Nazorat savollari
Alkaloidlarrga ta'rif bering.
Jarayonlarning ketma-ketligi qanday ?
Alkaloidlarning fizikaviy xossalari qanday ?
Anabazih gidroxlorid tibbiyotdagi ahamiyati.
Morfinni tozalash usullsri qanday
Alkaloidlar asosida qanday dorivor preparatlar mavjud ?
5-Mavzu: FLAVANOIDLAR KIMYOSI, TEXNOLOGIYASI
ISHDAN MAQSAD:
Bunda talabalarni tarkibida flavanoid saqlagan dorivor o’simlik asosida olinadigan preparatlarni texnologiyasi bilan tanishtirish.
MAVZUNING AHAMIYATI :
Tarkibida flavanoid saqlagan kvertsetin preparatini tahlil qilishni o’rganish.
«BLITS O’YIN» uslubida
“Kvertsetin” olish texnologiyasi”mavzusiga preparatni olish texnologiyasi bosqichlari
№
|
Tayyorlash bosqichlari
|
Yakka tartib
|
To’g’ri javob
|
Xato
|
1
|
Kvertsetin miqdorini kompleksonometrik usulida olish
|
|
|
|
2
|
Kvertsetin chinligini aniqlash
|
|
|
|
3
|
Yig’ish
|
|
|
|
4
|
Etilatsetat bilan ekstraktsiyalash
|
|
|
|
5
|
Qizdirib eritish
|
|
|
|
6
|
Filtrlash
|
|
|
|
7
|
Sovutish 10% gacha
|
|
|
|
8
|
Bug’latib, quritish
|
|
|
|
9
|
Kvertsetin cho’kmaga tushadi
|
|
|
|
10
|
30% li atsetat kislota qo’shish
|
|
|
|
Nazorat savollari :
1. Flavanoidlar ta'rifi qanday?
2. Flavanoidlar qanday tahlil qilinadi?
3. Kvertsetin olish texnologiyasi qanday?
4 Rutin olish texnologiyasi qanday?
5 Flamin olish texnologiyasi qanday?
6-MAVZU: POLISAXARIDLAR KIMYOSI VA TEXNOLOGIYASI.
IShDAN MAQSAD :
Bunda talabalarni tarkibida polisaxaridlar saqlagan dorivor o`simlik mahsulotlarini kimyosini o`rganish va ular asosida olinadigan preparatlarni olinish texnologiyasi bilan tanishtirish.
MAVZUNI AHAMIYATI:
Tarkibida polisaxaridlar saqlagan dorivor o`simliklar va prepa ratlarni texnologik jarayonlarini tahlil qilishni o`rganish.
BLITS O`YIN» uslubida
“Plantaglyutsid olish texnologiyasi”mavzusiga
preparatni olish texnologiyasi bosqichlari
№
|
Tayyorlash
bosqichlari
|
Yakka tartib
|
To‘g`ri javob
|
Xato
|
1
|
Maydalash
|
|
|
|
2
|
Dekontatsiyalash
|
|
|
|
3
|
50-600S da 8 soat quritish
|
|
|
|
4
|
1/10 xajm qolguncha bug`latish
|
|
|
|
5
|
2 soat tindirish
|
|
|
|
6
|
qaynatish
|
|
|
|
7
|
20 min. tindirish
|
|
|
|
8
|
Drug filtrda siqish
|
|
|
|
9
|
Etil spirt qo` shish
|
|
|
|
10
|
4 soat tindirish
|
|
|
|
Nazorat savollari :
Polisaxaridlarga ta'rif bering.
O`simlik mahsuloti tarkibidai polisaxaridlarni qanday reaktsiyalar bilan aniqlash mumkin ?
Polisaxaridlarning fizikaviy xossalari qanday ?
Polisaxaridlar saqlagan mahsulotlarni tibbiyotdagi ahamiyati ?
Tarkibida polisaxaridlar saqlagan o`simliklarni ayting ?
Polisaxaridlar asosida qanday dorivor preparatlar mavjud ?
Plantoglyutsid olish texnologik jarayon qanday ?
7-Mavzu: OSHLOVCHI MODDALAR KIMYOSI, TEXNOLOGIYASI.
ISHDAN MAQSAD:
Bunda talabalarni tarkibida Oshlovchi moddalar saqlagan dorivor o’simlik asosida olinadigan preparatlarni texnologiyasi bilan tanishtirish.
MAVZUNING AHAMIYATI :
Tarkibida Oshlovchi moddalar saqlagan Tanin preparatini tahlil qilishni o’rganish.
Bilaman/bilishni hohlayman/bildim (B/B/B) Biror-bir mavzu yoki bolim boyicha tadqiqot ishini otkazishga imkon beruvchi grafik organayzerdir. Izlanuvchanlik, anglash faoliyatini ratsional tashkil etish malakalarini rivojlantiradi.
2-jadval. B/B/B jadvali.
Bilaman
|
Bilishni hohlayman
|
Bildim
|
Oshlovchi moddalar qanday analiz qilinadi
|
Tarkibida Oshlovchi moddalar saqlagan Tanin preparatini texnologik jarayonini tahlil qilishni o’rganish.
|
Tanin preparatini olinish texnologik jarayonini
|
Nazorat savollari:
1. Oshlovchi moddalar ta'rifi qanday?
2. Oshlovchi moddalar qanday analiz qilinadi?
3.Tanin preparatini olinish texnologik jarayonini qanday?
V.KEYSLAR BANKI
1-Keys.
Bug‘latish
Uchuvchan bo‘lmagan moddalar eritmalarini uning tarkibidagi erituvchini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo‘li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug‘latish deb yuritiladi. Agar bug‘lanish jarayoni qaynash haroratidan past haroratda suyuqlikning yuzasida ruy bersa, bug‘latish jarayonida esa bug‘ eritmaning hajmida ajralib chiqadi.
Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalarida, ayrim mineral va organik kislotalar, ko‘p atomli spirtlar hamda shu kabi suyuq eritmalar bug‘latiladi. Ba’zan bug‘latish yordamida toza erituvchilar ham olinadi. Ayrim sharoitlarda quyuqlashtirilgan eritma kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun maxsus bug‘latish qurilmalarga yuboriladi.
Bug‘latish jarayoni vakuum ostida, atmosfera va yuqori bosimda olib borilishi mumkin. Eritmaning xossalari va ikkilamchi bug‘ning issiqligidan foydalanish zaruratiga ko‘ra har xil bosim ishlatiladi.
Savol: Vakuum ostida bug‘latishning afzallik va kamchiliklarini tushuntiring.
2-KEYS
Absorbsiya
1. Gaz hamda bug‘ — gaz aralashmalaridagi bir yoki bir necha komponentlarning suyuqlikda tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. YUtilayotgan gaz absorbtiv, yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Absorbtiv bilan absorbentning o‘zaro ta’siriga ko‘ra absorbsiya jarayoni ikki xil bo‘ladi: fizik absorbsiya va kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya). Fizik absorbsiyada yutilayotgan gaz bilan absorbent o‘zaro bir biri bilan kimyoviy birikmaydi. Agar yutilayotagn gaz absorbent bilan o‘zaro birikib, kimyoviy birikma hosil qilsa, kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya) deyiladi.
Savol: Sanoatda absorbsiya jarayoni qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?
2. Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada sodir bo‘ladi. SHuning uchun ham, suyuqlik va gaz fazalar to‘qnashuv qiladigan absorberlar yuzasi iloji boricha katta bo‘lishi kerak. Massa almashinish yuzalarini tashkil etish va loyihalash bo‘yicha absorberlar 4 guruxga bo‘linadi: yuzali (sirtiy) va yupqa qatlamli absorberlar; nasadkali absorberlar; barbotajli absorberlar; purkovchi absorberlar.
Savol: YUzali (sirtiy) va yupqa qatlamli absorberlar; nasadkali absorberlar; barbotajli absorberlarni tuzilishi va ish prinsipini tushuntirib bering.
3-KEYS
Suyuqliklarni ekstraksiyalash
1. Eritmalar yoki qattiq jismlar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni eritgichlar yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Bu jarayon ikki turga bo‘linadi:
a) suyuqliklarni ekstraksiyalash; b) qattiq materiallarni ekstraksiyalash.
Eritmalar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta’sir qiluvchi erituvchilar — ekstragentlar yordamida ajratib olish jarayoni suyuqliklarni ekstraksiyalash deb yuritiladi. Suyuq aralashma bilan erituvchi o‘zaro aralashtirilganda erituvchida faqat kerakli komponentlar yaxshi eriydi, qolgan komponentlar esa juda yomon yoki butunlay erimaydi.
Suyuqlik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib oladigan modda erituvchi yoki ekstragent deb ataladi. Eng ko‘p tarkalgan erituvchi — suv xisoblanadi.
Savol: Erituvchilarga qanday talablar qo‘yiladi?
2. Ekstraksiyalash jarayonlarini amalga oshirish uchun ishlatiladigan qurilmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1) qurilmaning ish xajmi birligiga to‘g‘ri kelgan ekstraktning miqdori, ya’ni solishtirma ish unumi katta bo‘lishi kerak; 2) hosil bo‘layotgan eritmaning konsentratsiyasi iloji boricha yuqori bo‘lishi zarur; 3) oxirgi eritma xajmi birligiga to‘g‘ri kelgan energiya sarfi kam bo‘lishi lozim.
Ekstraktor davriy va uzluksiz ishlaydigan qurilmalarga bo‘linadi. Fazalarning o‘zaro yo‘nalishiga ko‘ra, ular to‘g‘ri yo‘nalishli, qarama - qarshi yo‘nalishli va aralash yo‘nalishli qurilmalarga ajraladi. Davriy ishlaydigan qurilmalarning ish unumi kichik bo‘lganligi sababli ular kichik xajmli ishlab chiqarishlarda ishlatiladi. Sanoatda asosan uzluksiz ishlaydigan qurilmalardan keng foydalaniladi.
Kimyo sanoatida har xil tuzilishga ega bo‘lgan ekstraktorlar ishlatiladi. Bular asosan uch turga (aralashtirgich — tindirish, kolonnali va markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan ekstraktorlarga) bo‘linadi.
Savol: Ekstraktorlarni tuzilishi va ish prinsipini tushuntiring.
4-KEYS
O’simliklarda alkaloidlar bor-yo’qligi birinchi guruxga kiruvchi umumiy reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Lekin bu reaksiyalar yordamida o’simlik tarkibida qanday alkaloid borligini aniqlab bo’lmaydi.
Savol: Qanday reaksiyalar yordamida o’simlik tarkibida alkaloid borligini aniqlab bo’ladi?
5-KEYS
Anabazin sul’fatni neytrallashda Nitrozoanabazin ekstraktsiyasi 1soat davomida olib boriladi jami 7-8 marta ekstraktsiyalanadi
Savol: nima uchun7-8 marta ekstraktsiyalanaidi Nitrozoanabazin xosil bo’lgani qanday aniqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |