O‘QUV-USLUBIY MATERIALLAR
Olmaliq – 2020
1-MAVZU:“O‘ZBEK TILINING SOHADA QO`LLANILISHI” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari.
REJA:
Tilning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Til va tafakkur.
Til va ma’naviyat.
Davlat tili tushunchasi.
O‘zbek tili va davlat qonunlari.
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Reja asosida matn mazmunini so‘zlab bering.
Til va tafakkur bir-bir bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy hodisadir. Inson nutqi, til vositalari bo‘lmasa, fikrlash ham bo‘lishi gumon. Tafakkur va til aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur –zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosi. Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda, til-tafakkurning borliq shakli.
Hozirgi paytda yer yuzi aholisi 6 milliarddan oshib ketdi. Mana shu aholi 3000 dan ortiq tilda gaplashadi. Til odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo‘lishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir. Odamlar til vositasida o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini ifodalaydilar. Insoniyat jamiyatining shakllanishida tilning roli beqiyosdir. Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo‘lishi mumkin emas, til jamiyat uchun, insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka insonga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo‘lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlantirilib boradi.
Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va ma’naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi.
Tafakkur faqat insonlarga xosdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog‘liq holda mavjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd etiladi. Demak, tafakkur jarayonining hamisha biror-bir fikrdan iborat bo‘lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo‘ladi. Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikr almashishlariga imkon tug‘diradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 1989 –yil 21 –oktabrda qabul qilingan. Shu davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami sifatida nishonlaymiz.
Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tili – davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O‘zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi.
1995-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat bo‘lib, uning birinchi moddasida asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizning 4-moddasida yozilganidek, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili-o‘zbek tilidir”deb yozib qo‘yilgan. Shu bilan birga, respublikamizdagi boshqa millatlar ham o‘z ona tillarini qo‘llash huquqiga egadirlar. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunning 2-moddasida so‘z yuritiladi. Shu qonunning 24-moddasida O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga xusumat bilan qarash taqiqlanishi haqida so‘z yuritiladi.
1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” Qonun qabul qilinishi Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o‘zgarishlar asosida “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995-yil 24-avgustda tasdiqlandi.
O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni o‘zbek tilining siyosiy-ijtimoiy maqomini ta’minladi va uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Xususan, ushbu qonunning 8, 9, 10-moddalarida hujjatlarning davlat tilida tayyorlanishi, boshqaruv organlari, muassasa, korxona va tashkilotlarda ish davlat tilida yuritilishi ta’kidlangan. Shu maqsadda ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning o‘zbek tilini milliy-ma’naviy qadriyat sifatida puxta egallashi, o‘z fikrini yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay olishi, nutqiy savodxonlikka erishish, hujjat matnlarini tuzish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
O‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qilish, uning iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh, o‘quvchi ona tilidagi so‘z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga doimo harakat qilishi foydalidir. So‘z fikrning qurolidir, kishi tafakkuri, predmet tafakkuri, mavhum tafakkur, monologik nutq, dialogik nutq.qanchalik ko‘p so‘z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo‘ladi.
O‘ZBEK TILI.Odamlar til vositasida o‘z fikrlari, his-tuyg‘ularini ifodalaydilar. Jamiyatning shakllanishi va rivojlanishida tilntng ahamiyali kattadir. XI asrda yashab o‘tgan Yusuf Xos Hojib tilga aql va idrok tarjimoni, deb baho bergan. Olimlar hisobiga ko‘ra, dunyo aholisi 3000ga yaqin tilda so‘zlashadi. Ana shu tillar kelib chiqishi, lug‘aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab til oilalariga bo‘linadi. Yer yuzida 20ga yaqin til oilasi bor. Til oilalari o‘z navbatida til guruhlariga bo‘linadi. O‘zbek tili oltoy tillar oilasi va turkiy tillar guruhiga kiradi. O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining Davlat tilidir. O‘zbek litiga 1989-yil 21-oktabrda Davlat tili maqomi berilgan. Bu tilda O‘zbckistonda yashovchi aholidan tashqari Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Afg‘onistonning shimolida va boshqa joylarda yashovchi o‘zbeklar gaplashadilar.O‘zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi. O‘zbek tilining rivojlanishida XI asrda yashab o‘tgan turkiy tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariy, adib Yusuf Xos Hojib. Buyuk alloma Alisher Navoiylarning hissalari kattadir.
O‘zbek tilining rivojiga, ayniqsa,O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng katta ahamiyat berildi.
Lug‘at
fikr - мысль
ifodalamoq - выражать
ahamiyat - значение
aql - ум
his-tuyg‘u - чувство, эмоция
|
tarjimon - переводчик
aholi - население
maqom - статус
mustaqil- самостоятельный
|
O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi (yangi tahrirda) qonuni 24 ta moddadan iborat
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tilidir.
2-modda. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat Konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari - Davlat tilida yuritiladi.
2-topshiriq. Matnni o‘qing. Matn asosida savollar tuzing
O‘zbek tili, o‘zbek alifbosi va imlosi
O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tilidir. Vatanimizdagi 31 millionga yaqin xalq o‘zbek tilini ona tilim deydi. Bundan tashqari o‘zbek tili Saudiya Arabistonida, Turkiyada, AQShda, Afg‘oniston va Qoshg‘arda hamda bir qancha boshqa davlatlarda yashovchi o‘zbeklarning ham ona tilidir.
O‘zbek (turkiy) tili qadimiy tillardandir. Dastlabki yozma yodnomalar VI-VII asrlarga oid O‘rxun-Enasoy yozuvlarida uchraydi.
X-XI asrlardan boshlab o‘zbek (turkiy) tilida yirik asarlar yaratila boshlandi. Jumladan, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq” asarlari.
Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Lutfiy, Sakkokiy, Xorazmiylar turk (o‘zbek) tilining rivojlanishida katta xizmat qildilar. Turk tilining rivojida Alisher Navoiyning o‘rni beqiyosdir. Alisher Navoiy o‘zbek tilini ham nazariy, ham amaliy jihatdan barqaror etdi.
1920-yillardan boshlab, maktab-maorif sohasida madaniyat va adabiyotda o‘zgarishlar ro‘y berdi. Adabiyotimizga yangi yorqin iste’dodlar kirib keldi. O‘zbek tilining lug‘at tarkibi boyidi, grammatik qurilishi aniqlasha bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1989-yil 21-oktabrdagi sessiyasi o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berdi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida qurultoy, sessiya, konferensiya, majlis va kengashlar respublika davlat tilida olib boriladi va aynan tarjimasi ta’minlanadi. Bu o‘zbek xalqining siyosiy va madaniy hayotidagi eng yirik va muhim voqealardan biri bo‘ldi.
1992-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n uchinchi sessiyasida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi.
3-topshiriq. “Men o‘zbek tilini o‘rganayapman” mavzusida suhbat qiling.
4-topshiriq. “Hаr bir so‘z - sеhr” o‘yini. Bеrilgаn so‘zlаrdаn so‘z birikmаlаri tuzing, shu birikmаlаrni hаmdа ulаrning sinоnimlаrini qo‘llаb mаtn yarаting (ustоz, o‘qituvchi, muаllim; vаtаn, yurt, mаkоn, diyor...).
Mаsаlаn:
Оta
|
Оnа
|
О - ilа bоshlig‘i
T - аrbiyachi
А - qlli mаslаhаtchi
|
О - ilа bеkаsi
N - аmunа ko‘rsаtuvchi
А - ziz insоn
|
Аkа
|
Ukа
|
А - dоlаtpеshа, аdоlаtli
K - o‘mаkchi do‘st
А - ql ko‘zgusi
|
U - mid chirоg‘i
K - еlаjаk tаyanchi
А - hillik nаmunаsi
|
Do‘st
|
Yor
|
D - аrdkаsh birоdаr
O‘- rnаk ko‘rsаtuvchi
S - irdоsh insоn
T - аyanch bo‘luvchi
|
Yo‘- ldоsh,
O - qibаtli do‘st
R - аhmdil insоn
|
Ustoz
|
Muallim
|
U -
S -
T -
O -
Z -
|
M -
U -
A -
L -
L -
I -
M -
|
Vatan
|
Yurt
|
V -
A -
T -
A -
N -
|
Y -
U -
R -
T -
|
5-topshiriq. O‘ng tomondagi so‘zlardan chap tomondagi so‘zlarning sinonimlarini toping va har bir sinonimik qatorni alohida-alohida ko‘chirib yozing.
Namuna: yuz, bet, aft, bashara, chehra, jamol, diydor, oraz, ruxsor.
yuz
kuldi
avval
izladi
sevinmoq
|
iljaydi, bet, qidirdi, aft, jilmaydi, bashara,
axtardi, chehra, jamol, diydor, oldin, oraz,
xoxoladi, quvonmoq, ruxsor, qadim,
kulimsiradi, tirjaydi, suyunmoq, quvnamoq,
burun, shodlanmoq.
|
6-topshiriq. Quyida berilgan sinonim otlar qatorini davom ettiring.
Aldamchi, firibgar...
Baxt, iqbol...
Vatan, mamlakat...
Gulshan, guliston...
Dunyo, jahon...
Janjal, to‘polon...
Ovoz, un...
Odam, bashar...
Ishq, muhabbat...
Chiqim, xarj...
Yuz, oraz, ruxsor...
O‘rtoq, birodar, ulfat...
Hiyla, firib...
G‘am, anduh, musibat...
Kuch, majol, darmon...
7-topshiriq. So‘zlarni tartib bilan qo‘yib, gaplar tuzing.
Talabalar, jo‘nab ketishdi, bugun, yordam berishga, paxtakorlarga.
Singlisiga, Asror, sotib oldi, bir quti qalam, bir rasm daftar.
Bo‘lmadi, o‘tgan yil, qishda, sovuq, qattiq.
Cho‘mildik, yozda, suv omborida, Kattaqo‘rg‘on.
Olindi, bu yil, paxtadan, mo‘l hosil.
Ikkita, gilam, biz, sotib oldik, chiroyli.
Singlisi, Javohirning, Madina, qiz, aqlli va kamtarin.
O‘tadi, oqib, O‘zbekistondan, daryo, ikkita, katta.
Ertalab, turasiz, har kuni, siz, soat nechada, uyqudan?
10. Universitetni, bitirgani, akam, yo‘q, hali.
O‘zbek tilining imlo qoidalari
Lug`aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a ko‘rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yo z m a shakli uchun, to‘g‘ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g‘ z a k i nutq shakli uchun xosdir.
O‘zbek adabiy tili milliy tilning bir qismi bo‘lib fonetik, leksik, grammatik jihatdan sayqallashtirilgan, me’yorlashtirilgan tildir.
Adabiy til ikkita: og`zaki va yozma shaklga ega.
- og`zaki shakl – orfoepiyada
- yozma shakl – orfografiyada o‘rganiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |