O‘quv ishchi dasturi univеrsitеtning Ilmiy-uslubiy kеngashida ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi (2020__-yil “___”__________dagi ___-son majlis bayonnomasi).
Kotib _________________ dots. N.M.Mambetov
|
|
|
O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O‘RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
Ro‘yxatga olindi
№ _____________________
“____”_________2020 yil
|
|
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o’rinbosari__________
“___” ________2020-yil
|
O‘ZBEK TILINING SOHALARDA QO`LLANISHI
FANIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
BAKALAVRLAR UCHUN
Bilim sohasi(lari):
|
300 000 –Ishlab chiqarish texnik soha;
|
Ta’lim sohasi(lari):
|
310 000 –Muhandislik ishi
|
|
|
Ta’lim yo’nalishi (mutaxassislik) kodi va nomi
|
Talabaning o’quv yuklamasi, soat
|
Semestrlar, soat
|
Umumiy
Yuklanma xajmi
|
Auditoriya mashg’ulotlari
|
Mustaqil ish
|
|
|
Jami
|
Ma’ruza
|
Amaliy
mashg’ulot
|
Laboratoriya
ishi
|
Semenar
|
Kursi shi
(loyihasi)
|
5320300- TMJ
5312200- KEM
5310300-MET 5320400 - KT
5311600 –KI 5320200 MTJ
|
90
|
90
|
|
30
|
|
|
|
60
|
1-2
|
|
|
|
OLMALIQ – 2020
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi 2020-yil 24-sentyabrdagi -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbek tilining sohalarda qo`llanishi” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar: Islom Karimov nomidagi TDTU, Olmaliq filiali
“O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o`qituvchisi,
filologiya fanlari nomzodi,dotsent Z.D.Mirzakarimova,
katta o‘qituvchi V.A. Ahmedova.
Taqrizchilar: Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU dotsenti,
f.f.n.,N.Sh. Ahmedova
Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, f.f.n. G.A.Narimova
O’quv uslubiy majmua Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining “O`zbek tili va adabiyoti” kafedrasi majlisida (2020 yil “__” _________ ___ -son bayonnoma) muhokama etildi va fakultet kengashiga tavsiya etildi.
Kafedra mudiri ______________ Qayumov B.I.
Kotiba: _____________
O’quv uslubiy majmua Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining Energetika va mashinasozlik fakulteti kengashida ko’rib chiqildi (2020 yil «___»_______ ___- sonli bayonnoma) va filialning uslubiy kengashiga muhokama uchun tavsiya etildi.
Fakultet kengashi raisi _____________ dots. Sattarov O.E.
Kotiba: ______________
O’quv uslubiy majmua Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining uslubiy kengashida ko’rib chiqildi (2020 yil «___»_______ ___- sonli bayonnoma) va tasdiqlandi.
Uslubiy kengash raisi _____________ dots. Xoliqulov D.B.
Kotiba: _____________
MUNDARIJA
1.O’quv materiallari (amaliy mashg’ulot ishlanmalari)..............................4-190
2. Mustaqil ta’lim mavzulari.....................................................................191-197
3. Glossariy................................................................................................198-218
4. Ilova.......................................................................................................219-220
4.1. O’quv dasturi (namunaviy)................................................................220-232
4.2. Ishchi o’quv dastur.............................................................................233-243
4.3. Tarqatma materiallar...........................................................................184-18
4.4. Testlar..................................................................................................186-261
4.5. Baholash mezoni.................................................................................
4.6. UMKning elektron varianti.................................................................
КIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oily ta’lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.
O‘zbek tilining sohalarda qo`llanilishi fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua o‘quv jarayonining nazariy, amaliy, ijodiy jihatlarini to‘liq aks ettirib, innovatsion texnologiyalar bilan boyitilgan. Bu talabalarning fanni qulay va oson o‘zlashtirishlariga yordam beradi, o‘z ustida ishlashlari uchun sharoit yaratadi. O‘zbek tilining sohalarda qo`llanilishini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, o‘zbek tilini o‘rganish jarayonini tezlashtirish, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etishga o‘rganish ko‘zda tutiladi. Shularni nazarda tutib o‘quv-uslubiy majmua nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan kommunikativ tamoyilga asoslanib tuzildi. Bu esa “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI”da ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bo‘yicha “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash”ga to`la mos keladi.
Majmua birinchi o‘rinda asosiy mavzu sifatida nutqiy mavzularning qo‘yilishi bilan farqlanadi. Grammatik bilimlar fikr ifodalash vositasi bo‘lib, asosiy maqsadning amalga oshishiga xizmat qiladi.
O‘zbek tilining sohalarda qo`llanishi ta’limi turmush va mehnat faoliyatidagi nutq mavzulari doirasini yanada kengaytirilgan hamda ixtisoslikka moslashtirilgan tarzda o‘zbekcha nutqni tinglash, so‘zlash, o‘qish va yozish amallarini uyg‘unlashtirib o‘rgatish bilan ajralib turadi. Bunda talaba oldiga ilmiy-badiiy adabiyotlarni o‘qib tushunish, mutaxassislik sohasida matn yaratish, matnni shakl va mazmun jihatdan yangilash, boshqa nutq uslubiga ko‘chira olish kabi talablar qo‘yildi.
Majmuada har bir mashg‘ulotga matnlar, topshiriqlar, mashqlar, mustahkamlash uchun savollar, testlar, mustaqil ta’lim topshiriqlari, namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari berildi. Shuningdek, davlat tilida ish yuritish, suhbat, bahslashuv orqali mustaqil yozma ishlarni uyushtirish, matn tuzdirish talabalarning ixtisosligiga ko‘ra belgilanadi.
AMALIY MASHG‘ULOT MAVZULARI BO‘YICHA
Do'stlaringiz bilan baham: |