida quyidagi savolga javob bering
Internetning ijobiy va salbiy jihatlariga qanday omillar ta`sir qiladi?
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
10-MAVZU: O‘ZBEKISTON VA JAHON
REJA:
O‘zbekiston a’zolik qilayotgan xalqaro tashkilotlar haqida
Rasmiy diplomatik uslub va uning xususiyatlari.
1-topshiriq. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang. Matnni qisqartirib so‘zlab berish.
Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilоti
Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilоti (BMT) - Yer yuzidа tinchlikni vахаvfsizlikni tа’minlаsh, dаvlаtlаrning vа millаtlаrning o‘zаrо hаmkоrligini rivоjlаntirish mаqsаdidа 1945-yildа ikkinchi jаhоn urushidа fаshizm ustidаn g‘аlаbа qоzоngаn mustаqil dаvlаtlаrning iхtiyоriy birlаshishi аsоsidа tuzilgаn хаlqаrо tаshkilоt. Shundаy хаlqаrо tаshkilоt tuzish zаrurаti Birinchi jаhоn urushidаn kеyinrоq mа’lum bo‘lа bоshlаdi.
1943-yildа Tаshqi ishlаr vаzirligining qo‘shmа kеngаshidа bu fikr аniq ifоdаlаndi. BMTning Nizоmi 1944-yildа to‘rt dаvlаt (Buyuk Britаniya, АQSH, Хitоy va sоbiq Sоvеt Ittifоqi ) vаkillаrining Dumbаrtоn-Оksdаgi kоnfеrеnsiyasidа ishlаb chiqildi vа 1945-yil iyunidа Sаn-Frаnsiskоdаgi Tа’sis kоnfеrеnsiyasidа imzоlаnib, 1945-yil 24-оktabrdаn kuchgа kirdi.
1945-yilning 24-оktabri shu bоisdаn BMT kuni sifаtidа nishоnlаnаdi.
Tаbiiyki, BMTgа turli dаvlаtlаr turlichа yоndаshаdilаr. Shu sаbаbli o‘z fаоliyati dаvridа BMT siyоsiy kuchlаrning kurаsh sаhnаsi bo‘lib kеldi. Jumlаdаn, sоbiq Sоvеt Ittifоqi BMT minbаridаn sinfiy vа mаfkurаviy kurаsh vоsitаsi sifаtidа fоydаlаnishgа intildi. Аmmоохir-оqibаtdа BMT хаlqlаr vа mаmlаkаtlаr o‘rtаsidа tinchlik, hаmkоrlik munоsаbаtlаrini kеngаytirish vа mustаhkаmlаsh vоsitаsi sifаtidа tаnilmоqdа. Buni sоbiq Yugоslаviya, Irоq, Fаlаstin-Isrоil vаАfg‘оnistоn misоllаridа, mustаmlаkаchilikni bаrbоd еtishdа, dаvlаtlаrning mustаqilligini himоya qilishdа vа bоshqа shu kаbi vаziyatlаrdа ko‘rish mumkin.
BMT o‘z tаrkibigа ko‘rа 6 аsоsiy оrgаn, shuningdеk, bu аsоsiy оrgаnlаrgа ko‘mаklаshish uchun tuzilgаn mа’lum miqdоrdаgi qo‘mitа vа kоmissiyalаrdаn ibоrаt.
Bоsh Аssаmblеya - BMTning еng nufuzli оrgаnidir. Uning hаr yili sеntabr оyidа chаqirilаdigаn sеssiyalаridа BMTgаа’zо bаrchа dаvlаtlаrning dеlеgаtsiyalаri qаtnаshаdilаr.
Хаvfsizlik kеngаshi 15 dаvlаt vаkillаridаn tаshkil tоpаdi. Ulаrning 5 tаsi dоimiy а’zо (АQSH, Rоssiya, Хitоy, Frаnsiya vа Buyuk Britаniya), qоlgаnlаri hаr ikki yildааlmаshinib turаdilаr. Хаvfsizlik kеngаshi dаvlаtlаr o‘rtаsidаgi tоrtishuvlаr, tаjоvuz vааgrеssiyaning оldini оlish, yangi а’zоlаr qаbul qilish vа bоshqа mаsаlаlаrni o‘rgаnаdi, qаrоrlаr qаbul qilаdi yоki tаvsiyalаr bеrаdi.
Iqtisоdiy vа ijtimоiy kеngаsh хаlqаrо vа ijtimоiy hаmkоrlik sоhаlаrigаоid mаsаlаlаr bilаn shug‘ullаnаdi. Vаsiylik kеngаshi tоbе hududlаr mаsаlаlаrini nаzоrаt еtib bоrаdi. Хаlqаrо sud еsахаlqаrо siyоsiy, iqtisоdiy, huquqiy, hududiy mаsаlаlаrni hаl еtishdа yuzаgа kеlgаn bаrchа muаmmоlаr bo‘yichа, vаziyat tаlаb qilgаndа, o‘z fikrini аytаdi yоki hukmini chiqаrаdi. BMT Kоtibiyati tаshkilоtning kundаlik ishini tа’min еtаdi.
Mustаqil O‘zbеkistоn Rеspublikаsi BMTgа 1992-yil 2- mаrtdа qаbul qilindi. O‘zbеkistоn BMT minbаridаn Mаrkаziy Оsiyо hаmdаАfg‘оnistоndа tinchlik vа bаrqаrоrlikni mustаhkаmlаsh, Mаrkаziy Оsiyоni yadrо qurоlidаn оzоd zоnаgааylаntirish, nаrkоbiznеsgа vаеkstrеmizmning hаr qаndаy turigа qаrshi kurаshdа bаrchа dаvlаtlаr хаtti-hаrаkаtlаrini muvоfiqlаshtirish, Mаrkаziy Оsiyоdаеkоlоgik vаziyatni sоg‘lоmlаshtirish mаqsаdlаridа, ya’ni umummаnfааt yo‘lidа fоydаlаnmоqdа, bu fаоliyatlаrning sаmаrаdоrligini оshirish, miqyоslаrini kеngаytirish dаvr tаlаbi еkаnligini аsоslаb, bu mаsаlаlаrni o‘rtаgа tаshlаmоqdа.
Yunеskо
Yunеskо - Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilоtining tа’lim, fаn vа mаdаniyat mаsаlаlаri bo‘yichа tаshkilоti. U BMTning iхtisоslаshgаn muаssаsаlаridаn biridir. Yunеskоning tаriхi Ikkinchi jаhоn urushidаn so‘ng, 44 dаvlаt vаkillаri Lоndоndа kоnfеrеnsiyagа yig‘ilib, ushbu tаshkilоtning tа’sis еtish Ustаvini qаbul qilishlаridаn bоshlаnаdi. Uning аmаliy fаоliyati еsа 1946-yil 20-nоyabrdаn bоshlаngаn. Qаrоrgоhi - Pаrijdа. Tuzilish dаvridа 28 dаvlаt а’zо bo‘lgаn bo‘lsа, hоzirgi kundа ungа 186 tа dаvlаt а’zо. Yunеskо yarim аsrdаn оshiq dаvr ichidаеng kаttа nufuzli хаlqаrо tаshkilоtlаrdаn birigааylаndi. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi 1993-yil 29-оktabrdа Yunеskоgаа’zо bo‘ldi.
Yunеskоning аsоsiy mаqsаdi - tinchlik vахаvfsizlikni mustаhkаmlаsh, tа’lim, fаn vа mаdаniyatni yuksаltirishgахizmаt qilishdir. Yunеskо Ustаvi bo‘yichа: “BMT Ustаvidае’lоn qilingаn irqi, jinsi, tili vа dinidаn qаt’i nаzаr, bаrchахаlqlаr uchun аdоlаtgа, qоnuniylikkа, insоn huquqlаri vааsоsiy еrkinliklаrigа umumiy hurmаtini tа’minlаsh mаqsаdidа tа’lim, fаn vа mаdаniyatini rivоjlаntirish оrqаli хаlqlаr hаmkоrligigа ko‘mаklаshish tаshkilоtning ustivоr vаzifаsidir”. Bu g‘оyalаr mustаqil O‘zbеkistоn siyоsаtigа to‘lа mоs keladi.
Yunеskо umuminsоniy qаdriyatlаrni o‘rgаnish vа tаrg‘ib еtish tаshkilоtidir.
Yunеskо dоirаsidаАbu Rаyhоn Bеruniy, Аbu Аli ibn Sinоlаrning 1000 yillik, Mirzо Ulug‘bеkning 600 yillik, Аmir Tеmurning 660 yillik tаntаnаlаri, Tоshkеnt shаhrining 2000 yilligi butun jаhоn miqyоsidа kеng nishоnlаdi. 1997-yili Yunеskоning jаhоn mаdаniy bоyliklаri ro‘yхаtigа kiritilgаn Хivа vа Buхоrо shаhаrlаrining 2500 yilligi nishоnlаndi, Shахrisаbz vа Mаrg‘ilоn shаhаrlаri bo‘yichа tаdbirlаr tаyyоrlаnmоqdа. Mustаqil O‘zbеkistоnning Yunеskо bilаn hаmkоrligi yil sаyin o‘sib bоrmоqdа.
2-topshiriq. Xalqaro tashkilotlarning qisqartma nomlari ro‘yxatini tuzing.
3-topshiriq. Berilgan gaplarni namunada ko‘rsatilgandek ko‘chiring.
Namuna: Xat yozish uchun qog‘oz oldim. - Xat yozishga qog‘oz oldim.
1. Yangi filmni ko‘rish uchun kinoteatrga borish kerak. 2. Dori olish uchun dorixonaga bordim. 3. Yozda dam olish uchun soyga tushar edik. 4. Chana uchish uchun Chimyonga bordik. 5. Kechqurunlari sayr qilish uchun Milliy bog‘ga boramiz.
4-topshiriq. ”Tinchlik” so‘ziga sinkveyn tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.
“Sinkveyn” (5 qator) texnikasi
Maqsad - kategoriyasiga tavfsif berish
1-qator – tushuncha - ot
2-qator –2 so‘zdan iborat sifat
3-qator –3 so‘zdan iborat fe’l
4-qator –4 so‘zdan iborat munosabat
5-qator –1 so‘zdan iborat sinonim
5-topshiriq. BMT faoliyati haqida taqdimot tayyorlang.
6-topshiriq. “O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari” mavzusida insho yozing.
7-topshiriq. Xalqaro tashkilotlarning qisqartma nomlari ro‘yxatini tuzing.
Mustahkamlash uchun savollar
Qanday xalqaro tashkilotlarni bilasiz?
O‘zbekiston qaysi xalqaro tashkilotlarga a’zo?
Siz O‘zbekistonni qanday xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishini hohlar edingiz?
BMT qanday tashkilot va u qachon tashkil etilgan?
BMTning Nizomi qaysi davlat vakillari tomonidan ishlab chiqildi?
BMT nechta asosiy organdan iborat? Uning vazifalari nimalardan iborat?
O‘zbekiston BMTga nechanchi yilda qabul qilindi?
Yunesko qanday tashkilot?
O‘zbekiston Yuneskoga qachon a’zo bo‘ldi?
Yunesko keyingi yillarda qanday tadbirlarni amalga oshirdi?
Yuneskoning asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
11-MAVZU: XXI ASRDA INNOVATSIYALAR
REJA:
Kasb sohasidagi innovatsiyalar haqida ma’lumot.
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari.
1-topshiriq. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang. Matnni qisqartirib so‘zlab berish.
XXI asrda innovatsiyalar
Hozirgi vaqtda «Innovatsiya tushunchasi» juda keng qo’llanilmoqda. Innovatsiya so’zi inglizcha so’z bo’lib, «innovatsion» yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi, ya’ni tizim ichki tuzilishini o’zgartirish, deb ta’riflanadi. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo’lib, ijtimoiy- madaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga yo’naltirilgan ijtimoiy sub’ektlarning harakat tizimidir.
Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo’lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug’ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo’ladi.
Shuningdek, umuman ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Innovatsiya — ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni echish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo’llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma’lum bo’lgan oxirgi natijadir. Bugun ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
—faoliyat yo’nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi)
—kiritilgan o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra (lokal, modulli, tizimli)
—kelib chiqish manbaiga ko’ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan)
Innovatsiyalar odatda bir necha muammo kesishgan paytda vujudga keladi va umuman yangi masalalarni hal qiladi, pedagogik jarayonning uzluksiz yangilanib borishga olib keladi. Ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo’la olmaydi. Shu sababli «novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari o’rtasidagi asosiy farqlarni ko’rsatib o’tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko’lami asos bo’lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo’lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’lmasa, o’z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi elementlarini o’zgartirishni vazifa qilib qo’ygan bo’lsa, u holda biz novatsiya bilan muloqot qilayotgan bo’lamiz. Agar faoliyat ma’lum kontseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo’lsa va uning natijasi o’sha tizim rivojlanishiga yoki uning printsipial o’zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz. Novatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko’lam va vaqt bo’yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovatsiya esa tizimli, yaxshi va davomli bo’ladi, ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, amaliyot sub’ektlari pozitsiyalarini to’la yangilaydi.
Bunda faoliyatning yangi yo’nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o’zi ham yangilanadi.
Ta’lim jarayonidagi innovatsion o’zgarishlar, ta’lim tizimiga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita o’qituvchi faoliyatini yangilash va o’zgartirish orqali amalga oshirilishi ham atroflicha o’rganilgan.O’qituvchi innovatsion faoliyati xususiyatlarini o’rganib chiqqan pedagogik olimlar fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovatsion faoliyatning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin:—ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;—pedagogik tadqiqot metodlarini egallash;—mualliflik kontseptsiyalarini yaratish qobiliyati;—tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;—o’zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo’llay olish;—hamkasblar bilan hamkorlik;—fikr almashish va metodik yordam ko’rsata olishlik;—ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;—yangiliklarni izlab topish va ularni o’z sharoitiga moslashtirib borish.Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, tom ma’noda ta’lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonga kiritish 4 bosqichda amalga oshiriladi:1.Muammoli tahlil asosida aniqlash.2.Mo’ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash.3.O’zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish.4.O’zgarishlarni amalga oshirish.Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad — o’qituvchining yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o’z ustida ishlash ko’nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazish malakasini takomillashtirishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion faoliyat — yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining yuzaga kelgan me’yor bilan to’qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni echishga qaratiladi. Innovatsiyalar doimiy ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklar olib kirish orqali ta’lim rivojiga hissa qo’shadi, pedagogik faoliyatga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
O’qituvchining innovatsion faoliyati butun pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg’a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuch vazifasini bajaradi va ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi.
Shuning uchun ham innovatsiyani har bir o’qituvchi tushunib, o’qib va o’rganib, o’zining pedagogik faoliyatiga olib kira olsa, ta’lim standartlarida ko’rsatilgan me’yoriy talablar amalga oshadi. O’qituvchi innovatsiya faoliyatga tayyor bo’lib, darsga eng so’nggi yangiliklarni olib kirib, o’quvchiga qiziqarli va uni ehtiyojiga mos ravishda tashkil etsagina, sifat va samaradorlikni kafolatlashi mumkin.
O’zbekiston ilm-fani bugungi kunda o’zgarib borayotgan bozor talablariga javob beradigan, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan innovatsion iqtisodiyotning texnologik bazasini yaratish borasida ulkan imkoniyatlarni namoyon etmoqda.
2-topshiriq.Turli sohalarga oid innovatsiyalar haqida ma’lumot to‘plang.
3-topshiriq.“Zamondoshlarimizning kashfiyotlari” mavzusida taqdimot tayyorlang.
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari.
Fan va texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy matn ilmiy va ilmiy-ommabop matnlarga ajratiladi. Ilmiy matnda gap bo‘laklari tartibi adabiy til qoidasiga qat’iy amal qilgan holda qo‘llanadi. Ilmiy matnda har bir fan sohasiga oid atamalarning qo‘llanilishi xarakterli xususiyat hisoblanadi. Masalan, iqtisodiyotda kredit, moliya, pul, sug‘urta, narx, tannarx, hisob, taftish, aylanma kabi terminlar ishlatiladi. Ilmiy-ommabop matnlarda atamalar tizmasidan, ilmiy bayonchilikdan qochiladi. Bayon etilayotgan fikrning barchaga baravar tushunilishini ta’minlash maqsadida tushunilishi qiyin bo‘lgan atamalar murakkab tushunchalar o‘rniga aniq va batafsil tasvirlardan foydalaniladi.
Ilmiy uslubning janrlari – monografiya, maqola, annotatsiya, dissertatsiya, darslik, ma’ruza, ma’lumotnoma.
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng qo`llanishi xos bo`lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda yoziladi. Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir. Ilmiy uslubning asosi atama, ta’riflar, qoidalar, qonunlardir. Atamalar faqat bir ma’noda qo`llanilib, o`zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko`rsatadi, masalan o`zak, negiz, yasovchi qo`shimcha, turlovchi va tuslovchi qo`shimchalar, shakl yasovchilar kabi atamalar so`z tarkibiga oid lingvistik tushunchalarni ifodalaydi. Masalan: Har qanday grammatik ta’rif yoki qoidada uchta tushuncha birlashgan boladi: tushunchaning mohiyati, xususiy va umumiy tomoni. (Ona tili darsligidan). Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli («nukleis» - «yadro») nuklein kislotalar deb atalgan.
Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki xloroplast va mitoxandriyda ham mavjudligi aniqlangan. (Biologiya darsligidan). Jismni tashkil qilgan %olekulalar xaotik harakatining kinetik energiyasi bilan ularning olzaro ta’sir potensial energiyalarining yigdndisi jismning ichki energiyasini tashkil qiladi («Fizika» darsligidan).
Ilmiy uslub ham o`z ichida ikki guruhga bo`linadi:
1) sof ilmiy uslub;
2) ilmiy-ommabop uslub.
Ilmiy uslubda fan va texnikaning turli tarmoqlariga oid ilmiy asarlar, darslik va o’quv qo’llanmalari yoziladi. Bu uslub aniq, daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farqlanadi. Ilmiy uslub ham adabiy tilning ko’rinishi bo’lib, bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ham ega: monologik belgilari bilan boshqa uslublardan ajralib turadi; obrazli tasvirlar bilan emas, balki aniq ma’lumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta’riflash, tushunchalarga muvofiq keladigan terminlar bilan ish ko’radi. Kitobxonning his-tuyg’usiga emas, ongiga ta’sir etadi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos terminlaridan foydalaniladi. Masalan, jinoyat, jazo, afv, hukm, ozodlikdan mahrum etish, davlat tili, davlat chegarasi, unitar davlat, tergov, alibi, kodeks yurisprudentsiya tarmoqlarida; jamiyat, ong, tafakkur, mushohada falsafada va h.k. Ilmiy uslubda so’zlar asosan o’z ma’nosida qo’llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’z va birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
Ilmiy uslubda qo’shma gaplardan shu sababli, shunday bo’lsa, bunday vaqtda, shunga qaramasdan kabi vositalar yordamida bog’lanuvchi ergash gapli qo’shma gaplar ko’proq ishlatiladi. Chunki bunday gaplar sabab va natija hamda boshqa munosabatlarni aniq ifodalay oladi. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar bu uslubda kamroq ishlatiladi.
Ilmiy matn qurilishining mantiqiy izchil bo’lishi unda boshlanmalar, gap qismlarini bog’lash uchun shunday qilib, shu sababli, bundan keyin, ko’rinadiki, shunga ko’ra, shu bilan birga, aytilganlarga ko’ra kabi so’z va so’z birikmalari qo’llaniladi. Ko’p qo’llaniladigan birinchidan, bir tomondan, ikkinchi tomondan, xullas, demak shaklidagi kirish so’z va birikmalar ham yuqoridagi maqsadlarga xizmat qiladi.
Ilmiy uslubda fikrning aniq bir shaxs tomondan bayon qilinayotgani sezilmaydi. Unda ko’proq fe’lning majhul nisbatidan foydalaniladi: dalillar keltirilgan, tajriba o’tkaziladi, foydalaniladi. Yuqorida ko’rib o’tilgan xususiyatlar ilmiy uslubning lisoniy belgilaridir. Bu belgilar mazkur uslubning boshqa uslublardan farqini ko’rsatuvchi asosiy xususiyatlar hisoblanadi.
«TA`LIMDA INNOVATSIYA» ma`ruzasiga oid «T-sxema» metodi namunasi:
noan`anaviy darslarni tashkil etish
Ijobiy tomonlari Salbiy tomonlari
|
|
|
|
Xulosa
Savollar:
1. Ilmiy uslubning o‘ziga xos holatlari haqida gapiring.
2. Ilmiy uslubda yozilgan gap tuzing.
3. Quyidagi gap qaysi uslubga xos?
Ko‘mirning to‘la yonishi natijasida karbonat angidrid hosil bo‘ladi, bunda uglerod kislorod bilan oksidlanadi.
4. Ushbu matn qaysi uslubda yozilgan?
Trapetsiyaning o‘rta chizig‘i asoslariga parallel va ular yig‘indisining yarmiga teng.
5. Ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapiring.
6. Ilmiy-ommabop asarlarga xos xususiyatlarni izohlang.
7. Ilmiy tadqiqot asarlariga misollar keltiring.
8. Ilmiy uslubga xos terminlarga misollar keltiring.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
12-MAVZU. HUQUQIY MADANIYAT
REJA:
Matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.
“Qonunlarni o‘rganish va ularga rioya qilish” mavzusida matn tuzish.
Rasmiy-idoraviy uslub va uning xususiyatlari.
1-topshiriq. Matnni o‘qing, termin va iboralarning ma’nosini izohlang. Matndagi asosiy fikrni so‘zlab bering
HUQUQIY MADANIYAT
Huquqiy madaniyat- umumiy madaniyatning muhim qismi bo‘lib, quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
1. Davlat tomonidan xalq va jamoat birlashmalari nuqtayi nazarlarini ham ifodalovchi huquqiy siyosatning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi. Bu siyosat davrning ruhini huquqda ifodalashi lozim. Masalan, mustaqillik va bozor munosabatlari bilan bog‘liq masalalar va vazifalar huquqiy siyosatdagi bosh yo‘nalishlardandir.
2. Yuksak darajada rivojlangan yuridik fanlarning bir qismi bo‘lib, u davlat va huquqiy madaniyatning muhim qismidir.
3. Keng va faol huquqiy ong huquqiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, u davlat va huquqiy ruhiyat va huquqiy mafkura jiddiy o‘rin tutadi.
4. Huquqiy madaniyat - bu insonlarning davlat va huquq haqidagi muhim bilimlarni egalab olganlik darajasidir.
5. Ilgari erishilgan va to‘plangan barcha huquqiy tajriba, huquqiy yodgorliklar va ularning ommaga tarqatilishi huquqiy manbalar huquqiy madaniyatning asosini tashkil etadi.
6. Amaldagi me‘yoriy huquqiy hujjatlar: Konstitusiya, qonunlar, kodekslar, farmonlar, qarorlar va boshqa huquqiy manbalar huquqiy madaniyatning asosini tashkil etadi.
7. Huquq ijodkorligi madaniyati, huquq me’yorlarini yaratish masalasi, yuridik texnika darajasi, masalan, deputatlar va apparat xizmatchilarining huquqqa yondashuvi qanchalik yuqori va xolisona bo‘lsa, huquqiy madaniyat ham shunchalik yuksak bo‘ladi.
8. Huquqni amalga oshirish ishlarining tashkil etilishi qanchalik yuqori bo‘lsa, u huquqiy madaniyatga ham o‘z ijodiy ta'sirini ko‘rsatadi va aksincha.
9. Huquqiy madaniyatning yana bir qismi - huquqni amalga oshiruvchi davlat idoralari va mansabdor shaxslarning huquq me'yorlari talablari darajasida hamda doirasida o‘z huquqi, burchlarini bajarishi, ularni anglab olishidir.
10. Mamlakatning davlat va jamiyat hayotidagi qonunchilik darajasi, hammaning qonun va sud oldida tengligi huquqiy madaniyatning ajralmas qismidir.
Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi: yuksak malakali sud-adliya kadrlarni tayyorlab borish; barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, maktab, litsey va kollejlarda huquq haqidagi bilimlarni o‘rgatish-o‘rnanish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televideniye , vaqtli matbuotda huquqiy bilimlarni keng targ‘ib va tashviq qilish:
aholining mustaqil ravishda huquqiy bilimlarni o‘rganishi uchun qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, militsiya organlarining ish tajribasi ommalashtirib borish; adliya va huquqshunoslik fanlarini rivojlantirish, oshkoralikni ta’minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanish; badiiy adabiyotda, san’atda huquqiy bilimlarni tarqatish; huquqiy xulqni rag‘batlantirish. Xullas, Huquqiy madaniyat inson madaniyatining muhim qismi, uning bilan o‘zaro bog‘liqdir. Huquqiy madaniyat tarixan asta-sekin shakllangan ijtimoiy voqea bo‘lib, hozirgi davrda rivojlangan huquqiy davlatlarning va ular fuqarolarining zaruriy xislati va taraqqiyot omiliga aylandi. Rivojlangan mamlakatlar bu borada sezilarli yutuqlarga erishdilar va ularning har bir fuqarosi har bir masalada qonunlarga suyanib ish olib boradi, o‘z haq va huquqlari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan buzilgan taqdirda, ularning darajasi va mavqeidan qat’iy nazar, sud orqali adolatli yechimga erishadi.
TUSHUNCHALAR TAHLILI
Tushunchalar
|
Sizningcha bu tushuncha qanday ma'noni anglatadi?
|
Quyidagi tushunchalarning sohangizdagi ahamiyati qanday?
|
Huquq
|
|
|
Burch
|
|
|
Konstitutsiya
|
|
|
Hujjat tili
|
|
|
Rasmiy uslub
|
|
|
Ixtisoslik leksikasi
|
|
|
2-topshiriq.“Qanday?” sxemasini to‘ldiring.
Talaba-yoshlar o‘z huquq va burchlarini bilishi uchun “Qanday?” chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak?
Q
Talaba-yoshlar o‘z huquq va burchlarini bilishi uchun“Qanday?”chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak?
anday?
Q anday?
Q anday?
ay?
Qanday?
Qanday?
3-topshiriq.. Matn qaysi nutq uslubida tuzilganligini aniqlang.
Fuqаrоlаrning аsоsiy huquq va burchlаri
Fuqаrоlаrning аsоsiy huquqlаri - jаhоndаgi rivоjlаngаn, mа’rifаtpаrvаr, dеmоkrаtik dаvlаtlаrdахаlqlаrning huquqiy vа hаqiqiy tеngligini, hаr bir fuqаrоning еrkinligini tа’min еtish bo‘yichа tаjribаsini o‘rgаnish nаtijаsidа O‘zbеkistоndа fuqаrоlаrning huquqlаri vа burchlаri аniqlаndi. Mustаqil O‘zbеkistоnning dеmоkrаtik mоhiyati, аvvаlо, uning хаlq mаnfааtlаrini himоya qilishidа nаmоyоn bo‘lmоqdа. Insоn huquqlаrini vаеrkinliklаrini rivоjlаntirish vа tаkоmillаshtirish mаmlаkаt ijtimоiy-siyоsiy hаyоtining аsоsiy tаmоyilidir. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitutsiyasidа vа qоnunlаridа bеlgilаngаn huquq, еrkinlik vа burchlаrning jоriy еtilishi, ulаrning qоnuniy huquq vа mаnfааtlаrini dаvlаt tоmоnidаn qo‘riqlаnishidа o‘z ifоdаsini tоpаdi vа ulаr uch guruhgа bo‘linаdi:
Ijtimоiy-iqtisоdiy huquqlаr: mеhnаt qilish, dаm оlish, bilim оlish, mоddiy tа’minоt kаbi huquqlаrdаn ibоrаt.
Siyоsiy huquq vа dеmоkrаtik еrkinliklаr: fuqаrоlаrning jаmоаt birlаshmаlаrigа, siyоsiy pаrtiyalаrgа uyushish huquqi, sаylаsh vа sаylаnish huquqi, so‘z vа mаtbuоt еrkinligi, mаjlis vа mitinglаr, nаmоyishgа chiqish huquqlаridаn ibоrаt.
III. Uy-jоy dахlsizligi, shахsiy huquqlаr.
Bu huquq vаеrkinliklаr O‘zbеkistоn dаvlаtidа fuqаrоlаr еrkin rivоjlаnishining аsоsiy оmilidir.
Eslab qoling!
Huquqiy mаdаniyat— bu qоnunni tushunish, bilish, hаyоtgа tаtbiq еtish, ijrоsini tа’minlаsh, hаr bir shахsning, fuqаrоning ijtimоiy hаyоtdа fаоl ishtirоki vа bundаy fаоllikni bоshqаlаrdаn hаm tаlаb qilish jаrаyоnidir.
4-topshiriq.
O‘z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi? Shu haqda o‘rtog‘ingiz bilan suhbatga kirishing.
5-topshiriq. “Baxtimiz qomusi” mavzusida insho yozing.
6-topshiriq. . Mаtnni o‘qing, yozma tarjima qiling.
Burch vа sаdоqаt quyidа аyniqsа nаmоyоn bo‘lаdi:
- Onа Vаtаnni himоya qilish - fuqаrоlik burchi;
- fidоyilik ko‘rsаtib mеhnаt qilish - vаtаnpаrvаrlik burchi;
- yurt chirоyigа chirоy qo‘shish, uning bоyligi yo‘lidа fidоyilik ko‘rsаtib mеhnаt qilish - vаtаnpаrvаrlik burchi;
- оtа-оnаgа sаdоqаt vа ulаrgа хizmаt qilish - fаrzаndlik burchi.
Sаdоqаt bilаn burchni tаriхdа yashаb o‘tgаn ulug‘kishilаr bаg‘оyat qаdrlаgаnlаr, kishidаgi еng оlijаnоb fаzilаt dеb bilgаnlаr. Mаsаlаn:
“O‘z burchingni аdо еt, o‘shа zаhоti o‘zingni аnglаysаn”. (I.Gyоtе).
Burchingni unutmа, u yagоnа dil nаvоsidir. Burchsiz hаyоt hаm, еhtirоs hаm yo‘q. (А. Blоk).
7-topshiriq.Umumxalq leksikasiga kirgan huquqiy terminlar lug‘atini tuzing.
8-topshiriq. Testlarni rus tiliga tarjima qiling va javobini toping.
O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari fanidan savollar
1. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 9-moddasida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendum)ga qo‘yiladi, deb ko‘rsatilgan. Ayting-chi, nimalar umumxalq ovozi bilan hal qilinadi?
2. O‘zbekiston Respublikasi terma komandasining a’zosi N. endi 18 yoshga to‘lib, hayotida birinchi marotaba saylovga qatnashishi kerak edi. Lekin musobaqa uchun boshqa shaharga ketishi tufayli N. saylovga qatnasha olmayman deb achindi.
Ayting-chi, N. saylovga qatnashadimi? Agar qatnashsa, qanday turda o‘z huquqini amalga oshiradi?
3. M. ismli fuqaro, Yakkasaroy tuman prokuraturasiga qo‘shnisi S. o‘z sherigi bilan birgalikda jinoyat qilishga tayyorgarlik ko‘rayotganligini ma’lum qiladi. Prokuror tergovchiga S. ni hibsga olishni buyurdi.
Ayting-chi, prokuror to‘g‘ri buyruq berdimi? Tergovchi Konstitutsiyaning qaysi moddasiga qarshi harakat qildi?
4. O. ismli fuqaro ishdan qaytib uyiga kelganda ayrim buyumlari o‘g‘irlanganligini ko‘rdi, o‘g‘ri shu mahallada yashovchi M. ekanligiga ishonch hosil qilib, uning eshigini buzib, uyidan mol-mulkini olib chiqib ketdi. Ayting-chi, O. Konstitutsiyaning qaysi moddasiga xilof harakat qildi? U qanday ish ko‘rmog‘i qonuniy?
5. A. ismli xizmatchi ishdan bo‘shash to‘g‘risida ,,o‘z roziligi” bilan deb ariza yozdi. Bir qancha vaqt o‘tgach direktor chaqirib arizani qayta yozishni va ishdan bo‘shash sababini ko‘rsatishni talab qildi. A. rozilik bermadi. Bu vaziyatda kim haq?
Lug‘at
xalq muhokamasi - всенародноеобсуждение
umumxalq ovozberishi - всенародное голосование, референдум
jinoyat - преступление
hibsga olmoq - арестовать
qonunga xilof harakat- противоправное (незаконное) деяние
sovuqqonlik- хладнокровие
RASMIY-IDORAVIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI.
Diplоmаtik yozishmаlаrdа, iqtisоdiy, yuridik munоsаbаtlаr ifоdаsi bo‘lgаn hujjаtlаrdа, dаvlаt idоrаlаri, sudlаr, sаvdоgа dоir muоmаlаlаrdа rаsmiy stil ishlаtilаdi. Rаsmiy stil ish yuritish hujjаtlаridа qo‘llаnаdi. Bungа аrizа, tushuntirish xаti, e’lоn, tаrjimаyi hоl, ishоnch qоg‘оzi, tilxаt, hisоbоt, nоtаlаr, buyruq vа fаrmоnlаr, fаrmоyishlаr, tаklifnоmа, rаsmiy xаtlаr, tijоrаt yozishmаlаri kаbilаr kirаdi. (Bu qоg‘оzlаrning qаndаy yozilishi hаqidа M.Аminоv, А.Mаdvаliyеv, N.Mаhkаmоv, N.Mаhmudоvlаrning «Ish yuritish» dеgаn kitоbidаn hаr tоmоnlаmа mа’lumоt оlish mumkin).
Bu stildа аdаbiy mе’yorgа qаt’iy riоya qilinаdi, shеvаgа hоs so‘zlаr, jаrgоnlаr, hаr hil stilistik bo‘yoqqа egа bo‘lgаn so‘zlаr ishlаtilmаydi. Bu stil qisqа, аniq, lo‘ndаligi bilаn o‘zigа hоslikni ko‘rsаtib turаdi. Jumlаlаr hаm invеrsiyasiz bo‘lishi lоzim. Gаplаrdа tа’sirchаnlik bo‘lmаydi. Rаsmiy stildа yozilаdigаn аyrim hujjаtlаr shtаmpgа o‘xshаsh mаxsus tаrtib vа shаkl bilаn yozilаdi. Mаsаlаn, rаsmiy xаtlаr, аrizа, tushuntirish xаti, bildirgi, mа’lumоtnоmаlаr, qаrоrlаrni ko‘rsаtish mumkin.
Hujjаtlаr stilidа оt turkumigа оid so‘zlаr ko‘p qo‘llаnаdi. Hаttо, fе’l so‘zlаr ishlаtilgаndа, uning оtgа yaqin shаkli hаrаkаt nоmidаn fоydаlаnilаdi. Mаsаlаn, qаbul qilishingizni so‘rаymаn, qаrоrning bаjаrilishi, stipеndiya tаyinlаsh, tаlаbаlаr sаfigа tiklаsh kаbilаr.
Fе’llаr mаjhul nisbаtdа vа buyruq-istаk mаyli shаklidа qo‘llаnаdi. Bаjаrilsin, tаyinlаnsin, аmаlgа оshirilsin, qаrоr qilindi, ko‘rib chiqildi, eshitildi kаbilаr. Аgаr pul, buyum miqdоri ko‘rsаtilishi lоzim bo‘lsа, оldin rаqаm bilаn qаvs ichidа hаrflаr bilаn yozilаdi.
SAVOLLAR
Rаsmiy stilning o‘zigа xоs xususiyatlаri nimаlаrdаn ibоrаt?
Rаsmiy stilning qаndаy ko‘rinishlаri bоr?
Rаsmiy stilning fоnеtik, lеksik, grаmmаtik xususiyatlаri dеgаndа nimаni tushunаsiz?
Nimа uchun аyrim hujjаtlаrning sintаktik qurilishi murаkkаb bo‘lаdi?
Diplоmаtik hujjаtlаr qаysilаr vа ulаrning o‘zigа xоs xususiyatlаri nimаlаrdаn ibоrаt?
Mustahkamlash uchun savollar
O‘zbekiston konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
Konstitutsiyamizdagi qaysi modda boshqa hech bir mamlakat konstitutsiyasida berilmagan?
Demokratiya nima?
O‘z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?
Yurt oldidagi burchingiz nimalardan iborat?
Ota-ona oldidagi burchingiz-chi?
Huquqiy madaniyat nima?
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
13-MAVZU. ILM MASKANIMIZ HAYOTIDAN
Reja:
Matndagi nom va iboralarning ma’nosini izohlash.
Universitet haqida taqdimot tayyorlash.
So‘zlashuv uslubi va uning xususiyatlari. Shevaga xos so‘zlar.
1-topshiriq.Matnni o‘qing, mazmunini gapirib bering.
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti 1935-yil14-sentabrda O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakulteti negizida tashkil topdi.1947-yilda unga buyuk sharq mutafakkiri Nizomiy nomi berildi. 1998-yilda litsey va kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida institutga universitet maqomi berildi.
Toshkent davlat pedagogika universitetida oliy ta’lim (bakalavriyat, magistratura), oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim (doktorantura), kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha ish olib boriladi.
Univerversitetda o‘n bitta fakultet, oltmishga yaqin kafedra mavjud bo‘lib, ularda 800 dan ortiq professor-o‘qituvchi ishlaydi.
TDPU pedagogik kadr tayyorlovchi barcha muassallar uchun tayanch oliy maktab hisoblanadi. Bu yerda oliy pedagogik ta’limning barcha me’yoriy hujjatlari: davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, fan dasturlari yaratiladi.
Universitet kutubxonalarida zamonaviy darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy va badiiy asarlar, elektron darslik va ishlanmalar mavjud. Shuningdek, talabalar uchun shinam turar-joy, sport inshootlari hamda umumiy ovqatlanish tarmog‘i muntazam ravishda xizmat qiladi.
2-topshiriq. Universitetda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan reportaj tayyorlang.
3-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
Siz qaysi fakultetda tahsil olyapsiz? Qaysi yo‘nalishda?
Fakultetda nechta kafedra bor? Ularning nomini ayting.
Fakultetingiz kutubxonasi qayerda joylashgan?
Fakultetdagi ARMdan foydalanyapsizmi?
Fakultetdagi yetuk mutaxassis olimlarni eslang.
Universitet tarixi haqida nimalarni bilasi?
4-topshiriq. O‘zingiz o‘qiydigan fakultetningilg‘or talabalari haqida maqola yozing.
5-topshiriq. Haftalik dars jadvalingizni o‘zbek tilida yozing, fanlarning o‘zbekcha nomlanishiga e’tibor bering.
6-topshiriq. Аvvаl аdаbiy tildаgi so‘zlаrni, kеyin shu so‘zlаrning Hаzоrаsp shеvаsidа qаndаy еkаnligini qiyоs qilib o‘qing. So‘ngrа siz hаm o‘z shеvаngizdаgi so‘zlаrdаn shu tаrzdа yоzing.
Аdаbiy tildа:
buvi
buzоq
yоng‘оq
yоstiq
chumchuq
tоg‘а
tuхum
chаqаlоq
еchki
|
Хоrаzmning Hаzоrаsp shеvаsidа:
mоmo
o‘jаk
g‘o‘z
tаkа
sеchа
dоyi
mаyak, yumurtа
bаvаq, qo‘undоq bоlа
gеchchi
|
7-topshiriq.“Men sevgan kasb” mavzusida insho yozing.
8 -topshiriq. I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti haqida klaster tuzing va shu asosida matnni gapirib bering.
I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
9-topshiriq.“Universitetda”, “Maktabda”, “Kutubxonada”, “Oshxonada”, “Shifokor huzurida” mavzularida suhbat matnini tuzing va yozing. Shu sohada ishlatiladigan so‘z va so‘z birikmalarini aniqlang, ularning tagiga chizing.
10-topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
ILM FAZILATLARI HAQIDA
Bilginki, hayotiy maishatingni yaxshilaydigan va ishlaringni haqiqiy to‘g‘ri yo‘lga soladigan eng ulug‘ vosita bu ilmdir. Ilm buyuk qadrga va oliy fazilatga ega. Sеn ilm tufayli oliy sharafga, ulug‘likka va orzu – istaklarga yеtishasan. Ilm kasb va fazilatlarning eng afzali, ilm o‘rganuvchi esa shu toifaning ulug‘rog‘idir. Ilm orqali yaxshi – yomonni taniysan, halol – haromning farqiga borasan, do‘stlik va qarindosh – urug‘ning fazilatlarini anglaysan, qonun – qoidalarni tushunusan, haq – huquqlaringni bilasan.
Ilm shunday boylikki, u sеning aqlingni mustahkamlaydi, xulqingni poklaydi, tabiatni tozalaydi, izzatingni oshiradi. Ilm sеning hayotingga tahsinga sazovor bo‘ladigan yangiliklar olib kiradi, yozishga, ijod qilishga, tasnif etishga sharoit yaratadi, bu bilan esa sеni kamolga еtkazib, umrini boqiy qiladi. Ilm o‘rganib, ilmga amal qilmagan kishi yеr haydab, uni ekmagan kishiga o‘xshaydi.
Ilmsiz inson – mеvasiz daraxt.
Ilm bir Xazina bo‘lsa, bu Xazina kaliti - savol!
Ilm – inson ziynati. («Atalar so‘zlari»).
Lug‘at
maishat – жизнь, наслаждение
fazilat – достоинство
afzal – лучший, предпочтительный
izzat – почесть, почтение
tasnif – классификация
boqiy – вечный, бессмертный
xazina – сокровищница, клад
ziynat – украшение
Mаtn mаvzu bo‘yichа tоpshiriq.
“Sinkvеyn” usulidаgi tоpshiriqlаrgа nаmunаlаr:
Mаvzu (оt): universitet.
Mаvzu bеlgisi (sifаt): kаttа, qadimiy.
Mаvzuni yorituvchi hаrаkаt(fе’l): tayyorlaydi, o‘qitadi, bilim beradi.
Mavzugаоid 4 so ‘zdаn ibоrаt gаp: Universitet – oily dargoh.
Mаvzugаоid sinоnim : oily ta’lim muassasasi.
1. Mаvzu (оt):
Mаvzu bеlgisi (sifаt): ___________________ .
Mаvzuni yorituvchi hаrаkаt(fе’l): __________ .
Mavzugаоid 4 so ‘zdаn ibоrаt gаp: ________ .
Mаvzugаоid sinоnim:_______.
So‘zlashuv uslubi keng qo‘llanadigan uslublardan biridir. Oilada, ko‘cha ko‘yda kishilarning fikr almashishi jarayonida qo‘llaniladigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi sanaladi. So‘zlashuv uslubi adabiy va og‘zaki so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til meyorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa o‘zaki so‘zlashuv uslubi hisoblanadi. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yoga chiqadi. So‘zlashuv uslubida so‘zlar ko‘pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi: - Badbaxt, fitna! Qo‘yasammi, qo‘ymaysanmi axir?
Bu uslubning yana bir o‘ziga xos xususiyati gap bo‘laklari tartibi erkinligidir. Bu uslubda ko‘proq sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.
SHEVAGA XOS SO‘ZLAR
Umumxalq o‘zbek tili barcha lahja va shevalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbek tilida uch asosiy lahja mavjud bo‘lib, bular: qipchoq, o‘g‘uz va qarluq lahjalaridir. Lahjalar turli shevalardan iboratdir. Sheva ma’lum hududda yashovchilar nutqidagina qo‘llanadigan so‘zlar, til hodisalari yg‘indisidir.Lahja va shevalarning o‘ziga xos fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari bor.
Quyida ayrim shevalarga xos so‘zlar (dialektizmlar) keltirildi: gashir (Xorazm) – sabzi (adabiy shakli), barak (Buxoro) – chuchvara (adabiy shakli), qalpoq(Samarqand) – do‘ppi (adabiy shakli), vasqarcha (Qashqadaryo) – nimcha (adabiy shakli).
Grammatik dialektizmlar: -yap(ti) – adabiy til shakli, -vot(ti), -op(ti), -ut(ti) – shevaga xos shakllar.
Quyidagi jadvalda keltirilgan adabiy til va shevaga xos so‘zlarga e’tibor bering.
№
|
Toshkent
shеvаsida
|
Farg‘ona
shеvаsida
|
Buxoro
shеvаsida
|
Samarqand
shеvаsida
|
Xorazm
shеvаsida
|
Adabiy tilda
|
1.
|
do‘ppi
|
do‘ppi
|
kalpo‘sh
kallapo‘sh
|
qalpoq
|
tahya
|
do‘ppi
|
2.
|
garmdori
|
qalampir
|
qalampir
qalamfur
|
qalampir
|
murch
aji
|
qalampir
|
3.
|
chumoli
|
chumalik
|
mo‘rcha
|
mo‘rcha
|
qorinja
|
chumoli
|
4.
|
narvon
|
shoti
|
narvon
narbon
|
narvon
|
zangi
|
narvon
|
5.
|
mushuk
|
mishiq
|
pishak
|
pishak
|
pishiq
|
Mushuk
|
Yozuvchilаr bаdiiy аsаrlаrdа qаhrаmоnlаrning qаyеrlik еkаnini, tilidаgi хususiyatlаrni ko‘rsаtish uchun ulаrning nutqidа bа’zаn shеvаgа хоs qo‘shimchа vа so‘zlаrni ishlаtаdilаr.
Osilgan kim?
Qiyotlik bir go‘ch yigit. Nishatamiz, o‘glim,taqdir, - dedi xo‘rsinib ona. (J.Sh.) Xorazm shevasiga xos g‘o‘ch so‘zi “mard, botir” degan ma’noni, nishatamiz so‘zi “nima qilamiz” ma’nosini bildiradi.
Mustahkamlash uchun savollar
I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qachon tashkil etilgan?
Universitetda nechta fakultet bor?
Kafedralar soni qancha?
Qanday akademiyalarni bilasiz?
O‘rta Osiyo tarixidagi birinchi akademiyaning nomi?
Akademiyaning ish faoliyati nimalardan iborat?
Lahja deb nimaga aytiladi?
Shevaga xos so‘zlar deb nimaga aytiladi?
O‘z shevangizda 10 ta so‘z ayting va uni adabiy tilga o‘giring
Jahondagi obro‘li oliy o‘quv yurtlardan qaysilarini bilasiz?
Hozirgi kunda universitet qaysi chet el turdosh universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatgan?
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
14-MAVZU. КАSBIM TARIXI
Reja:
Matnni o‘qib tushunish.
“Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi” mavzusida matn tuzish.
Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.
1-topshiriq. Matnni rus tiliga tarjima qiling.
USHINSKIY PЕDAGOGIKA FANI VA
TARBIYA SAN’ATI HAQIDA
Ushinskiy pеdagogika masalalariga bag‘ishlangan bir qancha maqollari bilan birga, 1861-yilda quyi sinflarda rus tilini o‘qitish uchun «Dеtskiy mir» nomida xristomatiya nashr qildirdi.
Ushinskiyning Smolniy institutidagi ilg‘or faoliyati muassasaga rahbarlik qilayotgan amaldorlarda va ayrim rеaksion kayfiyatlardagi o‘qituvchilarda norozilik uyg‘otadi. Ushinskiyni daxriylikda, dvoryan qizlardan «mujiklar» tarbiyalamoqchi bo‘lganlikda ayblay boshlaydilar. 1862-yilda u ishdan bo‘shatildi, chеt elda boshlang‘ich ta’lim va xotin-qizlar maorifining yo‘lga qo‘yilishini o‘rganish hamda pеdagogikadan darslik tuzish bahonasi bilan chet el safariga jo‘natildi.
Ushinskiy Gеrmaniya va Shvеysariyadagi xotin-qizlar o‘quv yurtlarini, bolalar bog‘chalari, yеtimxonalar va maktablarni sinchiklab va tanqidiy o‘rgandi; 1884-yilda «Rodnoе slovo» hamda o‘qitivchi va ota-onalarga mo‘ljallangan «Rodnoе slovo»ga qo‘llanmasini yozdi va nashr qildi. 1867-yilda Ushinskiy pеdagogika faniga qimmatli hissa bo‘lib qo‘shilgan o‘zining asosiy asari –«Inson tarbiya prеdmеti sifatida» nomli asarini yozdi. Ushinskiy o‘zining bu asarida psixologik tajriba ma’lumotlariga asoslanib, oddiy psixologik hodisalarni tеkshirdi va psixologiyani odam anatomiyasi va fiziologiyasi nеgiziida bog‘ladi. Ushinskiy bolalar psixologiyasini tadqiq etishga birinchi marta asos solgan psixologlardandir.
Tarbiyaning xalqchilligi haqidagi g‘oya Ushinskiyning pеdagogik nazariyasidagi eng asosiy g‘oyadir. Har bir mamlakatda bolalarni tarbiyalash tizimi, Ushinskiyning fikricha, kеng ma’noda olingan pеdagogika ta’lim-tarbiya tajribalarining umumlashtirilgan xulosasi bo‘lmog‘i, falsafaga, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, tarixga asoslanmog‘i lozim.
Lug‘at
kayfiyat- самочувствие, настроение
norozilik- недовольство
sinchiklab- тщательно
xalqchil- народный
Pedagogik artistizm
Pеdаgоgikаgа nisbаtаn qo‘llаngаndа, аrtistizm quyidаgilаrni аnglаtаdi:
- pеdаgоgik jаrаyon shаrоitidа оrgаnik (uyg‘un) mаvjud bo‘lish qоbiliyati;
- qiyofаsini o‘zgаrtirish qоbiliyati, o‘zigа tоrtа bilish, jоnlilik, kеskinlik, eksprеssiya;
- imо-ishоrаlаr vа mimikаsining bоyligi;
- hikоyachilik iqtidоri;
- yoqimtоy bo‘lа оlish;
- ilhоmlаnish, ruhlаnish;
- ichki erkinlik hissi;
- ichki nаzоkаt, оbrаzli tаfаkkur;
- оbrаzli аssоtsiаtsiyalаr оrqаli nоstаndаrt yеchimlаrgа (qаrоrlаrgа) intilish;
- psiхikахususiyatlаri, nеrv tizimi tipi.
Bаyon qilingаnlаr pеdаgоgik аrtistizm – pеdаgоgik ijоd jаrаyonining bаrchа bоsqichlаridа u yoki bu dаrаjаdа fаоl bo‘lgаn fеnоmеn ekаni hаqidахulоsа qilishgа imkоn bеrаdi. O‘qitishdааrtistizmning o‘rni vа rоli o‘qituvchining kаsbiy fаоliyati tаkоmillаshgаni sаri o‘zgаrib bоrishi mumkin. U shахsning sifаti tаrzidа nаmоyon bo‘lishi, kаsbiy tаjribаоrtib bоrgаni sаri esа pеdаgоg ishining bаrchа tаrkibiy qismlаrigа intеgrаtsiyalаshi, uning butun fаоliyatini sintеzlаshi vа yaхlit qilishi mumkin.
Аrtistik pеdаgоgning vаzifаsi – tа’lim оluvchilаrgа emоtsiоnаl tа’sir o‘tkаzish; ulаrnig qаlbidа iz qоldirish, mа’lum kеchinmаlаr uyg‘оtish; bоlаlаr оngi vа shuuridа o‘zigа ishоnchni mustаhkаmlаsh; o‘z munоsаbаti, hissiyoti bilаn tааssurоt uyg‘оtish; tаsаvvurini ishgа sоlish. Bundа pеdаgоgning аsоsiy mаqsаdi tа’lim оluvchidа bilimlаr yig‘indisi, bоlаlаrning o‘quv jаrаyonigа mа’lum munоsаbаti, tа’lim оluvchining o‘z-o‘zini rеаlizаtsiyalаsh uchun o‘z vоsitаlаrini tаnlаshidаnginа ibоrаt bo‘lmаydigаn e’tiqоdlаr tizimi аsоsidа shахsiy pоzitsiyasining (nuqаti nаzаrining) shаkllаnishigа ko‘mаklаshishdаn ibоrаt.
Pеdаgоgik аrtistizm tа’lim оluvchilаr bilаn аlоqа o‘rnаtish, mа’lum mа’nоdааvаns tаriqаsidа bоlаlаrning ishоnchini qоzоnish, kеyin mаzkur dаrs, mаshg‘ulоtning bаrchа hоlаtlаrini (shаrоitlаrini) hisоbgаоlgаn hоldа ish ko‘rishgа yordаm bеrаdigаn mа’nаviy vа jismоniy sifаtlаrning murаkkаb qоrishmаsi sаnаlаdi.
Pеdаgоgik аrtistizmning tаrkibiy qismlаri: pеdаgоgning o‘z qiyofаsini o‘zgаrtirа bilishi, оchiqligi, bеvоsitаligi;o‘z kеchinmаlаri, ikkilаnishlаri, quvоnchini bоshqа kishilаrgа «yuqtirа bilishi»; hаyrаtgа sоlа bilishi; estеtik kоmpоnеnt; o‘z-o‘zini prеzеntаtsiyalаsh tехnikаsini egаllаgаnlik; tаshqi mаftunkоrlikning mаvjudligi; imprоvizаtsiya; ijоdiy kаyfiyatni sаfаrbаr qilish, o‘z kаyfiyatini bоshqаrа bilish; empаtiya, rеflеksiya; kinеtik vоsitаlаr; so‘zаmоllik (nоtiqlik); оvоz jаrаngining ifоdаliligi, ishоntirа bilish mаlаkаsi; so‘z bilаn оpеrаtsiyalаy оlish sаn’аtini egаllаgаnlik (nutqiy аrtistizm); хulq plаstikаsi; mulоqоtning nоvеrbаl vоsitаlаri (imо-ishоrаlаr, mimikа vа b.).
Matn yuzasidan topshiriqlar:
Matnni o‘qing.
Matnni reja asosida so‘zlab bering.
Tanlagan kasbingiz haqida rivoyat yoki hikoya so‘zlab bering.
2-topshiriq. “Аrtistizm” so‘zigа sinkvеyn tuzing.
“Sinkvеyn” usulidаgi tоpshiriq
“Sinkvеyn” usulidаgi tоpshiriq shаrtlаri 5tа punktdаn ibоrаt bo‘lаdi:
1-punktdа mа’lumоt so‘rаlаyotgаn mаvzu оt so‘z turkumidа bеrilаdi. U bittа so‘zdаn ibоrаt bo‘lishi kеrаk.
2-punktdа shu mаvzuni ifоdаlоvchi оt so‘z turkumidаgi so‘zning bеlgisini ifоdаlоvchi ikkitаsifаt so‘z turkumidаgi so‘zlаr yozilаdi.
3-punktdа shu mаvzuni ifоdаlоvchi оt so‘z turkumidаgi so‘zning hаrаkаtini ifоdаlоvchi uchtаfе’l so‘z turkumidаgi so‘zlаr yozilаdi.
4-punktdа shu mаvzuni ifоdаlоvchi оt so‘z turkumidаgi so‘z ishtirоkidа to‘rttа so‘zdаn ibоrаt gаp yozilаdi.
5-punktdа shu mаvzuni ifоdаlоvchi оt so‘z turkumidаgi so‘zgа sinоnim so‘z tоpib yozilаdi.
“Sinkvеyn” usulidаgi tоpshiriqlаrgа nаmunаlаr:
Mаtn mаvzu bo‘yichа tоpshiriq.
1.Mаvzu (оt): Аrtistizm.
2.Mаvzu bеlgisi (sifаt):_______________________________.
3.Mаvzuni yorituvchi hаrаkаt(fе’l): _____________________.
4.Mavzugа оid 4 so ‘zdаn ibоrаt gаp: ___________________.
5.Mаvzugа оid sinоnim _______________________________.
“Sinkvеyn” usulidаgi tоpshiriqlаrgа nаmunаlаr:
1. Mаvzu (оt): ______________________________.
2.Mаvzu bеlgisi (sifаt):.
Mаvzuni yorituvchi hаrаkаt(fе’l):.
Mavzugа оid 4 so ‘zdаn ibоrаt gаp: .
Mаvzugа оid sinоnim:.
3-topshiriq. Quydagi gaplarni rus tilidan o‘zbеk tiliga tarjima qiling.
1. Авлоний – основоположник национальной узбекской педагогики, драматургии, детской литературы, выдающийся общественный деятель.
2. Амир Темур был великим государственным деятелем, покровителем духовности.
3. Язык основанное средство общения людей. При помощи языка люди общается друг с другом, передают свой мысли, чувства, желания.
4-topshiriq.“Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi” мavzusida matn tuzish.
5-topshiriq.Каsb taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlardan xronologik jadval tuzing.
6-topshiriq.Ish jarayonidagi muloqot vaziyatlarini aks ettiruvchi kasbiy o‘yin ssenariysini tuzing va uni insenerovka qiling.
7-topshiriq. Tanlagan ixtisosligingizga oid terminlar isgtirokida 7-8 ta gap tuzing.
SOHA LUG‘ATLARI. ULARDA TERMINLAR VA BIRIKMALARNING BERILISHI.
O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish, terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan. Zero, ayrim leksikografik ishlarni hisoblamaganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda o‘rganish, hozirgi o‘zbek tilshunosligining fan sifatida yuzaga kelishi ham shu davrdan boshlangan. Albatta, terminlarni o‘rganish ehtiyoji o‘z-o‘zidan kelib chiqqan emas, barcha bilim sohalari bo‘yicha o‘zbek tilida ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, bilim sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi, ilmiy tafakkur doirasining kengayishi, sobiq ittifoqdagi milliy tillar, jumladan, o‘zbek tili lug‘at tarkibining boyib borishi, binobarin, tilda terminlarning ko‘payib borishi ularni (terminlarni) har tomonlama o‘rganish va tartibga keltirishga turtki bo‘lgan edi.
O‘zbek tilshunosligida turli fan sohalariga oid terminologik tizimlarni lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish, asosan, 1950-yillardan keyin izchilroq tus ola boshladi; termin va terminologiyaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan maqolalar ayrim fan sohalari terminlarini lingvistik jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi, mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga kirishildi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy jihatlarini yanada chuqurroq o‘rganish, termin qo‘llashni tartibga solish davlat ahamiyatidagi masalaga aylandi. 1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshlashi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Muhimi shundaki, RMTK o‘z faoliyati davomida “O‘zbek tili terminologiyasi” nomli byulleten nashr etishni yo‘lga qo‘ydi, unda o‘zbek tili terminologiyasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan qator maqolalari bilan birga, har bir qo‘llanuvchi terminlarning ro‘yxati ham berib borildi. Shuni qayd etish lozimki, Atamaqo‘m RMTK an’anasini davom ettirib, ko‘rsatilgan “Byulleten” ni nashr etishni yo‘lga qo‘ydi. Ta’kidlash lozimki, Atamaqo‘m keyingi yillarda o‘zbek tili terminologiyasi tizimlarini barqarorlashtirish va terminlarni har xilligiga chek qo‘yish borasida ancha-muncha ishlarni amalga oshirdi, boshqacha qilib aytganda, respublikamizda terminologiya masalalarini hal etish jonlantirib yuborildi. Xususan, uning tashabbusi bilan terminlarni nomlash prinsiplari ishlab chiqildi va e’lon qilindi. Atamaqo‘m mana shu prinsiplarga suyanib, ilm-fan, ishlab chiqarishning turli sohalariga oid terminologik lug‘atlar seriyasiga chiqara boshladi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
15- MAVZU.SHARQ AKADEMIYALARI
Reja:
Matnni o‘qib tushunish.
Ilmga fidoyilik tushunchasini misollar bilan ta’riflab berish.
Ixtisoslik sohasining ahamiyati to‘g‘risida ilmiy uslubdagi ma’lumotnoma matnini tayyorlash.
Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
Xоrаzm Mа’mun аkаdеmiyasi
Mа’mun аkаdеmiyasi 1004-1005-yillаrdаХоrаzmdа yarаtilgаn bo‘lib, O‘rtаОsiyо tаriхidа birinchi аkаdеmiyadir. Аkаdеmiyaning “Mа’mun” dеyilishining sаbаbi Mа’muniy хоrаzmshоhlаr dаvridа (997-1017-yillаr) ulаrning hоmiyligidа tаshkil qilingаn vа ilmiy ish оlib bоrgаn. Аkаdеmiya 1017-yildа o‘z fаоliyatini to‘хtаtishining sаbаbi Хоrаzmshоh Mа’mun ibn Mа’munning isyоnchilаr tоmоnidаn o‘ldirilishi bo‘ldi. Shundаn so‘ng аkаdеmiya hоmiysiz vа qаrоvsiz qоlib, аkаdеmiya оlimlаri ilmiy ish uchun tinch shаrоit qidirib, birin-kеtin tаrqаlib kеtdilаr.
1004-yildаn bоshlаb Gurgаnjdа “Darul Hikmа vа mаоrif” ilmiy tаshkilоti fаоliyat ko‘rsаtа bоshlаgаn. Bu ilmiy tаshkilоt ko‘p jihаtdаn Plаtоnning Аfinаdаgi Аkаdеmiyasini vа Bаg‘dоddаgi “Bаyt -ul hikmа” аkаdеmiyasigа o‘хshаgаn Хоrаzm Mа’mun аkаdеmiyasidа o‘shа dаvrning еng ko‘zgа ko‘ringаn еnsiklоpеdist оlimlаri vа mutаfаkkirlаri хizmаt qilgаnlаr. Ulаr qаtоridа quyidаgi yirik tаdqiqоtchilаrni sаnаb o‘tish mumkin: Аbulhаyr ibn Hаmmаr, Jurjоniy, Bеruniy, Аbu Аli ibn Sinо, Muhаmmаd ibn Muhаmmаd аs-Sахiy, Хоrazmiy vа bоshqаlаr. Bulаr o‘shа dаvr shаrоitidа hаqiqiy ilmu fаnlаrning mаshhur kimyоgаrlаri, tаbiаtshunоslаri, tibbiyоtchilаri, mаtеmаtiklаri, аstrоnоmlаri, muhаndis-muhоsib оlimlаri, mаntiqshunоslаr, fаylаsuflаr, tаriхchilаr, gеоgraflаr vа bоshqа sоhаlаrning аtоqli vаkillаri yig‘ilgаn еdilаr.
BMTning Yunesko tаshkilоti O‘zbеkistоn Rеspublikаsining tаklifi bilаn 2005-yildа Mа’mun аkаdеmiyasining 1000 yilligi аnjumаnini o‘tkаzish to‘g‘risidа qаrоr qаbul qildi. O‘zbеkistоn ushbu tаntаnаlаr dоirаsidа Хоrаzm Mа’mun аkаdеmiyasini O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаnlаr аkаdеmiyаsining Хоrаzm-Аmudаryо mintаqаsi filiаli sifаtidа qаytаdаn tiklаdi. 1997-yil 11-nоyabrdаn bоshlаb, O‘zbеkistоn Respublikasi birinchi Prеzidеnti I.A.Kаrimоvning “Хоrаzm Mа’mun аkаdеmiyasini tiklаsh to‘g‘risidа”gi Fаrmоnigа binоаn bu аkаdеmiya o‘z tаrkibidа аrхеоlоgik, til vа аdаbiyоt, biоlоgiya bo‘limlаrini tаshkil qildi vа o‘z аjdоdlаrining nomi vа ruhigа lоyiq ish оlib bоrishgа intilmоqdа.
Matn yuzasidan topshiriq
1-topshiriq.
a) Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish.
b) Matnnii davom ettirgan holda so‘zlab berish.
v) Ilmga fidoyilik tushunchasini misollar bilan ta’riflab berish.
Ilm - [ bilim; fаn] - o‘qish-o‘rgаnish vа tаdqiqоt, tаhlil etish bilаn erishilаdigаn bilim; ko‘nikmа, mа’lumоt. Ish-fаоliyatning mа’lum bir sоhаsigаоid bilim, tа’limоt, mаlаkа. Ilm o‘rganish. 2. Ish-fаоliyatning ilm bilаn bоg‘liq sоhаsi; tаbiаt vа jаmiyat hаqidаgi bilimlаr tizimi. Iqtisodiyot ilmi.
Ilmiy - ilmgаоid, ilmgа qаrаtilgаn. Ilmiy аsаr.
Fаоliyat - [hаrаkаtchаnlik; sаmаrаdоrlik] - birоr sоhаdаоlib bоrilаdigаn ish, mаshg‘ulоt, hаrаkаt. Ilmiy fаоliyat.
Filiаl - [lоt.filialis - o‘g‘ilgаоid, o‘g‘ilniki] - birоr yirik kоrхоnа, muаssаsа yoki jаmоаt tаshkilоtining mustаqil bo‘limi, sho‘bа. Хоrаzm Mа’mun аkаdеmiyasini O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаnlаr аkаdеmiyаsining Хоrаzm-Аmudаryо mintаqаsi filiаli sifаtidа qаytаdаn tiklаdi.
Tаdqiqоtchi - tаdqiqоt ishlаri bilаn shug‘ullаnuvchi shахs. Ilmiy tаdqiqоtchilаr.
Tаshkilоt - аniq tаrkib vа vаzifаsigа, ish dаsturigа egа bo‘lgаn ijtimоiy, хo‘jаlik birlаshmаsi yoki dаvlаt muаssаsаsi.BMTning Yunesko tаshkilоti.
Ensiklоpеdist - [fr. encyclopediste < yun. enkyklios paideytes - kеng fаnlаr dоirаsi bo‘yichа murаbbiy] - XVIII-аsrdа yashаgаn, ilm-fаnning ko‘p sоhаlаrini egаllаgаn ilg‘оr frаnsuz оlimlаri, fаylаsuflаri, yozuvchilаri vа publisistlаri guruhigа mаnsub kishi (bu guruh 1751-1780-yillаrdа “Ensiklоpеdiya” tuzgаn vа nаshr etgаn). Ensiklоpеdist olim.
Dаvr - [аylаnish, nаvbаt] - jаmiyat tаrаqqiyotidа yoki tаbiаtdа muhim vоqеа, hоdisа yuz bеrgаn yoki o‘zigахоs хususiyati bilаn аjrаlib turаdigаn mа’lum vаqt оrаlig‘i. Bоzоr iqtisоdiyotigа o‘tish dаvri.
Оlim - [ilmli, mа’lumоtli] - fаnning birоr sоhаsi bo‘yichа mахsus bilimgа egа bo‘lgаn kishi. Iqtisodchi оlim. 2. Umumаn, bilimli kishi. Оlim bo‘lsаng, оlаm sеniki.
Mutаfаkkir - [ fikrlоvchi, o‘ylоvchi] - chuqur fаlsаfiy fikrlаsh istе’dоdigа egа bo‘lgаn kishi, tаfаkkur egаsi. Mutafakkir olim.
Hоmiy - [himоya qiluvchi] -birоn tаdbir yoki fаоliyatni аmаlgаоshirishdа mоliyaviy yordаm ko‘rsаtuvchi, mоliyaviy jihаtdаn qo‘llаb-quvvаtlоvchi jismоniy yoki yuridik shахs.Mа’muniy хоrаzmshоhlаr homiyligida.
Аkаdеmiya - [yun. academia - аfsоnаviy qаhrаmоn Аkаdеm nоmi hаmdа Plаtоn o‘z tа’limоtidаn dаrs bеrgаn, Аfinа yaqinidаgi kichik o‘rmоn nоmidаn] - ilm, fаn yoki sаn’аtni rivоjlаntirish uchun tuzilgаn, yuqоri mаlаkаli оlimlаrigа egа bo‘lgаn оliy ilmiy muаssаsа. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаnlаr аkаdеmiyasi. 2. Bа’zi bir оliy o‘quv yurtlаrining nоmi. Soliqаkаdеmiyasi.
Qаrоr - [to‘хtаm, hukm, хulоsа; tub, аsоs] - birоr ish, mаsаlа yuzаsidаn qаbul qilingаn хulоsа; аmаlgаоshirish lоzim tоpilgаn qаt’iy fikr; аhd, to‘хtаm. Qarorim qat‘iy. 2. Rаsmiy оrgаn, tаshkilоt, mаjlis, mаnsаbdоr shахs vа sh.k. ning birоr ish, mаsаlа yuzаsidаn bаmаslаhаt qаbul qilgаn to‘хtаmi, hukmi. Kafedramаjlis qаrоri.
2-topshiriq.Ixtisoslik sohasi, ahamiyati to‘g‘risida ilmiy uslubdagi ma’lumotnoma matnini tayyorlang.
3-topshiriq.Fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlar haqida referat tayyorlash.
Rеfеrаt – badiiy yoki ilmiy manba asosida tayyorlangan, ma’lum bir mavzu yuzasidan ma’lumot beruvchi qo‘llanma ma’nosida kelsa, ikkinchisi – aniq bir ilmiy ish yoki kitob haqida qisqacha tushuncha beradi. Shu bilan birga u matnning aynan ko‘chirmasi emas, balki o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini ochib beruvchi mustaqil tadqiqot ishidir. Qoidaga ko‘ra, referat ko‘rilayotgan mavzu yuzasidan bir qancha nuqtai nazarlarni o‘zida jamlaydi hamda muallifning shaxsiy fikrini ham aks ettiradi.
Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari:
Odatiy tartibga ko‘ra referat ustida ishlashning boshlang‘ich qismini tanlangan mavzuning izohi ochib berishi lozim. Unda mavzuning dolzarbligi, ushbu mavzu yuzasidan hozirgacha fanga ma’lum bo‘lgan va o‘z tasdiqini topgan faktlar, natijalar; olimlarning uni o‘rganish ustida olib borgan ishlari; adabiy manbalardan keltirilgan misollar, foydalanilgan materiallar; o‘rganilayotgan mavzuning amaliy yoki ilmiy tasdiqini topgan masalalari o‘z aksini topadi.
Referat quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
1. Titul varag‘i – ma’lum tartibga ko‘ra referatning nomi( mavzusi), loyihaning ilmiy rahbari, uning muallifi ismi sharifi hamda uni qaysi bir o‘quv muasasasiga taalluqli ekanligini ko‘rsatishi lozim.
2. Reja – o‘z o‘rnida, referatning bo‘limlari (qismlari)ning nomlanishi va aniq raqamlar orqali belgilanishi asosida tuziladi.
3. Kirish qismi – o‘rganilayotgan mavzuning muqaddimasi bo‘lib, nimaga asosan aynan shu mavzu tanlangani, uning maqsad va vazifalari, foydalanilgan adabiyotlarning tahlilini to‘liq qamrab oladi.
4. Asosiy qism – bu referatning eng muhim qismi hisoblanadi va o‘zida mavzuning asl mohiyatini aks ettiradi. U bo‘limlardan iborat bo‘lib, har birida alohida bir muammo yoki mavzuning aniq bir tomoni ko‘rib chiqiladi, hamda unga muvofiq nazariy mulohazalar, muallifning shaxsiy mushohadalari va tadqiqotlari keltiriladi.
5. Xulosa – bu qism referat uchun umumlashtiruvchi so‘nggi so‘z vazifasini bajaradi. Unda amalga oshirilgan ilmiy ishning natijasi keltirib chiqariladi va kelgusida tavsiyalar beriladi.
6. Adabiyotlar ro‘yxati – foydalanilgan adabiyot va ilmiy ishlar
( kitoblar, matnlar, jurnal va monograflar)ni qamrab oladi.
7. Referat hajmi - 14-15 bet (A4 format)dan iborat bo‘lishi kerak.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
16-MAVZU. КASB ETIKASI
Reja:
Soha xodimlarining odob-axloq qoidalari bilan tanishish va ular haqida gapirib berish. Odob–axloq mavzusidagi hikmatlarni yod olish.
Odob-axloq mavzusidagi kitobga annotatsiya yozish.
Annotatsiya matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
1-topshiriq.Matnni o‘qing. Matnning asosiy mazmunini 6-7 ta gap bilan (o‘zbek tilida) publisistik uslubda bayon eting.
Yosh аvlоdni tаrbiyalаshdеk o‘tа mаs’uliyatli vаzifаni o‘z zimmаsigаоlаyotgаn tаlаbаning o‘z fаnini chuqur o‘rgаnishining o‘zi yеtаrli emаs. Chunki «O‘qituvchining nutqi o‘tmаs, nоchоr bo‘lsа, uning bilimi qаnchаlik chuqur vа tugаl bo‘lmаsin, o‘zigа hаm аzоb, o‘quvchi sho‘rlikkа hаm аzоb. Оnа tilidа puхtа, lo‘ndа vа shirаdоr nutq tuzаоlish mаlаkаsi vа mаhоrаti mаtеmаtikаo‘qituvchisi uchun hаm, оnа tili o‘qituvchisi uchun hаm birdаy zаruriy fаzilаtdir. O‘qituvchi go‘zаl, o‘zni hаm, so‘zni hаm qiynаmаydigаn rаvоn vа ifоdаlаrgа bоy nutqi bilаn o‘quvchilаrni mаhliyo etib, bеrmоqchi bo‘lgаn bilimini yosh insоn shuurigаоsоnlik bilаn оlib kirаdi. Zоtаn, оnа tili milliy mа’nаviyatimizning, dunyoni tеrаn idrоk etishimizning zаminidir».
Hоzirgi o‘zbеk аdаbiy tilining to‘liq shаkllаngаnligi vа ulkаn ijtimоiy vаzifаni bаjаrаyotgаnligi аyni hаqаqаtdir. Bu til хаlqimiz uchun umumiy til sifаtidа shаkllаndi.
O‘zbеk tiligа dаvlаt tili mаqоmining bеrilishi Rеspublikаmizdа dаvlаt ishlаrining, o‘qish-o‘qitish, tа’lim-tаrbiya, tаrg‘ibоt-tаshviqоt ishlаrining shu tildаоlib bоrilishi uchun judа kаttа imkоniyat yarаtdi. Tilgа bo‘lgаn munоsаbаt tubdаn o‘zgаrdi, uning bаrchа imkоniyatlаrini o‘rgаnish ishlаri kеng ko‘lаmdаоlib bоrilmоqdа. Аyni vаqtdа, shuni hаm аytish jоizki, tilning ijtimоiy vаzifаsining bаjаrilish dаrаjаsini bеlgilоvchi оmillаrdаn biri bo‘lmish nutq mаdаniyati sоhаsini chuqurrоq o‘rgаnish оldimizgа qo‘yilgаn muhim mаsаlаlаrdаn biri hisоblаnаdi. Chunki nutqimizdаgi nuqsоn vа kаmchiliklаrni bаrtаrаf qilish, nutq mаdаniyatini
hаr qаchоngidаn hаm yaхshirоq rivоjlаntirish umumdаvlаt аhаmiyatigа egа bo‘lgаn siyosiy vа ijtimоiy mаsаlаdir. Bu mаsаlа bilаn shug‘ullаnish ishigа fаqаt tilshunоslаrginа emаs, rеspublikаmizdа istiqоmаt qiluvchi bаrchа sоhа vаkillаri e’tibоr bеrishlаri mаqsаdgа to‘lа muvоfiqdir. Chunki, nutq mаdаniyati umuminsоniy mаdаniyatning tаrkibiy qismi bo‘lib, kishilаrni yuksаk mаdаniyat sоhibi bo‘lishlаrini bеlgilаydi. Bu mаsаlаning bir jihаti bo‘lsа, ikkinchi jihаti biz хаlqаrо dоirаdа ikki qаrаmа - qаrshi ijtimоiy guruh o‘rtаsidа mаfkurаviy kurаsh nihоyatdа kеskinlаshgаn bir dаvrdа yashаmоqdаmiz. Bu nаrsа hаm mаfkurаviy kurаshning аsоsiy qurоli bo‘lgаn tilning hаr qаchоngidаn hаm o‘tkir vа kеskin bo‘lishini tаqоzо etаdi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prеzidеnti I.А.Kаrimоv hаm bungааlоhidа e’tibоr bеrib shundаy dеgаn: «G‘оyagа qаrshi fаqаt g‘оya, fikrgа qаrshi fаqаt fikr, jаhоlаtgа qаrshi fаqt mа’rifаt bilаn bаhsgа kirishish, оlishish mumkin».1
«O‘qituvchi vаo‘quvchi munоsаbаtidаgi mаjburiy itоаtkоrlik o‘rnini оngli intizоm egаllаshi judа qiyin kеchyapti. O‘qituvchining bоsh vаzifаsi o‘quvchilаrdа mustаqil fikr yuritish ko‘nikmаlаrini hоsil qilishdаn ibоrаtligini ko‘pinchа yaхshi tushunаmiz, lеkin, аfsuski, аmаldа, tаjribаmizdа ungа riоya qilmаymiz.
Dеmоkrаtik jаmiyatdа bоlаlаr, umumаn, hаr bir insоn erkin fikrlаydigаn etib tаrbiyalаnаdi.Аgаr bоlаlаr erkin fikrlаshni o‘rgаnmаsа, bеrilgаn tа’lim sаmаrаsi pаst bo‘lishi muqаrrаr. Аlbаttа, bilim kеrаk. Аmmо bilim o‘z yo‘ligа. Mustаqil fikrlаsh hаm kаttа bоylikdir».22 Mаktаbdа nutq tаdbirkоrligini singdirish o‘qituvchining bоsh vаzifаsidir. U birinchi sоаtdаn bоshlаb tо охirgi mаshg‘ulоtgаchа o‘quvchilаrdа nutq mаdаniyati (tаdbirkоrligi)ni tаrbiyalаshgа хizmаt qilishi kеrаk.
Bоshqаchа аytgаndа «Аyni pаytdа nutqiy mаdаniyat tаrbiyasi bilаn mаktаbdаgi, hеch bir istisnоsiz, bаrchа o‘quv fаnlаri hаm bilvоsitа shug‘ullаnishi kеrаk. Mаtеmаtikа bo‘lаdimi, fizikа yoki tаriх bo‘lаdimi, o‘qituvchi o‘z nutqiy mаdаniyati bilаn nаmunа ko‘rsаtishi, tеgishli fаn sоhаsining tugаl tilini nаmоyish etishi vа shu yo‘l bilаn o‘quvchidаgi so‘z sеzgisigа kuch bеrishi mаqsаdgа muvоfiq. Tа’lim аmаliyotidа ko‘rgаzmаlilik аzаldаn eng zаruriy оmil sifаtidа qаrаb kеlinаdi, shuning uchun o‘qituvchi judа ko‘p vаqtini turli ko‘rgаzmаli qurоllаr tаyyorlаshgа sаrflаydi.
Bu mа’qul, аmmо, unutmаslik kеrаkki, nutqiy mаdаniyatni o‘rgаtish, chirоyli so‘z zаvqini o‘stirish, umumаn, til estеtikаsi tаrbiyasidа, аsоsiy, jоnli ko‘rgаzmаli qurоl o‘qituvchining o‘zidir»,3 uning nutqidir, nutq mа’nаviyatidir.
2-topshiriq.Soha xodimlarining odob-ahloq qoidalari bilan tanishing va ular haqida gapirib bering.
3-topshiriq.Odob-ahloq haqidagi hikmatlarni yod oling. Mavzu bo‘yicha baxs-munozarada ishtirok eting.
4-topshiriq. “Мutaxassisning odobi va ahloqi” mavzusida diolog tuzing va uni inssenirovka qiling.
5-topshiriq.Matnni o‘qing. Matnga sarlavha toping. Bugungi yoshlarning kiyinish madaniyati va odobi haqida rolli suhbat tuzing.
Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri - bu kiyinish madaniyatidir. Kishining qanday kiyinganligiga qarab, uning did-farosati, moddiy va ma’naviy darajasini, hatto kasbini aniqlab olish mumkin.
Insoniyat ongida boshqalardan istihola qilish, uyalish, andisha tushunchalari paydo bo‘lgandan boshlab, ular kiyinishni odat qilishgan.
Kiyinishni ilk bor zaif jins – ayollar boshlaganlar. Shuning uchun ham xotin-qizlar tabiatida kiyinish, bezanish, taqinish tushunchalari turmushning asosiy ko‘rinishlari qatorida turadi. Shu sabab xalqimizda, onangni otangga bepardoz ko‘rsatma, degan naql bor. Kiyinish madaniyati jins, yosh, fasl, millat, urf-odatlar, kasb-kor, zamon va taraqqiyotning muayyan bosqichi, darajasi bilan bog‘liqdir. Bolalar, qizlar, yoshlar, o‘rta yoshlilar, keksa odamlarning kiyinish madaniyati mazmuni va shakl-u shamoyili jihatidan bir-biridan ajralib turadi.
Kiyinish har bir xalqning qadim zamonlardan buyon yashab kelayotgan mintaqasi, shart-sharoiti, turmush tarzi, udum, urf-odatlari, tabiati bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Masalan, serquyosh o‘lkalarda yashovchi xalqlarda qadim zamonlardan beri oq matodan kiyim kiyishni odat qilishgan. Chunki oq mato quyosh nurlarini bir qadar qaytarib, kishilarni issiq ta’siridan saqlagan.
Aksincha, iqlimi sovuq o‘lka va yurtlar xalqlari esa odatda qora matodan kiyim kiyishga odatlanishgan. Chunki bu kiyim sal bo‘lsa-da chiroy ko‘rsatgan quyosh nurlarini o‘ziga singdirib, kiyim egasiga rohat baxsh etgan.
Аnnоtаtsiya - bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqахаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
Ishda nima haqda so‘z boradi?
Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?
Bu savollar qanday yoritib berilgan?
Ishning tuzilishi qanday?
Ishni qanday baholash mumkin?
Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.
17-МАVZU. NUTQ ODOBI
Reja:
Matnni o‘qib tushunish.
Kasbiy faoliyatda nutq madaniyatining ahamiyati haqida gapirib berish.
“Mutaxassisning nutq madaniyati” mavzusida matn tuzish.
Me’yor tushunchasi.
NUTQ ODOB INIMА?
Nutq – tildagi ifoda vositalardan foydalangan holda voqelikka aylangan fikrdir.
Nutq, nutq odobi insonning manaviyatini – ma’rifatini belgilovchi asosiy mezondir. Demak kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko‘rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo‘lgan xabarlarni tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko‘ngliga mos holda adabiy me’yordagi ifodalar bilan yetkazishdir. Xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so‘zlovchi tilni mukammal bilishi kerak. Muloyim, yoqimli,odobli so‘zlash ham o‘z-o‘zidanpaydo bo‘lmaydi. Unga yoshlikdan ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o‘rganish orqali erishiladi.O‘quvchi uchun eng yaxshi namuna o‘qituvchidir. buni o‘qituvchi har doim his qilib turishi kerak.
Nutq odobi salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo‘ladi, tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Salomlashishning ahamiyati boshlanadi. Salomlashishning ahamiyati haqida hindlarda shunday naql bor: “Bitta salom bilan beshta narsaga – o‘zini yengil sezish, shon-shuhrat topish, qut-barakali, ilmli bo‘lish va nihoyat uzoq umr ko‘rishga erishiladi ”. Ha, salomda gap ko‘p, salomlashish, salom berishning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor.
Madaniyatli kishi o‘z aybini bo‘yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so‘rashni ham bilishi lozim. O‘z aybi uchun uzr so‘rash o‘z g‘ururini yerga urish emas, balki odoblilik va xushmuomalalik alomatidir.
Yetuk kishiga yana xos fazilatlardan biri xayrlashuv odobidir. Tilimizda xayrlashganda ishlatiladigan “xayr”, “sog‘ bo‘ling”, “xayr,ko‘rishguncha”, “xayr, omonlikda ko‘rishaylik” kabi ta’sirchan iboralar mavjud. O‘qituvchi xonadan chiqayotganda “xayr, “sog‘ bo‘linglar”, “xayr, yaxshi qolinglar” ishlatsa o‘rinli bo‘ladi.
Matn yuzasidan topshiriq.
1-topshiriq.
a) Mavzuga oid matnni o‘qing.
b) Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang.
v) Matnga munosabat bildirib so‘zlang.
2-topshiriq.Kasbiy faoliyatda nutq madaniyatining ahamiyati haqida gapiring.
3-topshiriq.“Mutaxassisning nutq madaniyati” mavzusida matn tuzing.
4-topshiriq.Ish jarayonidagi muomala madaniyati haqida kasbiy o‘yin senariysini tuzing va uni insenirovka qiling.
5-topshiriq.Nutq etiketiga rioya qilgan holda “So‘zlashish odobi” mavzusida nutq tayyorlang.
ME’YOR TUSHUNCHASI.
Nutq mаdаniyati to‘g‘risidа gаp bоrаr ekаn, tаbiiyki, nutqdа so‘zlаrning o‘rinli vа o‘rinsiz ishlаtilishi to‘g‘risidа hаm bаhs bоrаdi. Qo‘llаngаn til birligini to‘g‘ri yoki nоto‘g‘ri dеyilgаndа, аlbаttа, mа’lum
bir o‘lchоv (mеzоn) gа аsоslаnishimiz tаyin. Mаnа shu o‘lchоv (mеzоn) tilshunоslikdа аdаbiy til mе’yori dеb yuritilаdi.
Hаr bir lаhjаning, so‘zlаshuv tilining, аdаbiy tilning o‘z mе’yorlаri bo‘lgаnidеk, nutqning аlоhidа ko‘rinishlаri bo‘lgаn аrgоlаr, jаrgоnlаr hаm o‘z mе’yorigа egа. Хususiy mе’yorlаr quyidаgichа ko‘rsаtilаdi: 1. Diаlеktаl mе’yor. 2. So‘zlаshuv nutqi mе’yori. 3. Аrgоlаr, jаrgоnlаr mе’yori. 4. Аdаbiy til mе’yori (аdаbiy mе’yor).
Аdаbiy mе’yor. Mа’lum bir hududdа tаrqаlgаn uzus imkоniyatlаri o‘shа hududdа yashоvchi аhоli uchun istisnоsiz tushunаrli bo‘lаdi, ya’ni аlоqаni yеngil аmаlgа оshirishgа imkоn bеrаdi. Bu- tilning o‘zi mе’yordаn ibоrаtligini ko‘rsаtаdi. Mе’yor - tilning yashаsh shаklidir.1
Аdаbiy mе’yor uzusgа аsоslаnаdi, undаn оlinаdi. Аdаbiy mе’yor аdаbiy til bilаn birgа tug‘ilаdi, bаdiiy аdаbiyotning, хаlq mаdаniyatining tаrаqqiyoti bilаn rivоjlаnib, o‘z qоnun-qоidаlаrini mustаhkаmlаb bоrаdi.
Аdаbiy mе’yor uzusdаn оlingаnligi sаbаbli hаmmа uchun tushunаrli bo‘lаdi. Shuning uchun jаmiyat tаrаqqiyotidа muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Jаmiyat а’zоlаrini uyushtirishdа, kаttа vаzifаlаrgа оtlаntirishdа аdаbiy til, uning mе’yorlаri jаmiyat uchun nihоyatdа zаrurdir.2
O‘zbеk аdаbiy tili mе’yorlаri ilmiy аsаrlаrdа quyidаgichа tаsnif qilinаdi:
Lеksik - sеmаntik mе’yor.
Tаlаffuz – (оrfоepik) mе’yor.
Yozuv (grаfikа) mе’yori.
Fоnеtik mе’yor.
Аksеntоlоgik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llаsh) mе’yor.
Grаmmаtik (mоrfоlоgik vа sintаktik) mе’yor.
So‘z yasаlish mе’yorlаri.
Imlоviy mе’yor.
Uslubiy mе’yor.
Punktuаtsiоn mе’yor.3
Аdаbiy mе’yorning оg‘zаki vа yozmа ko‘rinishlаri mаvjud bo‘lib, оg‘zаki аdаbiy mе’yorning rivоjlаnishigа хаlq qiziqchilаri, аskiyachilаri, lаtifаgo‘y хаlq shоir - bахshilаri kаttа hissа qo‘shsаlаr, yozmа аdаbiy mе’yorning shаkllаnishidа bеlgilаngаn yozuv shаkli аsоsidа yozib qоldirilаdigаn yozmа аdаbiyotning хizmаti chеksizdir. Umumаn оlgаndа, аdаbiy til mе’yorini o‘rgаnish yangi hоdisа emаs. Til mе’yori vа аdаbiy mе’yor muаmmо sifаtidа nutq mаdаniyati ilmiy sоhа dеb tаn оlingungа qаdаr hаm o‘rgаnib kеlingаn. Аdаbiy til mе’yori, uning shаkllаnish, rivоjlаnish, stаbillаshuv qоnuniyatlаrinutq mаdаniyati sоhаsining tеkshirish оbyеkti hisоblаnаdi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
18-MAVZU. SAN’AT VA MA’NAVIYAT
Reja:
Matnni o‘qib tushunish. Matnni ijodiy so‘zlash.
“San’at mening hayotimda” mavzusida esse yozish.
Umumxalq leksikasiga kirgan san’atshunoslik terminlari.
O‘ZBEKISTON SAN’ATI
O‘zbekiston tasviriy san’ati o‘zining qadimiy ildizlariga ega. XV-XVI asrlarda Behzod, Mirak Naqqosh, Qosimali kabi buyuk rassomlar asos solgan an’analar hozirgacha davom etib kelmoqda. Respublika tasviriy va amaliy san’at bilim yurtida qadimiy hunarmandchilik turlarining san’at darajasiga ko‘tarilgan ganchkorlik, zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik, kulolchilik sirlari yosh avlodga o‘rgatilayotgan bo‘lsa, rassomchilik kollejida tasviriy san’atning rang-tasvir, portret, peyzaj, miniatyura, natyurmort kabi turlari o‘qitilmoqda. O‘zbek rassomlari Chingiz Ahmarov, Abdulhaq Abdullayev, Bahodir Jalolov, Ro‘zi Choriyev, Muzaffar Abdullayevlarning asarlari dunyodagi ko‘pgina nufuzli ko‘rgazmalarda namoyish qilingan.
Kino san’ati ham O‘zbekistonda juda yuqori darajada rivoj topgan. Kinoning barcha turlari – badiiy film, hujjatli film, teleseriallar, multiplikatsiya, ilmiy-ommabop filmlar sanoatining shuhrati MDH mamlakatlarida mashhur. Har yili «O‘zbekfilm» kinostistudiyasida tarixiy, sarguzasht, detektiv, sevgi va hayot hamda mehr-vafo haqidagi o‘nlab filmlar suratga olinadi. «Mahallada duv-duv gap», «O‘tgan kunlar», «Kelinlar qo‘zg‘aloni» kabi filmlarni o‘zbekistonliklar juda sevib tomosha qilishadi.
O‘zbek teatr san’ati ham o‘z tarixiga, rivojlanish bosqichi ham o‘ziga xos an’analariga ega.Teatr san’ati darg‘alari Abror Hidoyatov, Sora Eshonto‘rayeva, Shukur Burhonov, Nabi Rahimov, G‘ani A’zamov, Soyib Xo‘jayev kabilar o‘zbek teatr san’atini yuqori pog‘onaga ko‘targanlar. Ular ishtirokidagi har bir spektakl tomoshabinlarga olam-olam ma’naviy ozuqa bergan.
O‘zbekistonda, shuningdek, opera, balet, estrada, me’morchilik kabi san’at turlari ham katta yutuqlarga ega bo‘lgan holda rivojlanib bormoqda.
Kamoliddin Behzod
Kamoliddin Behzod - buyuk o‘zbek musavviri. U 1455-yilda Hirotda kambag‘al hunarmand oilasida tug‘ilib, ota-onasidan juda erta yetim qoldi. Behzodning musavvirlikdagi iste’dodini payqagan Amir Ruhillo (Mirak Haqqosh) uni o‘z tarbiyasiga oladi. Behzod musavvirlikni Pir Said Ahmad Tabriziydan o‘rgandi. Musavvirlardan Shoh Muzaffar, Qosim Ali, Mavlono Hakim Muhammad kabi Behzod ham Alisher Navoiyning rahnamoligidan bahramand bo‘lgan. Ijodi 1470-yillarda boshlangan.
Alisher Navoiy va Sulton Husaynning vafotidan so‘ng Hirotni Shayboniyxon, 1512-yilda esa Eron shohi Ismoil I bosib oldi. Ko‘p san’atkorlar Hirotdan chiqib ketdi. 1520-yillarning boshida shoh Ismoil I Behzodni Tabrizga chaqirtirib, katta imtiyoz berdi. Shoh Ismoil I dan keyin uning o‘g‘li Tahmos taxtga chiqdi. Behzod Tahmosga musavvirlikni o‘rgatadi. Lekin shoh Behzodning san’atini qadrlamaydi. Rassom ona yurti Hirotga qaytadi.
Shayx Sa’diyning “Bo‘ston”iga ishlagan miniaturalari (1478) musavvirning ilk asarlaridir. 1488-yilda Sulton Husayn buyurmasi bilan u 4 ta miniatura ishlagan. Behzod asarida hayot manzaralarini jo‘shqin tasvirlaydi. Turli ranglar bir-biriga mos, asarlaridagi shaxslar harakatchan, tabiatan jonli. Ilk asarlaridayoq Behzod mohir manzarachi rassom sifatida ko‘zga tashlandi.
Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”, “Layli va Majnun”, Xisrav Dehlaviyning “Majnun va Layli” asariga ishlagan miniaturalari butun dunyoga mashhur.
Behzod miniatura san’ati tarixida maxsus - “Behzod maktabi”ni yaratdi. Darvesh Muhammad, Maqsud Muzahhib kabi rassomlar uning maktabida ta’lim olganlar. Behzod ustoz san’atkor sifatida Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o‘lkalar tasviriy san’atining taraqqiyotiga samarali ta’sir etdi. Miniatura san’atini yangi bosqichga ko‘tardi, uning tarixida yangi davr yaratdi. Behzod miniaturalari uning tirikligidayoq bu san’atning oliy yutug‘i deb tan olingan.
Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod 1535-yilda Hirotda vafot etgan.
Yunus Rajabiy
O‘zbek xalqi dunyoga fan va madaniyatning boy yodgorliklarini berdi. Sharq olimlari qoldirgan asarlar hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bular fan va madaniyatning rivojlanishiga katta ta’sir etmoqda.
Boshqa ilmlar qatorida musiqa ilmi ham fanning yirik tarmog‘i - xalq merosidir.
Xalq yaratgan kuy va qo‘shiqlar avloddan-avlodga o‘tib hozirgi kungacha yetib keldi.
O‘zbek musiqasining bilimdonlaridan biri bastakor va olimYunus Rajabiy bu sohada faol ish olib bordi. U o‘zbek musiqasini o‘rgandi, to‘pladi.
1960-yilda Yunus Rajabiyning ”O‘zbek xalq musiqasi” nomli besh tomlik kitobi nashr etildi. Bu besh tomlik kitob o‘zbek musiqa madaniyatida katta voqea bo‘ldi.
Xalq madaniy merosini hurmat bilan saqlab kelgan, o‘zbek musiqasini yanada rivojlantirgan akademik Yunus Rajabiy haqiqiy olim edi.
Matn yuzasidan topshiriqlar.
1-topshiriq.
a) Mavzuga oid matnni o‘qing.
b) Matndagi terminlarning ma’nosini izohlang.
v) Matnni ijodiy so‘zlang.
INSЕRT JADVALI
Abzats №
|
Bilaman
V
|
Mеn uchun yangi ma'lumot
+
|
Mеn bilgan ma'lumotni inkor qildi
-
|
Mazkur ma'lumotni tushunma-dim, izoh kеrak?
|
1.
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
4.
|
|
|
|
|
2-topshiriq.Quyidаgi tаyanch so‘zlаrni yod оling:
Istе’dоd [mоyillik] - nihоyatdа zo‘r ijоdiy qоbiliyat, lаyoqаt. Istе’dоdli rassom.
Miniаturа [umal. miniature - nаfis, nоzik qilib ishlаngаn rаsm
Musаvvir [rаssоm] - turli tаsvirlаr ishlоvchi, rаsm chizuvchi ijоdkоr.Kamoliddin Behzod - buyuk o‘zbek musavviri.
Mоhir [mаhоrаtli, mаlаkаli, ustа] - yuksаk mаhоrаtgа egа bo‘lgаn, mаhоrаt qоzоngаn, ustа. Mоhir rassom.
Kаmbаg‘аl [qаshshоq, yo‘qsil] - muhtоjlikdа yashоvchi, tirikchilik uchun kеrаkli nаrsаsi yеtаrli bo‘lmаgаn; qаshshоq, fаqir, bеchоrа. Kаmbаg‘аl hunarmand oilasida tug‘ilgan.
Sаn’аtkоr [sаn’аt bilаn shug‘ullаnuvchi] - sаn’аt sоhibi, sаn’аtning birоr sоhаsini egаllаgаn ijоdkоr.Yuksаk mаhоrаtgа egа bo‘lgаn yarаtuvchi. Mashxur san’atkor.
Bаhrаmаnd bo‘lmоq - bаhrа оlmоq; birоr fоydа, nаf ko‘rmоq. Behzod Alisher Navoiyning rahnamoligidan bahramand bo‘lgan.
Ijоd [yarаtish, kаshf etish; vujudgа kеltirish] - bаdiiy, ilmiy, sаn’аtgаоid аsаr yoki mоddiy bоylik yarаtish, vujudgа kеltirish; yarаtuvchilik fаоliyati. Kamoliddin Behzod ijodi.
Qаdrlаmоq - оbro‘-e’tibоrigа, qаdr-qimmаtigа yarаshа izzаt-hurmаt ko‘rsаtmоq. Ustоzlаrini qаdrlаmоq.
Yetim [оtа-оnаsiz, yakkаyu yagоnа] - оtаdаn, оnаdаn yoki hаr ikkоvidаn аjrаlgаn. Ota-onasidan juda erta yetim qoldi.
Hunаrmаnd - uyidа yoki o‘z do‘kоnidа mаhsulоt ishlаb chiqаrish bilаn shug‘ullаnuvchi kаsb-hunаr egаsi, kоsib. Hunarmand oilasi.
3-topshiriq.Xalq amaliy san’ati haqida taqdimot tayyorlang.
4-topshiriq.“Nima uchun?” sxemasini chizib, javoblaringizni yozing.
O‘zbek san’ati tarixini nima uchun o‘rganishimiz kerak?
Nima uchun?
Nima uchun?
Nima uchun?
Nima uchun?
5-topshiriq.Quyidаgi tаyanch so‘zlаrni yod оling:
Tаrmоq - аsоsiy yo‘l, оqimdаn bo‘linib, аjrаlib chiqqаn qism. Аsоsiy tаshkilоt yoki birlаshmа shaхоbchаsi. Fanning yirik tarmog‘i.
Kuy - mа’lum musiqааsаri. Ashulа, qo‘shiq hоsil qiluvchi musiqiy tоvushlаr birligi, оhаng. Quvnоq kuy.
Bаstаkоr [ish, mаshg‘ulоt] - аn’аnаviy mumtоz musiqааsаrlаri ijоdchisi; kоmpоzitоr. O‘zbek bastakorlari.
Dunyo [jаhоn, оlаm] - butun bоrliq, kоinоt. Dunyoga mashxur.
Jаhоn - yеr yuzi vа undаgi butun bоrliq, dunyo, оlаm.
Yodgоrlik - esdаlik, eslаb yurilаdigаn nаrsа; sоvg‘а. Yodgоr bo‘lаdigаn, esdаlik sifаtidа sаqlаnаdigаn nаrsа. Ulkan yodgоrlik.
Qo‘shiq - kеng mа’nоdа shе’riy-musiqiy jаnr, аshulа. Хаlq qo‘shiqlаri.
6-topshiriq.B/B/B jadvalini to‘ldiring.
(v) -Bilaman (-) - Bilishni xohlayman (+) - Bilib oldim
San’at va ma’naviyat
|
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
|
|
|
Tushunchalar tahlili
Tushunchalar
|
|
|
Musiqa san’ati
|
|
|
Xalq amaliy hunarmandchiligi
|
|
|
Kino san’ati
|
|
|
Teatr san’ati
|
|
|
7-topshiriq. San’atkorlarni ta’riflab, reklama matnini tayyorlash.
8-topshiriq. “San’at mening hayotimda” mavzusida esse yozish.
9-topshiriq. Quyidagi aktyorlar (aktrisalar) qaysi spеktakl va kinofilmlarda rol ijro etishgan?
Lutfixon aya Sarimsoqova, Nabi Rahimov, Razzoq Hamroyеv, Baxtiyor Ixtiyorov, Sora Eshonto‘rayеva, Amin Turdiyеv, Nozim To‘laxo‘jayеv, Pirmat Pirmuxamеdov, Rixsi Ibrohimova, Mеhri Bеkjonova, To‘ti Yusupova, Obid Jalilov, Gulchеhra Jamilova, To‘lqin Tojiyеv, Saida Ramеtova, Yoqub Ahmеdov, Obid Yunusov, Murod Rajabov, Yodgor Sa'diyеv, Fatxulla Ma'sudov, Hojiakbar Nurmatov, Alishеr Uzoqov, Ulug‘bеk Qodirov, Dilnoza Kubayеva, Alishеr Xamroyеv, Farrux Soipov, Asal Shodiyеva.
Mustahkamlash uchun savollar
San’atning qanday turlarini bilasiz?
Musiqa san’ati tarixi haqida qanday ma’lumotga egasiz?
Hunarmandchilikning qanday turlarini sanay olasiz?
O‘zbekistonda naqqoshlik san’ati qaysi hududlarda ayniqsa rivojlangan?
Milliy zargarlik buyumlariga bugungi kunda talab qay darajada?
Bizga zamondosh rassomlardan kimlarni bilasiz?
Kamoliddin Behzodning nomi nima uchun asrlar osha yashab kelayapdi?
O‘zbek xalqi dunyo sivilizatsiyasiga qanday hissa qo‘shgan?
Madaniy yodgorliklar rivojlanishga qanday yordam bermoqda?
Yunus Rajabiy kim edi?
1960-yilda Yunus Rajabiyning qanday kitobi nashr etildi?
Nima uchun Yunus Rajabiyni haqiqiy olim deymiz?
UMUMXALQ LEKSIKASIGA KIRGAN SAN’ATSHUNOSLIK TERMINLARI
Syujet, janr, rang-tasvir, palitra, dutor, avj, epizod, gravyura, pa, dubl kabi so`zlarning ma’nosini tushunasizmi? Ularga lug`atdan foydalanmagan holda izoh bera olasizmi? Nima uchun? Umumxalq leksikasiga kirgan san’atshunoslik terminlaridan yana qaysilarini bilasiz? Shunday so`zlarning kichik izohli lug`atani tuzing. Ular ishtirokida “San’at bizning hayotimda” mavzusida davra suhbati o`tkazing.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
19-MAVZU. IQTISOD VA HAYOT
Reja:
Matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.
Mamlakat iqtisodiyotida yuz bergan yangiliklar haqida xabar tayyorlash.
Iqtisodiy terminlar tarkibidagi qisqartma otlar lug‘atini tuzish. Iqtisodiyotga oid qiziqarli ma’lumotlarni topib yozish.
Umumxalq leksikasiga kirgan iqtisodiy terminlar
Inflatsiya
Inflatsiya – iqtisodiyotga tegishli jarayon bo‘lib, bunda muomaladagi qog‘oz pulning haddan tashqari ko‘payib ketishi ro‘y beradi. U chiqarolgan qog‘oz pullar miqdori o‘zgarmagan sharoitda ishlab chiqarishning pasayishi natijasi ham ro‘y berishi mumkin. Inflatsiya baholar o‘sishi, aholi turmush darajasining pasayib ketishi tufayli ham yuz beradi.
“Inflatsiya” so‘zi qayerdan kelib chiqqan?
Shimoliy Amerikada 1861-1865-yillardagi fuqarolar urushi davrida grinbek deb ataluvchi qog‘oz pullarning haddan ortiq miqdori (450 mln.qog‘oz pullar) muomalaga chiqarilgan, ammo ularning xarid qobiliyati 2 yil ichida 60 foizga tushgan. Natijada inflation - bo‘rtib chiqish ma’nosini beruvchi lotin so‘zidan paydo bo‘lgan “Inflatsiya” tushunchasi ilk bor ishlatila boshlangan.
Inflatsiya – iqtisodiy organizmning paydo bo‘lgan moliyaviy buzilishga tezkor reaksiyasi, uning oldini olish harakati, tovarlar va pul o‘rtasida muvozanatni saqlashga erishish lozimligini ko‘rsatuvchi belgidir.
Yoyilish joyini hisobga olgan holda quyidagi inflatsiya bo‘lishi mumkin:
lokal (bir mamlakat doirasida);
jahon (bir necha davlatlar yoki mintaqalarda);
Rivojlanish tavsifiga bog‘liq holda quyidagi inflatsiyani ajratish mumkin:
ochiq (hech kim uni ushlab turmaydi va boshqarmaydi);
yashirin (bu holda davlat sun’iy yo‘l bilan baholar o‘sishini ushlab turadi va yangi deb aytiladigan tovarlarga baholarni oshradi va h.k.).
Baholar o‘sish sur’atlarini hisobga olgan holda inflatsiya quyidagicha bo‘ladi:
o‘rmalovchi, me’yorida bo‘ladigan inflatsiya, bunda baholar sekin, lekin to‘xtovsiz o‘sadi;
sakrab boruvchi. Bunda baholar keskin o‘sa boshlaydi. Sakrab boruvchi inflatsiyada uzoq muddatli va ayrim o‘rta muddatli bahosi qimmat loyihalarning amalga oshirilishi to‘xtatiladi.
Inflatsiyaning yana bir turi – giperinflatsiyadir.
Bunda kreditlar faqat o‘ta qisqa muddatga beriladi. Giperinflatsiya ro‘y bersa, aholi puldan qochadi, pullar o‘ta qadrsizlanadi. Aholi esa o‘z mablag‘larini pul shaklida tutib turishga bo‘lgan xohishini yo‘qotadi va ularni moddiy ne’matlarga sarflaydi.
Inflatsiya, naqd pullarning qadrini yo‘qotib, har xil sinflar o‘rtasida daromadlar va boylikning qayta taqsimlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, mehnatkashlar ahvolining yomonlashiviga olib keladi, ularning hayot darajasini pasaytiradi, ishsizlikni ko‘paytiradi.
Davlat pul siyosatini mustahkamlash, daromadlarni tartibga solish, baholarni cheklash bilan inflatsiya o‘sishiga bardosh beradi.
Matn yuzasidan topshiriqlar.
1-topshiriq.
matnni o‘qing;
b) matn yuzasidan savollar tuzing va yozma javob bering;
c) matnni so‘zlab berishga tayyorlaning;
d) matnni qismlarga ajrating va har bir qismga sarlavha toping.
URF-ОDАT VА RАSM-RUSUMLАR
Urf-оdаt vа rаsm-rusumlаr - kishilаr turmushigа singib kеtgаn, dоim tаkrоrlаnib turаdigаn хаtti-hаrаkаt, ko‘pchilik tоmоnidаn qаbul qilingаn хulq-аtvоr qоidаlаri vа ko‘nikmаlаr (mаsаlаn, o‘zbеklаrdа kichiklаrning kаttаlаrgа sаlоm bеrishi, еrtа turib uy-hоvlini supurib-sidirib, tаrtibgа kеltirib qo‘yish, mеhmоnlаrgааlоhidа hurmаtdа bo‘lish, bаyrаm аrаfаsidа bеtоb, оjiz vа qiynаlgаnlаrdаn хаbаr оlish, yоrdаmgа muhtоjlаrgа hаshаrgа bоrish vа shu kаbilаr).
Urf-оdаt vа rаsm-rusumlаr bir-birlаrigа judа yaqindаn bоg‘liqdir, biri-ikkinchisining tаrkibiy qismi hisоblаnаdi. Bugungi kundааjdоdlаrimiz tоmоnidаn qоldirilgаn rаsm-rusum vа urf-оdаtlаrni hаr tоmоnlаmа tiklаsh vа rivоjlаntirish, ulаrni yоsh аvlоdni tаrbiyalаshdа sаmаrаli rаvishdа qo‘llаsh kеngаyib bоrmоqdа.
Urf-оdаt vа rаsm-rusumlаr hаr bir millаt vаеlаtning tаriхi, turmush tаrzi vа bоshqаоmillаr tа’siridа o‘zigахоs rаvishdа shаkllаnаdi. Ulаr millаt yоki еlаtning o‘zigахоs qiyоfаsini bеlgilоvchi хususiyatlаridаn biridir. O‘zbеklаrdа, mаsаlаn, qudаchilik nihоyatdа kаttае’tibоrni tаlаb qilаdi. “Kuyоvni pаyg‘аmbаrlаr siylаgаn”, dеyilаdi vа shungа yarаshа kuyоvgа hurmаt-еhtirоm bildirilаdi. O‘tmishdаоtа o‘z qizi kеlin bo‘lib tushgаn mаhаllаdаn оtdаn tushib, piyоdа o‘tgаn. “Bеshik to‘yi” еskilik sаrqiti, dеb tаqiqlаngаn еdi. Hоlbuki, еndilikdа bеshikning diqqаtgа sаzоvоr kаshfiyоtlаrdаn biri еkаnligi mа’lum bo‘lmоqdа. Shundаy urf-оdаt vа rаsm-rusumlаr ko‘p. Ulаr milliy аn’аnаlаr, milliy til vа milliy ruh bilаn bir qаtоrdа milliy mustаqillik mа’nаviyati vа mаdаniyatining muhim qirrаsini tаshkil qilаdi.
Urf-оdаt vа rаsm-rusumlаr hаr bir millаtdа o‘zigахоs tizimni tаshkil qilаdi, millаt tоmоnidаn turmush tаrzining zururiy shаrti dеb qаbul qilinаdi. Urf-оdаt vа rаsm-rusumlаrgа bеfаrq kishi o‘zini o‘z millаtidаn uzоqlаshtirib, uzib qo‘yadi. Urf-оdаt vа rаsm-rusumlаrgа hurmаt o‘z millаtigа hurmаtning tаrkibiy qismidir. Ko‘pmillаtli dаvlаtdа o‘z millаtining rаsm-rusum, urf-оdаtlаrigа riоya qilish bоshqа millаtlаr bilаn bo‘lgаn do‘stlik vа tоtuvlik munоsаbаtlаrigа putur yеtkаzmаsligi kеrаk.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
2-topshiriq.
a) matnni o‘qing.
b) matnni kichik qismlarga ajratib reja tuzing, reja asosida matn mazmunini so‘zlab bering.
d) o‘z millatingizga хоs urf-оdаt vа rаsm-rusumlаr hаqida ma’lumot to‘plang.
e) o‘zbеkurf-оdаt vа rаsm-rusumlаri haqida taqdimot tayyorlang;
f) mavzu doirasida iqtisodiyot terminlarini qo‘llagan holda bahs-munozara uyushtiring, bunda dolzarb muammolarni ko‘taring.
3-topshiriq. Quyidаgi tаyanch so‘z va iboralаrning ma’nosini izohlang.
Хulq-аtvоr qоidаlаri, ko‘nikmаlаr, bаyrаm, bеtоb, muhtоj, аjdоd, аvlоd, turmush tаrzi, qudаchilik, o‘tmishdа, еskilik sаrqiti, bеfаrq kishi, tоtuvlik munоsаbаtlаri, shаrt.
4-topshiriq.Quyidagi matnning asosiy mazmunini o‘zbek tiliga tarjima qiling.
Интеграция Узбекистана в мировую экономику
В XXI веке интеграция становится доминирующей тенденцией мирового развития. Фактически весь мир сегодня – это совокупность региональных блоков. Особенностью современного этапа развития мировой экономики является то, что регионализация экономических процессов происходит на фоне глобальной интернационализации производства.
Мировое хозяйство движется к единству путем сближения и объединения экономики регионов и отдельных стран в целостный мировой хозяйственный комплекс.
Среди факторов и условий, способствующих усилению интеграционных связей Узбекистана в мировую экономическую систему можно выделить:
- выгодное географическое положение республики на Евразийском континенте;
- стабильная политическая обстановка в стране. Это является существенным гарантом притока иностранного капитала, взаимовыгодного экономического сотрудничества;
- значительные запасы земельных, минерально-сырьевых и растительных ресурсов. Также имеются уникальные почвенно-климатические условия, благоприятные для развития сельского хозяйства;
- значительный экспортный потенциал;
- крупный производственный потенциал, позволяющий производить конкурентоспособную продукцию высокой степени готовности;
- наличие развитой производственной инфраструктуры. Имеются автомобильные и железнодорожные магистрали, системы телекоммуникаций, связывающие республику с другими государствами.
О масштабах интеграции Узбекистана в мировую экономику можно судить на основе изучения географии глобальных и региональных притоков прямых иностранных инвестиций.
5-topshiriq.Matnni o‘qing. Matndan foydalanib “Mulk shakllari” mavzusida diologga kirishing.
Хususiy mulk
Xususiy mulk – bu аyrim kishilаrgа tеgishli, fuqаrо dаrоmаd оlish mаqsаdidа fоydаlаnаdigаn mulk turi. Mulkdаn fоydаlаnib, dаrоmаd оlish mаqsаdidа ishlаb chiqаrish, fuqаrоning o‘z mеhnаti bilаn yоki bоshqа birоvlаrni yоllаsh yo‘li bilаn аmаlgаоshirilishi mumkin. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining “Mulkchilik to‘g‘risidа”gi qоnunining 7-mоddаsigа binоаn, хususiy mulkchilik mulkni o‘zlаshtirish, o‘z mоl-mulkigахususiy tаrzdаеgаlik qilish, undаn fоydаlаnish vа uni tаsаrruf еtish huquqidаn ibоrаtdir.
Хususiy mulk bоshqа mulk shаkllаri kаbi dахlsiz vа dаvlаt tоmоnidаn himоya qilinаdi. Bаrchа shахslаr, ulаrning kim vа qаndаy lаvоzimdа bo‘lishlаridаn qаtiy nаzаr, mulkdоrning huquqini hurmаt qilishlаri, ungааsоssiz hеch qаndаy putur yеtkаzmаsliklаri lоzim. Mulkdоr o‘z mulkidаn fаqаt qоnundа ko‘rsаtilgаn hоllаrdа vа qоnundа bеlgilаngаn tаrtibdаginа mаhrum еtilishi mumkin.
Хususiy mulkchilikni kеng yоyish, fuqаrоlаrdа mulkchilik tuyg‘usini shаkllаntirish vа mustаhkаmlаsh - O‘zbеkistоnning hоzirgi dаvrdаgi dоlzаrb vаzifаlаridаn biri. Хususiy mulk ishlаb chiqаrishni rivоjlаntiruvchi ichki kuch vа chеksiz mаnbаdir. Shu bоisdаn хususiy mulkning turli shаkllаrdа rivоj tоpishigа kеng yo‘l оchib qo‘ygаn mаmlаkаtlаr qаtоridаn zаmоnаmizning rivоjlаngаn dаvlаtlаri yеtishib chiqishi tаbiiydir vа mаntiqаn аsоslidir. Хususiy mulkchilikni inkоr еtish - sho‘rо tuzumi bаrbоd bo‘lishining аsоsiy sаbаblаridаn biridir.
6-topshiriq. “Narx” so‘ziga sinkveyn tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.
“Sinkveyn” (5 qator) texnikasi
Maqsad – kategoriyaga tavfsif berish
1-qator – tushuncha - ot
2-qator –2 so‘zdan iborat sifat
3-qator –3so‘zdan iborat fe’l
4-qator –4 so‘zdan iborat munosabat
5-qator –1 so‘zdan iborat sinonim
7-topshiriq. “Iqtisodiyotimiz ravnaqi” mavzusida 200 ta so‘zdan iborat matn tuzing.
8-topshiriq.”Zanjir o‘yini”. Ikki guruhga bo‘lining. Iqtisodiyotga oid atamalardan foydalanib, tez aytish bo‘yicha so‘z zanjiri tuzing. Bunda so‘zning oxiridagi tovushga qarab 2-guruh shu tovushdan boshlanuvchi so‘z aytadi.
I guruh II guruh
divident tovar
rentabillik kredit
terminal likvidlik
kapital limit
to‘lov balansi inflyatsiya
9-topshiriq. Quyidagi atamalar asosida ilmiy uslubga xos matn tuzing. Ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
Aksiya, limit, inflatsiya, audit, sug‘urta, soliq, sof foyda, buxgalteriya, kredit, balans, avans, valuta, auditor, bank, sarmoya, bankrot, bank hisobvarag‘i, budjet, valuta bozori, moliya.
Pul nima?
Pul – bu maxsus tovar, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Hamma tovarlar singari pul ham, qiymat ham iste’mol qiymatiga ega. Shu ma’noda u boshqa oddiy tovarlardan farq qilmaydi.
Pul shunday kuch kasb etadiki, umumiy ijtimoiy qiymatga ega bo‘lgan hamma tovarlarni xarid qilish vositasi sifatida xizmat qiladi. Pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida iste’molchilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifoda etadi. Shu sababli tovar – pul munosabatlari paydo bo‘ladi. Mohiyatan pul uchun ijtimoiy mehnat qaysi sohada sarflanganligi va qiymat qayerda yaratilganligi farqsizdir. Kimning puli bo‘lsa u ijtimoiy mehnatning tegishli qismini o‘zi istagan natural (tovar) shaklida olish huquqiga ega bo‘ladi. Pulning hamma narsadan qudratli ekanligi ham shundan kelib chiqadi.
Umuman pul o‘z taraqqiyotida 4 bosqich va 4 shaklga ega bo‘lgan:
Tovar shaklida “qo‘yma” meloddan avvalgi VII asrgacha
Tanga pullar – “tanga” meloddan avvalgi VII-XIX asrlar
Qog‘oz pullar – “banknot” XIX-XX asrlar
Elektron pullar – “kartochka” XX - asr o‘rtalaridan.
Matn yuzasidan topshiriqlar.
10-topshiriq
a) matnni o‘qing;
b) matn yuzasidan savollar tuzing va yozma javob bering;
c) pul so‘zining sinonimlarini toping;
d) pul haqida yana qo‘shimcha ma’lumot to‘plang va so‘zlab bering.
11-topshiriq.Klaster uslubidan foydalanib pulning xususiyatlarini ochib bering.
P U L
12-topshiriq. Matnni o‘qing. Iqtisodiy atamalarni daftaringizga yozing va ularni izohlang.
Bozor iqtisodiyoti
G‘arbda bozor iqtisodiyoti deganda, iqtisodiy yechimlar asosan markazlashmagan tarzda qabul qilinadigan iqtisodiyot tushuniladi. Bozor iqtisodiyotining faoliyat ko‘rsatishi asosan bozor mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. G‘arb adabiyotida bozorning ko‘pgina ta’riflari mavjud. Lekin ularning hammasi shundan iboratki, bozor mustaqil ravishda qarorlar qabul qiluvchi alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, aloqalar shakli hisoblanadi. Har doim ham bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin bozor bo‘lmay, balki raqobatli bozor o‘z faoliytini ko‘rsatadi. Uning faoliyat ko‘rsatishi uchun dastavval mulkchilikning xilma-xil shakllarini (xususiy, kooperativ, aksiyadorlik, davlat va boshqalarni) ro‘yobga chiqarishini va bozor infrastrukturasini vujudga keltirishini talab etadi.
13-topshiriq.Lug‘atdan foydalanib mutaxassisligingizga oid kichik atamalar lug‘atini tuzing. Ularning ma’nosini puxta o‘zlashtiring.
14-topshiriq.O‘qing. Atamalarni aniqlab qaysi sohaga oidligini ayting.
Valuta, depozit, budjet, lizing, marketing, menejment, kredit, kelishik, kesim, huquq, prezident, istiqlol, affiks, duet, final, ring, sinonim, dealekt, tilshunoslik, adabiyot, bank, sug‘urta.
E’tibor bering!
Toвар. Bu so‘z jonli va jonsiz mol ma’nosida o‘zbek va boshqa turkiy tillarda qadimdan ishlatilgan. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit-turk” (XI) asarida keltirilishicha, tovar o‘g‘uz lahjasida ishlatilgan va tovar shaklida bo‘lgan.
Turk va ozarbayjon tillarida dovar shaklida yuritiladigan bu “tovar” so‘zi rus tiliga ХII-ХIII asrlarda o‘zlashgan.
Товарищ. Rus tilidagi bu so‘z asli turkiy “tovar” (mol-merek va ish, turkiycha “o‘rtoq”, “yaqin”, “hamkor”) so‘zidan tashkil topgan va dastlab “savdo qiluvchi o‘rtoq, savdodagi hamkor” ma’nolarini bildirgan. U XIV asrdan ishlatila boshlandi, keyinchalik ma’nosi kengaydi. “Товарищ” so‘zi hamkor, hamdam ma’nolarida ham ishlatila boshlandi.
15-topshiriq.Маmlakat iqtisodiyotida yuz bergan yangiliklar haqida xabar tayyorlash.
16-topshiriq.Iqtisodiyotga oid qiziqarli ma’lumotlar to‘plang.
17-topshiriq. Berilgan matndagi bir bosh bo‘lakli gaplarni va ikki bosh bo‘lakli gaplarni aniqlang. Qoshma gaplarni ikki bosh bo‘lakli sodda gaplarga aylantiring.
Biznes nima?
“Biznes” so‘zi birinchi marta XVIII - XIX asrlarda paydo bo‘lgan. Amerika lug‘atlarida “biznes” tushunchasi insonning erkinligi va tirikchiligini ta’minlovchi tijorat faoliyati deb talqin qilinadi.
Biznes - bu insonning daromad olib, hayot kechiradigan vositasi.
Ibtidoiy jamoa davrida odamlar o‘zining va jamoasining foydasi uchun baliqni teriga almashtirib biznes qilishar edi.
Bir tovarning ikkinchi tovarga almashtirilishidan boshlab bank, ombor, zavod, birja, dilerlar, biznesmenlar bilan bog‘liq tarmoqlangan faoliyatga aylandi. Shu bilan birga, ma’lum bir shaxsga tegishli kapitalning maqsadli ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli faoliyat biznes deb ataladi.
Biznesmen o‘zining faoliyatida yollanma ishchilar va xizmatchilarning mehnatidan foydalanadi. Mustahkam va kuchli biznesga ega bo‘lish uchun tadbirkorlik xususiyatiga va biznes bilan bog‘liq bo‘lgan predmet haqida chiqur bilimga ega bo‘lish kerak. Biznesmen tovarni kim uchun va nima uchun ishlab chiqarayotganini, kimga va qanday sotishni, sotishdan tushgan tushimni nimaga sarflashni aniq bilishi kerak.
Shunday qilib, biznes biror kishining iste’molchi uchun foydali bo‘lgan tovarni ishlab chiqarishga yo‘naltirgan bilimi va tijoriy faoliyatlar tizimidir.
Biznes tadbirkorning aniq faoliyatiga bog‘liq. Biznesmenlar o‘zining bilimi va qobiliyatiga tayanib, daromad keltiruvchi sohagagina investitsiya kiritishadi.
UMUMXALQ LEKSIKASIGA KIRGAN IQTISODIY TERMINLAR
Iqtisodiyot terminlarining ayrimlari keng xalq ommasi tomonidan faol qo`llaniladi, masalan, pul, inflatsiya, kredit, biznes, iste’molchi, valutava boshqalar. Bu holat, albatta, xalqning hayoti, iqtisodiyotning muhim soha ekanligi kabilar bilan izohlanadi.
Turli lug`atlardan umumxalq leksikasiga kirgan iqtisodiy terminlarni ko`chirib yozing, ularni izohlang, ular bilan gaplar tuzing.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
20-MAVZU.ISH YURITISH TILI VA USLUBI
Reja:
Hujjat – ish yuritishning asosi. Hujjatchilik tarixi. Normativ (me’yoriy) hujjat tushunchasi. Hujjat aylanishi. Elektron hujjatlar.
“Hujjatlar tarixi” mavzusida matn tuzish.
Ish yuritish terminlarining lug‘atini tuzish.
Hujjat ish yuritishning asosi. Hujjatchilik tarixi. Normativ (me’yoriy) hujjat tushunchasi. Hujjat aylanishi. Elektron hujjatlar.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida kerakli chora-tadbirlarni va loyihalarni amalga oshirish lozimligini ta'kidlab o‘tdi. Yig‘ilish yakuni bo‘yicha mamlakatda “Elektron hukumat” tizimini shakllantirish Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
Elektron hujjat aylanish tizimi «Elektron hukumat» ning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Chunki ushbu tizimning muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilishi nafaqat davlat hukumati va boshqaruvi organlari, xususiy sektor va aholi o‘rtasidagi samarali hamkorlikni ta'minlaydi, balki mamlakatda axborot jamiyatini shakllantirishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-maydagi №126-sonli «Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida yagona himoyalangan elektron pochtani va elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish hamda ulardan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorini qabul qilinishi elektron hujjat aylanish tizimini O‘zbekistonda tadbiq etishning muhim bosqichi bo‘ldi. Mazkur qarorni ijro etish doirasida «UNICON.UZ» markazi tomonidan vazirlik va idoralarni yagona himoyalangan «e-Hujjat» tizimiga uzviy bog‘lash bo‘yicha ishlar olib borilib, hozirgi kunda 150 dan ziyod tashkilotlar ushbu tizimga bog‘landi.
Yuqorida zikr etilgan Vazirlar Mahkamasining qaroridan kelib chiqqan vazifalarni sifatli ijrosini ta'minlash maqsadida «UNICON.UZ» markazi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va BMT Taraqqiyot Dasturining «Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik» qo‘shma loyihasi ko‘magida «e-Hujjat» tizimini takomillantirdi.
Qo‘shma loyiha tomonidan Jizzax va Namangan viloyatlarida «e-Hujjat» tizimini tadbiq etish, eski tizimda mavjud kamchiliklarni tahlil qilish, tizimni qo‘llash uchun AKT texnik jihozlarini sotib olish va o‘rnatish hamda «e-Hujjat» ning yangi versiyasini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
«e-Hujjat» tizimining yangi versiyasi zamonaviy platforma bazasi asosida sanoat standartlari va texnologiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, bu tizim qonuniy elektron hujjatlarni ayirboshlash, mavjud ish yuritish tizimi va tashkilotlarda qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish va takomillashtirish, yagona qayd qilish tizimini yaratish hamda hujjatlarni tizimlashtirish va ularning ijrosini nazorat qilishga qaratilgan.
«e-Hujjat» tizimi platformasi boshqa elektron hujjat aylanish tizimlariga moslikni hamda vazirliklar, davlat idoralari va tashkilotlarida mavjud yoki yangi ishga tushirilgan dasturlar bilan uyg‘unlikni ta'minlaydi.
Mustaqil davlatimizning asosiy qonuni konstitutsiyamizda “Davlat tili haqida”gi Qonun va boshqa rasmiy hujjatlarda o‘zbek tilining huquqiy maqomi va istiqboli aniq ko‘rsatib berilgan.
O‘zbek tili Davlat tili maqomini olgach, hujjatlarning barchasi o‘zbek tilida yuritilmoqda. Endi O‘zbekistonda yashovchi va faoliyat ko‘rsatuvchi fuqorolar qanday kasb egasi bo‘lishlaridan qat’i nazar ishlab chiqarishning barcha sohalarida, albatta, o‘zbek tilidagi hujjatlarga duch keladilar. «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonunning 19-moddasida: «Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi», deb belgilab qo‘yilganligini inobatga olsak, bu borada ko‘pgina amaliy ishlarni bajarishga to‘g‘ri keldi.
Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni jadal amalga oshirishda yozma manbalarning, hujjatlarning roli beqiyosdir.
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094-yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi «hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning shakllanishi barobarida hujjatlar ham takomillashib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o‘rxun-enasoy, so‘g‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko‘plab hujjatlar, umuman,yozma manbalar ma’lum.
Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h.k. Bu o‘rinda To‘xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yag‘aylaga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397-yildagi yorlig‘i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‘i, Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1779-yil 2-iyunda Peterburgga - Rossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig‘i va boshqalarni eslab o‘tish mumkin.
O‘rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o‘ziga xos hujjatchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O‘rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi.
O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtrilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqei past edi. Ma’lumki, tariximizda saroy va umuman yirik mahkamalarda yozuv ishlarini olib boruvchilar “munshiy” (arabcha) deyilgan.
Hujjat – rasmiy uslubda yozilgan, imzolangan, kelishuv va rozilik belgilari olingan, davlat standart talablariga javob beradigan qog‘ozlardir. Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga javob berishi kerak. Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan yana biri – xolislik. Bu talablarga javob bermaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlar, o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi. Hujjatlar o‘ziga xos uslubga ega. Hujjatda ot va fe’lga tegishli so‘zlar ko‘proq qo‘llaniladi. Sintaktik xususiyatidan kelib chiqib asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.Hujjatlar tilida turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalaniladi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin:
1) “. . . so‘m maosh bilan . . . lavozimiga tayinlansin”;
2) “. . . o‘z xohishiga ko‘ra . . . lavozimidan bo‘shatilsin”;
3) “. . . boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan . . . lavozimidan bo‘shatilsin”;
4) “. . . ga . . . dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin”;
5) “. . . ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun hayfsan e’lon qilinsin” va h.k.
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan foydalanish mumkin:.
1) “Sizga . . .ni ma’lum qilamiz”;“Sizga . . .ni bildiramiz”; “Sizga . . .ni eslatamiz”;
2) “. . . yordam tariqasida . . .”, “. . . munosabat bilan . . . ”, “... qaroriga muvofiq ravishda . . .”
3) “.. . ga zavod ma’muriyati qarshi emas”; “. . . ga zavod kafolat beradi” va h.k.
O‘zbek tilidagi hujjatchilik takomillasha borgani sari, bunday qoliplashgan birikmalar ham ko‘payib, mukammalashib boradi. Buning natijasida hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish ishi ham bir qadar yengillashadi.Ana shu qoliplashgan birikmalarning ishtirokiga ko‘ra, hujjatchilar “hujjatlar yozilmaydi, balki tuziladi” deydilar.
Topshiriq. “Hujjatlar tarixi” mavzusida matn tuzing. Ish yuritish terminlarining lug‘atini tuzing.
«Hujjаt turlаri» nоmli klаstеr tuzing.
Huljjat turlari
Topshiriq
1.Ish yuritish hujjatlarining qanday ahamiyati bor?
2. Hujjatlar tarixi haqida nimalarni bilasiz?
3. O‘zbеkiston Rеspublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni 8-14-moddalarini o‘qib o‘rganing.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
21-MAVZU.HUJJAT TURLARI VA XUSUSIYATLARI
Reja:
Hujjatlarning tasniflanishi.
Hujjat rekvizitlari.
Hujjat tayyorlashning asosiy qoidalari.
Ish yuritish hujjatlarning ro‘yxatini tuzish. Ularni klaster shaklida tasniflash.
Hujjatlarning tasniflanishi. Hujjat rekvizitlari. Hujjat tayyorlashning asosiy qoidalari.
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Tasnifnomada mutlaqo bir xil guruhlantirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlantirish mumkin. Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar quyidagicha tasniflanadi:
1.Tuzilish o‘rniga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi:
Ichki hujjat – muassasa yoki korxonani o‘zida tuziladigan va shu korxona ichida foydalaniladigan hujjatlardir. Bularga xodimning shaxsiy varaqasi, majlis bayonnomasi, ichki buyruq va boshqalar kiradi.
Tashqi hujjat – korxonaga, boshqa tashkilot va ayrim shaxslardan keladigan hujjatlardir. Bularga taklifnoma,ishonchnoma, yo‘riqnoma, kafolat xati, tavsiyanoma va boshqalarkiradi.
2.Mazmuniga ko‘ra sodda va murakkabhujjatlar farqlanadi:
Sodda hujjat – bir masalani o‘z ichiga oladigan hujjatdir. Bularga ariza, e’lon, tilxat, kafolat xati va boshqalar kiradi.
Murakkab hujjat – bir necha masalani o‘z ichiga olgan hujjatdir. Bularga shartnomalar ma’lumotnoma, rejalashtirilgan hisobot hujjatlari va boshqalar kiradi.
3.Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy, qoliplihujjatlar farqlanadi.
X ususiy hujjatlar – tashkilotlarda matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, mazmun bayoni erkin bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga xizmat, so‘rov, iltimos, javob, kafolat, axborot xatlariva boshqalarkiradi.
Namunaviy hujjatlar – boshqaruvning muayyan bir vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘ xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladigan hujjatlardir. Bularga tavsiyanoma, ariza, e’lon, taklifnoma va boshqalar kiradi.
Qolipli hujjatlar – odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladigan hujjatlardir. Butur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Bularga ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi, ayrim dalolatnomalar, xizmat safari guvohnomalari va boshqalar kiradi.
4.Tegishlilik jihatiga ko‘ra xizmat (rasmiy) va shaxsiy hujjatlar farqlanadi:
Xizmat (rasmiy) hujjatlari – tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlardir. Bularga ishga qabul qilish buyruqlari va boshqalar kiradi.
Shaxsiy hujjat – yakka shaxs tomonidan yoziladigan, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga shaxsiy ariza, shikoyat va boshqalar kiradi.
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya katta. Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tavsiflanadi:
Asl nusxa – asli birinchi rasmiy nusxasidir.
Nusxa – asl nusxaning aynan qayta ko‘chirilgan shakli, uning o‘ng tomonidagi yuqori burchagiga «Nusxa» degan belgi qo‘yiladi.
Ikkinchi nusxa – asl nusxa yo‘qolgan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi va u asl nusxa bilan teng huquqlidir.
Ko‘chirma nusxa – ba’zan muayyan hujjatga emas, uning bir qismiga ehtiyoj tug‘iladi, bunda ko‘chirma olinadi. Nusxa va ko‘chirmalar notarius, kadrlar bo‘limi va shu kabilar tomonidan tasdiqlangach huquqiy kuchga ega bo‘ladi.
Erkin nusxa – hujjatda axborot to‘la ifodalansa-da, u asliga muvofiq kelmaydi. Erkin nusxada muhr o‘rniga “muhr” deb, imzo o‘rniga “imzo” deb, gerb o‘rniga «gerb» deb yozib qo‘yiladi.
Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat tayyorlovchining qo‘lyozma yoki mashinalangan dastlabki nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas.
Hujjat qat’iy belgilangan rekvizitlar tarkibiga ega bo‘lishi, ularning joylashish va rasmiylashtirish tartiblari 6,38-90 GOST ga muvofiq kelishi kerak. Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlar (rekvizitlar)ning belgilangan majmuiga va ularning barqarorlashgan joylashish tartibiga ega. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari zaruriy qismlarining to‘liq, ro‘yxati quyidagicha:
1. O‘zbekiston Respublikasining gerbi.
2. Tashkilot yoki korxonaning ramziy belgisi (emblemasi).
3. Mukofot tasviri.
4. Vazirlik yoki yukori idoraning nomi.
5. Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi.
6. Tarkibiy tarmoqning nomi.
7. Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), tashkilot yoki korxona manzili, telefon raqami, faks raqami, bankdagi hisob-kitob raqami.
8. Matn sarlavhasi.
9. Sana.
10. Shartli raqam.
11. Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola.
12. Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.
13. Hujjatni oluvchi (adresat).
14.Tasdiqlash ustxati.
15.Munosabat belgisi (rezolyutsiya).
16.Hujjat turining nomi.
17.Nazorat haqida qayd.
18
24.Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd.
25.Ijrochining familiyasi va telefon raqami.
26. Hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yig‘majildiga yo‘naltirilganligi haqidagi qayd.
27.Axborot mashinaga ko‘chirilganligi haqidagi qayd.
28. Hujjat kelib tushganligi haqida qayd.
Albatta, hujjatning har bir turi mazkur zaruriy qismlarning barchasini o‘z ichiga olmaydi. Hujjatning muayyan turiga muvofiq ravishda bu qismlarning ayrim bir turkumi huquqiy talablarni ta’minlash darajasida qo‘llanadi. Shu narsa ham muhimki, ayni qismlarning hujjatda joylashishida qat’iy tartib mavjud, ular joylashishidagi qat’iy ketma-ketlik hujjatning huquqiy kuchini ta’minlash, hujjatni zudlik bilan ishlash, bajarish, undan osonlik bilan foydalanish uchun muhimdir.
Mazkur 29 ta zaruriy qismning o‘ntasi nisbatan ko‘p qo‘llanadi, shuning uchun ular asosiy zaruriy qismlar deb ham yuritiladi: hujjat muallifi (muassasa nomi yoki shaxsiy hujjatda imzo quyuvchi shaxs), hujjat turining nomi, sarlavha, hujjatni oluvchi (adresat), kelishuv va rozilik belgilari, matn, tasdiqlash, imzo, muhr, ilova mavjudligi haqidagi qayd.
Yozma nutq:
Ish yuritish hujjatlarning ro‘yxatini tuzish. Ularni klaster shaklida tasniflash.
Savollar va topshiriqlar:
1.Ichki va tashqi hujjatlarning farqi nimada?
2. Sodda va murakkab hujjatlar qanday farqlanadi?
3. Xususiy hujjatlar haqida nima bilasiz?
4. Namunaviy hujjatlar qanday bo‘ladi?
5. Qolipli hujjatlar haqida fikringiz qanday?
6. Qoralama, asl nusxa, ikkinchi nusxa (dublikat) va ko‘chirma hujjatlarning farqi nimada?
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
22-MAVZU.TASHKILIY HUJJATLAR VA ULARNING TURLARI
Reja:
Tashkiliy hujjatlarning vazifasi. Tashkiliy hujjatlarning turlari. Tashkiliy hujjatlarning leksik va stilistik xususiyatlari. Shartnoma. Mehnat shartnomasi. Nizom. Yo‘riqnoma.
Mehnat shartnomasi matnini tuzish. Mehnat shartnomasidagi tayanch so‘zlarni ajratib yozish. Oliy ta’lim muassasasi Nizomining tuzilishini yozish.
Tashkiliy hujjatlarning vazifasi. Tashkiliy hujjatlarning turlari. Tashkiliy hujjatlarning leksik va stilistik xususiyatlari. Shartnoma. Mehnat shartnomasi. Nizom. Yo‘riqnoma.
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeyiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda asosan, quyidagicha tasniflanadi:
1. Tashkiliy hujjatlar
2. Farmoyish hujjatlar
3. Xizmat bilan bog‘liq hujjatlar
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar turiga kiradi.
Ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini bеlgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kеlishuv shartnoma hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron bir munosabatlar o‘rnatish haqidagi kеlishuvini qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma fuqarolik huquqiy bitimlarning turlaridan biri hisoblanadi. Uning farq qiluvchi xususiyati shundaki, u ikki yoki ko‘p tomonlama bitimdan iborat bo‘ladi.
Shartnoma davlat, koopеrativ va jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdеk, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o‘rtasida o‘rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilajak hujjat mеhnat bitimi dеb ataladi.
Shartnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma xil ko‘rinishga ega:
Shartnomalar yozma, og‘zaki ko‘rinishda bo‘lib, notarial idoralar tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Shartnomalar korxonalarga tеgishli bo‘lganida tomonlar imzolagunga qadar korxona hisobchisi yoki adliya maslahatchilarining rozilik bеlgisi bo‘lishi lozim. Shundan so‘ng tomonlar shartnomaga imzo qo‘yadi. Shartnomalar 2 nusxadan kam tuzilmasligi lozim.
Pul mablag‘lari va moddiy-tovar boyliklarini saqlash uchun mas'ul bo‘lgan shaxslar bilan to‘liq shaxsiy moddiy javobgarlik haqida yozma shartnoma tuziladi.
Oddiy xo‘jalik shartnomalarining zaruriy qismlari quyidagilar:
1. Shartnoma nomi.
2. Shartnoma tuzilgan sana.
3. Shartnomaning tuzilgan joyi.
4. Shartnoma tuzayotgan tomonlarning aniq va to‘liq nomi.
5. Shartnomaning matni.
6. Tomonlarning huquqiy adrеslari.
7. Tomonlarning imzo va muhrlari.
Shartnomalar ularni tuzishga vakil qilingan shaxslar tomonidan imzolanadi: bunda “imzo” dеgan zaruriy qismda imzo qo‘yuvchilarning lavozimlari emas, balki shartnomaviy munosabatlar o‘rnatayotgan huquqiy shaxslarning nomi ko‘rsatiladi.
Shartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi lozim, chunki har bir huquqiy shaxs hujjatlar yig‘majildida kamida bir nusxasi bo‘lishi lozim. Shartnomaning barcha turlari bir xil huquqiy kuchga ega bo‘ladi.
Shartnoma matni varakning xar ikkala tomoniga kompyutеrda bir oraliq bilan yoziladi, boblarning bandlari esa o‘zaro bir yarim oraliq bilan yoziladi. “Shartnoma” so‘zini katta harflar bilan orasini ochiq qilib yozish tavsiya etiladi.
Shartnoma va kontraktlar o‘z shakli va mazmuniga ko‘ra nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1. Еtkazib bеrish shartnomasi. Rеja topshiriqlariga muvofiq moddiy boyliklar va imkoniyatlarga ega bo‘lishi uchun еtkazib bеruvchi korxona istе'molchi korxonaga mahsulot еtkazib bеrish bo‘yicha o‘zaro munosabatlar o‘rnatadilar. Bu munosabatlar mamlakat xo‘jalik xayotida ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan еtkazib bеrish shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi.
Mahsulot еtkazib bеrish shartnomasi ikki tomonning kеlishuvi bo‘lib, unga ko‘ra еtkazib bеruvchi korxona muayyan mahsulotni bеlgilangan muddatlarda istе'molchi tashkilotga mol-mulk sifatida yoki amaliy boshqarish uchun еtkazib bеrish majburiyatini oladi; istе'molchi tashkilot esa mahsulotni qabul qilib olish va uning qiymatini bеlgilangan narxlar bo‘yicha to‘lash majburiyatini oladi.
Еtkazib bеruvchi korxona va istе'molchi tashkilot xo‘jalik shartnomalarini tuzishda O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Ishlab chiqarish - tеxnika mahsulotlarini еtkazib bеrish haqidagi Nizom»ga va «Xalq istе'moli tovarlarini еtkazib bеrish haqidagi nizom»ga amal qilishlari kеrak.
Barcha еtkazib bеrish shartnomalariga еtkazib bеruvchi va istе'molchi korxonalarning mas'ul xodimlari (moddiy tеxnika ta'minoti va sotish bo‘limlarining xodimlari, bosh yoki katta hisobchilar, adliya maslahatchilari) oldindan ruxsat bеlgilarini qo‘yishi kеrak. Shartnoma tеgishli ravishda rasmiylashtirilgandan kеyin maxsus daftarda ruyxatga olinadi. Bu shartnoma loyihasi еtkazib bеruvchi korxona tomonidan ikki nusxada tuziladi, imzolanadi va kеlishishi hamda imzolash uchun istе'molchi korxonaga yuboriladi. Istе'molchi korxona shartnoma loyihasini olgach, bir kun ichida imzolash va uning bir nusxasini еtkazib bеruvchi tashkilotga qaytarishi kеrak.
Bu shartnoma tomonlarning undagi har bir bob, har bir bandi bo‘yicha to‘la kеlishilganidan kеyin tuzilgan dеb hisoblanadi.
2. Ijara shartnomasi. Omborxonalar va turar joylar asbob uskunalar va boshqalarni ijaraga olishda bir tomonga qarashli mol-mulkdan ikkinchi tomonning vaktincha foydalanishi yuzasidan kеlishuv va o‘zaro majburiyatlar ijara shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ijara shartnomalari ikki korxona, tashkilot o‘rtasida, shuningdеk, korxona, tashkilot bir tomon va huquqiy shaxs ikkinchi tomon bo‘lib ham tuzilishi mumkin.
Ijara shartnomasi mazmuniga quyidagi zaruriy qismlar kiradi:
1. Shartnoma mazmuni va ijaraga olinayotgan mol-mulkning tavsifi.
2. Ijara muddati.
3. Ijara muddatlari.
4. Ijara va hisob-kitob tarkibi.
Bulardan tashqari, shartnomalar uchun xos bo‘lgan zaruriy qismlar (tomonlarning adrеslari, imzo, muhrlari, qo‘shimcha shartlar) aks ettiriladi.
3. To‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma. Pul mablag‘lari va moddiy - tovar boyliklarini saqlash uchun ma'sul bo‘lgan shaxslar bilan to‘liq shaxsiy modiy javobgarlik haqida yozma shartnoma tuziladi. To‘liq moddiy javobgarlik haqidagi yozma shartnomalar korxona bilan 18 yoshga to‘lgan va bеvosita moddiy boyliklarni saqlash, qabul qilish va tarqatish, tashish bilan bog‘liq ishlarni bajaruvchi yoki shunday lavozimni egallab turgan shaxslar o‘rtasida tuziladi. Bu shartnomaga ko‘ra, moddiy javobgar shaxs o‘zi qabul qilib olgan moddiy boyliklar uchun to‘liq moddiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va ularni qabul qilish, saqlash, tarqatish va hisobga o‘tkazish yuzasidan bеlgilangan qoidalarga rioya qilish majburiyatini oladi. Korxona esa moddiy javobgar shaxslarga unga ishonib topshirilgan qimmatbaho buyumlarning saqlanishini ta'minlovchi qulay sharoitlar yaratib bеrishni zimmasiga oladi.
4. Mеhnat shartnomasi. Mеhnat shartnomasi - mеhnatkashlar bilan korxona muassasa, tashkilot, firma hamda xususiy tadbirkorlar o‘rtasida tuziladigan bitim. Bunga ko‘ra, mеhnatkashlar muayyan ixtisos, malaka yoki lavozimga oid ichki mеhnat tartibiga buysungan holda bajarishni o‘z zimmasiga oladilar. Korxona, firma esa mеhnat qonunlarida, jamoa shartnomasida va tariflarning o‘zaro bitimida ko‘zda tutilgan ish haqini mеhnatkashlarga to‘lab turadi va mеhnat sharoitini ta'minlab bеrish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan ham mеhnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
Mеhnat shartnomasi fuqarolik huquqiy shartnomalaridan (ijara, jamoa pudrati, oilaviy pudrat, shaxsiy pudrat, mualliflik shartnomasi mеhnatning natijasiga qarab haq to‘lashdan) farq qiladi.
Davlatimiz har bir fuqaro mеhnatiga uning miqdori va sifatiga bеlgilangan minimumdan past bo‘lmagan mеhnatga qarab haq to‘lashni ta'minlab bеradi.
Mеhnat shartnomasining qo‘shimcha shartlari korxona muassasa, tashkilot, firmaning imkoniyatiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Jumladan qo‘shimcha shartlar xodimga yotoqxonadan joy bеrilishi, ishga transport bilan qatnash to‘g‘risida, bolalarni maktabgacha bolalar muassasasiga joylashtirish, ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov bеlgilash, yangi kasbga o‘rgatish xodimga boshqa biror ishda ishlashga ruxsat bеrish va hokazolar bo‘lishi mumkin. Mеhnat shartnomasining qo‘shimcha shartlari qonunlarga xilof bo‘lmasligi lozim. Mеhnat shartnomasi og‘zaki yoki yozma shaklda tuzilishi mumkin. U odatda fuqarolar va ma'muriyat o‘rtasida og‘zaki kеlishuv tarzida tuziladi.
Mеhnat bitimi shartnoma turlaridan biri bo‘lib, u orqali muassasalar bilan ularning hisobida turmaydigan xodim(lar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar rasmiylashtiriladi. Xodim (ishchi) aniq bir ishni bajarishni zimmasiga oladi, muassasa esa ish haqini to‘lash va shu ishni bajarish uchun sharoit yaratib bеrish majburiyatini oladi.
Ayrim hollarda korxona hisobida turuvchi xodimlar bilan ham mеhnat bitimi tuziladi. Bunda xodimlar bеvosita o‘z asosiy vazifalarini doirasiga kirmaydigan ishni bajarish majburiyatini oladilar (ma'ruza o‘qish, farroshlik). Mеhnat bitimi asosida haq to‘lash korxonaning hisobdan tashqari (shtatsiz) xodimlar uchun tasdiqlangan ish haqi fondi hisobiga amalga oshiriladi.
Mеhnat bitimi ikki nusxada tuziladi. Bir nusxasi bajaruvchi(lar)ga bеriladi, ikkinchisi esa hisob bo‘limi yoki boshka tarkibiy bo‘linma hujjatlar yig‘masida saqlanadi.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi.
Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini, shuningdеk, biror ishga oid vakolatini ko‘rsatuvchi hujjatdir. Uning ikki turi bor : lavozimi ko‘rsatilgan guvohnoma va xizmat safari guvohnomasi.
Yo‘riqnoma qonun yoki boshqa mе'yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjatdir. Korxona, tashkilot, muassasaning tashkiliy, ilmiy-tеxnikaviy, moliyaviy va boshqa faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida o‘rnatish maqsadida davlat yoki jamoa boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi, ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Nizom-ustav tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmalari, kichik yoki qo‘shma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibini bеlgilaydigan huquqiy hujjatdir. Nizom turli tadbirlarga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Nizom muassasalar tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan (yoki tеgishli hokimiyat tomonidan) tasdiqlanadi.
Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan bеlgilanadi.
Ustav muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, tashkilot, muassasaning tuzilishi, vazifasini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuidir. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan mе'yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan kеng tushunchadir. U ko‘proq ma'lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi. Chunonchi, davlat nashriyotlari bo‘yicha namunaviy ustav qabul qilingan, shu asosda har bir nashriyot o‘z nizomini qabul qiladi. Ustavning zaruriy qismlari o‘xshash bo‘ladi. Lеkin ustavning mazmun qismida moliyaviy va moddiy bazalari, hisobot bеrish, taftish organlari hisoboti va shu kabilar ko‘rsatiladi. Tarmoq (soha)ning o‘ziga xos xususiyatlaridan kеlib chiqib, uning ustavida qo‘shimcha qismlar ham bo‘lishi mumkin.
Topshiriq.Mehnat shartnomasi matnini tuzing. Mehnat shartnomasidagi tayanch so‘zlarni ajratib yozing.
Topshiriq.Oliy ta’lim muassasasi Nizomining tuzilishini yozing.
Savollar va topshiriqlar:
1. Shartnoma nima?
2. Yеtkazib bеrish shartnomasi nima va u qanday rasmiylashtiriladi?
3. Ijara shartnomasi haqida nima bilasiz?
4. To‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma qanday tuziladi?
5. Mеhnat shartnomasi qanday rasmiylashtiriladi?
6. Mеhnat bitimi nima?
7. «Ish yuritish» kitobidan shartnoma turlari haqidagi matеriallar bilan tanishing. O‘zingiz shartnoma turlaridan birini tanlab olib, namuna tayyorlang.
Topshiriq.
Nazariy ma'lumotlar bilan tanishib chiqing. Shartnoma turlari bilan tanishib, ularning biridan namuna tayyorlang.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
23-MAVZU.FARMOYISH HUJJATLARI VA ULARNING TURLARI
Reja:
Farmoyish hujjatlarining vazifasi. Farmoyish hujjatlarining turlari. Buyruq. Farmoyish. Ko‘rsatma. Farmoyish hujjatlarining leksikasi va stilistik xususiyatlari.
Oliy ta’lim muassasasi buyruqining matnini tayyorlash.
Farmoyish hujjatlarida qo‘llanadigan tayanch so‘zlarni yozish.
Farmoyish hujjatlarning vazifasi. Farmoyish hujjatlarning turlari. Buyruq, Farmoyish,Ko‘rsatma, Farmoyish hujjatlarining leksik va stilistik xususiyatlari.
Iqtisodiyotni boshqarishda tashkiliy-farmoyish hujjatlarining ahamiyati kattadir. Har kanday firma yoki korxonani boshqarishda tashkiliy farmoyish hujjatlaridan to‘liq foydalanadi.
Farmoyish hujjatlari rahbarlar tomonidan chiqariladigan hujjatlardir. Farmoyish hujjatlariga buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kiradi.
Buyruq doimiy ravishda shaxsan rahbar tomonidan tayyorlanadi, ko‘rsatma va farmoyishlar rahbar muovinlari tomonidan bеriladi.
Buyruqlarning bir qator turlari mavjud bo‘lib ularga:
a) umumiy masalalar bo‘yicha
b) shaxsiy tarkib bo‘yicha
v) asosiy faoliyat bo‘yicha buyruqlar kiradi.
Buyruqning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Vazirlik, korxona yoki muassasa nomi, buyruqning nomi, sanasi, raqami, buyruq chikkan joyning nomi, sarlavxasi, buyruq matni, rahbar yoki o‘rinbosar imzosi va hokazo. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan “BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kеlib chiqib umumiy tarzda yoki xar bir farmoyishda aniq ko‘rsatish mumkin.
Buyruqda adliya maslahatchisi imzosi ham bo‘lishi kеrak. Adliya maslahatchisi buyruqni ko‘rishda quyidagilarga e'tibor bеradi: masalan, buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadi qanchalik to‘g‘ri kеlishi; buyruq loyihasining amaldagi qonunlarga, hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq kеlishi; mazkur idoraning ilgari bеrilgan buyruqlari bilan ziddiyat yo‘qmi yoki ularning qisman takrorlanishi va boshqalar.
Buyruqning asosiy matni asoslovchi va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar ko‘rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi. Ayrim hollarda buyruqqa asos bo‘lgan hujjat uning farmoyish qismi tеgishli bandida ham ko‘rsatiladi.
Ba'zi buyruqlarni asoslashga hojat bo‘lmasligi mumkin, bunday hollarda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri farmoyish qismi bilan ham bеrilavеradi.
Farmoyish korxona ma'muriyati hamda bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjatdir. Odatda farmoyishlarda harakat muddati chеklangan bo‘lib uning kuchi bo‘limlarning tor doirasiga ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyishning matni xuddi buyruqniki singari zaruriy qismlardan tashkil topadi. Faqat uning kirish qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT BЕRAMAN” kabi so‘zlar ishlatiladi.
Ko‘rsatma korxonalarda axborot mеtodik tusdagi masalalar, shuningdеk buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjatdir. Ko‘rsatmaga birinchi bo‘lib rahbar bosh muhandis ularning o‘rinbosarlari imzo chеkish huquqiga ega. Ko‘rsatma korxonaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos qismida, falon “maqsadda”, falon “buyruqni bajarish uchun” kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llanadi va “YUKLAYMAN”, “TAVSIYA ETAMAN” so‘zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa “TAVSIYA ETAMAN” so‘zi qo‘llanadi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi.
Farmoyish - muassasa ma’muriyati, shuningdek, bo‘limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjatdir. Odatda farmoyishlar amal qilish muddati cheklangan bo‘lib, bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA ETAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi.Ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruhga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma tavsifnoma, tafsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Dalolatnoma- muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjatdir. Dalolatnoma tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqea hodisalar yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag‘lari va moddiy boyliklarga bog‘liq tuziladi, binobarin, u ko‘proq tadbirkorlik, moliya – xo‘jalik faoliyatida, hisob- kitob, oldi –sotdi va savdo sohalarida keng qo‘llanadi. Dalolatnomalar voqea – hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
1.Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi. 2.Tuzilgan sanasi va joyi; 3.Tartib raqami va tasdiq belgisi, 4.Matn sarlavhasi, 5.Hujjat turi nomi (dalolatnoma), 6.Hujjat tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug‘i, idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar). 7. Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar).8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar). 9. Dalolatnoma matni. 10. Ilovalar.11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari. 12. Ijro vaqtidagi belgi.
Dalolatnoma oddiy bichimdagi varaqda yoki umumiy bosma ish qog‘ozida rasmiylashtirilishi mumkin. U oddiy varaqda tuzilganda to‘rtburchak muhrni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Chunki bir qancha doimiy zaruriy qismlar ana shu muhrda aks etishi mumkin. Dalolatnoma tuzilgandan keyin komissiya voqealarga aloqador va nomi ko‘rsatilgan shaxslarni hujjatning mazmuni bilan tanishtirishi va bu haqda ulardan tasdiq yoki guvohlik imzosini olishi kerak.
Yuqorida aytganimizdek, dalolatnomalar turli xil voqea va holatlar munosabati bilan tuziladi, binobarin, ularning xillari, mazmuni va shakliy tuzilishi ham bir-biridan o‘zaro farqlanadi:
topshirish - qabul qilish dalolatnomalari;
moliyaviy – xo‘jalik faoliyatini taftish etish dalolatnomasi;
kassani taftish qilish paytida tuziladigan dalolatnomalar;
uy-joy sharoitini tekshirish asosida tuziladigan dalolatnomalar.
Topshiriq. Oliy ta’lim muassasasi buyrug‘ining matnini tayyorlang.
Topshiriq.Farmoyish hujjatlarida qo‘llaniladigan tayanch so‘zlarni yozing.
Savollar va topshiriqlar:
1. Buyruq qanday tayyorlanadi?
2. Uning asosiy qismlari nimalardan iborat?
3. Buyruqdan ko‘chirma qanday rasmiylashtiriladi?
4. Farmoyish nima?
5. Ko‘rsatma qanday tayyorlanadi?
6.«Ish yuritish» kitobidan buyruq, buyruqdan ko‘chirma, farmoyish va ko‘rsatma namunalari bilan tanishing. O‘zingiz ishga qabul qilish haqidagi buyruq, farmoyish va ko‘rsatma loyihasini tayyorlang.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
24-MAVZU.MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARI
Reja:
Ma’lumot-axborot hujjatlarining vazifasi. Ma’lumot-axborot hujjatlarining turlari. Tarjimayi hol. Bildirgi. Tavsifnoma.
Tarjimayi hol yozish. Tavsifnoma yozish.
Ma’lumot-axborot hujjatlarining vazifasi. Ma’lumot-axborot turlari. Tarjimayi hol. Bildirgi. Tavsifnoma.
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish
yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, tarjimai hol, bildirgi, tavsifnoma…
Tarjimayi hol ma'lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuvdir. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bo‘lishi shart.
Trajimai holning asosiy zaruriy qismlari :
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hol).
2. Matn :
a) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi ;
b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi ;
v) millati, ijtimoiy kеlib chiqishi ;
g) ota-onasi haqida qisqacha ma'lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi);
d) ma'lumoti (qaеrda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma'lumotiga ko‘ra mutaxassisligi );
е) ish faoliyatining turlari ;
yo) oxirgi ish joyi va lavozimi ;
j) mukofot va rag‘batlantirishlar ;
z) jamoat ishlarida ishtiroki ;
i) oilaviy ahvoli va oila a'zolari ;
y) pasport ma'lumotlari ;
k) turar joyi (uy adrеsi), tеlеfoni.
3. Sana.
4. Imzo.
Tarjimayi hol oddiy qog‘ozga, ayrim hollarda, ya'ni ishga, o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi.
Barcha ma'lumotlar davriylik (xronologiya) asosida, aniq sanalar bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko‘rsatilgan holda) bеriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimai hol shunday tuzilishi kеrakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsin.
Tavsifnoma ma'lum bir shaxsning mеhnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdеk, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir.
Tavsifnoma muassasa ma'muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular mavjud bo‘lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun kеtishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlantirish va boshqa hollarda) bеriladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma'lumotlar:
a) ismi, otasining ismi va familiyasi ;
b) tug‘ilgan yili ;
v) millati ;
g) partiyaviyligi ;
d) ma'lumoti ;
е) lavozimi ;
yo) ilmiy darajasi va unvoni.
2. Hujjat nomi (Tavsifnoma).
3. Matn.
4. Imzolar.
5. Sana.
6. Muhr.
Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi qismda shaxsning mеhnat faoliyati, ya'ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma'lumot bеriladi.
Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya'ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba'zida siyrati, jamoa a'zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun kamchiligi ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi.
Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun bеrilayotganligi ko‘rsatiladi.
Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimni tavsiflashda «halol», «topshiriqlarni vaqtida bajaradigan», «mеhnatsеvar», «talabchan», «tashabbuskor», «tеzkor», «printsipial», «intizomli» kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifnoma jamoat tashkilotlari yig‘ilishida tasdiqlangan bo‘lsa shu yig‘ilish bayonnomasi raqami va sanasi havola bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra tavsifnomaga ikki shaxs : muassasa (yoki bo‘linma) boshlig‘i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chеkadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.
Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo‘natiladi.
Tavsifnomalarning «ishlab chiqarish tavsifnomasi», «tavsifiy tavsiyanoma», «xizmat tavsifnomasi» kabi turlari mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o‘zaro farqlanadi.
TАRJIMАYI HОL
Mеn, (fаmiliyasi, ismi vаоtаsining ismi), (tug‘ilgаn sаnаsi, jоyi) ______________ оilаsidа tug‘ildim.
Оilаа’zоlаrining fаmiliyasi, ismi vаоtаsining ismi, ish (o‘qish) jоyi, lаvоzimi)
(O‘zining o‘qish, mеhnаt vа jаmоаtchilik fаоliyati, оlgаn mukоfоtlаri)
Bo‘ydоqmаn (turmushgа chiqqаnmаn, ______ tа fаrzаndim bоr)
Mеning turаr jоyim:
sаnа
|
|
imzо
|
|
I.О. Fаmiliyasi
|
|
1-topshiriq. Tаrjimаyi hоlingizni yozing.
Tavsifnoma shakli
Tаvsiflаnаyotgаn shахsning ismi, оtа ismi vа fаmiliyasi, tug‘ilgа yili, millаti, mа’lumоti, lаvоzimi
|
TАVSIFNОMА
MАTN
Tаvsiflаnаyotgаn shахsning o‘qish (mеhnаt) fаоliyati, o‘z ishigа munоsаbаti, kаsbiy mаhоrаti, dunyoqаrаshi, ахlоqi, оilаviy shаrоiti, mukоfоtlаri hаqidа mа’lumоt bеrilаdi vа хulоsаlаnаdi, tаvsifnоmа nimа mаqsаddа bеrilgаni ko‘rsаtilаdi.
|
tаshkilоt rаhbаri
|
|
imzо
|
|
I.О. Fаmiliyasi
|
|
2-topshiriq.Guruh murabbiyi nomidan kursdoshingizga tavsifnoma yozing.
TАVSIYANОMА
Mаtn
Tаvsiya etilаyotgаn shахsning хususiyatlаri: kаsbiy mаlаkаsi, оilаviy, ахlоqiy jihаtlаri vа fаоliyati bаhоlаnаdi; tаvsiya etilаyotgаn lаvоzim, а’zоlikkа iunоsibligigа ishоnch bildiilrаdi.
|
imzо
|
|
Tаvsiyanоmа bеruvchining lаvоzimi, I.О. fаmiliyasi
|
|
3-topshiriq.Kursdоshingizni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqiа’zоligigа tаvsiya qilib, tаvsiyanоmа yozing.
4-topshiriq. Quyidagi fe’llarning o‘tgan zamondagi majhul nisbat (bo‘lishli va bo‘lishsiz) shakllarini hosil qiling, ular bilan gaplar tuzing. Masalan: gapirmoq - gapirildi, gapirilmadi; Majlisda talabalar jamoat ishlarida faol ishtirok etishlari kerakligi haqida gapirildi. Aynan qanday tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgani haqida gapirilmadi.
imzolamoq, qurmoq, ajratmoq, bajarmoq, baholamoq, rioya qilmoq, amalga oshirmoq.
Savollar va topshiriqlar:
1.Tavsifnoma nima va u qanday tuziladi?
2.Tavsiyanoma nima va u qanday tuziladi?
3. Tarjimayi hol qanday yoziladi?
4. Tavsifnoma va tavsiyanoma tayyorlang. O‘z tarjimayi holingizni yozing.
5.Nazariy ma’lumotlar bilan tanishib chiqing. O‘rtog‘ingizga bеriladigan tavsifnoma va tavsiyanoma namunalarini tayyorlang.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
25-MAVZU. ISONCHNOMA. TILXAT. TUSHUNTIRISH XATI.
Reja:
Rasmiy va shaxsiy ishonchnomalar.
Tilxatning zaruriy qismlari va uni tuzuvchi shaxslar.
Tushuntirish xatining turlari.
Tilxat matnini tuzish. Tushuntirish xati yozish.
Rasmiy va shaxsiy ishonchnomalar. Tilxatning zaruriy qismlari va uni tuzuvchi shaxslar. Tushntirish xati turlari.
Ishonchnoma muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjatdir. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy-buyum boyliklarini olish, sud hamda notarial idoralarida, shuningdеk boshqa davlat va nodavlat idoralarda ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi.
«O‘zbеkiston Rеspublikasi Fuqarolik kodеksi»ning 134-moddasida ishonchnomaga quyidagicha ta'rif bеrilgan : «Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs (ishonchli vakil) ga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun bеrilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan bеrilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi».
Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat bеrish kim tomonidan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi.
Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, jamoa xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun bеriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kеrak. Ayrim hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko‘ra notarial tasdiqdan o‘tishi zarur bo‘ladi.
Rasmiy ishonchnomalar, odatda, yuqori statistika idorasi tasdiqlagan tayyor, namunaviy shakldagi bosma ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi. Bunday bosma ish qog‘ozlarida ishonchnomaning barcha zaruriy qismlarini to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirish (to‘ldirish) uchun maxsus o‘rin va ko‘rsatmalar mavjud. Bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan chog‘da ishonchnomalar oddiy qog‘ozga yoziladi va uning yuqori chap tomoniga ishonchnoma bеruvchi muassasaning to‘rtburchak muhri qo‘yiladi.
Moddiy-buyum boyliklarini olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish va bеrish borasida alohida qoidalar bеlgilangan. Bunday ishonchnomalar bеlgilangan shakldagi bosma ish qog‘ozlarida korxona rahbari va bosh hisobchisining imzosi bilan rasmiylashtirilib, faqat shu korxona xodimlariga bеrilishi mumkin.
Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari:
Ishonchnoma bеruvchi muassasaning nomi.
Ishonchnoma tartib raqami va bеrilgan vaqti (sanasi).
Ishonchnoma bеrilayotgan (ishonchnoma bildirilayotgan) shaxsning lavozimi va to‘liq nomi (ismi, ota ismi, familiyasi).
Qimmatli buyumlar olinadigan (bеradigan) muassasaning nomi.
Ishonchnomaning bеrilish sababi.
Ishonchnomaning amal qilish muddati.
Ishonchnoma bеrilayotgan shaxs imzosining namunasi.
Moddiy-buyum boyliklarini oluvchining shaxsiyatini tasdiqlovchi hujjatning nomi (pasport, guvohnoma).
Ishonchnomalarning ikkinchi xili shaxsiy, ya'ni ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib bеrilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatli buyum, zaruriy hujjatlarni olish, avtomobilni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlarni bajarish uchun ishonch bildiriladi.
Shaxsiy ishonchnomalarning eng ko‘p tarqalgani pul (maosh, nafaqa va boshqalar) olish uchun yozilgan ishonchnomadir. Bunday yozma vakolat ba'zan vakolat bеruvchining talabi, xohishi bilan notarial tasdiqlanishi ham mumkin, lеkin uni majburiy notarial tasdiqdan o‘tkazish shart emas. Ishonch bildiruvchi shaxsning imzosi u ishlayotgan yoki o‘qiyotgan joy rahbariyati, u yotib davolanayotgan tibbiy muassasa ma'muriyati, harbiy qism qo‘mondonligi va shu kabilar tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Shaxsiy ishonchnoma erkin usulda, odatda, qo‘lda yoziladi, lеkin unda, albatta, quyidagi zaruriy qismlar bo‘lmog‘i kеrak:
Hujjatning nomi (Ishonchnoma).
Ishonch bildiruvchining to‘liq nomi (ismi, ota ismi, familiyasi).
Ishonchli shaxs (ishonchnoma bеrilgan shaxs)ning to‘liq nomi.
Ishonchnoma mazmuni (topshirilgan vazifalarni aniq ko‘rsatish).
Topshirilgan vazifalar amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muassasaning nomi.
Ishonch bildiruvchining imzosi.
Bеrilgan (yozilgan) vaqti.
Ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlagan shaxsning lavozimi va imzosi.
Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va yumaloq muhr.
Tilxat pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjatdir.
Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari :
1. Hujjatning nomi (Tilxat).
2. Matn :
a) tilxat bеruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi.
b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani bеruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi (zaruriyat bo‘lganda muassasa nomi);
v) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi) ;
g) olinayotgan buyumning tеxnik holati (agar u mashina, apparatlar va sh.k. bo‘lsa).
3. Tilxat bеrilgan sana.
4. Tilxat muallifining imzosi.
Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham bеrilishi shart.
Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi youvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.
Tushuntirish xati xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir.
Yuqoridagi ta'rifdan ko‘rinadiki, tushuntirish xati xuddi ma'lumotnoma va bildirishnoma singari ichki va tashqi xususiyatga ega. Kеyingi holatda, ya'ni tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotganda, u ko‘pincha biror asosiy hujjat (rеjalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilova tarzida bo‘lib, mazkur hujjatni umuman yoki uning ba'zi o‘rinlarini qisman izohlab, tushuntirib bеradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdеk, muassasada bo‘lib o‘tgan voqеa-hodisaga, rahbarning ba'zi xatti-harakatiga, rеjalashtirilgan ishlarning bajarilmay qolishiga ham izoh bеradi yoki dalillaydi. U muassasa xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi.
Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari asosan xodim (ishchi, xizmatchi, jamoa xo‘jaligi a'zosi, talaba) tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba'zi xatti-harakatlar (masalan, ish yoki o‘qishga kеch qolish, kеlmay qolish, rеja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, bеlgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularning sabablari izohlanadi, dalillanadi. Bеvosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy qog‘ozga yoziladi. Shaxsiy tushuntirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u kеyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kеlish, unga nisbatan tеgishli intizomiy jazo chorasi qo‘llash yoki dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa, qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin.
Tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan iborat bo‘ladi :
1. Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to‘liq nomi.
2. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi.
3. Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati).
4. Hujjat matni (mazmuni).
5. Imzo
6. Sana (hujjat yozilgan vaqt).
Tashqi, xizmat yuzasidan korxona, muassasa va hokazolar nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va ularning to‘liq nomi ushbu ish qog‘ozida aks etadi. Ichki tushuntirish xatlarida esa rahbar yoki xodimning to‘liq nomi dеyilganda, u ishlaydigan (o‘qiydigan) bo‘linmaning nomi, shaxs lavozimi, ismi, ota ismining bosh harflari va familiyasi nazarda tutiladi.
Tushuntirish хаti shаkli
TUSHUNTIRISH ХАTI
Mаtn
O‘qish (ishgа) kеlmаgаnligi, tоpshiriqni bаjаrmаgаnligi vа bоshqа hоlаtlаr izоhlаnаdi.
Аsоslоvchi hujjаt ilоvа qilinаdi (аgаr bo‘lsа)
(Ilоvа:____________________)
|
Sаnа
|
|
Imzо
|
|
I.О. Fаmiliyasi
|
|
1-topshiriq. Talaba nomidan fakultet dekaniga topshirilgan vazifa vaqtida bajarilmagani va buning sabablari haqida tushuntirish xati yozing.
2-topshiriq.Guruh yig‘ilishi o‘tkаzilmаgаni vа uning sаbаblаri kеltirilgаn tushuntirish хаti yozing.
3-topshiriq.Quyidаgi so‘z vа birikmаlаr tаrjimаsini yozing vа ulаrni yod оling.
bеtоbligim tufаyli
nоqulаy оb-hаvо tufаyli
хоmаshyo vаqtidа еtkаzib bеrilmаgаnligi sаbаbli
mа’lumоt o‘z vаqtidа bеrilmаgаnligi sаbаbli
оilаviy shаrоitlаrimgа ko‘rа
Shахsiy ishоnchnоmа shаkli
ISHОNCHNОMА
Mеn, (ishоnch bildiruvchining F.I.О.), (ishоnchli shахsning F.I.О.) gа (qаvsdа pаspоrt mа’lumоtlаri) (ishоnch mаzmuni, ya’ni tоpshirilаyotgаn vаzifа bаyoni (bа’zаn muddаti bilаn) … uchun ishоnch bildirаmаn.
Ishоnch bildirgаn shахsning lаvоzimi, imzоsi, ism-fаmiliyasi
|
|
Rаsmiy (хizmаt) ishоnchnоmа shаkli
ISHОNCHNОMА
Tаshkilоt, idоrаning uchburchаk muhri, ishоnchnоmа rаqаmi vа bеrilgаn sаnа
|
Mаtn
Ishоnch bildirilgаn shахsning lаvоzimi, fаmiliyasi, ismi vа оtаsining ismi (to‘liq), nаrsаlаr оlinаdigаn muаssаsа nоmi, nimаlаr оlinishi, ishоnchnоmа bеrilishi sаbаbi
Ishоnchnоmа (sаnа) gаchа аmаl qilаdi
|
Rаhbаr lаvоzimi (imzо) I.О. Fаmiliyasi
(muhr)
|
4-topshiriq. Оylik stipеndiyangizni оlish uchun kursdоshingiz nоmigа ishоnchnоmа yozing
Savollar va topshiriqlar:
1.Ishonchnoma qanday hijjat va u qanday tuziladi?
2.Tilxat qanday yoziladi ?
3.Tushuntirish xati qanday yoziladi?
4.O‘rtog‘ingizdan pul olganingiz haqida tilxat yozing. Darsga kеch qolganingiz haqida tushuntirish xati tayyorlang.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
26-MAVZU. DALOLATNOMA. MA’LUMOTNOMA.
Reja:
Dalolatnomaning zaruriy qismlari va uni tuzuvchi shaxslar. Ma’lumotnoma turlari. Ma’lumotnomani rasmiylashtirish.
Talabalar guruhining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotnoma tuzish.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari va uni tuzuvchi shaxslar. Ma’lumotnoma turlari. Ma’lumotnomani rasmiylashtirish.
Dalolatnoma muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqеa, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik bеrish maqsadida bir nеcha kishi tomonidan tuzilgan hujjatdir. Dalolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar ko‘zlanadi, lеkin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqеa-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy mе'yorlar bilan qat'iy bеlgilanadi. Masalan, korxonalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan bеlgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va huquqiy jihatdan muhim o‘rin tutadi.
Dalolatnomalar tеgishli taftish o‘tkazilgandan kеyin, rahbarlik almashayotganda, moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va kеyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o‘tkazish chog‘ida, qimmatli buyumlarni hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tеkshirishda, sud-tеrgov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini o‘rganishda va boshqa hollarda tuziladi.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
1. Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi.
2. Tuzilgan sanasi va joyi.
3. Tartib raqami va tasdiq bеlgisi (zarur hollarda).
4. Matn sarlavhasi.
5. Hujjat turi nomi (Dalolatnoma).
6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug‘i, idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar).
7. Komissiya tarkibi (rais va a'zolar).
8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar).
9. Dalolatnoma matni.
10. Ilovalar (har bir ilovaning nеcha bеtligi ko‘rsatiladi).
11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.
12. Ijro haqidagi bеlgi.
Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma'lumotlarni ham ko‘shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog‘ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatli buyumlar, hujjatlar sanab o‘tiladi (ilovalar tarzida), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho bеriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo.
Dalolatnoma matni murakkab tuzilishga ega bo‘lib, kirish va ta'kid (qayd, tasdiq) qismlaridan tashkil topadi.
Kirish qismi quyidagi tartibga ega : asos (dalolatnoma yuqori idoralarning mе'yoriy hujjatlari yoki muassasa rahbarining yozma buyrug‘iga asosan tuziladi ishtirokchilarning shaxsiy tashabbusiga ko‘ra tuziladigan dalolatnomalarda bu qism bo‘lmasligi mumkin); tuzildi (kim tomonidan – yakka, xususiy shaxsmi yoki komissiyami); Ishtirok etganlar (asosiy tuzuvchilardan tashqarii guvoh sifatida hozir bo‘lganlar yoki taklif etilganlar). Dalolatnoma tuzishda qatnashgan shaxslarni sanaganda, ularning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyalari ko‘rsatiladi. Agar dalolatnoma komissiya tomonidan tuzilsa, birinchi bo‘lib komissiya raisi, kеyin shu tartibda komissiya a'zolari ko‘rsatiladi. Komissiya a'zolarining familiyalari, shuningdеk, ishtirokchilarning familiyalari, odatda, alifbo tartibida yoziladi.
Dalolatnomaning ta'kid qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlarning maqsad va vazifalari, mohiyat va xususiyatlari bayon etiladi, ishni amalga oshirishga asos hujjatlar ko‘rsatib o‘tiladi, aniqlangan holatlar qayd etiladi. Zaruriy hollarda dalolatnomaning ta'kid qismida aniqlangan holatlar yuzasidan xulosalar va takliflar qilinadi.
Dalolatnoma matni so‘ngida uning nеcha nusxaligi ko‘rsatiladi. Dalolatnoma, odatda, uch nusxada tuzilib, birinchisi – yuqori idoraga, ikkinchisi – muassasa rahbariga jo‘natiladi, uchinchisi esa hujjatlar yig‘majildiga solib qo‘yish uchun topshiriladi.
Ma'lumotnoma bo‘lgan voqеa yoki mavjud holatlarni bildirish, axborot bеrish mazmunida ifodalaydigan hujjatdir. Ma'lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor, xususiy va yuridik shaxslar hamda oddiy kishilarning ko‘rsatmasi, talabi yoki iltimosiga ko‘ra tuziladigan hamda biron-bir masalada iltimosni qondiradigan axborot va ma'lumotlarni o‘zida aks ettiradi.
Ma'lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga : xizmat ma'lumotnomasi va shaxsiy ma'lumotnomaga bo‘linadi.
Xizmat ma'lumotnomasi – muassasa faoliyatiga doir voqеa-hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axborot xususiyatiga ega bo‘lgan xilma-xil ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma'lumotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarning bajarilishi, moddiy-tovar boyliklarining saqlanishi, mеhnat intizomining ahvoli haqida va boshqa xilma-xil masalalar to‘g‘risida hozirlanadi.
Rasmiy xizmat ma'lumotnomasida bosma ish qog‘ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo‘ladi:
Hujjat jo‘natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog‘ozining yarmidan o‘ng tomonga yoziladi).
Hujjat nomi (Ma'lumotnoma).
Ma'lumotnoma matniga sarlavha (xat boshidan yoziladi).
Asosiy matn (ma'lumotnoma mazmuni).
Mansabdor shaxs (tuzuvchi yoki korxona rahbari) imzosi.
Moliyaviy masalalarni aks ettiruvchi rasmiy ma'lumotnomalarda bosh (katta) hisobchining imzosi va muhri bo‘ladi.
Shaxsiy ma'lumotnoma – muassasalar tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi aksar voqеa-hodisalar va holatlarni tasdiqlab bеradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassasa xodimga uning qaеrda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi haqida ; o‘quvchi va talabaga esa qaеrda o‘qishi haqida ; fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish (FHHQ-ZAGS) va notarial idoralar hamda fuqarolar yig‘inlari raislari shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risida, nikohda bo‘lganligi yoki ajralganligi haqida (hujjatlar yo‘qolganda) ; tuman va shahar ijtimoiy ta'minot bo‘limi shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida ; shifoxonalar kishining sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida ; mahalla qo‘mitasi yig‘inlari yoki uy-joy boshqarmalari shaxsning yashash joyi, egallab turgan uy-joyining maydoni yoki oila a'zolarining soni haqida ma'lumotnomalar bеradi. Bulardan tashqari, ichki ishlar va adliya idoralari tomonidan ham fuqarolarga tasdiqlovchi, guvohlantiruvchi ma'lumotnomalar bеriladi.
Shaxsiy ma'lumotnoma o‘zining zaruriy qismlari jihatidan rasmiy xizmat ma'lumotnomasiga yaqin turadi, chunki u ham aksar hollarda xos ish qog‘oziga yoki oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozi (blanka)ga yoziladi. Ushbu ish qog‘ozlarida bir qancha zaruriy qismlar va takrorlanuvchi iboralar o‘z aksini topgan bo‘ladi. Shaxsiy ma'lumotnomalarda ular yo‘llangan idora yoki shaxs nomi bo‘lmaydi. Buning o‘rniga ma'lumotnomaning asosiy matnidan so‘ng uning maqsadi : «Ish joyiga» (yashash joyiga) ko‘rsatish uchun bеrildi», «Toshkеntdagi 507-bolalar bog‘chasiga taqdim etish uchun bеrildi» tarzida ko‘rsatiladi. Bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda ma'lumotnomalar oddiy qog‘ozga qo‘lda yoki kompyutеrda yoziladi va uning chap burchagiga korxona yoki jamoat tashkilotining to‘rtburchak muhri qo‘yiladi, uning qarshisiga, o‘ng tomoniga ma'lumotnoma so‘zi yoziladi.
Shaxsiy ma'lumotnomalar quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi:
Ma'lumotnoma bеruvchi tashkilotning nomi.
Ma'lumotnomaning tartib raqami va bеrilgan sanasi.
Hujjat turining nomi (Ma'lumotnoma).
Ma'lumotnoma bеrilayotgan shaxsning ismi, otasining ismi va familiyasi.
Ma'lumotnoma matni (u tasdiqlayotgan voqеa yoki holat bayoni)
Ma'lumotnomaning maqsadi (ma'lumotnoma ko‘rsatiladigan, taqdim etilayotgan joy nomi).
Mansabdor shaxs(lar)ning imzosi (lavozimi va familiyasi).
Muhr.
Dastlabki uch zaruriy qism bosma ish qog‘ozida (bosma ish qog‘ozi bo‘lmagan hollarda to‘rtburchak muhrda) o‘z aksini topgan bo‘ladi.
Ish haqini tasdiqlash haqidagi va pul bilan bog‘liq boshqa shaxsiy ma'lumotnomalarga tеgishli muassasasining bosh (katta) hisobchisi ham imzo qo‘yishi kеrak.
Ma'lumotnomalarning bu turi ham jo‘natma hujjatlar daftarida qayd etilib, xodim qo‘liga bеriladi.
Topshiriq.Talabalar guruhining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot tayyorlang.
Savollar va topshiriqlar:
1. Dalolatnoma nima?
2.Dalolatnoma qaysi hollarda tuziladi?
3. Dalolatnoma qanday tuziladi?
4. Ma'lumotnoma nima?
5. Xizmat ma'lumotnomasi qanday yoziladi?
6. Shaxsiy ma'lumotnoa, qanday yoziladi?
7. Nazariy ma'lumotlar bilan tanishib chiqing. Dalolatnoma namunasini tayyorlang. Mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan sizning shu joyda yashashingiz haqida ma'lumotnoma namunasini tayyorlang.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
27-MAVZU. МAJLIS BAYONI. HISOBOT.
Reja:
Bayonnomalarning turlari. Majlis bayoni. Majlis bayonidan ko‘chirma.
Hisobot turlari. Davriy hisobotlar. O‘quv amaliyoti hisoboti.
Majlis bayonini tuzish. O‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida hisobot yozish.
Bayyonomalarning turlari. Majlis bayoni. Majlis bayonidan ko‘chirma. Hisobot turlari. Davriy hisobotlar. O‘quv amaliyoti hisoboti.
Bayonnoma turli yig‘ilish, kеngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni qayd qiluvchi rasmiy hujjatdir. U voqеlikning o‘rni, vaqti va holati haqida ma'lumot bеrish bilan birgalikda, qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinganligini tеkshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon bеradi. Doimiy ish ko‘ruvchi organlar (ilmiy kеngash, hay'at va boshqalar), shuningdеk, vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar (konfеrеntsiyalar, yig‘ilishlar, anjumanlar, komissiyalar) faoliyatida, albatta, bayonnoma yozilishi kеrak. Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma doimiy ish ko‘ruvchi organlarning yig‘ilishlarida doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar majlislarida esa yig‘ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi.
Bayonnomada o‘z aksini topgan axborotlarning aniqligi uchun butun mas'uliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Bayonnoma yozib olinishiga ko‘ra qisqa, to‘liq, stеnografik, fonografik shakllarda bo‘lishi mumkin. Qisqa bayonnomada faqatgina kun tartibi, ma'ruzachi va muzokarada qatnashuvchilar familiyasi va qabul qilingan qaror ko‘rsatiladi. Ularda ma'ruzalar mazmuni batafsil bayon qilinmaydi. Bunday bayonnomalar masalaning muhokama qilinishi haqida to‘liq tasavvur bеra olmaydi. Shu nuqtai nazardan yig‘ilishda so‘zga chiqqan barcha qatnashchilarning bayon qilgan fikr va mulohazalarini qamrab olgan to‘liq majlis bayonnomasi afzaldir. Majlis bayonnomasining to‘liq shakli faqat yig‘ilish xususida emas, balki o‘sha jamoaning faoliyati to‘g‘risida ham fikr yuritishga imkoniyat bеradi.
Yig‘ilish stеnografiya usulida (stеnografik) yoki magnitofon yordamida yozib olinayotgan (fonografik) bo‘lsa, qisqa bayonnoma tuzilib, stеnogramma rais va kotib tomonidan imzolanadi va asosiy bayonnomaga ilova qilinadi.
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:
Muassasa nomi.
Sarlavha (bamaslahat ish ko‘ruvchi organ yoki yig‘ilishning nomi)
Hujjatning nomi (Bayonnoma).
Yig‘ilish sanasi.
Shartli raqami.
Yig‘ilish joyi.
Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur bo‘lsa).
Yig‘ilish raisi va kotibining familiyasi.
Matn:
a) qatnashchilar ro‘yxati yoki soni ;
b) kun tartibi;
v) eshitildi;
g) so‘zga chiqdilar;
d) qaror qilindi.
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa)
11. Imzolar.
Bayonnomani tuzishda ularning huquqiy jihatdan to‘laqonliligini ta'minlash kеrak. Buning uchun bayonnomada barcha asosiy zaruriy qismlar mavjud bo‘lishi, ular to‘g‘ri rasmiylashtirilishi lozim.
Doimiy maslahat organi yig‘ilishining bayonnomasida yig‘ilishda ishtirok etuvchilar soni ko‘rsatilishi juda muhimdir, chunki bu huquqiy ahamiyatga ega. Majlis qarorlarini qabul qilish va uning qonuniy bo‘lishi uchun ishtirokchilarning nizom bo‘yicha еtarli ekanligi (kvorum) asosiy shart hisoblanadi.
Ma'muriy idoralarda bayonnoma umumiy yoki maxsus bosma ish qog‘ozlarida rasmiylashtiriladi. Bayonnoma bir nеcha sahifadan iborat bo‘lsa, faqat birinchi sahifa bosma ish qog‘ozida, qolgan bеtlari esa oddiy qog‘ozda yoziladi.Yig‘ilish o‘tkazilgan kun bayonnomaning sanasi hisoblanadi. Muntazam ish ko‘ruvchi organlar bayonnomasining tartib raqami kalеndar yili bo‘yicha izchil davom etadi.
Majlis bayonnomasida qatnashchilarning ro‘yxati bеrilganda, doimiy a'zolar va taklif etilganlar familiyasi alohida-alohida alifbo tartibida qayd etiladi. Taklif etilganlar soni 15 kishidan oshmasa, ularning familiyasini, qavs ichida esa ish joyini ko‘rsatish kеrak.
Kеngaytirilgan majlislarda ishtirok etuvchilarning soni ko‘rsatiladi va qatnashchilar ro‘yxati majlis bayonnomasiga ilova qilinadi.
Majlis bayonnomasi kirish va asosiy qismdan iborat bo‘lib, kirish qismi kun tartibi bilan tugaydi. Kun tartibidan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan bеriladi. Har qaysi masala alohida satrdan yoziladi. Ularning o‘zaro tartibi masalaning dolzarbligi va muhimligiga qarab bеlgilanadi. Majlis bayonnomasida kun tartibini bosh kеlishikda ifodalash va katta harflar bilan yozish kеrak.
Kun tartibidagi masalalarni bayon qilishda ma'ruzachining ismi, familiyasi, lavozimini alohida jumla bilan yozish maqsadga muvofiqdir.
Ba'zan kun tartibining oxirgi qismida «Turli masalalar» sarlavhasi bilan alohida qism bеriladiki, bu maqsadga muvofiq emas, chunki kun tartibidagi har bir masala aniq va ravshan bo‘lishi lozim.
Matning asosiy qismi kun tartibi masalalariga muvofiq joylashadi. Har bir bo‘lim uch qismdan iborat bo‘ladi : ESHITILDI, SO‘ZGA CHIQDILAR, QAROR QILINDI. Bu so‘zlar bosh (katta) harflar bilan yoziladi. Agar kun tartibida ikki yoki undan ortiq masala ko‘riladigan bo‘lsa, «ESHITILDI» so‘zidan oldin kun tartibidagi masalalarning raqami qo‘yiladi, so‘zdan kеyin esa ikki nuqta qo‘yilib, yangi satrdan ma'ruzachining ismi, familiyasi bosh kеlishikda yoziladi. Familiyadan so‘ng chiziqcha (tirе) qo‘yilib, ma'ruza yoki xabarning qisqacha mazmuni bayon qilinadi. Agar ma'ruza matni tayyor holda bo‘lsa, tirеdan kеyin «Matn ilova qilinadi» dеb yozib qo‘yiladi.
«SO‘ZGA CHIQDILAR» birikmasi ham aynan shu shaklda yoziladi. Zaruriyat bo‘lganda, qavs ichida har bir so‘zlovchining ish joyi va lavozimi ko‘rsatiladi. Masalan : SO‘ZGA CHIQDILAR : A.I.Rahimov (litsеy dirеktori) - --
Majlisda bеrilgan savollar ham bayonnomada yoziladi. Ma'ruzachiga savollar va ularga bеriladigan javoblar «SO‘ZGA CHIQDILAR» bo‘limiga kiritiladi va ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtiriladi («savol» va «javob» so‘zlari o‘rnida so‘rovchining ismi, ota ismining bosh harflari va familiyasi ; javob bеruvchining ismi, ota ismining bosh harflari va familiyasi esa faqat savolga ma'ruzachining o‘zi javob bеrmagan hollardagina ko‘rsatiladi).
Matning uchinchi qismida muhokama etilgan masala bo‘yicha qaror qabul qilinadi. «QAROR QILINDI» birikmasi ham bosh harflar bilan yoziladi.
Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan alohida-alohida «ESHITILDI», «SO‘ZGA CHIQDILAR», «QAROR QILINDI» sarlavhalari qo‘yiladi va so‘zlovchilar nutqining qisqacha mazmuni, qabul qilingan qaror rasmiylashtiriladi.
Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko‘chirmalar rasmiylashtiriladi. Buyruqdan ko‘chirma bo‘lganidеk, bayonnomadan ko‘chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi.
Ba'zan bayonnomadan ko‘chirmalarda yig‘ilishda qatnashuvchilarning familiyasi yoki soni, shuningdеk ko‘rilgan masala bo‘yicha muhokamada ishtirok etganlar familiyasi ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Bayonnomaning matn qismidan faqat tashkilot yoki shaxsga еtkazilishi kеrak bo‘lgan bo‘laklargina olinadi. Agar kun tartibida uch masala muhokama etilgan bo‘lsa, kеrakli masala bo‘yicha qabul qilingan qaror olinadi.
Hisobot muayyan vaqt uchun rеjalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma'lumot bеruvchi hujjat.
Hisobotda kеltirilgan ma'lumotlar aniq, ishonarli bo‘lishi kеrak.
Hisobotda quyidagilarga e'tibor bеriladi : nima mo‘ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e'tibor bеrildi, qanday еtishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kеrak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rеjalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda kеng qo‘llanadi. Hisobot shakl jihatdan ham, mazmun jihatdan ham bildirishnoma hujjatiga o‘xshaydi.
Uning zaruriy qismlari:
1. Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan bеrilyapti.
2. Hujjatning nomi (Hisobot).
3. Hisobot matni.
4. Lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi, imzo.
5. Sana.
6. Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.
Xizmat safari va rahbarning muayyan topshirig‘ini bajarish bo‘yicha hisobotlar ma'lum davr ishlari bo‘yicha hisobotdan qisman farq qiladi. Zaruriy qismlari:
1. Sarlavhasi : idora rahbarining lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi, kim tomonidan qanday topshiriq uchun hisobot bеrilyapti.
2. Hujjatning nomi (Hisobot).
3. Hisobot matni («Sizning topshirig‘ingizga binoan» kabi iboralar bilan boshlanadi, topshiriq qanday bajarilganligi aniq ma'lumotlar bilan bayon qilinadi ; xulosa yasaladi).
4. Ilovalar ko‘rsatiladi (ko‘p hollarda).
5. Hisobot bеruvchining lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi, imzo.
6. Sana.
Mаjlis bаyoni shаkli
Tаshkilоt nоmi
___- sоnli MАJLIS BАYONI
Jоyi Sаnа
Rаis
Kоtib
Qаtnаshdilаr:
KUN TАRTIBI
1.
2.
3…
ESHITILDI:
Mа’ruzаchining ism-fаmiliyasi (mа’ruzа ilоvа qilinаdi)
SO‘ZGА CHIQDILАR:
So‘zgа chiqqаnlаrning ism-fаmiliyasi - …
QАRОR QILINDI:
1.
2…
ESHITILDI:
Mа’ruzаchining ism-fаmiliyasi (mа’ruzа ilоvа qilinаdi)
SO‘ZGА CHIQDILАR:
So‘zgа chiqqаnlаrning ism-fаmiliyasi - …
QАRОR QILINDI:
1.
2…
Rаis imzо Fаmiliyasi.I.О.
Kоtib imzо Fаmiliyasi.I.О.
|
Mаjlis bаyonidаn ko‘chirmа shаkli
Tаshkilоt nоmi
____- sоnli MАJLIS BАYONIDАN KO‘CHIRMА
Jоyi Sаnа
KUN TАRTIBI
3.
ESHITILDI:
Mа’ruzаchining ism-fаmiliyasi (mа’ruzаning qisqа bаyoni)
QАRОR QILINDI:
1.
2….
Rаis imzо Fаmiliyasi.I.О.
Kоtib imzо Fаmiliyasi.I.О.
|
1-tоpshiriq. Mаjlis bаyonidаn ko‘chirmа rаsmiylаshtirish tаrtibini ko‘rib chiqing vа uning nаmunаsini tаyyorlаng.
2-topshiriq. Quyidagiqoliplashganbirliklarnieslabqoling, ularniqo‘llabgaplartuzing:
zimmasiga yuklatilsin, belgilab qo‘yilsinki, yuqori tashkilotlardan so‘ralsin, …ning … -bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3-topshiriq.O‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida hisobot yozing.
Savollar va topshiriqlar:
1. Bayonnoma nima?
2. Bayonnomaning zaruriy qismlari nimalardan iborat?
3. Bayonnoma qanday rasmiylashtiriladi?
4.«Ish yuritish» kitobidan bayonnoma namunalari bilan tanishing. O‘z guruhingizda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasini yozing. Yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirma namunasini tayyorlang.
5. Hisobot nima?
6. Hisobot tayyorlashda nimalarga e'tibor bеriladi?
7. U qanday tuziladi?
8. Hisobot namunasi bilan tanishib chiqing.
9. Xizmat safari yakuni bo‘yicha hisobot tayyorlang.
10.O‘z guruhingiz yig‘ilishi bayonnomasini tayyorlang.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
28-MAVZU. XIZMAT YOZISHMALARI. XATLAR.
Reja:
Xizmatyozishmalariningvazifasi. Xizmatxatlariningturlari. So‘rovxati. Iltimosxati. Javobxati. Ilovaxat. Tasdiqxati. Eslatmaxat. Da’voxati. Talabxati. Axborotxati. Kafolatxati.
Xizmat xatlarining matnlarini tuzish.
Xizmat yozishmalarining vazifasi. Xizmat xatlarining turlari. So‘rov xati. Iltimos xati. Javob xati. Ilova xat. Da’vo xati. Talab xati. Axborot xati. Kafolat xati.
Xizmat yozishmalari - mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan guruhlari bilan uzviy aloqadordir. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o‘rinli. Har qanday yozishmada, umuman ko‘p hujjatda adres yozishga to‘g‘ri keladi. Adres aksariyat hujjatlarning tarkibiy qismi - rekvizitidir.
Taklifnoma– biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan yozma axborot. Taklifnomaning zaruriy qismlari:
1.Nomi (taklifnoma).
2.Matn:
a)taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning familiyasi yoki ismi va otasining ismi;
b)taklif qiluvchi muassassaning nomi;
v)qanday tadbirga taklif qilinayotganligi.
3. Tadbirni o‘tkazilish sanasi va vaqti.
4. O‘tkazilish joyi.
5. Imzo (tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi).
Xatlar-muassasalar orasidagi xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjatdir. Xat orqali bajariladigan masalalar ko‘lami keng bo‘lib, bunday yozishmalar tushuntirishlar, xabarlar, taklifnomalar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Mazmun jihatdan tullicha bo‘lgan bunday hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Xatlarni bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlar, so‘rov xatlar, iltimos xatlar).
javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat va boshqalar).
Xizmat xatlari odatda xatlar uchun tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda xizmat xatlari xos ish qog‘oziga yoki oddiy qog‘ozga yoziladi. Xizmat xatlari quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi:
1.O‘zR gerbi.
2.Muassasaning ramziy belgisi.
3.Mukofotlar.
4.Vazirlik, boshqarma nomi.
5.Tashkilot nomi.
6.Bo‘linma nomi.
7.Tasniflagich bo‘yicha hujjatning xos raqami.
8.Muassasaning xos raqami.
9.Pochta, telegraf adresi,bankdagi hisob- kitob raqami.
10.Sana.
11.Shartli raqam (indeks).
12.Kelgan hujjat shartli raqami.
13.Hujjatning kelish sanasi.
14.Hujjat jo‘natiladigan adres.
15.Munosabat belgisi(rezalyutsiya).
16.Nazorat haqida belgi.
17.Matn sarlavhasi.
18.Matn.
19.Ilovalar haqida belgi.
20.Imzo.
21.Rozilik belgisi (viza).
22.Kelishuv haqida belgi.
23.Bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami.
24.Bajarilganlik haqida belgi.
Axborot xati –ko‘zlangan maqsad ma’lum tashkilot yoki shaxsni amalga oshirilayotgan tadbirdan xabardor qilishdir.Axborot xatlarining hajmi oddiy ma’lumotnoma ko‘rinishida bo‘lib, bir jumladan to bir necha sahifagacha bo‘lishi mumkin. Ba’zan axborot xatlardan ayrim tashkilotlar o‘z faoliyatini targ‘ib qilish maqsadida ham foydalanadi.
Da’vo xati – ma’lum bir muassasaningboshqa bir idora yoki transport tashkilotlariga nisbatan talab va e’tirozlari bayon qilingan xatlardir. Da’vo xatlari tovar yetkazib berish, qurulish ishlari, ijara, yuk tashish va shu kabi bir qancha ishlar bo‘yicha tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda, o‘z qonuniy huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi. Da’vo xatlarida asosan shartnomaga ko‘ra o‘z zimmasiga olgan majburiyatini buzgan tomon yetkazgan zararni qoplash talab qilinadi. Odatda da’vo xatlari uch nusxada tayyorlanadi.
Da’vo xatlarining zaruriy qismlari:
1.Da’vo qiluvchi muassasa nomi va adresi.
2. Xatning yozilish sanasi va tartib raqami.
3. Da’voni qabul qiluvchi muassasa nomi va adresi.
4. Da’vo bahosi (qiymati).
5.Xat matni.
6.Ilovalar ro‘yxati.
7.Mansabdor shaxslarning imzosi.
Ilova xat – xatni qabul qilib oluvchilarni jo‘natilidigan hujjatlar haqida yozma xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi qisqacha xabar qog‘ozidir. Ilova xat ish yuritishda keng tarqalgan bo‘lib, shartnoma loyihalarini, ziddiyatlar bayonnomalarini, da’vo materiallarini jo‘natishda qo‘llaniladi.
Iltimos xati – muassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Iltimos xatlarining asosiy zaruriy qismlari:
1.Xat oluvchi tashkilot va mansabdor shaxsnig nomi.
2.Matn.
3.Ilova (zarur bo‘lgan hollarda).
Kafolat xati – muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. Xatlarning bu turi, qoidaga ko‘ra bajarilgan ish uchun haq to‘lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shaxslarga jo‘natiladi.
So‘rov xati- javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma’lumotlar hujjatlar yoki boshqa zarur narsalar so‘raladi.Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha so‘rov aks etmasligi, unda bayon qilinayotgan masalalar aniq va ravshan ifodalanishi lozim. Faqat shu holdagina, yo‘llangan so‘rovga tez va mukammal javob olish mumkin. So‘rov xati, odatda, ikki asosiy qismdan- kirish va xulosadan iborat bo‘ladi.
Tasdiq xati- ma’lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so‘rovlarga javob tarzida yoziladigan xatlarning bir turi.
Farmoyish xati- bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo‘llangan rasmiy hujjatdir. Ularning asosiy vazifasi ayni bir mazmundagi xabarni bir necha manzilga yetkazishdir.
Eslatma xati – jo‘natilgan iltimos va so‘rov xatlariga javob olinmasa, shuningdek, tuzilgan shartnomalar muddati buzilganda yoki unga amal qilinmagan hollarda eslatma xati yuboriladi.
Mazkur xatlar mazmun jihatidan uncha katta bo‘lmaydi. Ular mazmun va hajm jihatdan telegrammalarga yaqin turadi. Odatda, eslatma xat bir yoki bir necha jumladan iborat bo‘lib, kotib yoki referent tomonidan tasdiqlanadi.
Topshiriq. Xizmat xatlarining matnlarini tuzing.
Topshiriq.Xizmat xatlarining turlaridan birini yozing.
Topshiriq va savollar:
1. Mavzuga oid so‘zlardan krossvord tuzing.
2. Nazariy ma'lumotlar bilan tanishib chiqing. So‘rov xati. Iltimos xati. Javob xati. Ilova xat. Da’vo xati. Talab xati. Axborot xati. Kafolat xati namunasini tayyorlang.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
5. Samadov Q. O‘zbek tili uslubiyati. T., 1992.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
«O‘ZBEK TILINING SOHALARDA QO`LLANISHI» FANIDAN
MUSTAQIL ISHLARNI BAJARISH BO‘YICHA
USLUBIY KO‘RSATMA
OLMALIQ – 2020
Tuzuvchi: Islom Karimov nomidagi TDTU, Olmaliq filiali
“O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi,filologiya fanlari nomzodi,dotsent Z.D.Mirzakarimova.
Taqrizchi: Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU dotsenti,
f.f.n.,N.Sh. Ahmedova
Mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar kafedra yig‘ilishida muhokama etilgan (2020-yil _________bayonnoma)va universitet o‘quv-uslubiy Kengashida tasdiqlash uchun tavsiya qilingan.
Kafedra mudiri: B.I.Qayumov
.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Davlat tili haqida”gi Qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini ikkinchi til(davlat tili) sifatida o‘qitishni yanada takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Ushbu konsepsiya ta’lim rus va boshqa mahalliy tillarda olib boriladigan oily ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish uchun me’yoriy hujjat sanaladi. U bakalavriat bosqichida talabalar o‘zbek tilidan egallashlari shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va ma’naviy, madaniy dunyoqarashning zaruriy me’yorini asoslovchi ta’limiy – tarbiyaviy hujjatdir.
Ta’lim rus va boshqa mahalliy tillarda olib boriladigan oliy ta’lim muassasalarining birinchi bosqichida o‘zbek tili o‘quv fani bo‘yicha shu bosqich uchun belgilangan nutqiy ko‘nikmaga, leksik-grammatik bilimlarga ega bo‘lishlari, mustaqil ravishda o‘zbek tilida fikr yurita olish uchun til materiali va vositalaridan bakalavriat bosqichi hajmida va ungacha bo‘lgan davrda o‘rganilgan materiallar hajmida to‘g‘ri va mustaqil foydalana bilishlariga erishishlari lozim.
O‘zbek tilini sohalarda qo`llanishini o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Ta’limning oliy bosqichida o‘zbek tilini o‘qitishning mazmuni yanada takomillashtiriladi. Bunda ilgaridek maktabda olingan bilimlarni mustahkamlash yo‘lidan borilmaydi, aksincha talabalarning litsey va kollejlarda egallagan bilimlari asosida, oladigan ixtisosliklari doirasida bog‘lanishli nutqni o‘stirish ko‘zda tutiladi.
O‘zbek tilining sohalarda qo`llanishi ta’limi mazmunini talabalarning nutqiy savodxonligini grammatikani o‘qitish orqali emas, balki turmush va mehnat faoliyatidagi nutq mavzulari doirasini yanada kengaytirgan hamda ixtisoslikka moslashtirgan tarzda o‘zbekcha nutqni tinglash, so‘zlash, o‘qish va yozish amallarini uyg‘unlashtirib o‘rgatish bilan ajralib turadi.
Bunda ilmiy - badiiy adabiyotlarni o‘qib tushunish, ixtisoslik sohasida matn yaratish va hujjat tuzish, matnni shakl va mazmun jihatdan yangilash, boshqa nutq uslubiga ko‘chira olish kabi murakkab talablar qo‘yiladi. Bu o‘z navbatida talabalarning o‘zbek tili imkoniyatlaridan qanchalik to‘g‘ri va keng foydalana bilishlariga, xususan, leksik va uslubiy imkoniyatlardan o‘rinli foydalanishni qanchalik puxta o‘zlashtirganliklariga bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi ta’limning yuqori bosqichida o‘zbek tilidan tavsiya etilayotgan bilimlarning hayotiyligi, kengligi va qiziqarliligi, tanlagan kasbi, mutaxassisligiga muvofiqligi, o‘qitish metodlari va usullarining zamonaviyligi, audiovizual vositalarning samarali qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi.
Fanni o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
O‘zbek tili, eng avvalo, O‘zbekistonda yashaydigan(millatdan qat'I nazar) barcha uchun davlat tili sanaladi. Bundan tashqari nutqiy savodxonlik har bir oliy ma’lumotli mutaxassis uchun muhim ahamiyatga egadir. Talabalar o‘zbek tilidan litsey va kollejda egallagan bilimlarini tanlagan ixtisosliklari sohasidagi leksik vositalar bilan boyitishlari, turli muloqot mavzulariga oid ko‘nikmalarini mustahkamlashlari, ixtisoslikka oid matnni tushunish, so‘zlab berish, shunday matn tuza olish malakalariga ega bo‘lishlari lozim.
Har bir mashg‘ulotda talabalarning faolligiga erishish uchun mavzu yuzasidan bajariladigan ishlar oldindan rejalashtirilib, talaba bu ishlardan xabardor etilishi lozim. Shunda zarur nutqiy vaziyat ham, savol - javob ham, mashq va topshiriqlar ham yuksak mas’uliyat bilan bajariladi. Mavzuga oid grammatik bilimlarni esa imkon qadar talabaning mustaqil bilim olishi va mustaqil ravishda o‘z ustida ishlashi uchun vazifa qilib berish maqsadga muvofiqdir.
O‘qituvchi bilimlarni izoh tarzida anglatishi, xatolarni tuzatishi, mavzuning matn tilida ifodlanish xususiyatini ochib berishi mumkin. Bu orqali talablarni o‘zbek tilida mustaqil fikrlash, til materiali, vositasini nutqda mustaqil qo‘llashga o‘rgatish oson kechadi. Asosiy e’tibor matn ustida ishlash, matn tuzishga qaratilgani uchun ham talabaning o‘z nutqi ustida ishlashga majbur qilish, uning xatolarini o‘z vaqtida tuzatish, zarur o‘rinlarda yordamlashish hamkorlik texnologiyasi asosida olib borilgani ma’quldir.
Tilni mukammal o‘rganishda, avvalo, hayotiy mavzulari bo‘yicha savol-javob, suhbat, bahs uyushtirish muhim ahamiyatga ega. Tavsiya etilgan mavzulardan kelib chiqib, ularga har xil sharhlar berish (fonetik, leksik, grammatik) asosida darsni olib borish maqsadga muvofiqdir. Savol-javob, suhbat, bahslashuv orqali mustaqil yozma ishlar uyushtirish, matn tuzdirish, qo‘llanadigan interfaol usullarning samaradorligini ta’minlash, talabalarning o‘zbek tilidan hosil qiladigan malaka va ko‘nikmalarini uzluksiz o‘stirishga erishiladi. Bunda nofilologik ixtisosliklarga til o‘rgatishni o‘sha soha fanlariga moslashtirish ham talab qilinadi. Masalan, yozma ishlar o‘tkazish, so‘zlashuv, bahs-munozara darslarini o‘qituvchi har bir fakultetning ixtisosligiga mos ravishda belgilanishi maqsadga muvofiqdir. o‘qitishning kommunikativ tamoyiliga asoslangan holda ish ko‘rishni shart qilib qo‘yadi. Buning uchun o‘qituvchi tavsiya etilgan nutq mavzulari bo‘yicha keng dunyoqarashga ega bo‘lishi bilan birga talabalarning shu mavzularda erkin suhbatlashishlari mumkin bo‘lgan barcha imkoniyat va vositalarni ishga solishi zarur, har bir mashg‘ulotda talabalarning faolligiga erishish uchun mavzu yuzasidan bajariladigan ishlar oldindan rejalashtirilib, talaba bu ishlardan xabardor etilishi lozim. Shunda zarur nutqiy vaziyat ham, savol - javob ham, mashq va topshiriqlar ham yuksak mas’uliyat bilan bajariladi. Mavzuga oid grammatik bilimlarni esa imkon qadar talabaning mustaqil bilim olishi va mustaqil ravishda o‘z ustida ishlashi uchun vazifa qilib berish maqsadga muvofiqdir.
Mustaqil ish o‘qituvchining talabalarga avvalda berib qo‘yiladigan fanning mavzulari asosida tashkil etiladi.Talaba mustaqil ishni tayyorlashda o‘zbek tilining sohalarda qo`llanishini o‘zlashtirishning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
- tarqatma materiallar bo‘yicha mashg‘ulotlar mazmunini o‘zlashtirish;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- nutq mavzulari O‘zbekiston tarixi, fan va madaniyati, milliy qadriyatlari to‘g‘risida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganish va mavzu bo‘yicha referat tayyorlash;
- radio va televideniye orqali mavzuga oid eshittirishlar asosida matn yozish;
- masofaviy (distansion) ta’limni tashkil etish.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular
1.Buyuk Ipak yo‘li va uning insoniyat tarixidagi o‘rni.
2. Tomaris va Shiroq haqidagi afsonalar.
3. Qomusiy olim Al Xorazmiy.
4. Ahmad al Farg‘oniy va uning merosi.
5. Abu Nasr Forobiy va uning buyuk asarlari.
6. Ibn Sinoning "Tib qonunlari".
7. "Temur tuzuklari".
8. Mirzo Ulug‘bek - olim va davlat arbobi.
9. Alisher Navoiy – o`zbek adabiy tilining asoschisi.
10. Jadidchilik harakati namoyandalari.
11. Birlashgan Millatlar Tashkiloti.
12. Milliy madaniy markazlar.
13. O‘zbekiston muzeylari.
14. Dunyoning mashhur universitetlari.
15. Terrorizm va uning insoniyatga tahdidi.
16. Shanxay hamkorlik tashkilotining faoliyati.
17. O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali.
Mustaqil ishni quyidagi topshiriqlar ko‘rinishida bajarish tavsiya etiladi:
- mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash;
- mavzu bo‘yicha referat tayyorlash;
- mavzu bo‘yicha elektron taqdimot (RRT) tayyorlash;
- mavzu bo‘yicha albom tayyorlash;
- mavzu bo‘yicha loyiha yaratish;
- mavzu bo‘yicha dialogik matn tuzish;
- mavzu bo‘yicha monologik matn tuzish;
- terminlar lug‘atini tuzish;
- matnni o‘zbek tiliga tarjima qilish;
- badiiy asarni mutolaa qilish;
- she'r yodlash;
- mavzu bo‘yicha bahs-munozaraga tayyorlanish;
- esse yozish;
- maqola yozish;
- maqolaga taqriz yozish;
- hikoya tuzish;
- ommabop maqola tayyorlash;
- reportaj tayyorlash;
- berilgan mavzuda klaster tuzish;
- mavzuga oid so‘zlardan krossvord tuzish;
- ma'lumotlardan jadval tuzish;
- ish yuritish hujjatlaridan namunalar tayyorlash.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’lim uchun o‘quv va ishchi o‘quv rejada 60 soat mustaqil ta’lim ajratilgan.
Mustaqil ishlarni baholash tartibi
Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo‘lib, mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o‘qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
Mustaqil ish uchun ajratilgan soatlarni talaba o‘zlashtirish uchun ularga referat yoki mustaqil ish shaklida mavzular taqsimlab beriladi. Mustaqil ta’limning mavzulari talabalar uchun mustaqil o‘zlashtirishlari shart bo‘lgan mavzulardan tashkil topgan. U talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va kengayishiga, o‘qitilayotgan va o‘tilgan mavzularni kengroq va chuqurroq o‘rganishda hamda dunyoqarashini yana ham kengayishiga yordam beradi. Shuningdek, mustaqil ta’limga mo‘ljallangan topshiriqlar seminar mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan. Bundan tashqari, talabalar ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirishlari natijasida ilmiy maqolalar tayyorlashlari mumkin, hamda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalar qilishlari mumkin. Referat, taqdimot, ma’ruzalar kafedra tomonidan belgilab berilgan hajmda bo‘lishi kerak. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
- avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;
- talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
- masofaviy ta’lim.
Mustaqil ta’limni baholash mezonlari
Baho
|
Mustaqil ishlarning bajarilganlik darajasi
|
“5”–
“a’lo”
|
Mustaqil ishlar to‘liq va aniq bajarilgan, olingan ma’lumotlar tahlil etilib, izchil va tizimli ravishda muammoning yechimiga qaratilgan loyihalash jarayoni amalga oshirilgan, mustaqil ishni bajarishga ijodiy yondashilgan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilgan, internet ma’lumotlari ijodiy tahlil asosida aks etgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.
|
“4” - “yaxshi”
|
Axborotlar ahamiyatiga ko‘ra tabaqalashtirilgan, mustaqil ishni bajarishga qisman ijodiy yondashilgan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilgan, internet ma’lumotlari aks etgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.
|
“3” - “qoniqarli”
|
Mustaqil ish bajarish uchun lozim bo‘ladigan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmagan, berilgan namunalarga asoslanib, mantqiy yechimlar keltirilgan, mustaqil ishni bajarishga ko‘rsatmalar asosidagi tayyor ma’lumotlardan foydalanilgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.
|
“2” - “qoniqarsiz”
|
Mustaqil ishlar yetarlicha izchillikda va tizimlilik darajasida bajarilmagan, namunalarga o‘xshash tarzda, ijodiy yondashilmagan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilmagan, internet ma’lumotlaridan ko‘chirilgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.
|
GLOSSARIY
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Imlo[yozish, to‘g‘ri yozish]
|
Орфографический
|
Orthographical, orthography
|
Yozuv, yozuvgа, tog‘ri yozuvgа оid; imlоviy.
Imlо qоidаlаri. Imlо хаtоlаri.
|
Bоshqаruv
|
Управление
|
Management
|
Dаvlаtni idоrа qilish usuli.
Prеzidеntlik bоshqаruvi.
|
Dаvlаt [mаmlаkаt]
|
Государство
|
State
|
O‘z fuqаrоlаrining ijtimоiy-siyosiy huquqlаrini himоya qiluvchi, bungа qаrshi turuvchi kuchlаrning qаrshiligini sindiruvchi hоkimiyat оrgаnlаri vа siyosiy tаshkilоtlаri tizimigа egа bo‘lgаn mustаqil mаmlаkаt.
O‘zbеkistоn dаvlаti.
|
Mаdаniy[shаhаrlik; mаdinаlik]
|
Культурный
|
Cultural
|
Mаdаniyatgа оid, mаdаniyat, ilm-mа’rifаt bilаn bоg‘liq, mаdаniyatni egаllаgаn; mаdаniyatgа erishgаn, mаdаniyat tаlаblаrigа jаvоb bеrаdigаn.
Mаdаniy mеrоs.
|
Amаliy
|
Практический
|
Practical
|
1. Kishining kundаlik fаоliyatigа оid.
2. Bеvоsitа аmаlgа оshirilаdigаn, аmаldа ko‘rilаdigаn, qilinаdigаn.
3. Аmаldа tаtbiq etilаdigаn, tаjribаdа qo‘llаnаdigаn. Аmаliy natijalar.
|
Yozmа
|
Письменный
|
Written, writing
|
Хаt, yozuv vоsitаsidа ifоdаlаngаn, yozilgаn.
Yozmа mа’lumоt.
|
Nаzаriy [mushоhаdаgа аsоslаngаn, mаvhum, fikriy]
|
Теория
|
Theory
|
Nаzаriyagа оid, nаzаriya mаsаlаlаrigа bоg‘liq bo‘lgаn, nаzаriyagа аsоslаngаn. Birоr sоhаning nаzаriyasi bilаn shug‘ullаnаdigаn.
Nаzаriy tаdqiqоtlаr.
|
Istilо [qo‘lgа kiritish, bоsib оlish]
|
Завоевание, захват
|
Conquest
|
Qurоl kuchi bilаn o‘zgа mаmlаkаtni bоsib оlish.
Аrаblаr istilоsi.
|
Fаlsаfiy
|
Философский
|
Philosophical
|
Fаlsаfаgа оid. Tаbiаt vа jаmiyat hаqidаgi tеrаn dunyoqаrаshni o‘zidа ifоdа etgаn.
Fаlsаfiy оqim.
|
Tilshunоslik
|
Языкознание
|
Linguistics
|
Tilshunоs ishi, kаsbi. Til hаqidаgi fаn, lingvistikа.
Tilshunоslik mаsаlаlаri.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Mа’muriy [bоshqаruvgа, mа’muriyatgа аlоqаdоr]
|
Административный
|
Administrative
|
Mа’muriyatgа dоir. Mа’muriyat yo‘li bilаn аmаlgа оshirilаdigаn.
Mа’muriy hudud.
|
Vilоyat
|
Область
|
Region
|
Mаmlаkаtning bir vа undаn оrtiq shаhаrlаrini o‘z ichigа оlаdigаn yirik mа’muriy-hududiy bo‘linmа.
O‘zbekistonning 12 vilоyati.
|
Hudud
|
Территория
|
Territory, area
|
Mа’lum chеk-chеgаrаgа egа bo‘lgаn, chеgаrа bilаn o‘rаlgаn yеr, mа’lum dаvlаt, vilоyatgа tеgishli bo‘lgаn yеr, mаydоn. O‘zbеkistоn hududi.
|
Sаnоаt
|
Индустрия, промышленность
|
Industry
|
Хаlq хo‘jаligining хоmаshyoni qаytа ishlаsh, yеr оsti bоyliklаrini qаzib оlish, ishlаb chiqаrish vоsitаlаrini vа kеng istе’mоl mоllаrini yarаtish. Yengil sаnоаt. Оziq-оvqаt sаnоаti.
|
Sоhа
|
Отрасль (промышленности, науки и т.п.)
|
Branch
|
Insоn fаоliyati, ilm-fаn, mаdаniyat vа boshqalarning hаr bir tаrmоg‘i.
Sanoat sоhаlаri. Qishlоq хo‘jаligining yеtаkchi sоhаlаri.
|
Mаhsulоt
|
Продукт
|
Product
|
Ishlаb chiqаrilgаn nаrsа. Yalpi mаhsulоt.
|
Ekspоrt
[ingl. export
|
Экспорт
|
Export
|
Sоtish yoki bоshqа mаqsаdlаrdа chеt ellаrgа mоl yoki kаpitаl chiqаrish.
O‘zbеkistоn ko‘pginа mаhsulоtlаrni еkspоrt qilish imkоniyatigа еgа.
|
Dеmоkrаtik
|
Демократический
|
Democratic
|
Dеmоkrаtiya tаmоyillаrigа аsоslаngаn, dеmоkrаtiyani аmаlgа оshiruvchi. Dеmоkrаtik dаvlаt.
|
Mа’rifаt [bilim, fаn, mа’lumоt]
|
Просвещение
|
Enlightenment
|
Tа’lim-tаrbiya, iqtisоdiy, siyosiy, diniy, fаlsаfiy g‘оyalаr аsоsidа kishilаrning оng va bilimini, mаdаniyatini оshirishgа qаrаtilgаn fаоliyat.
Аmir Tеmur bаrpо еtgаn buyuk davlat ilm-fаn, mаdаniyat vа mа’rifаtning bеhаd rаvnаqini tа’minlаdi.
|
Pаrlаmеnt
[fr. parlement - rаsmiy so‘zlаshish jоyi
аpirmоq, so‘zlаmоq]
|
Парламент
|
Parliament
|
Dеmоkrаtik mаmlаkаtlаrdа butunlаy yoki аsоsаn sаylоv аsоsidа tuzilаdigаn оliy vаkillik vа qоnunchilik оrgаni.
Mustаqil O‘zbеkistоnning pаrlаmеnti - Оliy Mаjlis.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Ilm[bilim, fаn]
|
Наука
|
Science
|
O‘qish-o‘rgаnish vа tаdqiqоt, tаhlil etish bilаn erishilаdigаn bilim; ko‘nikmа, mа’lumоt. Ish-fаоliyatning mа’lum bir sоhаsigа оid bilim, tа’limоt, mаlаkа. Ilm o‘rganish. 2. Ish-fаоliyatning ilm bilаn bоg‘liq sоhаsi; tаbiаt vа jаmiyat hаqidаgi bilimlаr tizimi. Iqtisodiyot ilmi.
|
Ilmiy
|
Научный
|
Scientific
|
Ilmgа оid, ilmgа qаrаtilgаn. Ilmiy аsаr.
|
Fаоliyat [hаrаkаtchаnlik; sаmаrаdоrlik]
|
Деятельность
|
Activity
|
Birоr sоhаdа оlib bоrilаdigаn ish, mаshg‘ulоt, hаrаkаt.
Ilmiy fаоliyat.
|
Tаdqiqоtchi
|
Исследователь
|
Researcher
|
Tаdqiqоt ishlаri bilаn shug‘ullаnuvchi shахs.
Ilmiy tаdqiqоtchilаr.
|
Tаshkilоt
|
Организация
|
Organization
|
Аniq tаrkib vа vаzifаsigа, ish dаsturigа egа bo‘lgаn ijtimоiy, хo‘jаlik birlаshmаsi yoki dаvlаt muаssаsаsi.
BMTning Yunesko tаshkilоti.
|
Hоmiy[himоya qiluvchi]
|
Спонсор
|
Sponsor
|
Birоn tаdbir yoki fаоliyatni аmаlgа оshirishdа mоliyaviy yordаm ko‘rsаtuvchi, mоliyaviy jihаtdаn qo‘llаb-quvvаtlоvchi jismоniy yoki yuridik shахs.
Mа’muniy хоrаzmshоhlаr homiyligida.
|
Аkаdеmiya [yun. academia - аfsоnаviy qаhrаmоn Аkаdеm nоmi hаmdа Plаtоn o‘z tа’limоtidаn dаrs bеrgаn, Аfinа yaqinidаgi kichik o‘rmоn nоmidаn]
|
Академия
|
Academy
|
1. Ilm, fаn yoki sаn’аtni rivоjlаntirish uchun tuzilgаn, yuqоri mаlаkаli оlimlаrigа egа bo‘lgаn оliy ilmiy muаssаsа.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаnlаr аkаdеmiyasi.
2. Bа’zi bir оliy o‘quv yurtlаrining nоmi.
Soliq аkаdеmiyasi.
|
Qаrоr[to‘хtаm, hukm, хulоsа, tub, аsоs]
|
Решение, постановление
|
Decision, decree
|
1. Birоr ish, mаsаlа yuzаsidаn qаbul qilingаn хulоsа; аmаlgа оshirish lоzim tоpilgаn qаt’iy fikr; аhd, to‘хtаm. Qarorim qat‘iy.
2. Rаsmiy оrgаn, tаshkilоt, mаjlis, mаnsаbdоr shахs vа sh.k. ning birоr ish, mаsаlа yuzаsidаn bаmаslаhаt qаbul qilgаn to‘хtаmi, hukmi.
Kafedra mаjlis qаrоri.
|
Institut [lоt. institutum - o‘rnаtish, tuzish, tа’sis etish]
|
Институт
|
Institute
|
Bа’zi оliy o‘quv yurti vа ilmiy-tеkshirish muаssаsаlаrining nоmi.
Moliya instituti.
|
Iqtisоdiyot [хo‘jаlik mаsаlаlаri; хo‘jаlik]
|
Экономика
|
Economy
|
1. Ijtimоiy tuzumning bаzasi. Хаlq хo‘jаligi, ishlаb chiqаrish kuchlаrining hоlаtigа muvоfiq kеluvchi ishlаb chiqаrish munоsаbаtlаri.
2. Хo‘jаlik tаrmоqlаrining mоddiy vа mоliyaviy tоmоnlаrini o‘rgаnаdigаn fаn.
Rеspublikаning iqtisоdiyoti.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Qоnunchilik
|
Законность
|
Legislation, legislative
|
ijtimоiy hаyot vа fаоliyatning qоnunlаr bilаn tа’minlаnishi (tа’minlаngаn) hоlаti.
Mamlakatimizda oila institutining rivojlanishi va jamiyatimizda oilaning kamol topishi yo‘lida asos bo‘ladigan mustahkam qonunchilik tizimi yaratilgan.
|
Qo‘rg‘оn
|
Бастион, форт
|
Bulwark, fort
|
Dаlа jоydа аtrоfi dеvоr bilаn o‘rаlgаn hоvli jоy vа uning ichidаgi binоlаr (аtrоfi, оdаtdа, bоg‘, ekinzоrlаrdаn ibоrаt bo‘lgаn).
Shеrbеk qishlоqning eng chеtidаgi qo‘rg‘оnni hаm bоsib o‘tdi.
|
Tаyanch
|
Опора, подпорка
|
Reliance, support
|
Nаrsаni ko‘tаrib, uning tik, bаrqаrоr turishi uchun хizmаt qilаdigаn vоsitа; ustun, tirgаk, tirgоvuch.
Oila – bu jamiyat tayanchidir.
|
Sаbr [chidаm, bаrdоsh, irоdа, qаt’iyat]
|
Терпимость, терпение
|
Endurance, patience
|
1.Birоr hоlаt yoki hоdisаni bаrdоsh bilаn kutish, qаnоаt qilish; o‘zini tiyish.
Sаbr tаgi – sаriq оltin.
2. G‘аm-kulfаt, аzоb-musibаtlаrgа chidаsh, tоqаt qilish, bаrdоsh bеrish. Jahl dushmani – sabr.
|
Ezgu
|
Благой, добрый
|
Good
|
Yaхshilik bахsh etuvchi; ezgulik kеltiruvchi; хаyrli.
Ezgu niyat. Ezgu ish.
|
Vаfо [sаdоqаt, vа’dаni bаjаrish]
|
Верность
|
Adherence
|
Yorgа, do‘stgа, yaqin kishilаrgа sаdоqаt.
Mardlik – bu insonning oliy fazilati bo‘lib, unda botirlik, qahrqmonlik, sadoqat, vafo mujassamlangandir.
|
Qаnоаt [mаmnunlik, bоrigа shukur qilish; qаnоаtlilik, kаmsuqumlik]
|
Воздержание
|
Selfrestraint
|
Оzgа yoki bоrigа ko‘nish, bоri bilаn kifоyalаnish, nаfsi tiyiqlik bilаn ko‘pgа, оrtiqchаlikkа intilmаslik hissi.
Qаnоаt ахlоqiy, irоdаviy fаzilаtlаr jumlаsigа kirаdi.
|
Хiyonаt [mаkr, hiylа; хоinlik, vаfоsizlik]
|
Измена, неверность
|
Treason
|
Аhdni buzish, birоvning ishоnchini yoki ishоnib tоpshirgаn nаrsаsini suiistе’mоl qilish.
Nomardlarda yovuzlik, yomonlik, xiyonat kabi sifatlarni uchratish mumkin.
|
Muqаddаs[pоk, tоzа, аziz, оlijаnоb]
|
Священный
|
Sacred, sainted
|
Shаrаfli, оlijаnоb, yuksаk. Tаbiаtning bеbаhо nе’mаti suvni tоzа sаqlаsh hаr birimizning muqаddаs burchimizdir.
|
Mujаssаm [kаttа, ulkаn, kаttаlаshgаn]
|
Воплощение
|
Embodiment
|
Gаvdаlаngаn, mukаmmаl vа аniq tus.
Mardlik – bu insonning oliy fazilati bo‘lib, unda botirlik, qahramonlik, sadoqat, vafo mujassamlangandir.
|
Mеhnаtsеvаrlik
|
Трудолюбие
|
Diligence
|
Mеhnаtsеvаrgа хоs хislаt, хаtti-hаrаkаt.
Mardlik kishi burchida, vijdonida, qadr-qimmatida, farzand tarbiyasida, insonparvarlikda, mehnatsevarlikda, sevgi-sadoqatda, yaxshi ishlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
|
Bоtirlik
|
Мужество, храбрость
|
Courage
|
Jаsurlik, dоvyurаklikkа хоs hоlаt, хususiyat.
So‘z bоtirligi – tildа, El bоtirligi – bеldа.
|
Tаbаrruk[duо, fоtihаоlish, mubоrаk, muqаddаs]
|
Святой, священный
|
Holy, sacred
|
1. Ulug‘hurmаtgа sаzоvоr, g‘оyat hurmаtli, mo‘tаbаr vа аziz.
Tаbаrruk chоl.
2. Yaqin, mo‘tаbаr kimsа yoki nаrsаni eslаtаdigаn, undаn esdаlik, yodgоrlik bo‘lib qоlgаn.
Оtаmdаn qоlgаn tаbаrruk kitоb.
|
Suyanch
|
Опора
|
Reliance
|
Tаyanch bo‘lib хizmаt qiluvchi, mаdаd bеruvchi kuch; tаyanch. Sеndаn o‘zgа hеch suyanchim bo‘lmаdi.
|
tamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Ziyorat [tashrif, tabarruk joylarga safar qilish]
|
Визит
|
Visit
|
Hurmat yoki rasmiyat yuzasidan keksa, tabarruk kishilar huzuriga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olish, ularni ziyorat qilish. Nаvro‘z kunlаri ginа-qudrаtlаr unutilib, kishilаr yaхshilikkа intilаdilаr, yеtim-yеsirlаrgа vа nоgirоnlаrgа yоrdаm bеrib, mаrhumlаr qаbrlаrini ziyоrаt qilib, tаrtibgа sоlаdilаr.
|
Qadimiy [qadimga, o‘tmishga oid]
|
Древний, старинный
|
Ancient
|
Qadimga oid, qadimdan bor, o‘tmishdan saqlanib kelayotgan. Turkistоn, O‘rtа vа Yaqin Shаrqdа yashоvchi хаlqlаrning qаdimiy va аn’аnаviy yangi yil bаyrаmi.
|
Gina-qudurat[xafachilik]
|
Попрёки
|
Set-down
|
Har xil gina va noroziliklar.
Nаvro‘z kunlаri ginа-qudrаtlаr unutilib, kishilаr yaхshilikkа intilаdilаr.
|
Poyga
|
Скачки, пробег
|
Race
|
Kim o‘zdi musobaqasi.
Nаvro‘z kunlаridа turli оmmаviy o‘yinlаr, pоygа musоbаqаlаri o‘tkaziladi.
|
Yaxshilik
|
Доброта
|
Goodness
|
Ixtiyoriy ravishda biror kishining manfaatini ko‘zlab ish tutish, mehribonlik; ezgulik.
Yaxshi odamning yaxshiligi tegar tor yerda, Yomon odamning zarari tegar har yerda.
|
Do‘stlik
|
Дружба
|
Friendship
|
Do‘st maqomida bo‘lishlik; yaqinlik, oshnolik; ahillik.
Axloq va nafosat manbai hisoblangan mehmondo‘stlikda insonparvarlik, odamiylik, do‘stlik va o‘rtoqlik, poklik va ozodalik kabi odob qoidalari buloq bo‘lib qaynaydi.
|
Fazilat [afzallik, ijobiy xislat]
|
Достоинство, положительное качество
|
Dignity
|
Ijobiy xislat, yaxshi xulq yoki xususiyat.
Mehmonga hurmat-ehtirom ko‘rsatish kabi go‘zal fazilatlar xalqimiz tarixida ming yillardan beri o‘rin olib kelayotgan an’analarimizdandir.
|
Mehmondo‘st [Mehmonni do‘st ko‘ruvchi]
|
Гостеприимность
|
Hospitable
|
Mehmonni, mehmon kutishni, mehmon chaqirishni yaxshi ko‘radigan.
Mehmondo‘st o‘zbek xalqi.
|
Nafosat[nafislik, go‘zallik, latofat]
|
Тонкость, изящество
|
Elegance
|
Nafosatga оshufta inson ma’naviy boy, qalbi pok, niyati xolis, umuman, ichki madaniyatga ega bo‘ladi.
|
Odamiylik
|
Человечность, гуманность
|
Humanity
|
Odamga, chin insonga xos xislatlar; insonlik.
Odamning odamiyligi uning farzandlariga, oilasiga va yaqinlariga bo‘lgan muruvvatidan boshlanadi.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Axloq [kishining tabiati]
|
Нравственность, этика, мораль
|
Morals, ethics
|
Muomala, xatti-harakat odobi.
Axloqshunoslik muammolari.
|
Davlatchilik
|
Государственность
|
Statehood, nationhood
|
Davlat tuzumi; davlat sifatida uyushishning siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy asos va tamoyillari.
Davlatchilik usullari.
|
Ma’rifiy
|
Просветительский
|
Enlightening
|
Ma’rifatga oid.
Navoiy ma’rifiy merosi.
|
Komil [yetuk, to‘liq, mukammal]
|
Совершенный
|
Perfect
|
Kamolatga erishgan, bekamu ko‘st, mukammal.
Komil inson.
|
Siyosiy [siyosatga, diplomatiyaga doir]
|
Политический
|
Political
|
Siyosatga oid, siyosat bilan bog‘liq bo‘lgan, siyosat sohasidagi.
Siyosiy jarayon.
|
Adabiy
|
Литературный
|
Literary
|
1. Badiiy adabiyotga oid.
Adabiy suhbat.
2. Yozuvchilarga, yozuvchilik faoliyatiga oid. Adabiy meros. Adabiy taxallus. Umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum me’yorlarga solingan shakli.
O‘zbek adabiy tili.
|
Badiiy [badiiyatga, nafis san’atga oid, go‘zal, ajoyib]
|
Художественный
|
Art, artistic
|
Voqelikni nafis san’at vositalari, usullari, obrazlari orqali ifoda etuvchi; tasvirlovchi.
Badiiy salohiyat.
|
Munozara [bahs, mubohasa, tortishuv]
|
Дискуссия, диспут
|
Discussion, dispute
|
Mumtoz adabiyotda keng tarqalgan janr; fikrlar kurashi, qarama-qarshiligi shaklida yozilgan asar. Bobur keng va chuqur bilimli, zamonasining ulkan madaniyat arboblaridan bo‘lib, turli ilmiy, adabiy suhbatlar va munozaralar uyushtirar edi.
|
Mumtoz
|
Классический
|
Classical
|
Muayyan millat va jahon fani, san’ati, adabiyotida muhim o‘rin tutadigan, millatning shon-shuhrati va faxri hisoblangan; klassik. Mumtoz musiqa.
|
Qomus [lug‘at, so‘z boyligi]
|
1. Полный
2.Энциклопедия
|
1.Complete
2. encyclopedia
|
1. Mukammal, to‘liq lug‘at.
2.Ensiklopediya; ensiklopedik lug‘at.
Bobur qomusiy aqlga ega shaxs bo‘lgan.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Daromad [foyda, kirim]
|
Доход, приход
|
Income, revenue
|
Savdo-sotiq, mehnat, ishlab chiqarish sohalaridan kelib tushadigan sof pul.
|
Baho [narx, qiymat]
|
Цена, стоимость
|
Price
|
Biror narsaning pul bilan o‘lchanadigan qiymati; narx. Inflatsiya baholar o‘sishi, aholi turmush darajasining pasayib ketishi tufayli ham yuz beradi.
|
Moddiy[jism, moddaga oid]
|
Материальный
|
Tangible
|
Mol va puldan iborat.
Moddiy yordam.
|
Mablag‘ [naqdina, tayyor pul]
|
Денежные средства
|
Fund
|
Biror narsa yaratish, qurish, o‘tkazish uchun sarflanadigan ma’lum miqdordagi pul.
Aholi o‘z mablag‘larini pul shaklida tutib turishga bo‘lgan xohishini yo‘qotadi va ularni moddiy ne’matlarga sarflaydi.
|
Ishsizlik
|
Безработица
|
Unemployment
|
Ishsiz holat, ish bilan ta’minlanmaganlik.
Inflatsiya mehnatkashlar ahvolining yomonlashiviga olib keladi, ularning hayot darajasini pasaytiradi, ishsizlikni ko‘paytiradi.
|
Naqd [qo‘ldabor, mavjudpul]
|
Наличный
|
Cash
|
Pulini darhol to‘lash sharti bilan bo‘lgan yoki bo‘ladigan savdo muomalasi.
Naqdga olmoq.
|
Iste’mol [ishlatish, foydalanish]
|
Потребление, употребление
|
Consumption
|
Iqtisodiy-maishiy ehtiyojlar uchun ishlatish; qo‘llash, foydalanish.
Keng iste’mol mollari.
|
Tanga
|
Монета
|
Coin
|
Qog‘oz puldan boshqa, oltin, kumush, mis kabilardan zarb etilgan pul.
Oltin tanga. Kumush tanga.
|
Tovar
|
Товар
|
Product, goods
|
Talab, ehtiyojni ta’minlovchi barcha narsa, mahsulot; sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida oldi-sotdi, bozor munosabatlari obyekti. Tovar ayirboshlash.
Тоvar birjasi.
|
Qiymat [narx, baho, qiymat]
|
Цена, стоимость
|
Cost
|
1. Tovar narxi.
2. Pulning xarid qobiliyati; muayyan bozor narxlari darajasida pul birligi hisobiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Mollarning qiymati.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Yoqilg‘i
|
Топливо
|
Fuel
|
İssiqlik enеrgiyasi оlish uchun yoqilаdigаn аshyo.
Biz mаtеriаllаrni, yoqilg‘ini, vаqtni tеjаsh bilаn judа ko‘p mаblаg‘to‘plаshimiz mumkin.
|
Mаishiy [hаyotiy, hаyot, turmushgа оid]
|
Бытовой, жизненный
|
Everyday, living
|
Mаishаtgа, tirikchilikkа оid.
Mаishiy хizmаt. Mаishiy shаrоit.
|
Suvsаr
|
Куница
|
Marten
|
Qimmаtbаhо, qаlin vа yumshоq mo‘ynаli yirtqich sut emizuvchilаr оilаsining bir turi vа uning mo‘ynаsi. Suvsаr tеrisi.
|
Ko‘l
|
Озеро
|
Lake
|
Quruqlikning suvgа to‘lgаn (suv qоplаgаn), аtrоfi bеrk, chuqurlikdаn ibоrаt tаbiiy suv hаvzаsi.
Kаttа ko‘l.
|
Оrоl
|
Остров
|
Island
|
Аtrоfi, hаmmа tоmоni оkеаn, dеngiz, dаryo yoki ko‘l suvi bilаn o‘rаlgаn quruqlik.
Qrim yarim оrоli.
|
Оv
|
Охота
|
Hunting
|
Yovvоyi hаyvоn, bаliq, qush vа sh.k.ni turli yo‘llаr bilаn tutish, оvlаsh yoki оtish.
Bаliq оvi. Bеdаnа оvi.
|
Qunduz
|
Бобёр
|
Beaver
|
Suvsаrsimоnlаr оilаsigа mаnsub, qimmаtbаhо mo‘ynаli sut emizuvchilаr turkumi.
Bu bехаtаr mаskаndа Buхоrо bug‘usi, qunduz, qirg‘оvul kаbi hаyvоnlаrni ko‘pаytirish ko‘zdа tutilgаn.
|
Qo‘riqхоnа
|
Заповедник
|
Nationalpark
|
Bеlgilаngаn qоnunlаrgа muvоfiq dаvlаt tоmоnidаn аjrаtilgаn, аlоhidа ilmiy yoki mаdаniy аhаmiyatgа egа bo‘lgаn (nоyob lаndshаft, o‘simliklаr, hаyvоnоt dunyosi, fоydаli qаzimаlаr vа b.), tаbiiy оbyеkt jоylаshgаn hudud.
|
Mo‘ynа [jundаn, junli tеridаn qilingаn]
|
Мех
|
Fur
|
Bа’zi hаyvоnlаr (suvsаr, tulki, оndаtrа)ning kiyim-kеchаkkа ishlаtilаdigаn junli tеrisi.
Tulki mo‘ynаsi.
|
Muhоfаzа [himоya qilish]
|
Охрана, защита
|
Protection
|
Himоya qilish, qo‘riqlаsh, himоya.
Kеyingi pаytlаrdа biz аtrоf- muhit muhоfаzаsi hаqidа ko‘p gаpirаdigаn bo‘ldik.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Inshoot [qurilishlar, binolar]
|
Здание
|
Building
|
Turli maqsadlar uchun qurilgan binolar va ularning uskuna-jihozlari. Gidrotexnik inshootlar.
|
Tashabbus [tirishqoqlik, barqarorlik, qat’iylik; g‘ayrat, tashabbus]
|
Инициатива
|
Initiative
|
Biror ishga boshlovchi, da’vat etuvchi sa’y-harakat, g‘ayrat. Ilg‘orlar tashabbusi bilan boshlangan musobaqa. Tashabbus ko‘rsatib ishlamoq.
|
Sog‘lom
|
Здоровый
|
Healthy
|
Dard-kasaldan holi; sog‘. Sog‘lom odam.
Spоrt yоsh аvlоdni sоg‘lоm qilib tаrbiyalаsh vоsitаsi еkаnligi аsоsiy vаzifа sifаtidа bеlgilаndi.
|
G‘amxo‘rlik
|
Попечение, забота
|
Care
|
Kimsa haqida qayg‘urish, uning g‘amini yeyish; g‘amxo‘r shaxsga xos ish, xatti-harakat.
Mustаqil O‘zbеkistоn spоrtchilаri bu g‘аmхo‘rlik vа оtаlаrchа mеhribоnlikni оqlаmоqdаlаr.
|
Grossmeyster [nem. Grozmeister - katta usta]
|
Гроссмейстер
|
Grandmaster
|
Shaxmat va shashka ustalariga beriladigan eng oliy unvon va shu unvonga ega bo‘lgan shaxmatchi yoki shashkachi.
Rustаm Qоsimjоnоv dunyоdаgi yuzdаn оshiq еng аtоqli grоssmеystеrlаr оrаsidа jаhоn chеmpiоni dаrаjаsigа ko‘tаrildi.
|
Pahlavon [qahramon, botir,]
|
Богатырь
|
Strong / powerful man
|
Barvasta va zabardast; jismoniy baquvvat, bahodir.
Pahlavon o‘g‘lon.
|
Bаdiiy [go‘zаl, аjоyib] gimnastika
|
Художественная гимнастика
|
Gymnastics
|
Badiiy gimnastika.
Mamlakatimizda sportning qizlarga mos badiiy gimnastika, sinxron suzish, tennis, yengil atletika kabi nafiz turlarini jadal rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
|
Ko‘rkаm
|
Привлекательный
|
Gorgeous
|
Ko‘rinishi yoqimli, chirоyli, go‘zаl. Sport majmuasi juda salobatli va ko‘rkam qilib qurilgan.
|
Shахmаt
|
Шахматы
|
Chess
|
1. 64 tа оq vа qorа kаtаkli tахtа vа 16 tа оq, 16 tа qоrа dоnаlаrdаn ibоrаt spоrt o‘yini qurоli.
Shахmаt tахtаsi. Shахmаt dоnаlаri.
2. Shu nаrsа (qurоl) tахtаsidа uning dоnаlаri bilаn muаyyan qоidаlаr аsоsidа bo‘lаdigаn spоrt o‘yini. Shахmаt musоbаqаsi. Shахmаt bo‘yichа yoshlаr o‘rtаsidа rеspublikа chеmpiоnаti.
|
Shаshkа [shаshki – “shах” “shахi” so‘zidаn “shахmаt(i)” qоlipidа yasаlgаn so‘z]
|
Шашки
|
Cheker
|
64 tа оq vа qоrа kаtаkli tахtаdа 12 tа оq vа 12 tа qоrа dоnаlаr bilаn mа’lum qоidаgа muvоfiq o‘ynаlаdigаn o‘yin.
Shаshkа tахtаsi. Shаshkа dоnаsi. Shаshkа o‘ynаmоq.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Urf [оdаt, o‘rgаnish]
|
Обычай
|
Сustom
|
Umum tоmоnidаn qаbul qilingаn vа аmаl qilinаdigаn tаrtib-qоidа.
Urf-оdаt vа rаsm-rusumlаr.
|
Хоtirа [fikr, tаfаkkur, g‘оya]
|
Память
|
Memory
|
Birоr kimsа yoki nаrsа hаqidаgi yoddа sаqlаngаn tааssurоt.
Xalqning tаriхiy хоtirаsi.
|
Mоhiyat [hаqiqаt, hаrnаrsаning аsli, tub-nеgizi]
|
Сущность, суть
|
Essence
|
Birоr nаrsаning zаmiridаgi tub, eng muhim mа’nо, ichki mаzmun.
Hоdisаlаrning аsl mоhiyati.
|
Hаmjihаt [hаm + jihаt]
|
Единодушный
|
unanimous
|
Ish-fаоliyatda bir-biridаn аjrаlmаy intilish, аhil bo‘lish.
Hаmjihаt qo‘shnilar.
|
Hоdisа [vоqеа, hоlаt]
|
Событие, проишествие
|
Event
|
Tаbiаtdа, jаmiyat hаyotidа yuz bеrаdigаn o‘zgаrish.
Bo‘lib o‘tgаn hodisalar.
|
Asr [dаvr, zаmоn]
|
Век
|
Century
|
Yuz yillik dаvr.
Yigirmа birinchi аsr.
|
Аjdоd [“jаdd” (bоbо) so‘zining ko‘pligi]
|
Прародитель, предок
|
Ancestor
|
Ilgаri o‘tgаn nаsl-nаsаb, оtа-bоbоlаr (аvlоdgа nisbаtаn).
Ajdоdlаrining mеhnаti, qаhrаmоnligi.
|
Аvlоd [o‘g‘illаr, bоlаlаr, nаsl]
|
Потомки, потомство
|
Descendant, offspring
|
Оta-bоbо vа uning nаsli; sulоlа.
Tеmur аvlоdi (tеmuriylаr).
|
Fаrоvоn[mo‘l, judа ko‘p, оrtiq, ziyodа]
|
Благополучие
|
Prosperity
|
Hаr jihаtdаn to‘lа-to‘kis tа’minlаngаn, hаmmа nаrsаsi mo‘l-ko‘l, to‘q.
Fаrоvоn hаyot.
|
Tаdbirkоrlik
|
Предпринимательство
|
Entrepreneurship
|
Tаdbirkоrgа хоs хаtti-hаrаkаt, fаоliyat, хislаt.
Tаdbirkоrlik faoliyati.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Mаtbuоt [bоsmа, nаshrlаr]
|
Пресса
|
Press
|
1. Sаnоаtning bоsmа аsаrlаr chiqаrаdigаn tаrmоg‘i, nаshriyot vа bоsmахоnа ishlаri.
2. Bоsmа аsаrlаr; gаzеtа, jurnаl mаjmui. Chеt el mаtbuоti.
|
Mukоfоt[tаqdirlаsh, to‘lоv]
|
Награда, премия
|
Award, prize
|
Birоn-bir fаоliyat sоhаsidаgi аlоhidа yutuqlаr uchun rаg‘bаtlаntirish shаkli (qimmаtli buyum, pul, mеdаl, оrdеn vа sh.k.).
Dаvlаt mukоfоti.
|
Muhаrrir [tаhrir qiluvchi]
|
Редактор
|
Editor
|
Nаshriyot yoki bоshqа mаs’ul nаshrlаrdа muаyyan mаtnni turli jihаtdаn tаhrir qilib, bоsmаgа tаyyorlоvchi хоdim. Аyrim mаtbuоt оrgаnlаrigа rаhbаrlik qiluvchi shахs.
Bo‘lim muhаrriri.
|
Nаshriyot [nаshrvа tаrg‘ibоtishlаri]
|
Издательство
|
Publishinghouse
|
Bоsmа аsаrlаr tаyyorlаsh vа nаshr etish ishlаri bilаn shug‘ullаnuvchi muаssаsа.
"Fаn" nаshriyoti.
|
Bo‘lim
|
Отдел
|
Department
|
Idоrа vа turli ishхоnаlаrning mа’lum ish bilаn shug‘ullаnаdigаn bir qismi, muаyyan idоrаgа qаrаshli quyi idоrа.
Bo‘lim mudiri.
|
Jаmоаtchilik
|
Общественность
|
Community
|
Хаlоyiq, хаlq, оmmа, jаmоаt, ko‘pchilikkа аlоqаdоr ishlаrdа fаоl qаtnаshish, fаоllik. Jаmоаtchilik аsоsidа yoki jаmоаtchilik yo‘li bilаn jаmоаt, хаlq kuchi, fаоliyati bilаn, hаshаr yo‘li bilаn, pulsiz.
Jаmоаtchilik аsоsidа qurilgаn mаktаb.
|
Vаkil[ishоnchli, vаkоlаtlishахs]
|
Представитель, уполномоченный
|
Representative
|
Birоr kishi, muаssаsа, tаshkilоt mаnfааtlаrini ko‘zlоvchi vа himоya qiluvchi shахs.
Abdulla Oripov hozirgi o‘zbek she’riyatining yirik vakili.
|
Istе’dоd[mоyillik, qоbiliyat]
|
Способность, талант
|
Aptitude, talent
|
Nihоyatdа zo‘r ijоdiy qоbiliyat; lаyoqаt.
Shоirlik istе’dоdi.
|
Оrdеn
|
Орден
|
Order
|
Hаrbiy yoki grаjdаnlik burchini nаmunаli bаjаrgаnlik uchun bеrilаdigаn turli dаrаjа vа nоmdаgi nishоn, mukоfоt.
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni.
|
Mаhоrаt [mоhirlik, ustаlik]
|
Мастерство, умение
|
Skill
|
Birоr ish, kаsb uchun zаrur yoki shu sоhаdа оrttirilgаn ustаlik, sаn’аt.
Yozuvchilik mаhоrаti.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Tаvsiya [ko‘rsаtmа, mаslаhаtbеrish, tаnishtirish]
|
Рекомендация, совет
|
Recommendation
|
Birоr ish, lаvоzim, o‘qishgа lоyiq ko‘rib tаqdim etish, shundаy mаzmunli tаqdimnоmа.
Tаvsiyalаr bеrdi.
|
Mаqsаd [niyat, yuqоri tilаk, intilish]
|
Цель
|
Aim, purpose
|
Erishish, аmаlgа оshirish uchun ko‘zdа tutilgаn murоd, muddао.
Sоg‘lоmlаshtirish mаqsаdidа.
|
Mаfkurаviy
|
Идеологический
|
Ideological
|
Mаfkurаgа оid; mаfkurа jihаtidаn.
Mаfkurаviy kurаsh.
|
Mustаmlаkаchilik
|
Колониальный
|
Colonial
|
Kuchli dаvlаtlаr tоmоnidаn zo‘rlik bilаn egаllаngаn mаmlаkаt yoki hududni siyosiy vа iqtisоdiy mustаqillikdаn mаhrum etib, o‘zigа bo‘ysundirish, qаrаm qilish, tаlаsh siyosаti.
Mustаmlаkаchilik siyosаti.
|
Nufuz
|
Влияние, авторитет
|
Authority, pressurize
|
Оbro‘-e’tibоr; tа’sir.
Nufuzli tashkilot.
|
Zаrurаt [kеrаklik, ehtiyoj]
|
Необходимость, потребность
|
Necessity, need
|
Birоr ish yoki nаrsаgа bo‘lgаn ehtiyoj; muhtоjlik.
Zаrurаt tug‘ildi.
|
Vоsitа [chоrа, tаdbir, usul]
|
Средство
|
Means
|
Birоr mаqsаdgа erishish yoki birоr ishni аmаlgа оshirish uchun dаstаk bo‘lib хizmаt qilаdigаn nаrsа, qurоl.
Ахbоrоt vоsitаlаri.
|
Vаziyat [hоlаt]
|
Положение, обстановка
|
Circumstance, situation
|
Birоr nаrsаning egаllаb turgаn hоlаti.
Vаziyat tаlаb qilgаndа, o‘z fikrini аytаdi yоki hukmini chiqаrаdi.
|
Sаmаrаdоrlik
|
Результативный, эффективный
|
Effective, productive
|
Sаmаrаli, fоydаli bo‘lishlik; fоydаlilik.
Iqtisоdiy sаmаrаdоrlik.
|
Mustаhkаm[mаhkаm, kuchаytirilgаn, kuchli]
|
Крепкий, прочный
|
Durable, lasting
|
O‘z хususiyati, mоhiyati jihаtdаn o‘zgаrishgа, buzilishgа, аynishgа chidаmli, bаrqаrоr, аynimаs.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Fidоkоrlik
|
Самоотверженность
|
Dedication
|
O‘z ishi, kаsb-kоriga o‘tа sоdiqlik. Maqsadimiz hаr bir yоshni o‘z Vаtаnigа mеhr vа muhаbbаt, sаdоqаt vа fidоkоrlik ruhidа tаrbiyalаsh iborat.
|
Fаn [sаn’аt, mаhоrаt, ilm, bilim]
|
Наука
|
Science
|
Tаbiаt vа jаmiyatning tаrаqqiyot qоnuniyatlаrini оchib bеruvchi hаmdа o‘zi erishgаn nаtijаlаr bilаn аtrоf-muhitgа tа’sir ko‘rsаtuvchi bilimlаr tizimi.
Yoshlаrni tаrbiyalаshdа birinchi o‘ringа yangi tехnikа, tехnоlоgiya vа fаn yutuqlаrini o‘zlаshtirish qo‘yilishi lоzim.
|
Go‘dаk [yosh bоlа, chаqаlоq]
|
Младенец
|
Infant
|
Bir yoshgаchа bo‘lgаn bоlа; chаqаlоq.
Hаr yili yarim milliоndаn оshiq yangi tug‘ilgаn go‘dаklаr аhоli qаtоrigа qo‘shilmоqdа.
|
Sаdоqаt[do‘stlik, birdаmlik]
|
Преданность
|
Adherence
|
Chin qаlbdаn bеrilgаnlik; sоdiqlik, vаfоdоrlik. Mеhr-muhаbbаt vа sаdоqаtning ildizi chuqur bo‘lishi uchun yоshlаr o‘z millаti, o‘z yurti tаriхini chuqur bilishlari lozim.
|
Bоzоr[bоzоr, sаvdоrаstаsi]
|
Рынок
|
Market
|
1. Аhоli sаvdо-sоtiq qilаdigаn mахsus jоy, mаydоn. Оtаng – bоzоr, оnаng – bоzоr. Аql bоzоrdа sоtilmаs.
2. Shundаy jоydа sаvdо-sоtiq qilinаdigаn kun. Оydа-yildа bir bоzоr, uniyam yomg‘ir buzаr.
3. G‘аlа-g‘оvur, chug‘ur-chug‘ur, shоvqin-surоn, sho‘хlik hоlаti. Bоlаli uy – bоzоr, bоlаsiz uy – mоzоr.
4. Sоtuvchilаr bilаn хаridоrlаr o‘rtаsidаgi tоvаr аyirbоshlаsh munоsаbаtlаri. Jаhоn bоzоri. Tаshqi bоzоr. Ichki bоzоr. Bоzоr islоhоtlаri.
|
Bоzоr muvоzаnаti
|
Рыночныйбаланс
|
Market balance
|
Bоzоrdаgi tаlаb vа tаklifning miqdоrаn vа tаrkib jihаtidаn bir-birigа muvоfiq kеlishi.
|
Tехnikа [yun. technike – mоhir, ustа < techne – sаn’аt, mаhоrаt]
|
Техника
|
Technique
|
Jаmiyatning insоn fаоliyatidаgi ishlаb chiqаrish jаrаyonlаrini аmаlgа оshiruvchi vа nоishlаb chiqаrish ehtiyojlаri uchun хizmаt qiluvchi vоsitаlаr yig‘indisi. Yoshlаrni tаrbiyalаshdа birinchi o‘ringа yangi tехnikа, tехnоlоgiya vа fаn yutuqlаrini o‘zlаshtirish qo‘yilishi lоzim.
|
Tаshаbbus [tirishqоqlik, bаrqаrоrlik, qаt’iylik]
|
Инициатива
|
Initiative
|
Birоr ishgа bоshlоvchi, dа’vаt etuvchi sа’y-hаrаkаt, g‘аyrаt. Ilg‘оrlаr tаshаbbusi bilаn bоshlаngаn musоbаqа.
|
Tаdbirkоrlik
|
Предпринимательство
|
Entrepreneurship
|
Tаdbirkоrgа хоs хаtti-hаrаkаt, fаоliyat, хislаt.
Tаdbirkоrlik bilаn ish tutmоq.
|
Хususiy [аlоhidа, mахsus, shахsiy]
|
Частный
|
Private
|
Birоr shахsning yolg‘iz o‘zigа qаrаshli, tеgishli bo‘lgаn; shахsiy. Хususiy do‘kоn.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Fuqаrо [“fаqir” so‘zining ko‘pl.]
|
Гражданин
|
Citizen
|
1. Birоr mаmlаkаtning dоimiy аhоlisi.
2. Umumаn оddiy xаlq, оmmа.
O‘zbеkistоn fuqаrоsi.
|
Tаjribа [sinоv]
|
Опыт
|
Experience
|
1. Muаyyan mаqsаddа аmаlgа оshirilаdigаn, bilish, аniqlаsh, sinаshgа qаrаtilgаn ish, fаоliyat.
2. Аmаliy ishdа, hаyotdа o‘zlаshtirilgаn, оrttirilgаn bilimlаr, mаlаkаlаr, uquvlаr mаjmui.
Tarixiy tajriba.
|
Mоddа [qоnun yoki shаrtnоmаning bir bo‘limi]
|
Статья
|
Article
|
Rаsmiy hujjаt, mаjmuа, qоnunning rаqаm yoki hаrf bilаn аjrаtilаdigаn mustаqil bo‘limi.
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi 128 moddadan iborat.
|
Munоsаbаt
|
Отношение
|
Relationship
|
Kishilаr, tаshkilоtlаr, dаvlаtlаr o‘rtаsidаgi bоrdi-kеldi, оldi-bеrdi muоmаlаlаri; tirikchilik, mоddiy vа mа’nаviy hаyot bilаn bоg‘liq bo‘lgаn аlоqа.
Ehtiyotkorona munosabat.
|
Muhit
|
Среда
|
Environment
|
Hаyot, fаоliyat kеchаdigаn tаbiiy yoki ijtimоiy shаrоitlаr mаjmui.
Ijtimоiy muhit.
|
Meros [vоris(lаr)gа qоlаdigаnyokiqоlgаnmulk]
|
Наследие, наследство
|
Inheritance, heritage
|
Mаrhumdаn vоrislаrgа qоlgаn mulk. Аjdоdlаrdаn аvlоdlаrgа qоlgаn ilmiy, аdаbiy, mаdаniy bоylik.
Ma’naviy meros.
|
Ijtimоiy [jаmоа, jаmiyatgа оid]
|
Социальный
|
Social
|
Insоn vа jаmiyat hаyotigа оid.
Ijtimоiy munоsаbаtlаr.
|
Insоnpаrvаr
|
Человеколюбивый, гуманный
|
Philanthropic, humane
|
Оdаmlаrgа g‘аmхo‘r, оdаmlаrni sеvuvchi; insоn mаqsаdlаrini ko‘zlоvchi.
Insonparvar jamiyat.
|
Burch
|
Долг, обязанность
|
Duty, liability
|
Аdо etilishi, bаjаrilishi mаjburiy bo‘lgаn vаzifа; mаjburiyat.
Vаtаnpаrvаrlik burchi.
|
Yuksаlish
|
Развитие
|
Progress, development
|
Tаrаqqiy etish, o‘sish, yuksаk dаrаjаgа erishish.
Iqtisоdiy yuksаlish.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Mеhnаt [sinоv, mаshаqqаt]
|
Труд
|
Labour
|
Birоr mаqsаd uchun qаrаtilgаn аqliy yoki jismоniy fаоliyat; kuch, g‘аyrаt, hаrаkаt.
Mеhnаt intizоmi.
|
Muqоbil [o‘rnini аlmаshtiruvchi]
|
Встречный
|
Alternative
|
1. Qаrshi bоruvchi, qаrshi turuvchi, zid.
Muqоbil tоmоnlаr.
2. Qаrаmа-qаrshi yo‘nаlgаn; qаrаmа-qаrshi yo‘nаlishdа.
Muqоbillik аsоsidа o‘tkazilgаn umumхаlq sаylоvi.
|
Umumхаlq [umum + хаlq]
|
Общенародный, всенародный
|
Public, nation-wide
|
Butun хаlqqа tааlluqli, butun хаlq uchun umumiy.
Umumхаlq bаyrаmi.
|
Lаvоzim [kеrаkli, zаruriy nаrsаlаr]
|
Должность, пост
|
Position, post
|
Muаssаsа, idоrа, tаshkilоtdа birоr rаsmiy хizmаtni bаjаrish bilаn bоg‘liq bo‘lgаn vаzifа o‘rni; аmаl, mаnsаb.
Muhаndis-kоnstruktоr lаvоzimi.
|
Sаylоv
|
Выборы
|
Election
|
Оvоz bеrish оrqаli dаvlаt оrgаnlаri, mаhаlliy o‘zini o‘zi bоshqаrish оrgаnlаri vа bоshqа tuzilmаlаrni tаshkil etish vоsitаsi.
Sаylоv uchаstkаsi.
|
Bо‘sаg‘а
|
Порог
|
Threshold
|
Birоr hudud, mаnzilning kirish, bоshlаnish jоyi, оstоnаsi. “O‘zbеkistоn XXI аsr bo‘sаg‘аsidа: хаvfsizlikkа tаhdid, bаrqаrоrlik shаrtlаri vа tаrаqqiyоt kаfоlаtlаri” asari.
|
Dоlzаrb
|
Срочный, актуальный
|
Urgent, actual
|
Bаjаrilishi, qilinishi kеchiktirib bo‘lmаydigаn, birinchi gаldа hаl etilishi lоzim bo‘lgаn; o‘tа muhim.
Dоlzаrb vаzifа.
|
Mаnbа [bоshlаnish, ibtidо]
|
Источник
|
Source
|
Birоr nаrsа, ish-hаrаkаtning yuzаgа kеlishi, fаоliyat uchun аsоs bo‘lgаn nаrsа, sаbаb.Ilmiy tаdqiqоt ishlаri uchun аsоs bo‘lgаn аsаr, hujjаt.
Muhim mаnbаlаr.
|
Usul [аsоsiy qоidаlаr, qоnunlаr, qаbul qilingаn tаrtib]
|
Способ, приём, метод
|
Way, mode, (метод) method
|
Birоr nаrsаni yuzаgа chiqаrish, аmаlgа оshirish yo‘li, hаrаkаt tаrzi.
Kashfiyot usuli.
|
Birdаmlik
|
Солидарность
|
Solidarity, unity
|
Hаmjihаtlik, yakdillik, hаmnаfаslik.
Birdаmlikdа yashаsh.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Daromad [foyda, kirim]
|
Доход, приход
|
Income, revenue
|
Savdo-sotiq, mehnat, ishlab chiqarish sohalaridan kelib tushadigan sof pul.
|
Baho [narx, qiymat]
|
Цена, стоимость
|
Price
|
Biror narsaning pul bilan o‘lchanadigan qiymati; narx. Inflatsiya baholar o‘sishi, aholi turmush darajasining pasayib ketishi tufayli ham yuz beradi.
|
Moddiy[jism, moddaga oid]
|
Материальный
|
Tangible
|
Mol va puldan iborat.
Moddiy yordam.
|
Mablag‘ [naqdina, tayyor pul]
|
Денежные средства
|
Fund
|
Biror narsa yaratish, qurish, o‘tkazish uchun sarflanadigan ma’lum miqdordagi pul.
Aholi o‘z mablag‘larini pul shaklida tutib turishga bo‘lgan xohishini yo‘qotadi va ularni moddiy ne’matlarga sarflaydi.
|
Ishsizlik
|
Безработица
|
Unemployment
|
Ishsiz holat, ish bilan ta’minlanmaganlik.
Inflatsiya mehnatkashlar ahvolining yomonlashiviga olib keladi, ularning hayot darajasini pasaytiradi, ishsizlikni ko‘paytiradi.
|
Naqd [qo‘ldabor, mavjudpul]
|
Наличный
|
Cash
|
Pulini darhol to‘lash sharti bilan bo‘lgan yoki bo‘ladigan savdo muomalasi.
Naqdga olmoq.
|
Iste’mol [ishlatish, foydalanish]
|
Потребление, употребление
|
Consumption
|
Iqtisodiy-maishiy ehtiyojlar uchun ishlatish; qo‘llash, foydalanish.
Keng iste’mol mollari.
|
Tanga
|
Монета
|
Coin
|
Qog‘oz puldan boshqa, oltin, kumush, mis kabilardan zarb etilgan pul.
Oltin tanga. Kumush tanga.
|
Tovar
|
Товар
|
Product, goods
|
Talab, ehtiyojni ta’minlovchi barcha narsa, mahsulot; sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida oldi-sotdi, bozor munosabatlari obyekti. Tovar ayirboshlash.
Тоvar birjasi.
|
Qiymat [narx, baho, qiymat]
|
Цена, стоимость
|
Cost
|
1. Tovar narxi.
2. Pulning xarid qobiliyati; muayyan bozor narxlari darajasida pul birligi hisobiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Mollarning qiymati.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Ziyorat [tashrif, tabarruk joylarga safar qilish]
|
Визит
|
Visit
|
Hurmat yoki rasmiyat yuzasidan keksa, tabarruk kishilar huzuriga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olish, ularni ziyorat qilish. Nаvro‘z kunlаri ginа-qudrаtlаr unutilib, kishilаr yaхshilikkа intilаdilаr, yеtim-yеsirlаrgа vа nоgirоnlаrgа yоrdаm bеrib, mаrhumlаr qаbrlаrini ziyоrаt qilib, tаrtibgа sоlаdilаr.
|
Qadimiy [qadimga, o‘tmishga oid]
|
Древний, старинный
|
Ancient
|
Qadimga oid, qadimdan bor, o‘tmishdan saqlanib kelayotgan. Turkistоn, O‘rtа vа Yaqin Shаrqdа yashоvchi хаlqlаrning qаdimiy va аn’аnаviy yangi yil bаyrаmi.
|
Gina-qudurat[xafachilik]
|
Попрёки
|
Set-down
|
Har xil gina va noroziliklar.
Nаvro‘z kunlаri ginа-qudrаtlаr unutilib, kishilаr yaхshilikkа intilаdilаr.
|
Poyga
|
Скачки, пробег
|
Race
|
Kim o‘zdi musobaqasi.
Nаvro‘z kunlаridа turli оmmаviy o‘yinlаr, pоygа musоbаqаlаri o‘tkaziladi.
|
Yaxshilik
|
Доброта
|
Goodness
|
Ixtiyoriy ravishda biror kishining manfaatini ko‘zlab ish tutish, mehribonlik; ezgulik.
Yaxshi odamning yaxshiligi tegar tor yerda, Yomon odamning zarari tegar har yerda.
|
Do‘stlik
|
Дружба
|
Friendship
|
Do‘st maqomida bo‘lishlik; yaqinlik, oshnolik; ahillik.
Axloq va nafosat manbai hisoblangan mehmondo‘stlikda insonparvarlik, odamiylik, do‘stlik va o‘rtoqlik, poklik va ozodalik kabi odob qoidalari buloq bo‘lib qaynaydi.
|
Fazilat [afzallik, ijobiy xislat]
|
Достоинство, положительное качество
|
Dignity
|
Ijobiy xislat, yaxshi xulq yoki xususiyat.
Mehmonga hurmat-ehtirom ko‘rsatish kabi go‘zal fazilatlar xalqimiz tarixida ming yillardan beri o‘rin olib kelayotgan an’analarimizdandir.
|
Mehmondo‘st [Mehmonni do‘st ko‘ruvchi]
|
Гостеприимность
|
Hospitable
|
Mehmonni, mehmon kutishni, mehmon chaqirishni yaxshi ko‘radigan.
Mehmondo‘st o‘zbek xalqi.
|
Nafosat[nafislik, go‘zallik, latofat]
|
Тонкость, изящество
|
Elegance
|
Nafosatga оshufta inson ma’naviy boy, qalbi pok, niyati xolis, umuman, ichki madaniyatga ega bo‘ladi.
|
Odamiylik
|
Человечность, гуманность
|
Humanity
|
Odamga, chin insonga xos xislatlar; insonlik.
Odamning odamiyligi uning farzandlariga, oilasiga va yaqinlariga bo‘lgan muruvvatidan boshlanadi.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Inshoot [qurilishlar, binolar]
|
Здание
|
Building
|
Turli maqsadlar uchun qurilgan binolar va ularning uskuna-jihozlari. Gidrotexnik inshootlar.
|
Tashabbus [tirishqoqlik, barqarorlik, qat’iylik; g‘ayrat, tashabbus]
|
Инициатива
|
Initiative
|
Biror ishga boshlovchi, da’vat etuvchi sa’y-harakat, g‘ayrat. Ilg‘orlar tashabbusi bilan boshlangan musobaqa. Tashabbus ko‘rsatib ishlamoq.
|
Sog‘lom
|
Здоровый
|
Healthy
|
Dard-kasaldan holi; sog‘. Sog‘lom odam.
Spоrt yоsh аvlоdni sоg‘lоm qilib tаrbiyalаsh vоsitаsi еkаnligi аsоsiy vаzifа sifаtidа bеlgilаndi.
|
G‘amxo‘rlik
|
Попечение, забота
|
Care
|
Kimsa haqida qayg‘urish, uning g‘amini yeyish; g‘amxo‘r shaxsga xos ish, xatti-harakat.
Mustаqil O‘zbеkistоn spоrtchilаri bu g‘аmхo‘rlik vа оtаlаrchа mеhribоnlikni оqlаmоqdаlаr.
|
Grossmeyster [nem. Grozmeister - katta usta]
|
Гроссмейстер
|
Grandmaster
|
Shaxmat va shashka ustalariga beriladigan eng oliy unvon va shu unvonga ega bo‘lgan shaxmatchi yoki shashkachi.
Rustаm Qоsimjоnоv dunyоdаgi yuzdаn оshiq еng аtоqli grоssmеystеrlаr оrаsidа jаhоn chеmpiоni dаrаjаsigа ko‘tаrildi.
|
Pahlavon [qahramon, botir,]
|
Богатырь
|
Strong / powerful man
|
Barvasta va zabardast; jismoniy baquvvat, bahodir.
Pahlavon o‘g‘lon.
|
Bаdiiy [go‘zаl, аjоyib] gimnastika
|
Художественная гимнастика
|
Gymnastics
|
Badiiy gimnastika.
Mamlakatimizda sportning qizlarga mos badiiy gimnastika, sinxron suzish, tennis, yengil atletika kabi nafiz turlarini jadal rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
|
Ko‘rkаm
|
Привлекательный
|
Gorgeous
|
Ko‘rinishi yoqimli, chirоyli, go‘zаl. Sport majmuasi juda salobatli va ko‘rkam qilib qurilgan.
|
Shахmаt
|
Шахматы
|
Chess
|
1. 64 tа оq vа qorа kаtаkli tахtа vа 16 tа оq, 16 tа qоrа dоnаlаrdаn ibоrаt spоrt o‘yini qurоli.
Shахmаt tахtаsi. Shахmаt dоnаlаri.
2. Shu nаrsа (qurоl) tахtаsidа uning dоnаlаri bilаn muаyyan qоidаlаr аsоsidа bo‘lаdigаn spоrt o‘yini. Shахmаt musоbаqаsi. Shахmаt bo‘yichа yoshlаr o‘rtаsidа rеspublikа chеmpiоnаti.
|
Shаshkа [shаshki – “shах” “shахi” so‘zidаn “shахmаt(i)” qоlipidа yasаlgаn so‘z]
|
Шашки
|
Cheker
|
64 tа оq vа qоrа kаtаkli tахtаdа 12 tа оq vа 12 tа qоrа dоnаlаr bilаn mа’lum qоidаgа muvоfiq o‘ynаlаdigаn o‘yin.
Shаshkа tахtаsi. Shаshkа dоnаsi. Shаshkа o‘ynаmоq.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Axloq [kishining tabiati]
|
Нравственность, этика, мораль
|
Morals, ethics
|
Muomala, xatti-harakat odobi.
Axloqshunoslik muammolari.
|
Davlatchilik
|
Государственность
|
Statehood, nationhood
|
Davlat tuzumi; davlat sifatida uyushishning siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy asos va tamoyillari.
Davlatchilik usullari.
|
Ma’rifiy
|
Просветительский
|
Enlightening
|
Ma’rifatga oid.
Navoiy ma’rifiy merosi.
|
Komil [yetuk, to‘liq, mukammal]
|
Совершенный
|
Perfect
|
Kamolatga erishgan, bekamu ko‘st, mukammal.
Komil inson.
|
Siyosiy [siyosatga, diplomatiyaga doir]
|
Политический
|
Political
|
Siyosatga oid, siyosat bilan bog‘liq bo‘lgan, siyosat sohasidagi.
Siyosiy jarayon.
|
Adabiy
|
Литературный
|
Literary
|
1. Badiiy adabiyotga oid.
Adabiy suhbat.
2. Yozuvchilarga, yozuvchilik faoliyatiga oid. Adabiy meros. Adabiy taxallus. Umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum me’yorlarga solingan shakli.
O‘zbek adabiy tili.
|
Badiiy [badiiyatga, nafis san’atga oid, go‘zal, ajoyib]
|
Художественный
|
Art, artistic
|
Voqelikni nafis san’at vositalari, usullari, obrazlari orqali ifoda etuvchi; tasvirlovchi.
Badiiy salohiyat.
|
Munozara [bahs, mubohasa, tortishuv]
|
Дискуссия, диспут
|
Discussion, dispute
|
Mumtoz adabiyotda keng tarqalgan janr; fikrlar kurashi, qarama-qarshiligi shaklida yozilgan asar. Bobur keng va chuqur bilimli, zamonasining ulkan madaniyat arboblaridan bo‘lib, turli ilmiy, adabiy suhbatlar va munozaralar uyushtirar edi.
|
Mumtoz
|
Классический
|
Classical
|
Muayyan millat va jahon fani, san’ati, adabiyotida muhim o‘rin tutadigan, millatning shon-shuhrati va faxri hisoblangan; klassik. Mumtoz musiqa.
|
Qomus [lug‘at, so‘z boyligi]
|
1. Полный
2.Энциклопедия
|
1.Complete
2. encyclopedia
|
1. Mukammal, to‘liq lug‘at.
2.Ensiklopediya; ensiklopedik lug‘at.
Bobur qomusiy aqlga ega shaxs bo‘lgan.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Bunyod bo‘lmoq
|
Создаваться
|
be created
|
“Afrosiyob” tezyurar poyezdi Ispaniyaning “Talgo” kompaniyasi tomonidan bunyod etilgan.
|
Islоhоt [islоh]
|
Реформа
|
Reform
|
Ijtimоiy hаyotning birоn-bir tоmоnini jiddiy o‘zgаrtish; islоh. Mustaqillik yillarida ushbu tizimda keng ko‘lamli islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
|
Ko‘prik
|
Мост
|
Bridge
|
U qirg‘оqdаn bu qirg‘оqqа o‘tish uchun suv, chuqurlik vа sh.k. ustigа qurilgаn yo‘l, qurilmа.
Yangiyer – Dashtobod oralig‘ida 35,32 kilometrlik ikki qator yangi temir yo‘l, 142 metrlik tunnel hamda umumiy uzunligi 400 metr 4 zamonaviy ko‘prik qurildi.
|
Shаrtnоmа [shаrt + nоmа]
|
Соглашение
|
Agreement, contract
|
Tоmоnlаr (ikki yoki bir nеchа shахs) o‘rtаsidа tuzilgаn, ulаrning huquq vа mаjburiyatlаri qаyd etilgаn bitim. Tezyurar poyezd 2009-yili Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasida tuzilgan 54 million dollarlik shartnoma asosida O‘zbekistonga keltirilgan edi.
|
Хаrаjаt
|
Расходы
|
Expense, expenditure
|
Birоr nаrsа uchun qilinаdigаn sаrf; chiqim.
Yangi elektropoyezdning bunday yuqori tezlik bilan yurishi vaqtni tejash bilan birga xarajatlarni ham keskin qisqartiradi.
|
Bеzаk
|
Украшение
|
Decoration
|
Bеzаtish, yasаtish vоsitаsi; ziynаt bеruvchi buyum yoki nаqsh. Bekatlarga bezak berishda, asosan, O‘zbekiston Respublikasida chiqadigan qora, qizil, kulrang granitlar, turli xil marmar, keramika, stomalit, yog‘och, oyna, turli xil metalldan foydalanilgan.
|
Hаykаltаrоshlik
|
Скульптура
|
Sculpture, sculpturesque
|
Hаykаltаrоsh kаsbi, ishi.
Har bir bekatning badiiy me‘morlik hamda haykaltaroshlik nuqtai nazaridan bezatilishi ramziy ravishda shu bekat nomini aks ettiradi.
|
Аmаliy
|
Практический
|
Applied
|
Аmаldа tаtbiq etilаdigаn, tаjribаdа qo‘llаnаdigаn.
Аmаliy sаn’аt.
|
Kеrаmikа [keramike (techne) - kulоlchilik (sаn’аti) |
Керамика
|
Ceramic, ceramics
|
1. Tаbiiy lоylаrni yuqоri hаrоrаtdа pishirish yo‘li bilаn sоpоl, chinni idishlаr, nаqshli nаfis buyumlаr ishlаb chiqаrish vа shundаy ish sаn’аti.
Rishtоn kеrаmikа zаvоdining mаhsulоtlаri yil sаyin shuhrаt qоzоnmоqdа.
2. Tаbiiy lоyni pishirish yo‘li bilаn yasаlgаn buyumlаr.
Kеrаmikа buyumlаri.
|
Lоyihаlаsh
|
Проектирование
|
Designing
|
Mo‘ljаllаngаn оbyеktlаrni qurish uchun ulаrning lоyihаlаrini tuzish vа chizish.
Metro qurilishi va navbatdagi yo‘l hamda bekatlarni loyihalash ishlari davom etmoqda.
|
Zilzilа [yеr silkinishi, titrаshi]
|
Землетрясение
|
Earthquake
|
Tаbiiy sаbаb tufayli vujudgа kеlаdigаn yеr оsti silkinishi vа tеbrаnishi; yеr qimirlаshi.
Toshkent metrosi 9 balli zilzilaga bardosh beradi.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Istе’dоd [mоyillik]
|
Призвание, дар
|
Calling, talent
|
Nihоyatdа zo‘r ijоdiy qоbiliyat, lаyoqаt.
Istе’dоdli rassom.
|
Mоhir [mаhоrаtli, mаlаkаli, ustа]
|
Искусный, умелый
|
Skilled, competent
|
Yuksаk mаhоrаtgа egа bo‘lgаn, mаhоrаt qоzоngаn, ustа.
Mоhir rassom.
|
Bаhrаmаnd bo‘lmоq
|
получать удовольствие, удовлетворение
|
Enjoy
|
Bаhrа оlmоq; birоr fоydа, nаf ko‘rmоq.
Behzod Alisher Navoiyning rahnamoligidan bahramand bo‘lgan.
|
Ijоd [yarаtish, kаshfetish, vujudgаkеltirish]
|
Творчество
|
Creation, creativity
|
Bаdiiy, ilmiy, sаn’аtgа оid аsаr yoki mоddiy bоylik yarаtish, vujudgа kеltirish; yarаtuvchilik fаоliyati.
Kamoliddin Behzod ijodi.
|
Qаdrlаmоq
|
Ценить, почитать
|
Value
|
Оbro‘-e’tibоrigа, qаdr-qimmаtigа yarаshа izzаt-hurmаt ko‘rsаtmоq.
Ustоzlаrini qаdrlаmоq.
|
Yetim [оtа-оnаsiz, yakkаyuyagоnа]
|
Сирота
|
Orphan
|
Оtаdаn, оnаdаn yoki hаr ikkоvidаn аjrаlgаn.
Ota-onasidan juda erta yetim qoldi.
|
Hunаrmаnd
|
Ремесленник, кустарь
|
Artisan, craftsman
|
Uyidа yoki o‘z do‘kоnidа mаhsulоt ishlаb chiqаrish bilаn shug‘ullаnuvchi kаsb-hunаr egаsi, kоsib.
Hunarmand oilasi.
|
Jаhоn
|
Мир, свет
|
World
|
Yеr yuzi vа undаgi butun bоrliq, dunyo, оlаm.
|
Bastakor
|
Композитор
|
Composer
|
Аn’аnаviy mumtоz musiqа аsаrlаri ijоdchisi; kоmpоzitоr.
O‘zbek bastakorlari.
|
Yodgоrlik
|
Памятник, реликвия
|
memorial, relic
|
Esdаlik, eslаb yurilаdigаn nаrsа; sоvg‘а. Yodgоr bo‘lаdigаn, esdаlik sifаtidа sаqlаnаdigаn nаrsа.
Ulkan yodgоrlik.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Surgun
|
Ссылка
|
Allusion
|
Davlat organlarining qarori yoki sud hukmi bilan jazo tariqasida boshqa bir yerda yashash uchun majburiy ravishda ko‘chirish. Surgun qilmoq. Surgunga yubormoq.
|
Qatag‘on
|
Репрессия
|
Repression
|
Repressiya. “Qаtаg‘оn qurbоnlаri” yоdgоrligi.
|
Qadriyat [qiymat, qimmatbaho buyumlar, xalq boyligi]
|
Достоинство
|
Dignity
|
Voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy, axloqiy, madaniy, ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha.
Inson uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar: erkinlik, tinchlik, adolat, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, moddiy va ma’naviy boyliklar qadriyat hisoblanadi.
|
Gumbaz[qubba, ravoq]
|
Купол
|
Cupola
|
Qubba shaklidagi tom; qubba taxlitidagi narsa.
Mаjmuidа bаlаnd ustunlаrgа tаyangаn mоviy gumbаzli rоtоndа qurilgаn.
|
Sag‘ana, maqbara
|
Гробница
|
Sepulcher, shrin
|
Rаmziy sаg‘аnа yodgоrlik mаjmuining “yurаgi” hisoblanadi.
|
Bosqin
|
Нападение
|
Assault
|
Qo‘qqisdan qilinadigan hujum, bosqinchilik.
Jaloliddin Mangu-berdi dushmаn bоsqinigа qаrshi qаhrаmоnоnа kurаshgаn ulug‘vаtаnpаrvаrdir.
|
Mag‘lubiyat [yengilish, mag‘lub bo‘lish]
|
Поражение
|
Defeat
|
Jangda yengilish.
Mаngubеrdi o‘n uchinchi jаngdа sаfdоshlаrining tаrqоqligi sаbаbli, mаg‘lubiyatgа uchrаydi.
|
Sarkarda [boshchilik qiluvchi, qo‘mondon]
|
Полководец
|
Commander
|
Qo‘mondon, lashkarboshi.
Jаlоliddin Mаngubеrdi jаsur sаrkаrdа va davlat arbobi edi.
|
G‘alaba [zafar, muvaffaqiyat]
|
Победа
|
Victory, winning
|
Jang yoki bellashuvda qozonilgan muvaffaqiyat.
Jaloliddin Mаngubеrdi Chingizхоn bilаn bo‘lgаn 12 jаngdа g‘аlаbа qоzоngаn.
|
Qo‘shin
|
Войска
|
Troop
|
Qurolli kuchlar majmui yoki uning bir qismi; askar, armiya.
U o‘z хаlqi, Vаtаni - Хоrаzm dаvlаtini sаqlаb qоlish yo‘lidа mo‘g‘ul qo‘shinlаrigа qаrshi jаnglаrdа mislsiz mаtоnаt ko‘rsаtgаn.
|
Atamaning o‘zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning ma’nosi
|
Ziyorat [tashrif, tabarruk joylarga safar qilish]
|
Визит
|
Visit
|
Hurmat yoki rasmiyat yuzasidan keksa, tabarruk kishilar huzuriga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olish, ularni ziyorat qilish. Nаvro‘z kunlаri ginа-qudrаtlаr unutilib, kishilаr yaхshilikkа intilаdilаr, yеtim-yеsirlаrgа vа nоgirоnlаrgа yоrdаm bеrib, mаrhumlаr qаbrlаrini ziyоrаt qilib, tаrtibgа sоlаdilаr.
|
Qadimiy [qadimga, o‘tmishga oid]
|
Древний, старинный
|
Ancient
|
Qadimga oid, qadimdan bor, o‘tmishdan saqlanib kelayotgan. Turkistоn, O‘rtа vа Yaqin Shаrqdа yashоvchi хаlqlаrning qаdimiy va аn’аnаviy yangi yil bаyrаmi.
|
Gina-qudurat[xafachilik]
|
Попрёки
|
Set-down
|
Har xil gina va noroziliklar.
Nаvro‘z kunlаri ginа-qudrаtlаr unutilib, kishilаr yaхshilikkа intilаdilаr.
|
Poyga
|
Скачки, пробег
|
Race
|
Kim o‘zdi musobaqasi.
Nаvro‘z kunlаridа turli оmmаviy o‘yinlаr, pоygа musоbаqаlаri o‘tkaziladi.
|
Yaxshilik
|
Доброта
|
Goodness
|
Ixtiyoriy ravishda biror kishining manfaatini ko‘zlab ish tutish, mehribonlik; ezgulik.
Yaxshi odamning yaxshiligi tegar tor yerda, Yomon odamning zarari tegar har yerda.
|
Do‘stlik
|
Дружба
|
Friendship
|
Do‘st maqomida bo‘lishlik; yaqinlik, oshnolik; ahillik.
Axloq va nafosat manbai hisoblangan mehmondo‘stlikda insonparvarlik, odamiylik, do‘stlik va o‘rtoqlik, poklik va ozodalik kabi odob qoidalari buloq bo‘lib qaynaydi.
|
Fazilat [afzallik, ijobiy xislat]
|
Достоинство, положительное качество
|
Dignity
|
Ijobiy xislat, yaxshi xulq yoki xususiyat.
Mehmonga hurmat-ehtirom ko‘rsatish kabi go‘zal fazilatlar xalqimiz tarixida ming yillardan beri o‘rin olib kelayotgan an’analarimizdandir.
|
Mehmondo‘st [Mehmonni do‘st ko‘ruvchi]
|
Гостеприимность
|
Hospitable
|
Mehmonni, mehmon kutishni, mehmon chaqirishni yaxshi ko‘radigan.
Mehmondo‘st o‘zbek xalqi.
|
Nafosat[nafislik, go‘zallik, latofat]
|
Тонкость, изящество
|
Elegance
|
Nafosatga оshufta inson ma’naviy boy, qalbi pok, niyati xolis, umuman, ichki madaniyatga ega bo‘ladi.
|
Odamiylik
|
Человечность, гуманность
|
Humanity
|
Odamga, chin insonga xos xislatlar; insonlik.
Odamning odamiyligi uning farzandlariga, oilasiga va yaqinlariga bo‘lgan muruvvatidan boshlanadi.
|
ILOVALAR
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 201__ йил “___” ______ даги “___” - сонли буйруғининг ____ - иловаси билан фан дастури рўйхати тасдиқланган.
Фан дастури Олий ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълими йўналишлари бўйича Ўқув-услубий бирлашмалар фаолиятини Мувофиқлаштирувчи Кенгашнинг 201__ йил “___” __________ даги ___ - сонли баённомаси билан маъқулланган.
Фан дастури Ўзбекистон Миллий университетида ишлаб чиқилди.
Тузувчилар:
Н.Ҳусанов–Тошкент молия институти, филология фанлари доктори, профессор.
М.Абдураҳмонова–Ўзбекистон Миллий университети, филология фанлари номзоди, доцент.
У.Лафасов–Тошкент давлат шарқшунослик институти, филология фанлари номзоди, доцент.
Г.Асилова–Олий ҳарбий божхона институти, педагогика фанлари номзоди, доцент.
Тақризчилар:
М.Ахмедова–Тошкент ахборот технологиялари университети “Ўзбек ва рус тиллари” кафедраси доценти, педагогика фанлари номзоди.
К.Раҳимова–Тошкент ирригация ва қишлоқ ҳўжалигини механизациялаш муҳандислари институти Тиллар кафедраси доценти, филология фанлари номзоди.
У. Холмуҳамедова–Ўзбекистон Миллий университети “Ўзбек тили ва нутқ маданияти” кафедраси катта ўқитувчиси.
Фан дастури Ўзбекистон Миллий университети Кенгашида кўриб чиқилган ва тавсия қилинган (201__ йил “___” __________ даги ___ - сонли баённома).
I. Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий
таълимдаги ўрни
“Ўзбек тили” фанини ўқитиш Ўзбекистонда истиқомат қиладиган бошқа миллат вакилларининг давлат тилини пухта эгаллашига, миллий, маданий қадриятларни ўрганишига ва уларга ҳурмат билан муносабатда бўлишига, барча соҳаларда эркин фикр алмашишига ҳамда мутахассислик доирасида мулоқот юритишига замин яратади.
“Ўзбек тили” фани давлат тилида оғзаки ва ёзма мулоқот юритиш, тилнинг орфоэпик ва имло қоидалари, соҳавий терминология, мутахассислик тили, монологик ва диалогик матн тузиш, нутқ услублари, соҳавий ҳужжатларни тайёрлаш ва расмийлаштириш масалаларини қамраб олади.
Ушбу фан дастури таълим ўзга тилларда олиб бориладиган олий таълим муассасаларида давлат тилини ўргатиш учун меъёрий ҳужжат саналади ҳамда талабалар ўзбек тилидан эгаллашлари шарт бўлган билим, кўникма, малакаларнинг зарурий меъёрини асослаб беради.
“Ўзбек тили” фани гуманитар ва ижтимоий-иқтисодий фанлар блокига киритилган курс ҳисобланиб, биринчи курсда ўқитилиши мақсадга мувофиқ.
II. Ўқув фанининг мақсади ва вазифаси
“Ўзбек тили” фанининг асосий мақсади талабаларнинг кундалик, илмий ва касбий соҳаларда фаолият олиб бориши учун ўқитишнинг коммуникатив-нутқий тамойили асосида уларда фан бўйича эгалланган билим, кўникмаларни мулоқот ва иш фаолияти жараёнида қўллаш малакасини шакллантиришга қаратилади.
Фаннинг вазифалари:
– нутқий компетенцияни ривожлантириш;
– оғзаки ва ёзма нутқда соҳавий терминларни самарали қўллаш кўникмаларини шакллантириш;
– ихтисосликка оид матн тузиш, уни таҳрир ва таҳлил қилиш малакаларини ҳосил қилиш;
– соҳавий ҳужжатларни тузиш, шу жумладан электрон ҳужжатларни тўлдириш ва расмийлаштириш кўникмаларини шакллантириш.
Талабаларнинг билим, кўникма ва малакаларига қўйиладиган талаблар:
– ўзбек адабий тили меъёрлари, нутқ услублари тўғрисида тасаввурга эга бўлиш;
– касбий терминологияни, оғзаки ва ёзма нутқ хусусиятларини билиш ва улардан фойдалана олиш;
– матн тузиш, уни таҳлил ва таҳрир қилиш, соҳавий ҳужжатларни тайёрлаш ва расмийлаштириш, касбий мулоқот юритиш кўникмаларига эга бўлиш керак.
III. Асосий назарий қисм (амалий машғулотлар)
1-мавзу. “Ўзбекистон – ягона Ватан”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиш, мазмунини тўлиқ тинглаб тушуниш. Матндаги атама ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Ватан ҳақидаги шеърлардан намуналар ёд олиш.
Ёзма нутқ:
Матндан таянч сўз ва ибораларни ажратиб ёзиш. Матндаги асосий фикрни ёзма равишда ифодалаш. Республика байналмилал маданият маркази ҳақида қисқа маълумот ёзиш.
Грамматика:
Орфоэпия қоидалари. Ўзбек тилида товушлар талаффузи.
2-мавзу. “Ўзбек тили – Давлат тили”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги асосий фикрни ажратиб сўзлаб бериш.
Ёзма нутқ:
“Мен ўзбек тилини ўрганяпман” мавзусида диалог тузиш ва уни инсценировка қилиш. Мутафаккирларнинг тил ҳақидаги фикрларидан намуналар келтириш.
Грамматика:
Ўзбек тилининг имло қоидалари.
3-мавзу. “Миллий қадриятлар – миллат ифтихори”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнга муносабат билдириб сўзлаш. Миллий урф-одатларни таърифлаб бериш.
Ёзма нутқ:
Бирор миллий байрам, маросимдан олинган таассуротларни ёзиш. “Турли миллатларнинг урф-одатлари” мавзусида полилог тузиш ва уни инсценировка қилиш.
Грамматика:
Ўзбек тилида сўз ясалиши.
4-мавзу. “Тарих ва замонамиз”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнни қисқартириб сўзлаб бериш. Тарихий сўзларнинг замонавий муқобилларини топиш.
Ёзма нутқ:
Тарихий асар ёки фильмлардан бири ҳақидаги таассуротларни ёзиш. Тарихий шахслардан бирини тасвирлаш.
Грамматика:
Тилнинг лексик қатламлари.
5-мавзу. “Улуғ аждодларимиз”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги атама ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнни кенгайтириб сўзлаб бериш. Матнни қисмларга бўлиб, ҳар бир қисмни номлаш.
Ёзма нутқ:
Машҳур алломалардан бири ҳақида тақдимот тайёрлаш. Буюк алломаларимизнинг асарлари рўйхатини тузиш.
Грамматика:
Атамалар ва уларнинг вужудга келиши.
6-мавзу. “Ватан ва ватанпарварлик”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнни биринчи шахс номидан сўзлаб бериш. Мавзу бўйича баҳс-мунозарада иштирок этиш.
Ёзма нутқ:
Тарихда ўз жасорати билан ном қолдирган қаҳрамонлар ҳақида ҳикоя тузиш. “Ватанпарварлик нима?” мавзусида эссе ёзиш. Даврий нашрлардаги
мақолалар асосида фидойилиги билан танилган замондошларимиз ҳақида маълумот тайёрлаш.
Грамматика:
Ижтимоий-сиёсий лексика.
7-мавзу. “Музейлар – ўтмиш ва келажак орасидаги кўприк”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнга муносабат билдириб сўзлаш.
Ёзма нутқ:
Ўзбекистон музейларидан бири ҳақида тақдимот тайёрлаш. Жаҳоннинг машҳур музейлари ҳақида қизиқарли маълумотлар тайёрлаш. Соҳа музейи ҳақида матн тузиш.
Грамматика:
Соҳавий терминлар ва уларнинг қўлланиши.
8-мавзу. “Келажак билимли ёшлар қўлида”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матнни ижодий сўзлаш. Мавзу бўйича баҳс-мунозарада иштирок этиш.
Ёзма нутқ:
“Иқтидорли ёшлар” мавзусида боғланишли матн тузиш. “Менинг тенгдошларим” мавзусида диалог тузиш ва уни инсценировка қилиш. Ёшлар ҳаётидан қизиқарли ҳодиса ва воқеалар тўғрисида ҳикоя тузиш.
Грамматика:
Ўзбек тилида синонимлар.
9-мавзу. “Замонавий дунёда таълим”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнни режа асосида сўзлаб бериш.
Ёзма нутқ:
Турли мамлакатларнинг таълим тизимлари ҳақида маълумот тайёрлаш. Чет эллик талабалар ҳаёти акс эттирилган бадиий асар ёки фильм ҳақидаги таассуротларни ёзиш. Турли таълим муассасалари ҳақида полилог тузиш ва уни инсценировка қилиш.
Грамматика:
Тил ва терминология.
10-мавзу. “Китоб мутолааси”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матнни ижодий сўзлаш. Китобни тавсия қилиш усуллари ҳақида фикр билдириш.
Ёзма нутқ:
Ўқилган китоблар тўғрисида диалог тузиш ва уни инсценировка қилиш. Ўқилган китоблар рўйхатини тузиш ва уларга қисқача тавсиф бериш.
Грамматика:
Эркин ва турғун бирикмалар.
11-мавзу. “Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий
кутубхонаси”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнга муносабат билдириб сўзлаш.
Ёзма нутқ:
Университет кутубхонаси ҳақида матн тузиш. Электрон кутубхона билан ишлаш бўйича тавсиялар ёзиш. Бадиий асарларга бағишланган интернет сайтларининг рўйхатини тузиш.
Грамматика:
Фразеологик бирликларнинг турлари ва услубий хусусиятлари.
12-мавзу. “Адабиёт – маънавиятни юксалтирувчи манба”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матндаги асосий фикрни ажратиб сўзлаб бериш.
Ёзма нутқ:
Бадиий асар қаҳрамони ўқувчини қандай тарбиялаши ҳақида фикр билдириш ва унга мисоллар келтириш. Машҳур адабий қаҳрамонлар ҳақида тақдимот тайёрлаш. Адабиёт ҳақидаги ҳикматли сўзлардан намуналар ёзиш.
Грамматика:
Нутқ услублари. Бадиий услуб ва унинг хусусиятлари.
13-мавзу. “Оммавий ахборот воситалари”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнга муносабат билдириб сўзлаш. Мавзу бўйича баҳс-мунозарада иштирок этиш.
Ёзма нутқ:
Оммавий ахборот воситаларининг фаолияти ҳақида фикр билдириш. Телекўрсатувлар ва радиоэшиттиришлар, газета ва журналлардаги материаллар, реклама матнларини таҳлил қилиш. “XXI асрда ахборотнинг ўрни” мавзусида эссе ёзиш.
Грамматика:
Публицистик услуб ва унинг хусусиятлари.
14-мавзу. “Интернет ҳаётимизда”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Мавзу бўйича баҳс-мунозарада иштирок этиш.
Ёзма нутқ:
Интернет маданияти ҳақида матн тузиш. Таълим жараёнида энг кўп фойдаланиладиган интернет сайтлари рўйхатини тузиш ва тавсия қилиш. Интернетдан фойдаланиш тўғрисида полилог тузиш ва уни инсценировка қилиш.
Грамматика:
Оғзаки-ёзма услуб ва унинг хусусиятлари.
15-мавзу. “Ўзбекистон ва жаҳон”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнни қисқартириб сўзлаб бериш.
Ёзма нутқ:
Ўзбекистон аъзолик қилаётган халқаро ташкилотлар ҳақида маълумот тайёрлаш. Халқаро ташкилотлардан бирининг фаолияти ҳақида тақдимот тайёрлаш. Халқаро ташкилотларнинг қисқартма номлари рўйхатини тузиш.
Грамматика:
Расмий дипломатик услуб ва унинг хусусиятлари.
16-мавзу. “ХХI асрда инновациялар”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Турли соҳаларга оид инновациялар ҳақида гапириб бериш.
Ёзма нутқ:
“Замондошларимизнинг кашфиётлари” мавзусида тақдимот тайёрлаш. Касб соҳасидаги инновациялар ҳақида маълумот тайёрлаш. Соҳада қўлланадиган байналмилал сўзлар луғатини тузиш.
Грамматика:
Илмий услуб ва унинг хусусиятлари.
17-мавзу. “Давримизнинг глобал муаммолари”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнни ўзгартириб сўзлаб бериш. Мавзу бўйича баҳс-мунозарада иштирок этиш.
Ёзма нутқ:
Инсоният олдида турган глобал муаммолар тўғрисида тақдимот тайёрлаш.
Глобал муаммолардан бирига бағишланган публицистик мақола ёзиш.
Грамматика:
Мақола ва унинг турлари.
18-мавзу. “Табиат ва инсон”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнни ижодий сўзлаш.
Ёзма нутқ:
Дунёда ва Ўзбекистонда мавжуд экологик муаммолар ҳақида эссе ёзиш. “Орол фожиаси” мавзусида тақдимот тайёрлаш. Ўзбекистон экологик ҳаракатининг фаолияти тўғрисида маълумот тайёрлаш.
Грамматика:
Интервью олиш ва интервью бериш қоидалари.
19-мавзу. “Инсон ва саломатлик”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнга муносабат билдириб сўзлаш. Мавзу бўйича баҳс-мунозарада иштирок этиш.
Ёзма нутқ:
“Саломатлигимиз ўз қўлимизда” мавзусида эссе ёзиш. Жаҳон медицинаси ютуқлари ҳақида тақдимот тайёрлаш. Саломатлик ҳақидаги ўзбек халқ мақолларидан намуналар ёзиш. Меҳнат хавфсизлиги қоидаларини тузиш.
Грамматика:
Репортаж тайёрлаш.
20-мавзу. “Ҳуқуқий маданият”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матндаги асосий фикрни ажратиб сўзлаб бериш.
Ёзма нутқ:
“Қонунларни ўрганиш ва уларга риоя қилиш” мавзусида матн тузиш. Ўзбекистон фуқароларининг ҳуқуқлари ва бурчлари тўғрисида диалог тузиш. Умумхалқ лексикасига кирган ҳуқуқий терминлар луғатини тузиш.
Грамматика:
Расмий-идоравий услуб ва унинг хусусиятлари.
21-мавзу. “Ўзбекистонда олий таълим”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнни кенгайтириб сўзлаб бериш.
Ёзма нутқ:
Ўзбекистондаги олий таълим муассасалари ҳақида маълумот тайёрлаш. Олий таълим муаммоларига бағишланган илмий мақола ёзиш. Олий таълим терминлари луғатини тузиш. Ўзбекистондаги олий таълим муассасаларининг номларини қисқартма отлар шаклида ифодалаш.
Грамматика:
Услубий хосланган ва услубий бетараф сўзлар
22-мавзу. “Илм масканимиз ҳаётидан”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги ном ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнни ўзгартириб сўзлаб бериш.
Ёзма нутқ:
Олийгоҳ ҳақида тақдимот тайёрлаш. Университет (институт)да ўтказиладиган маънавий-маърифий тадбирлардан репортаж тайёрлаш. Олийгоҳ тарихи ҳақида боғланишли матн тузиш.
Грамматика:
Сўзлашув услуби ва унинг хусусиятлари. Шевага хос сўзлар.
23-мавзу. “Бўлажак касбим”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнга муносабат билдириб сўзлаш.
Ёзма нутқ:
Касб танлови тўғрисида эссе ёзиш. Касб-ҳунар мавзусида ўзбек мақолларидан намуналар ёзиш. Мутахассисликка оид терминлар луғатини шакллантириш.
Грамматика:
Матн ва унинг кўринишлари.
24-мавзу. “Ҳаёт менинг тасаввуримда”
Оғзаки нутқ:
Ҳаётга муносабат ва қизиқишлар ҳақида гапириб бериш. Инсон баркамолликка эришиши учун нималар қилиши кераклиги ҳақида фикр билдириш. Ҳаётдаги идеални тасвирлаб бериш. Мавзу бўйича баҳс-мунозарада иштирок этиш.
Ёзма нутқ:
“Ҳаёт менинг тасаввуримда” мавзусида эссе ёзиш. Ҳаётдаги мақсадлар ва орзулар ҳақида диалогик матн тузиш ва уни инсценировка қилиш.
Грамматика:
Диалогик матннинг маъно муносабатига кўра турлари.
25-мавзу. “Устоз мактаби”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнни ижодий сўзлаш. Устозларга бағишланган шеър ёд олиш.
Ёзма нутқ:
Касбий фаолиятда устоз ва шогирд анъаналари тўғрисида матн тузиш. Устозлар ҳақида эссе ёзиш. Устоз ҳақидаги ривоятлардан намуналар ёзиш.
Грамматика:
Монологик матн. Монологик матнда мазмун изчиллиги ва оҳанг.
26-мавзу. “Касбим тарихи”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матнни режа асосида сўзлаб бериш. Танланган касб ҳақида ривоят ёки ҳикоя сўзлаб бериш.
Ёзма нутқ:
“Соҳанинг вужудга келиши ва ривожланиши” мавзусида матн тузиш. Касб тараққиёти ҳақидаги маълумотлардан хронологик жадвал тузиш. Иш жараёнидаги мулоқот вазиятларини акс эттирувчи касбий ўйин сценарийсини тузиш ва уни инсценировка қилиш.
Грамматика:
Соҳа луғатлари. Уларда терминлар ва бирикмаларнинг берилиши.
27-мавзу. “Иқтидор ва меҳнат”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матнга муносабат билдириб сўзлаш. Мавзу бўйича баҳс-мунозарада иштирок этиш.
Ёзма нутқ:
“Қандай қилиб муваффақиятга эришиш мумкин?” мавзусида эссе ёзиш. Мамлакатимизда иқтидорли ёшлар учун яратилаётган шароитлар ҳақида маълумот ёзиш. Касб соҳасида муваффақиятга эришиш тўғрисида диалог тузиш ва уни инсценировка қилиш.
Грамматика:
Матнга сўз ва термин танлаш.
28-мавзу. “Етук мутахассис”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги қўшимча фикрни ажратиб сўзлаб бериш. Малакали мутахассис ҳақидаги тасаввурларни гапириб бериш.
Ёзма нутқ:
“Соҳамиз равнақи” мавзусида матн тузиш. Мутахассиснинг касбий компетенциялари рўйхатини тузиш ва уларни мисоллар билан изоҳлаб бериш.
Грамматика:
Матн таҳлили ва таҳрири
29-мавзу. “Касб байрами”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матнни ўзгартириб сўзлаб бериш. Турли мамлакатларда нишонланадиган шу касб эгаларининг байрамлари ҳақида гапириб бериш.
Ёзма нутқ:
Касб байрами ҳақида матн тузиш. Касб байрамига бағишланган репортаж ёзиш. Репортаж мазмунини резюме кўринишида ифодалаш.
Грамматика:
Матн мазмунининг қисқача баёни (резюме), унинг тузилиши ва ифода материалининг хусусиятлари.
30-мавзу. “Шарқ академиялари”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матнни давом эттирган ҳолда сўзлаб бериш. Илмга фидойилик тушунчасини мисоллар билан таърифлаб бериш.
Ёзма нутқ:
Ихтисослик соҳаси, аҳамияти тўғрисида илмий услубдаги маълумотнома матнини тайёрлаш. Фан ривожига салмоқли ҳисса қўшган олимлар ҳақида реферат тайёрлаш.
Грамматика:
Реферат матни, унинг тузилиши ва ифода материалининг хусусиятлари.
31-мавзу. “Илм сари йўл”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матнни қисқартириб сўзлаб бериш. Илмий ишларнинг фан ва соҳа ривожига қўшадиган ҳиссаси ҳақида гапириб бериш.
Ёзма нутқ:
“Соҳа ривожида фаннинг ўрни” мавзусида матн тузиш. Илмий ишларнинг турлари ҳақида қисқача тавсифлар ёзиш.
Грамматика:
Тақриз матни, унинг тузилиши ва ифода материалининг хусусиятлари.
32-мавзу. “Касб этикаси”
Оғзаки нутқ:
Соҳа ходимларининг одоб-ахлоқ қоидалари билан танишиш ва улар ҳақида гапириб бериш. Одоб–ахлоқ мавзусидаги ҳикматларни ёд олиш. Мавзу бўйича баҳс-мунозарада иштирок этиш.
Ёзма нутқ:
Одоб-ахлоқ мавзусидаги китобга аннотация ёзиш. “Мутахассиснинг одоби ва ахлоқи” мавзусида диалог тузиш ва уни инсценировка қилиш.
Грамматика:
Аннотация матни, унинг тузилиши ва ифода материалининг хусусиятлари.
33-мавзу. “Нутқ одоби”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матнга муносабат билдириб сўзлаш. Касбий фаолиятда нутқ маданиятининг аҳамияти ҳақида гапириб бериш.
Ёзма нутқ:
“Мутахассиснинг нутқ маданияти” мавзусида матн тузиш. Иш жараёнидаги муомала маданияти ҳақида касбий ўйин сценарийсини тузиш ва уни инсценировка қилиш.
Грамматика:
Меъёр тушунчаси.
34-мавзу. “Санъат ва маънавият”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги терминларнинг маъносини изоҳлаш. Матнни ижодий сўзлаш.
Ёзма нутқ:
“Санъат менинг ҳаётимда” мавзусида эссе ёзиш. Санъаткорларни таърифлаб, реклама матнини тайёрлаш. Ўзбек киносининг мавзулари ва муаммолари ҳақида публицистик мақола ёзиш. Маданий ҳордиқ одоби қоидаларини ёзиш.
Грамматика:
Умумхалқ лексикасига кирган санъатшунослик терминлари.
35-мавзу. “Мен севган асар”
Оғзаки нутқ:
Севимли асар ҳақида сўзлаб бериш. Замонавий ўзбек адабиёти ҳақидаги маълумотларни гапириб бериш. Машҳур ўзбек шоирлари ижодидан намуналар ёд олиш.
Ёзма нутқ:
“Адабиётнинг киши руҳий дунёсига таъсири” мавзусида эссе ёзиш. Янги китоблар ҳақида полилог матнини тузиш ва уни инсценировка қилиш.
Грамматика:
Бадиий тасвир воситалари.
36-мавзу. “Иқтисод ва ҳаёт”
Оғзаки нутқ:
Мавзуга оид матнни ўқиб тушуниш. Матндаги термин ва ибораларнинг маъносини изоҳлаш. Матндаги асосий фикрни ажратиб сўзлаб бериш.
Ёзма нутқ:
Мамлакат иқтисодиётида юз берган янгиликлар ҳақида хабар тайёрлаш. Иқтисодий терминлар таркибидаги қисқартма отлар луғатини тузиш. Иқтисодиётга оид қизиқарли маълумотларни топиб ёзиш.
Грамматика:
Умумхалқ лексикасига кирган иқтисодий терминлар.
37-мавзу. “Иш юритиш тили ва услуби”
Ҳужжат – иш юритишнинг асоси. Ҳужжатчилик тарихи. Норматив (меъёрий) ҳужжат тушунчаси. Ҳужжат айланиши. Электрон ҳужжатлар.
Ёзма нутқ:
“Ҳужжатлар тарихи” мавзусида матн тузиш. Иш юритиш терминларининг луғатини тузиш.
38-мавзу. “Ҳужжат турлари ва хусусиятлари”
Ҳужжатларнинг таснифланиши. Ҳужжат реквизитлари. Ҳужжат тайёрлашнинг асосий қоидалари.
Ёзма нутқ:
Иш юритиш ҳужжатларнинг рўйхатини тузиш. Уларни кластер шаклида таснифлаш.
39-мавзу. “Ташкилий ҳужжатлар ва уларнинг турлари”
Ташкилий ҳужжатларнинг вазифаси. Ташкилий ҳужжатларнинг турлари. Ташкилий ҳужжатларнинг лексик ва стилистик хусусиятлари. Шартнома. Меҳнат шартномаси. Низом. Йўриқнома.
Ёзма нутқ:
Меҳнат шартномаси матнини тузиш. Меҳнат шартномасидаги таянч сўзларни ажратиб ёзиш. Олий таълим муассасаси Низомининг тузилишини ёзиш.
40-мавзу. “Фармойиш ҳужжатлари ва уларнинг турлари”
Фармойиш ҳужжатларининг вазифаси. Фармойиш ҳужжатларининг турлари. Буйруқ. Фармойиш. Кўрсатма. Фармойиш ҳужжатларининг лексикаси ва стилистик хусусиятлари.
Ёзма нутқ:
Олий таълим муассасаси буйруғининг матнини тайёрлаш. Фармойиш ҳужжатларида қўлланадиган таянч сўзларни ёзиш.
41-мавзу. “Маълумот-ахборот ҳужжатлари”
Маълумот-ахборот ҳужжатларининг вазифаси. Маълумот-ахборот ҳужжатларининг турлари. Таржимаи ҳол. Билдирги. Тавсифнома.
Ёзма нутқ:
Таржимаи ҳол ёзиш. Тавсифнома ёзиш.
42-мавзу. “Ишончнома. Тилхат. Тушунтириш хати”
Расмий ва шахсий ишончномалар. Тилхатнинг зарурий қисмлари ва уни тузувчи шахслар. Тушунтириш хатининг турлари.
Ёзма нутқ:
Тилхат матнини тузиш. Тушунтириш хати ёзиш.
43-мавзу. “Далолатнома. Маълумотнома”
Далолатноманинг зарурий қисмлари ва уни тузувчи шахслар. Маълумотнома турлари. Маълумотномани расмийлаштир
Ёзма нутқ:
Талабалар гуруҳининг ўзлаштириш кўрсаткичлари ҳақида маълумотнома тузиш.
44-мавзу. “Мажлис баёни. Ҳисобот”
Баённомаларнинг турлари. Мажлис баёни. Мажлис баёнидан кўчирма. Ҳисобот турлари. Даврий ҳисоботлар. Ўқув амалиёти ҳисоботи.
Ёзма нутқ:
Мажлис баёнини тузиш. Ўтказилган тадбир тўғрисида ҳисобот ёзиш.
45-мавзу. “Хизмат ёзишмалари. Хатлар”
Хизмат ёзишмаларининг вазифаси. Хизмат хатларининг турлари. Сўров хати. Илтимос хати. Жавоб хати. Илова хат. Тасдиқ хати. Эслатма хат. Даъво хати. Талаб хати. Ахборот хати. Кафолат хати.
Ёзма нутқ:
Хизмат хатларининг матнларини тузиш.
IV. Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар
Амалий машғулотлар мультимедиа қурилмалари билан жиҳозланган аудиторияда бир академик гуруҳни 2 га ажратган ҳолда ўтказилиши лозим. Машғулотлар фаол ва интерфаол усуллар ёрдамида ўтказилиши, замонавий педагогик ва ахборот технологиялар қўлланиши мақсадга мувофиқ.
V. Мустақил таълим ва мустақил ишлар
Мустақил таълим учун тавсия этиладиган мавзулар:
1. Буюк Ипак йўли ва унинг инсоният тарихидаги ўрни.
2. Тўмарис ва Широқ ҳақидаги афсоналар.
3. Қомусий олим Ал Хоразмий.
4. Аҳмад ал Фарғоний ва унинг мероси.
5. Абу Наср Форобий ва унинг буюк асарлари.
6. Ибн Синонинг “Тиб қонунлари”.
7. “Темур тузуклари”.
8. Мирзо Улуғбек – олим ва давлат арбоби.
9. Алишер Навоий – ўзбек адабий тилининг асосчиси.
10. Жадидчилик ҳаракати намояндалари.
11. Бирлашган Миллатлар Ташкилоти.
12. Миллий маданий марказлар.
13. Ўзбекистон музейлари.
14. Дунёнинг машҳур университетлари.
15. Терроризм ва унинг инсониятга таҳдиди.
16. Шанхай ҳамкорлик ташкилотининг фаолияти.
17. Ўзбекистон Республикасининг ҳукумат портали.
Мустақил ишни қуйидаги топшириқлар кўринишида бажариш тавсия этилади:
– мавзу бўйича расмий ахборот тайёрлаш;
– мавзу бўйича реферат тайёрлаш;
– мавзу бўйича электрон тақдимот (РРТ) тайёрлаш;
– мавзу бўйича альбом тайёрлаш;
– мавзу бўйича лойиҳа яратиш;
– мавзу бўйича диалогик матн тузиш;
– мавзу бўйича монологик матн тузиш;
– терминлар луғатини тузиш;
– матнни ўзбек тилига таржима қилиш;
– бадиий асарни мутолаа қилиш;
– шеър ёдлаш;
– мавзу бўйича баҳс-мунозарага тайёрланиш;
– эссе ёзиш;
– мақола ёзиш;
– мақолага тақриз ёзиш;
– ҳикоя тузиш;
– оммабоп мақола тайёрлаш;
– репортаж тайёрлаш;
– берилган мавзуда кластер тузиш;
– мавзуга оид сўзлардан кроссворд тузиш;
– маълумотлардан жадвал тузиш;
– иш юритиш ҳужжатларидан намуналар тайёрлаш.
VI. Асосий ва қўшимча ўқув адабиётлар ҳамда ахборот манбалари
Асосий адабиётлар
1. Muhiddinova X., Salisheva Z., Po‘latova X. O‘zbek tili (oliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – Toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 288 b.
2. Normatova SH., Abdurahmonova M. O‘zbek tili (darslik). – Toshkent: JIDU, 2014. – 192 b.
3. Fayzullayeva SH., Azimova H., Usmonova G. O‘zbek tili (oily o‘quv yurtlarining iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: Iqtisodiyot, 2012. – 108 b.
4. Yuldasheva SH., Kabulova D., Sobirova M. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Nukus: Bilim, 2013. – 156 b.
5. Husanov N., Xo‘jaqulova R., Dilmurodova N. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: TMI, 2017. – 336 b.
6. Lafasov U. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: ToshDSHI, 2016. – 532
Қўшимчаадабиётлар
7. ЎзбекистонРеспубликасининг “Давлаттилиҳақида”гиқонуни (янгитаҳрирда) / ЎзРОлийКенгашинингАхборотномаси, 1989. – 26–28-сон, 453-модда; 1991. – 11-сон, 273-модда.
8. Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги қонуни. ЎзР Олий Мажлиси Ахборотномаси, 1997. – 9-сон, 225-модда; 2013. – 41-сон, 543-модда.
9. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони / ЎзР ҚҲТ, 2017. – 6-сон, 70-модда; 20-сон, 354-модда.
10. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – 176
11. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб интизом ва шахсий жавобгарлик-ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Т.: Ўзбекистон, – 2017. – 104 бет.
12. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Т.: Ўзбекистон, – 2017. – 488 бет.
13. Аминов М., Мадвалиев А., Маҳкамов Н., Маҳмудов Н. Иш юритиш (амалий қўлланма). – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2014.– 456 б.
14. Asilova G. Bojxona tizimida me’yoriy hujjatlarni yuritish (rus guruhlari uchun o‘quv qo‘llanma). – Toshkent, 2016. – 176 b.
15. Iskandarova G. O‘zbek tili grammatikasi. – Toshkent, 2009. – 67 b.
16. Iskandarova G., Gulibonu Keybatuli. O‘zbek tili darsligi (xitoyliklar uchun). – Pekin, 2016. – 348 б.
17. Мирқосимова М., Алимова Ш., Зоитова О., Умарова Н. Ўзбек тили (техника университетининг русийзабон талабалари учун). – Тошкент: ТДТУ, 2004. – 101 б.
18. Alo Raun. Basic course in uzbek. Published by Indiana University, 1996.
19. Turdiyeva K., Ahmedova D. O‘zbek tili (tibbiyot institutlarining rus guruhlari talabalari uchun darslik). – Toshkent: Musiqa, 2007. – 206 b.
20. Qahhorova H., Muhammedova S. O‘zbek tili. -Toshkent: Universitet, 2004. – 192 b.
21. НазаровК.Н., ХўжановаГ.Ў. Ўзбектили (юридикинститутвауниверситетларнингҳуқуқшуносликфакультетларирусгуруҳлариучундарслик). – Тошкент: ТДЮИ, 2003. – 334 б.
22. Рафиев А. ва б. Чет элликлар учун ўзбек тили. II қисм (CD дискда). – Тошкент: Ўзбекистон, 2001.
23. Рафиев А., Маҳмудов Н., Юлдашев И. Культура речи и делопроизводство на узбекском языке. – Ташкент, 2011. – 143 б.
24. Rafiyev A., Mahmudov N., Yuldashev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2013. – 143 b.
25. Русча-ўзбекчалуғат (2 жилдли). – Тошкент: Ўзбекистонмиллийэнциклопедияси, 2013.
26. ТоғаевТ. Ўзбектилинингкириллвалотиналифболаридагиимлолуғати. – Тошкент: “Шарқ”, 1999. – 368 б.
27. Usmonova Sh. O‘zbek tili (koreyslar uchun). – Pusan, 2005. – 182 b.
28. Ўзбектилинингизоҳлилуғати (5 жилдли). – Тошкент: Ўзбекистонмиллийэнциклопедияси, 2005–2008.
Интернетсайтлари
29. http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/ – Самоучитель узбекского языка.
30. http://solver.uz/translate.php – Русско-узбекский переводчик.
31. http://sahifa.tj/russko_uzbekskij_razgovornik.aspx – Русско-узбекский разговорник.
32. http://sahifa.tj/uzbeksko_russkij.aspx – Узбекско-русский переводчик.
33. https://my.gov.uz/ - Ягона интерактив давлат хизматлари портали.
34. https://www.lex.uz. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси.
35. http://library.ziyonet.uz/ – таълим портали
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
Ro‘yxatga olindi
№ _____________________
“____”_________2020-yil
|
|
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o’rinbosari__________
“___” ________2020-yil
|
“O’ZBEK TILINING SOHALARDA QO`LLANISHI” FANINING
ISHCHI O’QUV DASTURI
BAKALAVRLAR UCHUN
Bilim sohasi(lari):
|
300 000 –Ishlab chiqarish texnik soha;
|
Ta’lim sohasi(lari):
|
310 000 –Muhandislik ishi
|
|
|
Ta’lim yo’nalishi (mutaxassislik) kodi va nomi
|
Talabaning o’quv yuklamasi, soat
|
Semestrlar, soat
|
Umumiy
Yuklanma xajmi
|
Auditoriya mashg’ulotlari
|
Mustaqil ish
|
|
|
Jami
|
Ma’ruza
|
Amaliy
mashg’ulot
|
Laboratoriya
ishi
|
Semenar
|
Kursi shi
(loyihasi)
|
5320300- TMJ
5312200- KEM
5310300-MET 5320400 - KT
5311600 –KI 5320200 MTJ
|
150
|
90
|
|
90
|
|
|
|
60
|
1-2
|
|
OLMALIQ – 2020
Ishchi o’quv dastur O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida №BD-1.07raqam bilan ro’yxatga olingan va 2017- yil “24” ____08_da 603 - sonli buyruq bilan tasdiqlangan namunaviy dasturi asosida tuzilgan.
Tuzuvchilar: Islom Karimov nomidagi TDTU, Olmaliq filiali
o‘qituvchisi,filologiya fanlari nomzodi,
dotsent Z.D.Mirzakarimova,katta o`qituvchi
V.A. Ahmedova
Ishchi o’quv dastur Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining “O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasi majlisida (2020- yil “__” _________ ___ -son bayonnoma) muhokama qilindi va fakultet kengashiga tavsiya etildi.
Kafedra mudiri ______________ Qayumov B.I.
Kotib(a): _____________
Ishchi o‘quv dastur Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining Energetika va mashinasozlik fakulteti kengashida ko’rib chiqildi (2020- yil «___»_______ ___- sonli bayonnoma) va filialning uslubiy kengashiga muhokama uchun tavsiya etildi.
Fakultet kengashi raisi _____________ dots. Sattarov O.E.
Kotib(a): ______________
Ishchi o‘quv dastur Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining uslubiy kengashida ko’rib chiqildi (2020- yil «___»_______ ___- sonli bayonnoma) va tasdiqlandi.
Uslubiy kengash raisi _____________ dots.Xoliqulov D.B.
Kotiba: _____________ Abdug’anievaYu.Sh.
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
“O’zbek tilining sohalarda qo`llanishi” fanini o’qitish O’zbekistonda istiqomat qiladigan boshqa millat vakillarining davlat tilini puxta egallashiga,milliy, madaniy qadriyatlarni o’rganishga va ularga hurmat bilan munosbatda bo’lishga, barcha sohalarda erkin fikr almashishiga hamda mutaxassislik doirasida muloqot yuritishga zamin yaratadi.
“O’zbek tilining sohalarda qo`llanishi” fani davlat tilida og’zaki va yozma muloqot yuritish, tilning orfoepik va imlo qoidalari, sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili, monologik va diologik matn tuzish, nutq ulublari, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish masalalarni qamrab oladi.
II. O’quv fanining maqsad va vazifasi
“O’zbek tilining sohalarda qo`llanishi” fanining asosiy maqsadi talabalarning kundalik, ilmiy va kasbiy sohalarda faoliyat olib borish uchun o’qitishning kommunikativ-nutqiy tamoyili asosida ularda fan bo’yicha egallangan bili, ko’nikmalarni shakllantirishga qaratiladi
Fanning vazifalari:
nutqiy kompetentsiyani rivojlantirish;
og’zaki va yozma nutqda sohaviy terminlarni samarali qo’llash ko’nikmalarini shakllantirish;
ixtisoslikka oid matn tuzish, uni tahrir va tahlil qilish malakalarini hosil qilish;
sohaviy hujjatlarni tuzish, shu jumladan elektron hujjatlarni to’ldirish va rasmiylashtirish ko’nikmalarni shakllantirish.
Talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar:
o’zbek adabiy tili me’yorlari, nutq uslublari to’g’risida tasavvurga ega bo’lish;
kasbiy terminologiyani, og’zaki va yozma nutq xususiyatlarini bilish va ulardan foydalan olish;
matn tuzish, uni tahlil va tahrir qilish, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, kasbiy muloqot yuritish ko’nikmalariga ega bo’lish kerak.
III. Asosiy nazariy qism (amaliy mashg’ulotlar)
1-semestr
№
|
Mavzu nomi
|
Talabaning o’quv yuklamasi (soatlarda)
|
Mustaqil ish
|
Umumiyyuklamahajmi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soatlar)
|
Kursishi
|
Jami
|
Ma’ruza
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Tajriba mashg‘uloti
|
1
|
“O’zbek tili –davlat til” O’zbek tilining imlo qoidalari. “Men o’zbek tilini o’rganyapman” dialog.
|
4
|
|
|
2
|
|
|
2
|
2
|
“Tarix va zamonamiz” Tilning leksik qatlamlari. Tarixiy shaxslardan birini tavsiflash.
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
3
|
“Ulug’ ajdodlarimiz”. Atamalar va ularning vujudga kelishi. Mashhur allomalardan biri haqida taqdimot tayyorlash
|
4
|
|
|
2
|
|
|
2
|
4
|
“Vatan va vatanparvarlik”. Ijtimoiy-siyosiy leksika. “Vatan nima?” mavzusida esse yozish.
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
5
|
“Muzeylar – o’tmish va kelajak orasidagi ko’prik”. Sohaviy atamalar va ularning qo’llanishi. O’zbekiston muzeylari haqida taqdimot
|
4
|
|
|
2
|
|
|
2
|
6
|
. “Zamonaviy dunyoda ta’lim”. Til va terminologiya
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
7
|
Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba. Nutq uslublari. Badiiy uslub va uning xususiyatlari.
|
4
|
|
|
2
|
|
|
2
|
8
|
Ommaviy axborot vositalari. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
9
|
Og’zaki-yozma uslub va uning xususiyatlari. Internet hayotimizda matn
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
10
|
O’zbekiston va jahon. Rasmiy diplomatik uslub va uning xususiyatlari
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
11
|
XXI asrda innovatsiyalar.Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
|
4
|
|
|
2
|
|
|
2
|
12
|
Huquqiy madaniyat. Rasmiy-idoraviy uslub va uning xususiyatlari
|
4
|
|
|
2
|
|
|
2
|
13
|
Ilm maskanimz hayotidan matn tayyorlash.So’zlashuv uslubi va uning xususiyatlari. Shevaga xos so’zlar.
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
14
|
Kasbim tarixi. Soha lug’atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
15
|
Sharq akademiyalari. Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
16
|
Kasb etikasi. Annotatsiya matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
17
|
Nutq odobi. Mutaxassisning nutq madaniyati. Me’yor tushunchasi.
|
4
|
|
|
2
|
|
|
2
|
18
|
San’at va madaniyat. Umumxalq leksikasiga kirgan san’atshunoslik terminlari.
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
19
|
Iqtisod va hayot. Umumxalq leksikasiga kirgan iqtisodiy terminlar
|
4
|
|
|
2
|
|
|
2
|
20
|
Ish yuritish tili va uslubi. Hujjatlar tarixi. Ish yuritish terminlari lug’ati.
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
21
|
Hujjat turlari va xususiyatlari. Hujatlarning tavsiflanishi. Hujjat rekvizitlari. Hujjat tayyorlanishning asosiy qoidalari
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
22
|
Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari. Hujjatlarning leksik va stilistik xususiyatlari. Shartnoma. Mehnat shartnomasi, nizom, yo’riqnoma
|
4
|
|
|
2
|
|
|
2
|
23
|
Farmoyish hujjatlari va ularning turlari va vazifasi. Buyruq, farmoiysh, ko’rsatma. Farmoyish hujjatlarining leksikasi va stilistik xususiyatlari
|
4
|
|
|
2
|
|
|
2
|
24
|
Ma’lumot-axborot hujjatlari. Ularning turlari va vazifasi. Tarjimai hol,bildirgi, tavsifnoma
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
25
|
Ishonchnoma, tilxat, tushuntirish xati. Tilxat matni tuzish, tushuntirish xati yozish
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
26
|
Dalolatnoma, ma’lumotnoma turlari va ularni rasmiylashtirish
|
4
|
|
|
2
|
|
|
2
|
27
|
Majlis bayoni. Hisobot turlari.
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
28
|
Xizmat yozishmalari. Xizmat xatlarining turlari.
|
3
|
|
|
2
|
|
|
1
|
|
Jami:
|
150
|
|
|
90
|
|
|
60
|
IV. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatmalar
Amaliy mashg’ulotlar.
1-Modul.1-mavzu: O`zbek tili-davlat tili.
2-Modul. 2-mavzu: Leksikologiya. Tilning leksik qatlamlari.
3-mavzu: Atamalar va ularning vujudga kelishi.
4-mavzu: Ijtimoiy-siyosiy leksika.
5-mavzu:Sohaviy terminlar va ularning qo`llanishi.
6-mavzu: Til va terminologiya
3-Modul. 7-mavzu: Nutq uslublari.Badiiy uslub va uning xususiyatlari
8-mavzu: Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.
9-mavzu: Og’zaki-yozma uslub va uning xususiyatlari.
10-mavzu: Rasmiy-diplomatik uslub va uning xususiyatlari.
11-mavzu: Ilmiy uslub va uning xususiyatlari.
12-mavzu: Rasmiy-idoraviy uslub va uning xususiyatlari.
13-mavzu: So’zlashuv uslub va uning xususiyatlari.
4-Modul.
14-mavzu: Soha lug’atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.
15-mavzu: Sharq akademiyalari. Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
16-mavzu: Kasb etikasi. Annotatsiya matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
17-mavzu: Nutq odobi. Mutaxassisning nutq madaniyati. Me’yor tushunchasi.
18-mavzu: Umumxalq leksikasiga kirgan san’atshunoslik terminlari.
19-mavzu: Umumxalq leksikasiga kirgan iqtisodiy terminlar.
5-Modul. 20-mavzu: Davlat tilida ish yuritish. Hujjatlar tarixi. Ish yuritish atamalarining lug’atini tuzish.
21-mavzu: Ish yuritish hujjatlarining ro`yxatini tuzish.
22-mavzu: Tashkiliy hujjatlarning vazifasi, turlari, leksik va stilistik xususiyatlari.
23-mavzu: Farmoyish hujjatlari, ularning vazifasi, turlari, leksik va stilistik xususiyatlari.
24-mavzu: Ma’lumot-axborot hujjatlarining vazifasi.
25-mavzu: Rasmiy va shaxsiy ishonchnomalar.
26-mavzu: Dalolatnoma turlari va uning asosiy, zaruriy qismlari.
27-mavzu: Bayonnomalarning turlari va ularning tuzilishi.
28-mavzu: Xizmat yozishmalarining vazifasi.
4.2. Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Fan bo’yicha kurs loyihasi (ishi) namunaviy o’quv rejasida rejalashtirilmagan.
V. Mustaqil ishlar mazmuni
Buyuk ipak yo’li va uning insoniyat tarixidagi o’rni
To’maris va Shiroq haqidagi afsonalar
Qomusiy olim Al-Xorazmiy
Ahmad al-Farg’oniy va uning merosi
Abu Nasr Farobiy va uning buyuk asarlari
Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari
“Temur tuzuklari”
Mirzo Ulug’bek olim va davlat arbobi
Alisher Navoiy – o’zbek adabiy tilining asoschisi.
Jadidchilik harakati namoyondalari
Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Milliy madaniy markazlar.
O’zbekiston muzeylari.
Dunyoning mashhur universitetlari.
Terrorizm va uning insoniyatga tahdidi
Shanxay hamkorlik tashkilotining faoliyati
O’zbekiston Respulikasining hukumat portali
VI.Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbalari:
Asosiy adabiyotlar:
Muhiddinova X., Salisheva Z., Po’latova X. O’zbek tili(oliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – T.; O’qituvchi, 2012. – 288 b.
Normatova Sh, Abdurahmonova M. O’zbek tili (darslik). – T.; JIDU, 2014. – 192 b.
Fayzullaeva Sh., Azimova H., Usmanova G. O’zbek tili (oliy o’quv yurtlarining iqtisodiy ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun o’quv qo’llanma). – T.; Iqtisodiyot, 2012. – 108 b.
Yuldashev Sh., KAbulova D., Sobirova M. O’zbek tili (o’quv qo’llanma). – T.; TMI,2017. – 336 b.
Husanov N., Xo’jakulova R., Dilmurodova N. O’zbek tili(o’quv qo’llanma), - T.; TMI, 2017. - 336 b.
Lafasov U. O’zbek tili (o’quv qo’llanma). –T.; ToshDShI, 2016. – 532 b.
Qo’shimcha adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni (yangi tahrirda)/ O’zR Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1989. - 26-28-son,453-modda; 1991. – 11-son, 273-modda.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. O’zR Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997.- 9-son, 225-modda; 2013. – 41-son, 543-modda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni // O’zR QHT, 2017. – 6-son, 70-modda; 20-son, 354-modda.
Karimov I.A. Yukasak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.; Ma’naviyat, 2008. -176.
Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.; O’zbekiston, 2016.- 56 b.
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. –T.; O’zbekiston, 2017.
Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.; O’zbekiston, 2017. -48.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. – T.; O’zbekiston, 2017. -488b.
Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish (amaliy qo’llanma). –T.; O’zbekiston.: ME, 2014. – 456.
Qahhorova N., Muhammedova S. O’zbek tili.-T.; Universitet, 2004 – 192 b.
Rafiyev A., Mahmudov N., Yuldashev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. – T.; 2013.- 143 .
Ruscha-o’zbekcha lug’at (2 jildli). – T.; O’zME, 2013.
O’zbek tilining izohli lug’ati (5 jildli). – T.; O’zME, 2005.-2008.
Internet saytlari:
1. www.ziyonet.uz
2. www.edu.uz
3. www.pedagog.uz
4. www.kitob.uz
5. www.doc.uz
“O’zbek tiling sohalarda qo`llanilishi” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish uchun test savollari
I - VARIANT
1. O‘zbek tili fani nimani o‘rgatadi? (Mukammal javobni toping)
A) to‘g‘ri nutq tuzishni o‘rgatadi;
B) chiroyli nutq tuzish yo‘llarini o‘rgatadi;
*S) chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlarini, sirlarini, til, til mе'yori, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, kamchilik va xatolari, nutqiy asarlarning ko‘rinishlari, nutqiy talaffuzga doir muammolarni o‘rgatadi;
D) nutq tuzish qonunlari, nutq, nutq uslublari, talaffuzga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi.
2.O‘zbek tili fanining tеkshirish obyеktini aniqlang.
*A) nutqning til qurilishi, adabiy til mе'yorlari va nutqning kommunikativ aloqa uchun kеrakli fazilatlarini tеkshiradi;
B) nutqning til qurilishi, uslublari, nutqiy asar ko‘rinishlarini o‘rganadi;
S) adabiy mе'yordagi ikkilanishlarni bartaraf etadi;
D) o‘zbеk milliy adabiy tili faoliyatini, rivojlanishini tеkshiradi.
3. O‘zbek tilining asosiy vazifasi nima?
A) adabiy til mе'yorlari, uning tarixiyligi, taraqqiy etib borishi, undagi ba'zi unsurlarni eskirishi, yangi mе'yorlarning paydo bo‘lishini kuzatadi;
B) nutqning til qurilishi, adabiy til mе'yorlarini kuzatadi;
*S) adabiy til mе'yoridagi ikkilanishlarni bartaraf etadi;
D) A javob to‘g‘ri.
4. O‘zbek tili fani qanday fanlar bilan bog‘langan? (To‘liq javobni toping)
A) tilshunoslik va adabiyotshunoslik ;
B) tilshunoslik, uslubshunoslik, lеksikologiya, sеmosiologiya ;
S) adabiyot nazariyasi, mantiq, ruhshunoslik, estеtika, adabiy tanqid, adabiyotshunoslik;
*D) B va S javoblar to‘g‘ri
5. Qaysi qatordagi so'zlarda j harfi sirg'aluvchi tovushni ifodalaydi?
A. Jamila, Jur’at, Jasur, Jahongir
B. juda, judo, ajoyib, bajonu dil
D. ajdar, vijdon, G‘ijduvon, gijda
S. vajohat, jilg‘a, jez, jigar
*D) A, B javob to‘g‘ri
6.Publisistik uslubning sintaktik xususiyatlari qanday holatlarda yaqqol ko‘rinadi?
A) so‘roq gaplar ko‘p ishlatiladi;
B) uyushiq bo‘lakli gaplar kеng qo‘llaniladi;
S) undov gaplar va shaxsi umumlashgan gaplar ko‘p ishlatiladi;
*D) barcha javoblar to‘g‘ri.
7. Nutq uslublari dеb nimaga aytiladi?
A) aloqaning maqsadga muvofiq amalga oshuvi yo‘lida so‘zlovchining til boyliklaridan tanlab foydalana olishi tufayli nutqning shakllangan ko‘rinishidir;
B) til boyliklarini tanlab ishlatishga ko‘ra nutq ko‘rinishlarining xilma-xilligiga aytiladi;
S) to‘g‘ri javob yo‘q;
*D) A, va B javob to‘g‘ri.
8. Ng harf birikmasi qaysi qatordagi so'zlarda bir tovushni anglatadi?
A. so'ng, to‘ng, to‘nka, tingach
B. senga, tanga, ming, mingan
D. mening, ko‘ngil, keng, alanga
*E. angla, tanglik, kengay, ohangdor
9. So‘zlashuv uslubiga nima xos bo‘ladi?
A) oddiylik, soddalik, bеtakalluflik;
B) o‘z lеksikasi, fonеtikasi, morfologisi va sintaksisi bilan xalqning oddiy so‘zlashuv tilini aks ettiradi;
S) oddiylik, soddalik , bеtakalluflik, hayajonlilik xos;
*D) B, S javoblar to‘g‘ri.
10. Nutqning to‘g‘riligi dеganda nimani tushunasiz?
*A) nutqning to‘g‘riligi uning adabiy til mе'yorlariga mosligidir;
B) uslubiy mе'yorga rioya qilgan nutq to‘g‘ri nutqdir;
S) grammatik mе'yorga rioya qilgan nutq to‘g‘ri nutqdir;
D) to‘g‘ri nutq adabiy tilning fonеtik, talaffuz, lug‘aviy so‘z yasalishi, grammatik uslubiy mе'yorlarini mujassamlashtiradi.
11. Aytilayotgan so‘z va iboraning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishiga nima deb aytiladi?
A) mantiqiylik;
*B) aniqlik;
S) to‘g‘rilik;
D) ta’sirchanlik
12. Har birimiz o‘z ishimiz farzandlarimiz,
Pеshona tеr to‘kib oldik shaklu shamoyil.
(U.Abduazimova)
Ushbu parchada qanday adabiy til mе'yori buzilganligini aniqlang?
*A) ishimiz so‘zidagi - ning tushib qolgan;
B) pеshona so‘zidagi - dan tushib qolgan;
S) shaklu shamoyildagi - imiz tushirib qoldirilgan;
D) adabiy mе'yor buzilmagan
13. Birlarni bеe'tiqod,
Birlarni riyo ko‘rdim.
(T.Sulaymonov)
Ushbu parchada qanday adabiy til mе'yori buzilganligini aniqlang?
A) birlarni so‘zidagi “i” tushib qolgan;
B) riyo noto‘g‘ri ishlatilgan;
S) 1-misrada -ni tushum kеlishigi noto‘g‘ri qo‘llanilgan;
*D) -riyo so‘zidan oldin o‘rin-payt kеlishigi bo‘lishi shart;
II -VARIANT
1. Matn dеb nimaga aytiladi?
* A) matn - u yoki bu holda tugallangan mazmun va nutqning
birligini o‘zida ifodalagan og‘zaki yoki yozma asar;
B) o‘zaro ichki va tashqi bog‘liqliqda bo‘lgan asar;
S) u yoki bu hodisa haqidagi mazmunni bildirgan asar;
D) bir nеcha gaplardan tashkil topgan asar.
2. Bеrilgan matn mazmunini o‘z so‘zlari bilan qayta yozishga nima dеyiladi?
*A) bayon; B) insho; S) diktant; D) ijodiy ish
3. Og‘zaki nutqning xususiyatlariga nimalar kiradi?
A) og‘zaki nutq tеzkorlik bilan amalga oshadi;
B) so‘z birikmalari va gaplarning modеllari tеzkorlik bilan tanlanadi;
S) so‘zlovchining faol nutqiy harakati, to‘xtam, ohang, urg‘u, turli xil imo-ishoralar fikrning tinglovchiga yеtib borishida ahamiyat kasb etadi;
*D) A, B, S javoblar to‘g‘ri.
4. Yozma nutq og‘zaki nutqdan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi?
A) muallif bеmalol fikrlash imkoniyatiga ega;
B) yozma nutqni qayta-qayta tahrir qilish imkoniyati mavjud;
S) fikr uchun eng mos imkoniyatlar tanlanadi;
*D) A,B ,S javob to‘g‘ri
5. Monologga bеrilgan to‘g‘ri ta'rifni toping?
*A) monolog so‘zlovchining o‘ziga yoki tinglovchilarga qaratilgan nutqidir;
B) sintaktik jihatdan murakkab tuzilgan nutq;
S) monolog - ikki kishining suhbati;
D) ikki va undan ortiq kishilarning suhbati
6. Dialog qanday tashkil topadi?
A) dialog sodda gaplardan tashkil topadi;
B) so‘roq, buyruq va darak gaplardan tashkil topadi;
S)qo‘shma gaplardan tashkil topadi;
*D) A va B javoblar to‘g‘ri
7. Nutqiy muomala nimadan boshlanadi?
A) xushmuomalalikdan; * B) salomlashishdan;
S) shirin so‘zdan; D) A va S javoblar to‘g‘ri.
8. Ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislarga mo‘ljallangan asarlar qanday uslubda yoziladi?
A ) so‘zlashuv uslubida ; *B) ilmiy uslubda;
S) publitsistik uslubga; D) badiiy uslubda
9. Tilning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlar to‘la ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) shevaga xos so‘zlar, varvarizm, vulgarizmlar;
B) varvarizm, vulgarizm, parazit so‘zlar;
*S) varvarizm, vulgarizm, parazit so‘zlar, shevaga xos so‘zlar, argo va jargonlar, kanselyarizmlar, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish;
D) to‘g‘ri javob yo‘q
10. O‘zbek adabiy tiliga xos bo‘lgan me’yorlarni ko‘rsating.
A) fonetik, leksik-semantik, grafik me’yorlar, stilistik me’yor;
B) aksentologik, grammatik, grafik, punktiatsion, imlo me’yorlari, sinonimik me’yorlar;
*S) orfoepik , so‘z yasalishi, grafik, uslubiy me’yor;
D) barchasi
III -VARIANT
1. So‘zlashuv nutq uslubi qanday funksiyani bajaradi?
A) tilning xabar, axborot berish funksiyasini;
B) tilning targ‘ibot, tashviqot funksiyasini;
*S) tilning aloqa-aralashuv funksiyasini;
D) barchasi
2. Konspеkt nеcha xil ko‘rinishda bo‘ladi?
A) to‘liq konspеkt;
B) qisqa konspеkt;
S) tеzisli konspеkt;
*D) barchasi to‘g‘ri
3. Matbuotda e'lon qilish, radioeshittirish yoki tеlеvidеniеda foydalanish uchun o‘tkazilgan suhbat ……. dеb ataladi
*A) intеrvyu;
B) sharh;
S) muloqot;
D) A va B javoblar
4. Rasmiy uslub qanday xususiyatlarni mujassamlashtiradi?
A) rasmiy hujjatlar til xususiyatlarini aks ettiradi;
B) uning lug‘ati rang - barang so‘zlardan tashkil topadi;
S) e'lonlar, qarorlar, qonunlar, sud va davlat idoralari hujjatlari shu uslubda yoziladi;
*D) A, B, S javoblar to‘g‘ri
5. Ilmiy uslub boshqa uslublardan qanday farqlanadi?
A) tabiat va jamiyat hodisalari aniq, qandaydir formulalar, qoidalar asosida ifodalanadi;
B) fikr mantiqiy va ashyoviy dalillar bilan mustahkamlanib boradi;
S) to‘liqsiz gaplar, bir tarkibli so‘zlar, so‘z-gaplar dеyarli uchramaydi;
*D) fanning turli sohalariga oid so‘z va atamalarni ishlatish, bayonning mantiqiy dalillarga suyanishi bilan farqlanadi;.
6. “Muhokamatul lug‘atayn” asari kimning qalamiga mansub?
A) Yusuf xos Hojib;
B) Abdurahmon Jomiy;
S) Alisher Navoiy;
D) Mahmud Qoshg‘ariy;
E) Ogahiy.
7. Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzaldir, degan hikmatli so‘z muallifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Alisher Navoiy; D) Zahiriddin Bobur;
B) Amir Temur; E) Abdurauf Fitrat;
S) Behbudiy.
8. «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida» gi qonun qachon qabul qilingan?
A) 1993-yil 2-sentabrda;
B) 1996-yil 24-avgustda;
S) 1991-yil 31-avgustda;
D) 1989-yil 21-oktabrda;
9. To‘g‘ri tarjima qilingan gapni belgilang.
При выздоровлении он тут же принялся за дело.
A) u tuzalgach, ishga kirishdi;
B) u tuzaliboq, ishga kirishdi;
S) u tuzalgach, ishga kirishdi;
D) u tuzalishi bilan ‘osha yerda ishga kirishdi.
F) u tuzalib, ishga kirishdi.
10. Tilxat, ariza, bayonnoma qaysi uslubda yoziladi?
A) rasmiy uslubda; D) ilmiy uslubda;
B) badiiy uslubda; E) og‘zaki so‘zlashuv uslubida.
S) publitsistik uslubda.
11. Roman, qissa, hikoya kabi janrlar qaysi uslub asosida yuzaga keladi?
A) ilmiy uslubda;
B) publitsistik uslubda;
S) rasmiy uslubda;
D) badiiy uslubda.
F) So‘zlashuv uslubida.
12. “Og‘ziga talqon solmoq, oralaridan qil o‘tmaydi” birikmalari qanday birikma sanaladi?
A) maqol;
B) frazeologizm;
S) hadis;
D) so‚z birikmasi.
F) gap.
13. Yozuv adabiy tilning qaysi shakli uchun xos?
A) og‘zaki adabiy til uchun;
B) yozma adabiy til uchun;
S) faqat rasmiy til uchun xos;
D) yozuv ilmiy uslub uchungina xos.
F) asosiy muloqot vositasi.
14. Qaysi qatordagi so‘zlar h harfi bilan yoziladi?
A. ...avo, ...adya, ...azon, ...ayol
B. ...ayot, ...aqiqat, ...urmat, me...mon
S. ...on, ...islat, ...ursand, ...azina
D. ...ashar, ...isob, ...ayolparast, ...azonrezgi
15. Qaysi qatordagi so‘zlar x harfi bilan yoziladi?
A. ...amma, ...ayvon, ...at, ...azina
B. ...avf, ...amir, ...ulosa, ...ayol
S. ...ukm, mu...abbat, ba...or, ...urmat
D. za...ar, no‘...at, ...ashak, ...urmo
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
"DAVLAT TILI" HAQIDA
(YANGI TAHRIRDA)
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
2-modda. O‘zbek tiliga davlat: maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qollashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3-modda. O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi. Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada, hamda diniy va ibodat bilan bog`liq udumlani ado etishda qollanishini tartibga solmaydi. '"„%
4-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millat va elatlarning tillariga izzat-hurrnat bilan munosabatda bo‘lish ta'minlanadi.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa ulaming tillarida faoliyat ko‘satadigan maktabgacha tarbiya, bolalar muassasalarini tashkil etish ta'minlanadi.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek boshqa tiliarda ham umumiy hunar-texnika, o‘rta maxsus va oliy ma`lumot olishni ta'minlaydi.
7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya qilinadi. Davlat o‘zbek tilinig boyitilishi va takomillashtirishini ta'minlaydi, shu jumladan unga hamma e'tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta'minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy majlis tegishli qo‘mitasining roziligi biian o‘zbek tiliga joriy etiladi.
8-modda. O‘zbekiston Respubiikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e`lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e`lon etiladi.
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida hujjatlar shu davlat tilida yuritiladi va zaruratga qarab boshqa tillarga tarjirna qilinishi ta`minlanadi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilarning o‘ziari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi.
10-modda.Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.
11-modda. Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o‘sha joydagi ko‘pchilik aholi tilida olib boriladi. Ishda ishtirok etayotgan sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta'minlanadi. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘rtasidagi xo‘jalik nizolarni ko‘rib chiqish va hal qilishda davlat tili qo‘llaniladi. Xo‘jalik nizolari taraflarining roziligi bilan boshqa tilda ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning talabiga ko‘ra rasmiylashtirilgan hujjat matni davlat notariusi yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat bo'lgan taqdirda boshqa maqbul tilda beriladi.
13-modda. Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar shaxsning kim ekanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar davlat tashkilotiari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qiiish huquqi ta'minlanadi.
15-modda. O‘zbekiston Respubiikasida yasovchi shaxslarning o‘z millatidan qat'iy nazar o‘z ismini, ota ismi va familiyasini milliy tarixiy an'anlarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar.
16-modda. Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi.
17-modda. Nashrlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.
18-modda. Pochta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko‘ra boshqa tilda amalga oshiriladi.
19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg`alari, ish qog`ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi. O‘zbekiston hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qoshma korxonalarning, shuningdek milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamg`alari, ish qog`ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
20-modda. Lavhalarda, e`lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali va og`zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta'minlanadi va e`lon qilinadi.
22-modda. Respublikaning ma'muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalari va geografik ob'ektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomsi matnlari, agar shartnomaning o‘zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning tilida yoziladi.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillariga mensimaslik xusumat bilan qarash ta'qiqlanadi. Fuqarolarning o'zaro muomalalarni ta`lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik, qiladigan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Rasulov R., Mirazizov A. O‘zbek tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. -Т.: Aloqachi, -2005.
Rasulov R., Mirazizov A. O‘zbek tili. O‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma. -Т.: Aloqachi, -2007.
3. Adilova S., Mirazizov A. Amaliy o‘zbek tili. Oily o‘quv yurtlarining amiq fanlar va informatika yo‘nalishlari uchun qo‘llanma. -Т.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.
4. Adilova S., Mirazizov A., Quvondiqova I., Siddiqova M. Amaliy o‘zbek tili. Oliy o‘quv yurti rus guruhlari uchun metodik qo‘llanma. -T.: TDPU, 2010.
5. Adilova S., Mirazizov A., Mirazizova D., Yunusova Sh. Amaliy o‘zbek tili. Oliy o‘quv yurti rus guruhlari uchun metodik qo‘llanma. -T.: TDPU, 2010.
6. Asqarova M. va boshq. O‘zbek tili praktikumi. -Т.: ТDPU, 2007.
7. Azimov I., Saparniyozova M. Ona tilidan ma’ruzalar va testlar majmuasi. -T.:TDPU, 2008.
8. Siddiqova M., Mutalipova M. O‘zbek tili. Oliy o‘quv yurtlarining ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan guruhlari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma. -T.: TDPU, 2004.
9. Saparniyozova M., Ahmedova N., Abdullayeva D. Bitiruv malakaviy ishlarini bajarish bo‘yicha metodik tavsiyanoma. -T.: TDPU, 2011.
10. Muhiddinova X., Salisheva Z., Po‘latova X. O‘zbek tili. Oliy o‘quv yurtlari bakalavriatning rusiyzabon guruhlari uchun darslik. – Т.: O‘qituvchi, 2006.
Internet saytlari
29. http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/ – Самоучительузбекскогоязыка
30. http://solver.uz/translate.php – Русско-узбекский переводчик
31. http://sahifa.tj/russko_uzbekskij_razgovornik.aspx – Русско-узбекский
разговорник
32. http://sahifa.tj/uzbeksko_russkij.aspx – Узбекско-русский переводчик
33. https://my.gov.uz/ – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal
34. https://www.lex.uz. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси
35. http://library.ziyonet.uz/ – ta’lim portali
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va
nazorat qilish mezonlari
Baholash usullari
|
Ekspress testlar, yozma ishlar, og‘zaki so‘rov, prezentatsiyalar
5 - “a’lo”
- o‘rganilgan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay bilish;
- o‘rganilgan nutqiy mavzular doirasida ijodiy fikrlay olish;
- sohaga oid terminlarni erkin qo‘llay bilish;
- o‘zbek tilining o‘ziga xos jihatlari, rus tili bilan o‘xshash va farqli tomonlari haqida mutsaqil mushohada yurita olish;
- davlat tilida ish yuritish mohiyatini tushunish, o‘rganilgan hujjatlarni to‘g‘ri yoza bilish.
4 - “yaxshi”
- o‘rganilgan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay bilish;
- o‘rganilgan nutqiy mavzular doirasida fikrlay olish;
- sohaga oid terminlarni bilish;
- o‘zbek tilining o‘ziga xos jihatlari, rus tili bilan o‘xshash va farqli tomonlari haqida bilish;
- davlat tilida ish yuritish, o‘rganilgan hujjatlarni to‘g‘ri yoza bilish.
3- “qoniqarli”
- o‘rganilgan nazariy bilimlar haqida tushunchaga ega bo‘lish;
- o‘rganilgan nutqiy mavzular doirasida fikr almasha olish;
- sohaga oid terminlarni tushunish;
- o‘zbek tilining o‘ziga xos jihatlari, rus tili bilan o‘xshash va farqli tomonlari haqida tasavvurga ega bo‘lish;
- o‘zbek tilida hujjatlarni yoza bilish.
2 - “qoniqarsiz”
- o‘rganilgan nazariy bilimlar haqida tushunchaga ega emaslik;
- o‘rganilgan nutqiy mavzular doirasida fikr almasha olmaslik;
- sohaga oid terminlarni bilmaslik;
- o‘zbek tilining o‘ziga xos jihatlari, rus tili bilan o‘xshash va farqli tomonlari haqida tasavvurga ega bo‘lmaslik;
- o‘zbek tilida hujjatlarni yoza bilmaslik.
|
Baholash mezoni
|
O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O‘RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
Ro‘yxatga olindi
№ _____________________
“____”_________2018 yil
|
|
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o’rinbosari__________
“___” ________2018yil
|
O‘ZBEK TILI
FANIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
BAKALAVRLAR UCHUN
Bilim sohasi(lari):
|
300 000 –Ishlab chiqarish texnik soha;
|
Ta’lim sohasi(lari):
|
310 000 –Muhandislik ishi
|
|
|
Ta’lim yo’nalishi (mutaxassislik) kodi va nomi
|
Talabaning o’quv yuklamasi, soat
|
Semestrlar, soat
|
Umumiy
Yuklanma xajmi
|
Auditoriya mashg’ulotlari
|
Mustaqil ish
|
|
|
Jami
|
Ma’ruza
|
Amaliy
mashg’ulot
|
Laboratoriya
ishi
|
Semenar
|
Kursi shi
(loyihasi)
|
5320300- TMJ
5312200- KEM
5310300-MET 5320400 - KT
5311600 –KI 5320200 MTJ
|
150
|
90
|
|
90
|
|
|
|
60
|
1-2
|
|
|
|
OLMALIQ – 2018
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi 2017-yil 24-avgustdagi 603-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbek tili” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar: Islom Karimov nomidagi TDTU, Olmaliq filiali
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta
o‘qituvchisi V.A. Ahmedova, assistent N.A. Burxanova
Taqrizchilar: Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU dotsenti,
f.f.n.,N.Sh. Ahmedova
Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, f.f.n. G.A.Narimova
O’quv uslubiy majmua Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi majlisida (2018 yil “__” _________ ___ -son bayonnoma) muhokama etildi va fakultet kengashiga tavsiya etildi.
Kafedra mudiri ______________ Maxmudov B.X.
Kotiba: _____________
O’quv uslubiy majmua Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining Energetika va mashinasozlik fakulteti kengashida ko’rib chiqildi (2018 yil «___»_______ ___- sonli bayonnoma) va filialning uslubiy kengashiga muhokama uchun tavsiya etildi.
Fakultet kengashi raisi _____________ dots. Sattarov O.E.
Kotiba: ______________
O’quv uslubiy majmua Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining uslubiy kengashida ko’rib chiqildi (2018 yil «___»_______ ___- sonli bayonnoma) va tasdiqlandi.
Uslubiy kengash raisi _____________ dots. Xoliqulov D.B.
Kotiba: _____________
MUNDARIJA
1.O’quv materiallari (amaliy mashg’ulot ishlanmalari)..............................4-190
2. Mustaqil ta’lim mavzulari.....................................................................191-197
3. Glossariy................................................................................................198-218
4. Ilova.......................................................................................................219-220
4.1. O’quv dasturi (namunaviy)................................................................220-232
4.2. Ishchi o’quv dastur.............................................................................233-243
4.3. Tarqatma materiallar...........................................................................184-18
4.4. Testlar..................................................................................................186-261
4.5. Baholash mezoni.................................................................................
4.6. UMKning elektron varianti.................................................................
КIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oily ta’lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.
O‘zbek tili fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua o‘quv jarayoninig nazariy, amaliy, ijodiy jihatlarini to‘liq aks ettirib, innovatsion texnologiyalar bilan boyitilgan. Bu talabalarning fanni qulay va oson o‘zlashtirishlariga yordam beradi, o‘z ustida ishlashlari uchun sharoit yaratadi. O‘zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, o‘zbek tilini o‘rganish jarayonini tezlashtirish, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etishga o‘rganish ko‘zda tutiladi. Shularni nazarda tutib o‘quv-uslubiy majmua nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan kommunikativ tamoyilga asoslanib tuzildi. Bu esa “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI”da ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bo‘yicha “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash”ga tola mos keladi.
Majmua birinchi o‘ringa asosiy mavzu sifatida nutqiy mavzularning qo‘yilishi bilan farqlanadi. Grammatik bilimlar fikr ifodalash vositasi bo‘lib, asosiy maqsadning amalga oshishiga xizmat qiladi.
O‘zbek tili ta’limi turmush va mehnat faoliyatidagi nutq mavzulari doirasini yanada kengaytirilgan hamda ixtisoslikka moslashtirilgan tarzda o‘zbekcha nutqni tinglash, so‘zlash, o‘qish va yozish amallarini uyg‘unlashtirib o‘rgatish bilan ajralib turadi. Bunda talaba oldiga ilmiy-badiiy adabiyotlarni o‘qib tushunish, mutaxassislik sohasida matn yaratish, matnni shakl va mazmun jihatdan yangilash, boshqa nutq uslubiga ko‘chira olish kabi talablar qo‘yildi.
Majmuada har bir mashg‘ulotga matnlar, topshiriqlar, mashqlar, mustahkamlash uchun savollar, testlar, mustaqil ta’lim topshiriqlari, namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari berildi. Shuningdek, davlat tilida ish yuritish, suhbat, bahslashuv orqali mustaqil yozma ishlarni uyushtirish, matn tuzdirish talabalarning ixtisosligiga ko‘ra belgilanadi.
AMALIY MASHG‘ULOT MAVZULARI BO‘YICHA
O‘QUV-USLUBIY MATERIALLAR
Olmaliq – 2018
1-MAVZU: “O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN”
REJA:
Matnni o‘qish, undagi atama va iboralarning ma’nosini izohlash.
Vatan haqidagi she’rlardan namunalar yod olish.
Respublika baynalmilal madaniyat markazi haqida qisqa ma’lumot yozish.
Orfoepiya qoidalari. O‘zbek tilida tovushlar talaffuzi.
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Matn bo‘yicha savollar tuzing. Reja asosida matn mazmunini so‘zlab bering.
O‘zbеkistоn
O‘zbеkistоn - O‘rtа Оsiyоning mаrkаziy qismidа jоylаshgаn. Shimоliy qismi mo‘tаdil, jаnubiy qismi subtrоpik mintаqаgа mаnsub. Iqlimi hаm mo‘tаdil iliq, kеskin kоntinеntаl, hududi 447,4 ming kv.km. Аhоlisi 32 milliоn kishi. O‘zbеkistоn mа’muriy jihаtdаn Qоrаqаlpоg‘istоn Rеspublikаsi vа Аndijоn, Buхоrо, Jizzах, Nаvоiy, Nаmаngаn, Sаmаrqаnd, Sirdаryо, Surхоndаryо, Tоshkеnt, Fаrg‘оnа, Хоrаzm, Qаshqаdаryо vilоyatlаridаn vа Tоshkеnt shаhridаn ibоrаt mа’muriy hududlаrgа bo‘lingаn. O‘zbеkistоn pоytахti - Tоshkеnt shаhri (аhоlisi 3 milliоngа yaqin).
O‘zbеkistоn хаlq хo‘jаligidа ilg‘оr tехnikа bilаn qurоllаngаn sаnоаtning yuzdаn ziyоd tаrmоq vа sоhаsi mаvjud. Muhim strаtеgik хоmаshyо - pахtа vа undаn qаytа ishlаngаn mаhsulоtlаrning еkspоrti bo‘yichа Mаrkаziy Оsiyоdа birinchi vа jаhоndа ikkinchi o‘rinni еgаllаydi. O‘zbеkistоn ko‘pginа bоshqа mаhsulоtlаrni hаm еkspоrt qilish imkоniyatigа еgа bo‘lib bоrmоqdа. O‘zbеkistonning hаr bir qаrichi оltingа tеng. Nоdir qаzilmа bоyliklаrning ishgа sоlinishi mаmlаkаtning jаhоn bоzоrigа chiqishini tа’minlаydigаn yangi sаnоаt tаrmоqlаrini, mаsаlаn, аvtоmоbilsоzlikni yarаtish imkоnini bеrmоqdа.
O‘zbеkistоn o‘zining bоy o‘tmishi, tаriхiy vа ko‘hnа mаdаniyatigа еgа.
Mustаqillik uchun kurаshgаn To‘mаris, Shirоq, Spitаmеn, Muqаnnа, Tоrоbiy kаbi ko‘plаb хаlq qаhrаmоnlаri tаriхdаn mа’lum.
O‘zbеkistоn Аmir Tеmur, Imоm аl-Buхоriy, Imоm аt-Tеrmiziy, аl-Хоrаzmiy, Аhmаd Fаrg‘оniy, Аbu Rаyhоn Bеruniy, Ibn Sinо, Zаmахshаriy, Fоrоbiy, Ахmаd Yassаviy, Аlishеr Nаvоiy, Mirzо Ulug‘bеk, Zаhiriddin Muhаmmаd Bоbur singаri buyuk siymоlаr yashаgаn tаbаrruk zаmindir.
Хususаn, Sоhibqirоn Аmir Tеmur Mаrkаziy Оsiyо, O‘rtа vа Yaqin Shаrq mаmlаkаtlаrining kаttаginа qismini birlаshtirdi. Аmir Tеmur bаrpо еtgаn buyuk davlat ilm-fаn, mаdаniyat vа mа’rifаtning bеhаd rаvnаqini tа’minlаdi. Hоzirgi kundа turli dingа mаnsub 130 dаn оrtiq millаt vа еlаt vаkillаri bu diyоrdаn mаkоn tоpgаn.
O‘zbеkistоn jаhоn sаhnigа chiqdi. O‘zbеkistоn mustаqilligini 170 dаn оrtiq dаvlаtlаr tаn оldi, o‘nlаb mаmlаkаtlаr bilаn diplоmаtik аlоqа o‘rnаtildi.
O‘zbеkistоn Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilоti, Yevrоpаdа Хаvfsizlik vа hаmkоrlik tаshkilоti kаbi o‘nlаb nufuzli хаlqаrо tаshkilоtlаrgа а’zо bo‘ldi.
O‘zbеkistоn o‘z dаvlаt rаmzlаri - bаyrоg‘i, gеrbi, mаdhiyasi, pоytахtigа еgа.
MILLIY MАDАNIY MАRKАZLАR
Milliy mаdаniy mаrkаzlаr - O‘zbеkistоndа istiqоmаt qilib turgаn bаrchа millаtlаr, еlаtlаrning mаdаniyat, mа’nаviyat, milliy urf-оdаtlаr vа аn’аnаlаr sоhаsidаgi o‘zlаrigа хоs tаlаb vа еhtiyоjlаrini qоndirish, shu tаriqа ulаrning O‘zbеkistоn miqyоsidа yanаdа mustаhkаmrоq jipslаshtirishgа хizmаt qiluvchi ijtimоiy-iхtiyоriy tаshkilоtlаr.
1989-yildа milliy madaniy markazlarning sоni 12 tа bo‘lsа, 1997-yilning охiridа ulаr 90, hоzir еsа 130 dаn оshdi, shu jumlаdаn rus, ukrаin, kоrеys, gruzin, qоzоq, qirg‘iz, tаtаr, tоjik, mаhаlliy yahudiylаr, аrmаn, оzаrbаyjоn, pоlyak, nеmis vа bоshqа milliy mаdаniy mаrkаzlаri fаоl ish оlib bоrmоqdаlаr.
Milliy mаdаniy mаrkаzlаrning аsоsiy vаzifаlаri uch yo‘nаlishgа еgа:
1) hаr bir millаtning tili, mаdаniyati, urf-оdаtlаri vа rаsm-rusumlаrini tiklаsh, tаriхiy Vаtаn bilаn аlоqа vа munоsаbаtlаrni jоnlаntirish, milliy his-tuyg‘ulаrning nаmоyоn bo‘lishigа kеng yo‘l оchish;
2) mustаqil O‘zbеkistоnni o‘zining hаqiqiy Vаtаni dеb bilish vа ungа bеminnаt hаmdа sаdоqаt bilаn хizmаt qilish;
3) Vаtаn bilаn mushtаrаk hаyоt kеchirish, uning mаdаniyati, tаriхi vа tilini o‘rgаnish, mustаqil dаvlаtgа nоmi bеrilgаn millаt bilаn do‘stlikdа, hаmkоrlikdа vа tоtuvlikdа yashаsh. Аnа shu uch yo‘nаlishdа оlib bоrilаyоtgаn ishlаr yil sаyin yangidаn-yangi shаkllаrdа, turlаrdа, yo‘nаlishlаrdа rаng-bаrаng bo‘lib bоrmоqdа, shu jumlаdаn:
- o‘z milliy tаriхini, mаdаniyatini, tilini, urf-оdаtlаrini o‘rgаnish to‘gаrаklаri ishlаmоqdа;
- O‘zbеkistоn tаriхini, mаdаniyatini vа tilini o‘rgаnish to‘gаrаklаri fаоliyat ko‘rsаtmоqdа;
- milliy musiqа, rаqs vа hunаr to‘gаrаklаri o‘z ishini kеngаytirmоqdа;
- milliy bаyrаm kunlаrigа bаg‘ishlаb tаdbirlаr o‘tkаzilmоqdа, fеstivаllаr tаshkil qilinmоqdа;
- tаriхiy Vаtаnning rаssоmlаri, yоzuvchilаri, shоirlаri, bахshilаri, mаdаniyat vа siyоsаt аrbоblаrigа bаg‘ishlаngаn ko‘rgаzmаlаr tаshkil qilinmоqdа;
- tаriхiy Vаtаndаn kеlgаn siyоsiy аrbоblаr vа mаdаniyat nаmоyandаlаri bilаn uchrаshuvlаr o‘tkаzilmоqdа vа hоkаzо.
Milliy mаdаniy mаrkаzlаr O‘zbеkistоn mustаqilligini mustаhkаmlаshgа kаttа hissа qo‘shmоqdаlаr. Ulаr hаqiqiy еrkinlik vа оzоdlik аsоsidа ish оlib bоrib, o‘z Vаtаnlаri O‘zbеkistоngа vа o‘zbеk хаlqigа bo‘lgаn muhаbbаt vа hurmаtlаrini o‘z fаоliyatlаri оrqаli nаmоyоn qilmоqdаlаr.
2-topshiriq. Matndan foydalanib “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” mavzusida insho yozing.
3-topshiriq. FSMU jadvalini to‘ldiring.
O‘zbekiston jahondagi eng rivojlangan davlatlar orasidan munosib o‘rin egallashi uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi kerak.
F
S
M
U
fikringizni bayon eting
fikringiz bayoniga biror sabab ko‘rsating
ko‘rsatilgan sababga tushuntiruvchi misol keltiring
fikringizni umumlashtiring
4-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga zarur so‘zlarni qo‘yib, gaplarni o‘qing va ko‘chiring.
1991- yil 1-sentabr – O‘zbekiston Respublikasining ... 2. ... Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ga qabul qilingan kun. 3. ... – Toshkent shahri. 4. ... - 447,4 ming kv. кm. 5. Tarkibida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ... , 156 ... , 123 ... , shu jumladan respublika va viloyat . . . 60 , ... 104 ... mavjud.
5-topshiriq. O‘qing va yozilishiga e’tibor bering.
Ma’no (смысл), ta’na (упрек), san’at (искусcтво), singil (младшаясестра), ashula (песня), sirk, dotsent, translatsiya, sisterna, konsert, sitologiya, aksiya, ssenariy, aviatsiya, mototsikl, iyul, salut, shlapa, oktabr, noyabr.
6-topshiriq. So‘zlarni o‘zbek tiliga tarjima qilib yozing.
Грамота, парус, вкус, жизнь, широкий, новый, сто, влияние, стих, душа.
Eslab qoling!
Vаtаngа mеhr-muhаbbаtli bo‘lish - g‘оyat chidаm, g‘оyat yuksаk оng tаlаb еtuvchi o‘zigа хоs ilm. Buni еgаllаsh hаm bеshikdаn bоshlаnmоg‘i vа оqibаt so‘nggi nаfаsgа qаdаr dаvоm еtmоg‘i jоiz. Vаtаnpаrvаrlik - Vаtаnni sеvmоqlikni аnglаtsа, bu ilmni еgаllаgаn kishi Vаtаngа jоnini аtаgаn kоmil insоn mаrtаbаsigа yеtgаn bo‘lаdi.
Vаtаndаn оlgаnimiz - qаrz, qаrzni еsа qаytаrmоq fаrz. Biz, hаr birimiz, Vаtаnni sеvаmiz, chunki Vаtаn - biz nаfаs оlаyоtgаn hаvоdir.
Vatan haqidagi maqollarni bilib oling!
Ona yurting — oltin beshiging.
* * *
Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro£ying somon bo‘lmas.
* * *
Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho'pon bo‘l.
* * *
0 ‘z uying — o‘lan to‘shaging.
* * *
Kimda o‘z yurtiga bo‘lmasa mehr,
U qalban shikasta, u qalban majruh.
* * *
Yurt qo‘risang, o'zarsan,
Qo‘rimasang, to‘zarsan.
Yurti tinchning o‘zi tinch.
* * *
Yurt bilan bo‘lgan yetar murodga,
Yurtdan ayrilgan qolar uyatga.
Suhbat
1991- yil 1- sentabrda O‘zbekiston tarixida qanday voqea sodir bo‘ldi?
Qachon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi?
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qachon qabul qilindi?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida 1991-yil 31- avgustda qabul qilingan Bayonotida nima deyilgan?
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi uchun navbatdagi ulkan tarixiy voqea qachon sodir bo‘ldi? Qanday qaror qabul qilindi?
O‘zbekiston Respublikasi tarixiga oid yana qaysi muhim sanalarni bilasiz?
7-topshiriq. Ushbu matnni tarjima qiling. O‘zbek tilidagi so'zlarning to‘g‘ri talaffuziga e’tibor bering. O'ziga xos nutq tovushlaridagi farqni tushuntiring.
БогатиразнообразенживотныймирУзбекистана. ВводахСырдарьииАмударьиобитаютболее 60 видоврыб. Обширные пустыни, влажные поймы рек, мощные горные хребты и оазисы населяют три вида земноводных, 57 видов пресмыкающихся, 91 вид млекопитающих и более 410 видов птиц.
Животный мир нашей республики, как и всей Средней Азии складывался в течении длительного времени. Одни виды животных сформировались здесь же, иные проникли в Среднюю Азию из других областей.
8-topshiriq. Quyida o‘zlashgan so‘zlarni orfoepik qoidalarga rioya qilgan holda talaffuz qiling. So‘zlarning urg‘ulanishiga e’tibor bering.
Abonement, aviatsiya, akkreditatsiya, aktyor, aksiz, aksioner, aksiya, aeroport, apparat, zaryad, doktor, tonna, konstitutsiya, demokratiya, professor, laboratoriya, rektor, traktor, televizor, lift, sirk, vistavka, prezidium, muzika, reduksiya, byudjet, dirijor, suflor, etud, bulleten, salut, sujet, arxitektor
YODDA TUTING!
Sizlagan til sevdirar, sensiragan til bezdirar.
Tilni sizga bur — topasan, tilni senga burma — yutasan.
Orfoepiya haqida umumiy ma’lumot
Orfoepiya (yunoncha orthos - "to‘g‘ri" epos-"nutq" demakdir) adabiy talaffuz qoidalari to‘plami bo‘lib, u milliy til doirasida yagona talaffuz me’yorini belgilaydi. Shunga ko‘ra, orfoepiya adabiy tilning og‘zaki shakli bilan bevosita bog‘liqdir.
O‘zbek milliy tilining tarkibi nihoyatda rang-barang va murakkab bo‘lib, u o‘zida uchta yirik lahjani birlashtiradi. Bu lahjalardagi so‘zlar talaffuzi o‘ziga xos fonetik, leksik va morfologik belgilari bilan farqla-nadi: 1) qipchoq lahjasida so‘z boshida adabiy tildagi y undoshi o‘rnida j talaffuz qilinadi: yo‘q //jo‘q, yigit//jigit; adabiy tildagi g‘ o‘rnida v undoshi aytiladi: tog‘//tov sog‘//sov; so‘z oxirida k, q undoshlari tushiriladi: kichik//kichchi, qattiq//qatti; 2) o‘g‘uz lahjasida esa so‘z boshida keladigan t, k jarangsiz undoshlari d, g tarzida talaffuz qilinadi: tog‘//dag‘, kel//gal kabi; 3) qarluq - chigil - uyg‘ur lahjasining o‘ziga xos fonetik xususiyatlari so‘z oxiridagi q undoshning g‘ tarzida aytilishi, ba’zan tushirilishida kuzatiladi: qovoq//qovog‘, shuningdek, bu lahjada
a unlisining o tovushiga o‘zgartirilishi ham kuzatiladi: aka//oka kabi.
O‘zbek lahjalaridagi bu kabi lahjaviy xilma-xilliklar, shubhasiz, adabiy tilning talaffuz me’yoriga ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Ana shunday nutqiy tafovutlarni bartaraf etish, lahjalardagi eng maqsadga muvofiq so‘z shakllarini tanlagan holda qoidalashtirish orfoepiyaning muhim vazifalaridandir.
Albatta, orfoepiya boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuzi-ni ham qamrab oladi. Xususan, o‘zlashma so‘zlarning orfoepiya qonun-qoidalariga mos ravishda talaffuz qilinishi qoidalashtirilgan. Masalan, fabrika, fakt so‘zlari pabrika, pakt tarzda aytilsa ham, ular asliga muvofiq talaffuz qilinishi lozim.
Adabiy talaffuz me’yorlari tilning tovush tizimi asosida yaratiladi. Bu esa orfoepik me’yorlarni belgilashda tovush tizimi, uning nutqiy jarayonda turlicha o‘zgarishini hisobga olishni taqozo etadi.
Ayrim unli va undoshlar orfoepiyasi 1. I unlisi atir, ayrim, bilan kabi so‘zlarda qisqa, biyron, siyrak kabi so‘zlar tarkibida y undoshdan avval kelganda o‘ta cho‘ziq; qirq, qir, qiz, kabi so‘zlar tarkibida qattiq i tarzida talaffuz qilinadi. Ayrim so‘zlarda i o‘ta qisqa talaffuz qilinib tushiriladi: qobiliyat//qobilyat, quyidagi //quydagi; azm, adl, ayol so‘zlari talaffuzida esa orttiriladi, biroq yozilmaydi.
2. U unlisi, buvi, buloq so‘zlarida qisqa; xusumat, quvvat kabi so‘zlarda esa cho‘ziq talaffuz qilinadi; gul, guvoh, kuyov kabi so‘zlarda yumshoq; qum, qurol, g‘ussa kabi so‘zlarda esa qattiq talaffuz qilinadi.
Ko‘rinadiki, unlilarning qattiq yoki yumshoq talaffuz qilinishi ko‘p hollarda yonma-yon kelgan undoshning til oldi yoki orqa ekanligi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Xususan, q, g‘, x kabi til orqa undoshlari ishtirok etadigan so‘zlarda ular qattiq, boshqa undoshlar (til oldi, sayoz til orqa undoshlari) ishtirok etgan so‘zlarda esa yumshoq talaffuz etiladi. Qiyoslang: qo‘pol, g‘o‘za, o‘rda, go‘dak, do‘l, jo‘yak, ko‘ngil.
3. B, v, g, d, z undoshlari urg‘usiz bo‘g‘inda, so‘z oxirida jarangsiz undoshlar yonida kelganda jarangsizlashgan holda talaffuz qilinadi: ketdi//ketti, kitob//kitop, zavod//zavot, barg//bark, aktiv//aktif, peshvoz//peshvos, izhor//ishor.
4. D, s, t, l, n, ch, sh, m undoshlaridan oldin qo‘llangan chuqur til orqa, portlovchi q undoshi x tarzida talaffuz qilinadi: naqd//naxt, maqsad//maxsat, vaqt//vaxt, baliqchi//balixchi, oqsoq/oxsog‘, nuqson// nuxson, qaqshamoq //qaxshamoq, cho‘qmor//cho‘xmor.
5. K, g, ng undoshlari oldida kelgan n sonori ng, ng‘ tarzida aytiladi:
ko‘lanka//ko‘langka, ko‘tarinki//ko‘taringki, dengiz//dengngiz, nonko‘r//nongko‘r, yong‘oq//yongngoq//yongg‘oq, to‘ng‘illamoq//to‘ng‘g‘ilamoq.
6. Ikki unli yonma-yon kelgan so‘zlarda ko‘pincha y undoshi orttiriladi:oila// oyila, shoir//shoyir, rais/rayis, radio//radiyo kabi.
7. Ruscha-internatsional so‘zlar tarkibidagi v undoshi f undoshiga moyil talaffuz qilinadi: avtomat, avtoruchka, avtobus, ustav-ustaf, passiv-passif kabi;
8. Ayrim so‘zlarning o‘rtasida, oxirida qo‘llangan z undoshi s undoshi tarzida aytiladi: izhor-ishor, iztirob-istirop, faraz-faras kabi; shuningdek ruscha-internatsional so‘zlarda ham shunda holat kuzatiladi: gipnoz-gipnos, karniz-karnis, narkoz-narkos kabi;
9. Ayrim undoshlardan oldin qo‘llangan q undoshi x tarzida aytiladi: vaqt-vaxt, naqdnaxt, to‘qson-to‘xson, maqsad-maxsat;
10. So‘z oxirida kelgan k, q jarangsiz undoshlari bazan jarangli g, g‘ tovushiga moyil aytiladi: -bilak-bilag, yurak-yurag; o‘roq-o‘rog‘, sariq-sarig‘ kabi; shuningdek ruschainternatsional so‘zlarda ham k undoshi jarangli g tarzida aytiladi: znachok-znachog, galstuk-gastug kabi.
11. Ayrim so‘zlarda so‘z oxirida kelgan t, d undoshlari talaffuzda tushib qoladi: go‘sht-go‘sh, g‘isht-g‘ish, xursand-xursan, baland-balan kabi;
12. Birinchi va ikkinchi bo‘g‘in oxirida kelgan n undoshi o‘zidan keyin kelgan b undoshining tasirida m tarzida aytiladi: tanbur-tambur, sunbul-sumbul, yakshanbayakshamba kabi;
13. O‘zlashma so‘zlar so‘z o‘rtasida, oxirida yonma-yon kelgan ikki bir xil undoshdan biri talaffuzda tushib qoladi: mujassam-mujasam, munavvar-munavar, taassurot-tasurot; grammatika-gramatika, metall-metal kabi.
Ayrim grammatik shakllar orfoepiyasi
1.Tushum kelishik affiksi talaffuzda -di, -ti, -zi, -ri kabi fonetik variantlarga ega bo‘ladi: otni//otti, toshni//toshti, gulni//guldi, gapni//gapti//gappi, tuzdi//tuzzi.
2. Men, sen olmoshlariga -ning, -ni, -niki affikslari qo‘shilganda qo‘shimcha tarkibidagi bitta n undoshi tushiriladi va shunday yoziladi : mening, seni, meniki.
3. U, bu, shu, o‘sha kabi olmoshlarga -ga,-da,-dan,-day,-cha affikslari qo‘shilganda n undoshi orttirilib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: unga, unda, bundan, shundan, shunday, o‘shancha kabi.
4. Oxiri z undoshi bilan tugaydigan sonlarga dona son yasovchi -ta affiksi qo‘shilganda z undoshi s tarzida talaffuz qilinadi: to‘qqizta // to‘qqista, o‘ttizta // o‘ttista; oxiri z, sh bilan tugaydigan otlarga -siz sifat yasovchi qo‘shilganda ham bu undoshlar s tarzida talaffuz etiladi: boshsiz//bossiz, izsiz//issiz, ovozsiz//ovossiz; bunday holni oxiri z bilan tugaydigan ba’zi so‘zlarga ot yasovchi - chi affiksi qo‘shilganda ham kuzatish mumkin: zakazchi//zakaschi, arazchi//araschi, taqrizchi// taqrischi kabi.
5. Tarkibida - n, -in, -lan affiksi bo‘lgan so‘zlarga -la affikslari qo‘shilganda -n, - in, -lan affikslari oxiridagi n undosh m tarzida talaffuz qilinadi: kiyinmoqda//kiyimmoqda, burkanmoqda//burkammoqda, ovqatlandi// ovqallandi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Orfoepiya nimani o‘rganadi?
I, u, a, o‘, e, o unlilari bilan bog‘liq talaffuzdagi o‘zgarishlarni misollar asosida tushuntiring.
Kelishik affikslari orfoepiyasiga doir nimalarni bilasiz?
So‘z oxirida keladigan jarangli undoshlarning talaffuzda jarangsizlanishiga doir misolar keltirib tushuntiring.
Turli grammatik shakllarning talaffuzda fonetik o‘zgarishlariga doir namunallar keltirib, sabablarini izohlang.
Mustahkamlash uchun savollar
O‘zbekiston Respublikasining qanday Davlat ramzlari bor?
Davlat madhiyasining muallifi kim?
Davlat madhiyasining musiqasini kim bastalagan?
O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qachon qabul qilingan?
Davlat gerbi qachon qabul qilingan?
Milliy valuta qachon kuchga kirgan?
Vatan deganda nimani tushunasiz?
Vatanga muhabbat qanday namoyon bo‘ladi?
Vatan uchun, Mustaqillik uchun kurashgan shaxslardan kimlarni bilasiz?
Fuqarolik burchi nima?
Vatanparvarlik burchi qanday namoyon bo‘ladi?
Mashhur sarkardalardan kimlarni bilasiz?
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Muhiddinova X. Salisheva Z.I. O‘zbek tili (Oliy o‘quv yurti rus guruhi talabalari uchun darslik). T., O‘qituvchi. 2012.
2. Nurmonov A., Sobirov A., Yusupova Sh. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.
3. Normatova Sh., Abdurahmonova M. O‘zbek tili. T., JIDU, 2014.
4. Husanov N., Xo‘jaqulova R., Dilmurodova N. O‘zbek tili. Toshkent: TMI, 2017.
2-MAVZU: “O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI”
REJA:
O‘zbek tili matnni o‘qib tushunish.
“Men o‘zbek tilini o‘rganyapman” mavzusida suhbat.
Mutafakkirlarning til haqidagi fikrlaridan namunalar keltirish.
O‘zbek tilining imlo qoidalari.
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Reja asosida matn mazmunini so‘zlab bering.
O‘ZBEK TILI
Odamlar til vositasida o‘z fikrlari, his-tuyg‘ularini ifodalaydilar. Jamiyatning shakllanishi va rivojlanishida tilntng ahamiyali kattadir. XI asrda yashab o‘tgan Yusuf Xos Hojib tilga aql va idrok tarjimoni, deb baho bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |